Klinik tadqiqotlarning natijalari bo'yicha ma'lumotlarga ko'ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan ortig'ida yuzaga kelgan dori vositasini qabul qilish bilan ehtimol bog'liq bo'lgan yoki muayyan bog'liq bo'lgan kutiladigan nojo'ya samaralar quyidagilardir: bosh og'rig'i, diareya, meteorizm, qorinda og'riq, toshma, kekirish, uyqusizlik va giperglikemiya.
Klinik tadqiqotlarning natijalari bo'yicha ma'lumotlarga ko'ra pantoprazolni gastroezofageal reflyuks sababli olayotgan bemorlarning 1% yoki undan kamida kutiladigan nojo'ya samaralar quyida keltirilgan, biroq bu yerda sanab o'tilgan nojo'ya samaralarni pantoprazol bilan bog'liqligi aniq isbotlanmagan.
Umumiy: abstsess, allergik reaktsiyalar, kista, yuzda shish, haroratni oshishi, umumlashgan shish, issiq urishi, churra, laborator ko'rsatkichlarni o'zgarishi, charchoq hissi, kandidoz, o'sma, nospetsifik dori reaktsiyalari, foto sezuvchanlik reaktsiyalari.
Yurakqon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, aritmiya, yurak bo'lmachasi fibrillyatsiyasi/lipillashi, EKG ni o'zgarishi, to'sh ortidagi og'riqlar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, qon ketishi, arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, miokard ishemiyasi, yurakni tez urishi, to'r parda tomirlarini buzilishi, hushdan ketish, taxikardiya, tromboflebit, tromboz, vazodilatatsiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, aftoz stomatit, kardiospazm, kolit, og'izni qurishi, duodenit, disfagiya, enterit, qizilo'ngachdan qon ketishi, ezofagit, me'daichak kartsinomasi, me'daichakdan qon ketishi, me'daichak yo'llarining kandidozi, gingivit, glossit, og'izdan noxush hid kelishi, qonli qusish, ishtahani oshishi, melena, og'iz bo'shlig'ining kandidozi, og'iz bo'shlig'ining yarasi, periodontal abstsess, periodontit, rektal qon ketishi, me'da yarasi, tilni rangini o'zgarishi, yarali kolit.
Endokrin tizim tomonidan: qandli diabet, glyukozuriya, bo'qoq.
Gepatobiliar tizim tomonidan: o't pufagi sanchiqlari, bilirubinemiya, xoletsistit, xolelitiaz, xolestatik sariqlik, gepatit va ishqoriy fosfatazaning darajasini oshishi, gammaglutamiltranspeptidazalar, AST (SGOT).
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan: anemiya, ekximoz, eozinofiliya, gipoxrom anemiya, temir tanqisligi anemiya, leykotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan: degidratatsiya, shish, podagra, periferik shish, chanqoq, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Skeletmushak tizimi tomonidan: artrit, artroz, suyak og'riqlari, bursit, suyaklarda va bo'g'imlarda diskomfort, mushak spazmlari, ensa mushaklarini taranglashishi, mialgiya, tenosinovit.
Nerv tizimi tomonidan: tush ko'rish, ongni chalkashishi, tirishishlar, depressiya, og'izni qurishi, dizartriya, emotsional o'zgaruvchanlik, gallyutsinatsiya, giperkineziya, libidoni pasayishi, zo'riqish, nevralgiyalar, nevritlar, paresteziyalar, reflekslarni pasayishi, uyquni buzilishi, somnolentsiya, normal bo'lmagan hayollar, tremor, bosh aylanishi.
Nafas tizimi tomonidan: bronxial astma, burundan qon ketishi, hiqichoq, laringit, o'pkalarda diskomfort, pnevmoniya, ovozni o'zgarishi.
Teri va teri osti tomonidan: akne, alopetsiya, kontakt dermatit, ekzema, zamburug'li dermatit, qon ketishi, oddiy gerpes, o'rab oluvchi temiratki, lixenoid dermatit, makulopapulyoz toshma, qichishish, eshakemi.
Sezgi a'zolari tomonidan: ko'rishni buzilishi, ambliopiya, katarakta, eshitishni yo'qotilishi, diplopiya, quloqda og'riq, ekstraokulyar falaj, glaukoma, tashqi otit, ta'm bilishni o'zgarishi, quloqlarda shovqin.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: alьbuminuriya, balanit, ko'krak bezlarida og'riq, sistit, dismenoreya, dizuriya, epididimit, gematuriya, impotentsiya, buyrakda toshlar, buyrakda og'riq, nikturiya, prostata bezlarida diskomfort, piyelonefrit, moyakni shishi, siydik yo'lida og'riq, uretrit, siydik yo'llarida diskomfort, vaginit.
Noxush samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.