Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
5 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash10 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish7 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OKSOLIN
OXOLINUM
Preparatning savdo nomi: Oksolin
Ta‘sir etuvchi modda (XNP): dioksotetragidroksitetragidronaftalin
Dori shakli: nazal surtma
Tarkibi:
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: dioksotetragidroksitetragidronaftalin (oksolin) – 0,25 g.
yordamchi moddalar: suyuq parafin (vazelin moyi), vazelin.
Ta‘rifi: oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan surtma.
Izoh: saqlanganda pushti tus paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi: J05AX
Farmakologik xususiyatlari
Viruslarga qarshi faollikka ega, gripp virusining hujayra membranasi yuzasidagi bog‘lanish joylarini bloklab, hujayralarni ularga virusni kirishidan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
Shilliq qavatiga surtilganida preparatning taxminan 20% so‘riladi. Organizmda to‘planmaydi va sutka davomida asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Virusli rinitlarni davolash, grippni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy.
Virusli rinitni davolash: burun shilliq qavatiga surtma kuniga 2-3 marta 3-4 sutka davomida surtiladi.
Grippni oldini olish uchun: gripp epidemiyasining ko‘tarilgan va maksimal rivojlangan davrida yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lganda, burun shilliq qavatiga har kuni sutkada 2-3 marta 25 kun davomida surtiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Burun shilliq qavatida tez o‘tib ketuvchi achishish hissi, rinoreya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktasiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlar aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ko‘zning virusli shikastlarishlarida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
10 g dan alyumin tubada. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
10oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.