×
×
  • OMEMAKS ULTRA kapsulalar  20mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- A02BC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 26 ta dorixonasida topildi

ico 33 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 33 600 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
VELRAB 20 tabletkalari N30 KOHINOOR FARMA ООО Hindiston
ULKAVIS tabletkalari 120mg N56 KRKA, d.d. Sloveniya
60 000 s`om dan
EZOMI poroshok 40mg N1 Lyka Labs Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OMEMAKS-ULTRA

OMEMAX-ULTRA

Preparatning savdo nomi: OMEMAKS-ULTRA

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): omeprazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazolning 7,5% ichakda eruvchan granulalari – 20mg;

yordamchi moddalar: sukroza, mannitol, natriy lauril sulfat, suvsiz natriy gidrogen fosfat, gidroksipropilmetil sellyuloza Ye-5, metakril kislota ko-polimer, natriy gidroksidi, PEG-6000, titan dioksidi, tozalangan talk, tvin-80, tozalangan suv.

Ta‘rifi: ichida oq granulalarni saqlovchi qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar (N+K+ATF-AZЫ ingibitori).

ATX kodi: A02VS01.

Farmakologik xususiyatlari

Xlorid kislotasi sekresiyasining oxirgi bosqichini katalizasiya qiluvchi ferment N+- K+-ATFazali proton nasosini ingibisiya qilish orqali parietal hujayralaridan xlorid kislotasining sekresiyasini kamaytiradi. Bunda preparat kislotaning asosiy va rag‘batlantirilgan sekresiyasini ingibisiya qilishga yordam beradi. Kislotani sekresiyasini ingibisiya qilishi bir marta qabul qilingandan so‘ng 24-72 soat davom etadi. Preparatni qabul qilish to‘xtatilganda sekretor faollik 3-5 kundan so‘ng asta-sekin dastlabki xolatiga qaytadi. Pepsinning sekresiyasini susaytirmaydi, gastrinning zardobdagi miqdorini oshiradi, u preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin 1-2 hafta davomida dastlabki ko‘rsatkichlariga qaytadi.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, plazmada konsentrasiyasining cho‘qqisiga 0,5-1 soat davomida erishiladi. Sog‘lom shahslarda plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) 0,5-1 soatni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 30-40% ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi.

Jigarda metabolizmga uchraydi va qabul qilingan dozaning katta qismi (70-80%) siydik bilan, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kattalarda:

  • me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (davolash va xurujlarni oldini olish);
  • me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi bilan kasallangan bemorlarda Helicobacter pylori ni eradikasion davolash (boshqa dori vositalar bilan birga davolashda);
  • nosteroid yallig‘lanishga qarishi vositalarni qabul qilish tufayli kelib chiqqan me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, stress tufayli kelib chiqqan yaralar (davolash va oldini olish);
  • reflyuks-ezofagit;
  • gastroezofageal reflyuks (shu jumladan simptomatik);
  • Zollinger-Ellison sindromi.

1 yoshdan katta va tana og‘irligi 10 kg dan kam bo‘lmagan bolalar: reflyuks-ezofagitni davolash; jig‘ildon qaynashini cimptomatik davolash va gastroezofageal reflyuks kasalligida kislotani regurgitasiya qilish.

4 yoshdan katta bolalar: Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi (kompleks davolash tarkibida) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi (kapsulani butunligicha, ochmasdan va chaynamasdan yutish lozim).

O‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida — sutkada 1 kapsuladan (20 mg) 2–4 hafta (rezistent holatlarda – sutkada 2 kapsuladan).

Me‘da yarasi kasalligining zo‘rayishi vaqtida va eroziv-yarali ezofagitda — sutkada 1-2 kapsuladan 4–8 hafta davomida.

Nosteroid yallig‘lanishga qarishi preparatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan MIY dagi yaralar — sutkada 1 kapsuladan 4–8 hafta.

Helicobacter pylori ning eradikasiyasi — antibakterial vositalar bilan sutkada 2 marta 1 kapsuladan 7 kun davomida.

Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan.

Reflyuks-ezofagitni qaytalashini oldini olishda — sutkada 1 kapsuladan uzoq vaqt davomida (6 oygacha).

Zollinger-Ellison sindromida doza me‘da suyuqligining ajralishiga qarab individual ravishda tanlanadi, sutkada 60 mg dozadan boshlanadi. Kerak bo‘lgan taqdirda dozani doza sutkada 80–120 mg gacha oshiriladi, bunda dori 2 marta qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilishi mumkin:

Ovqat hazm qilish tizimi va tomonidan: diareya yoki qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, og‘iz qurishi, ta‘m sezishni o‘zgarishi, stomatit, plazmada jigar fermentlarining darajasini tranzitor oshishi, og‘ir jigar hastaliklari bor bemorlarda – gepatit (shu jumladan sariq kasal bilan), jigar funksiyasining buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, depressiya, gallyusinasiyalar, og‘ir somatik hastaliklari, og‘ir jigar hastaliklari bo‘lgan bemorlarda – ensefalopatiya.

Tayanchharakat apparati tomonidan: mushaklarning kuchsizligi, mialgiya, artralgiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, alohida holatlarda – agranulositoz, pansitopeniya.

Teri reaksiyalari: qichishish, kam hollarda – fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli eritema, alopesiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, interstisial nefrit va anafilaktik shok.

Boshqa reaksiyalar: ko‘rishni buzilishi, periferik shishlar, kuchli terlash, isitma, ginekomastiya; kam hollarda – uzoq vaqt davolashda me‘da grandulyar kistasi hosil bo‘ladi (me‘da shirasini ajralishini ingibisiya qilinishi natijasida, qaytuvchan xavfsiz xarakterga ega).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yuqori sezuvchanlik;
  • bolalarda;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Omeprazolni sutkada 1 marta 20 mg dozada uzoq muddat davomida kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan birga qo‘llash ularning plazmadagi konsentrasiyasini o‘zgarishiga olib kelmadi.

Antasidlar bilan birga qo‘llanilishi qo‘rsatilmagan.

So‘rilishi rN ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan istalgan dori vositasining biokiraolishligini o‘zgartiradi (masalan temir tuzlarini).

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin me‘dada kechishi havfli bo‘lgan hastaliklar (ayniqsa me‘da yarasi) borligini istisno qilish lozim, chunki preparat kasallik simptomlarini niqoblashi mumkin, bu esa to‘g‘ri tashhis qoyishni kechiktiradi.

Ovqat bilan birga qabul qilish dori samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Butun kapsulani yutish qiyinchilik tug‘dirgan vaziyatda kapsulani ochib, ichidagi granulalarni ozini yoki kapsulani shimib yutish mumukin, yana kapsula ichidagi granulalarni sharbat yoki yogurt bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashmani 30 minut ichida qabul qilish mumkin.

Og‘ir jigar yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarda sutkalik doza miqdori 20mg dan oshmasligi lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilmasin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari – ko‘rishni buzilishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, kuchli terlash, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya.

Davolash simptomatik. Masus antidot yo‘q. Gemodializ yetarli samara bermaydi.

Chiqarilish shakli

10 kapsula ilyumin folgali stripda, 10 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 dori vositasi Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OMEMAKS ULTRA kapsulalar 20mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMINO S infuziya uchun eritma 250ml N8
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
AMINO S infuziya uchun eritma 100ml N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
LEVODEKS 500 tabletkalari 500mg N6
LEVODEKS 250 tabletkalari 250mg N6
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 31 500 so'mdan Batafsil
ULTRAZIDIM poroshok 1,0g
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
LEVOTIN tabletkalari 5mg N10
FERUMFOL tabletkalari N30
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
FLYUKOKS tabletkalari 150mg N1
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
ULTRAN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
Narh: 38 500 so'mdan Batafsil
NIMILID tabletkalari N100
Narh: 41 900 so'mdan Batafsil
AMINO S infuziya uchun eritma 500ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD tabletkalari 100mg N100
RABIP 20 tabletkalari 20mg N10
LEVOTIN tabletkalari 5mg N100
BEBISAN sirop 100ml
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
RABIP 10 tabletkalari 10mg N100
RABIP 10 tabletkalari 10mg N10
ULTRAPIM poroshok 1g
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
ULTRAPENEM poroshok 1g N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9