Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OMNOPON
OMNOPONUM
Ushbu dori vositasini qabul qilishni/ishlatishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomini diqqat bilan o‘qib chiqing.
Preparatning savdo nomi: Omnopon
Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): kodein+morfin+nomkapin+papaverin+tebain&.
Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: kodein monogidrati – 0,72 mg yoki 1,44 mg, morfin gidroxloridi trigidrati (morfin gidroxloriliga qayta hisoblaganda) – 5,75 mg yoki 11,5 mg, noskapin – 2,7 mg yoki 5,4 mg, papaverin gidroxloridi – 0,36 mg yoki 0,72 mg, tebain – 0,05 mg yoki 0,1 mg.
yordamchi moddalar: dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi) -0,5 mg, gliserol (distillangan gliserin) – 60 mg, xlorid kislotasi
1 M – rN 2,5-3,5 gacha, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och-sariq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: og‘riqni qoldiruvchi narkotik vosita.
ATX kodi: N02AA51.
«Rossiya Federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining ro‘yxati» Ro‘yxati II ga kiradi.
Farmakologik xususiyatlari
Omnopon og‘riq sezuvchanligining bo‘sag‘asini oshiradi, shartli reflekslarni tormozlaydi, eyforiya holatini chaqiradi va o‘rta darajada uxlatuvchi va markaziy yo‘talga qarshi ta‘sirga ega, adashgan nerv markazining tonusini oshiradi, ko‘zni xarakatlantiruvchi nerv markazining faollantirishi hisobiga ko‘z qorachig‘ini torayishini chaqiradi, ichak peristaltikasini susaytiradi, me‘da-ichak yo‘llari bezlarining sekretor faolligini tormozlaydi. Asosiy modda almashinuv va tana haroratini biroz pasaytiradi, antidiuretik gormonini chiqarilishini rag‘batlantiradi. Omnopon teri ostiga yuborilganida og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri 10-15 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-5 soat davomida saqlanadi.
Omnoponning asosiy farmakologik xususiyatlari unda morfinni saqlanishi bilan bog‘liq. Morfin – asosan myu-opioid reseptorlarning agonisti, endogen antinosiseptiv tizimini faollashtiradi va shunday qilib markaziy nerv tizimining turli darajalarida og‘riq impulslarining neyronlararo o‘tkazilishini buzadi, shuningdek miyaning oliy bo‘limlariga ta‘sir qilib, og‘riqning emosional ko‘rinishini ham o‘zgartiradi.
Morfin turli modallikdagi ta‘sirlovchi omillarda og‘riqni sezuvchanlik bo‘sag‘asini oshiradi, shartli reflekslarni susaytiradi, eyforiya va o‘rta darajada uxlatuvchi ta‘sirga ega, adashgan nerv markazining tonusini oshiradi. Qusish markazining ishga tushiruvchi sohasi xemoreseptorlarini rag‘batlantirishi va ko‘ngil aynishi va qusishni chaqirishi mumkin, nafas va qusish markazlarini susaytiradi, ko‘zni harakatlantiruvchi markazni faollashtirishi hisobiga ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, bronxlar va ichki a‘zolar (ichak, o‘t yo‘llari, qovuq) sfinkterlarining silliq mushaklarining tonusini oshiradi, miometriyning qisqaruvchanlik faolligini kuchaytiradi, ichak peristaltikasini susaytiradi, me‘da-ichak yo‘llari bezlarining sekretor faolligini tormozlayli. Asosiy almashinuv va tana haroratini biroz pasaytiradi, antidiuretik gormonini chiqarilishini rag‘batlantiradi. Periferik qon tomirlarini kengayishini va gistaminning ajralib chiqishini chaqiradi, bu arterial bosimni pasayishiga, terining qizarishiga, ter ajralishini kuchayishiga, ko‘zlarning oqsil qavatini qizarishiga olib kelishi mumkin. Umumiy anesteziya uchun, uyqu, sedativ vositalarning, markaziy ta‘sir qiluvchi komponenti bilan N1-gistamin reseptorlari blokatorlarining, anksiolitik, antipsixotik va antidepressiv preparatlarning markaziy nerv tizimiga ta‘sirini kuchaytiradi.
Papaverin – gipotenziv ta‘sir qiluvchi spazmolitik vosita, ichki a‘zolar va tomirlarning silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi va bo‘shashtiradi. Papaverinni saqlashi hisobiga Omnopon morfinga qaraganda, kamroq darajada ichki a‘zolar mushaklarining spazmini chaqiradi.
Kodein opioid reseptorlarning agonistlari guruhiga mansub tabiiy narkotik analgetikdir. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri antinosiseptiv tizimini rag‘batlantirilishi va og‘riqni emosional sezishning o‘zgarishiga olib keluvchi markaziy nerv tizimining turli bo‘limlari va periferik to‘qimalardagi opioid reseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq.
Tebain preparatning tarkibi bo‘yicha eng kam qismini tashkil qiladi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tebain morfin va kodeinga o‘xshash. Tebain markaziy nerv tizimidagi opioid reseptorlarga ta‘sir qilib, analgetik samara ko‘rsatadi. O‘zining farmakologik xususiyatlari bo‘yicha tebain morfin va kodeindan farq qiladi, bu markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir emas, balki qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Tebain kichik dozalarda kuchsiz uxlatuvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Kodein va morfinning samarasini potensiyalaydi.
Noskapin – uyquli ko‘knori alkoloidi, benzilizoxinolin hosilasi; asosan σ-opioid reseptorlarining agonisti bo‘lib deyarli og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega emas, yo‘talga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Noskapin silliq mushaklarga nisbatan spazmolitik samara ko‘rsatadi. Papaverinning spazmolitik faolligiga potensiyalovchi samara ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Morfinning taqsimlanish hajmi 4 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan morfinning 30-35% bog‘lanadi.
Morfin organizmdan glyukuronidli metabolitlari ko‘rinishida (80% gacha) yoki o‘zgarmagan holda asosan buyraklar orqali chiqariladi; ko‘p bo‘lmagan qismi safroga chiqariladi va ahlat bilan chiqariladi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.
Papaverin jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Buyraklar orqali asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Plazmada oqsillar bilan bog‘lanadi.
Kodein jigarda biotransformasiyaga uchraydi, bunda 10% demetillanish yo‘li bilan morfinga o‘tadi. Buyraklar orqali 5-15% kodein ko‘rinishida va 10% morfin va uning metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi.
Tebain farmakologik xususiyatlari bo‘yicha kodeinga o‘xshash. Tebainning asosiy metaboliti – oripavin.
Noskapin organizmga yuborilganidan keyin tez qondan yo‘qoladi va to‘qimalarga o‘tadi. Organizmga tushganidan keyin birinchi olti soat davomida o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, ko‘rsatilgan vaqtdan keyin esa noskapin organizmdan kon‘yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Parchalanish mahsulotlari uzoq vaqt (1 oygacha) siydikda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali kuchli og‘riq (operasiyadan keyingi davr, jarohatlar, onkologik bemorlardagi og‘riqlar, miokard infarkti, buyrak, jigar, ichak sanchig‘i va boshqalar).
Og‘riqli diagnostik va terapevtik tadbirlarni o‘tkazishdagi og‘riqsizlantirishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozalari og‘riq sindromining yaqqolligi, bemorning yoshi va holatiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Eyforiya, siydik chiqarilishini buzilishlari, allergik reaksiyalar, depressiya, gallyusinasiyalar, ko‘ngil aynishi, kamroq qusish, bosh aylanishi, mushak kuchsizligi, qabziyatlar. Shuningdek uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, bosh miya ichki bosiming oshishi hisobiga bosh miya kasalliklarini zo‘rayishi, o‘t-safroo chiqarish yo‘llari va qovuq sfinkterining spazmi, nafasni o‘rtacha susayishi. Ichakka nojo‘ya ta‘sirini kamaytirish uchun surgi vositalarini buyurish kerak.
Umumiy anesteziya uchun, uyqu, sedativ vositalarning, markaziy ta‘sir komponenti bilan N1-gistamin reseptorlarining blokatorlari, antidepressantlar, anksiolitik va antipsixotik preparatlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.
O‘rganib qolish va doriga (opioidli) qaramlik (jismoniy va ruhiy) chaqiradi. Periferik qon tomirlari kengayishini va gistaminni ajralib chiqishini chaqiradi, bu bronxospazmga, arterial bosimni pasayishiga, terining qizarishiga, ter ajralishini kuchayishiga, ko‘zlarning oqsil qavatini qizarishiga olib keladi.
Omnopon 1-2 hafta (ba‘zida 2-3 kun) davomida takroriy qo‘llanganida, o‘rganib qolish (og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirining susayishi) va opioidli doriga qaramlik rivojlanishi mumkin. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 1-2 kun o‘tgach «bekor qilish» sindromining belgilari (midriaz, esnash, mushak qisqarishlari, bosh og‘rig‘i, terchanlik, qusish, diareya, taxikardiya, gipertermiya, arterial bosimni oshishi va boshqa vegetativ simptomlar) paydo bo‘lishi mumkin, bu ixtisoslashtirilgan bo‘lim sharoitida davolashni talab qiladi.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Nafasni susayishi yoki markaziy nerv tizimining yaqqol susayishi bilan kechuvchi holatlar. Tirishishli holatlar. Yuqori bosh miya bosimi. Bosh miya jarohati. O‘tkir alkogolli holatlar, shu jumladan alkogolli psixoz.
Bronxial astma. O‘pka-yurak yetishmovchiligi. Yurak ritmini buzilishi.
Tashxis aniqlangunigacha qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari.
O‘t yo‘llaridagi xirurgik aralashuvlardan keyingi holatlar.
Falajli ileus.
Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan birga qabul qilish va ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.
Ehtiyotkorlik bilan:
Keksa yoshli bemorlar, umumiy holdan toyish, buyrak usti bezi yetishmovchiligi; anamnezida opioidlarga qaramlikka ko‘rsatmalar bo‘lganida. Alkogolizm, suisidao moyillik, emosional beqarorlik, tutqanoq sindromi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, gipotireoz, me‘da-ichak yo‘llari, siydik chiqarish tizimidagi xirurgik aralashuvlar, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, o‘t tosh kasalligi, ichakning og‘ir darajada yallig‘lanishli kasalliklari, siydik chiqarish yo‘lining strikturalari, prostata bezining giperplaziyasi.
Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Markaziy nerv tizimini haddan ziyod susayishi va nafas markazining faolligini bostirilishidan saqlanish uchun, umumiy anesteziya uchun vositalar, uyqu preparatlari, anksiolitiklar sedativ, antidepressantlar va antipsixotik preparatlarning ta‘siri fonida Omnoponni sinchkov kuzatuv ostida va kamaytirilgan dozalarda qo‘llash kerak.
Og‘riqni qoldirilishini susayishini xavfi va «bekor qilish» sindromini qo‘zg‘atishi mumkinligi tufayli, Omnoponni opioid reseptorlarning qisman agonistlari (buprenorfin, tramadol) va agonistlari-antagonistlari (nalbufen, butorfanol) guruhi narkotik analgetiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Opioid analgetiklarning (trimeperidin, fentanil) og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri va nohush samaralari terapevtik dozalar diapazonida Omnoponning samaralari bilan qo‘shilib kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik, tug‘ruq va emizish davrida Omnoponni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin (homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda doriga qaramlik rivojlanishi mumkin).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: stuporoz yoki komatoz holat, gipotermiya, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi kuzatiladi. Xarakterli belgisi qorachiqlarining yaqqol torayishi (ahamiyatli darajada gipoksiyada qorachiqlar kengaygan bo‘lishi mumkin).
Davolash: avdekvat o‘pka ventilyasiyasini tutib turish, simptomatik davolash. Vena ichiga spesifik opioid antagonisti naloksonni 0,4-2 mg dozada yuborish, nafasni tez tiklaydi. Samara bo‘lmaganida 2-3 minut o‘tgach naloksonni yuborish takrorlanadi. Bolalar uchun naloksonning boshlang‘ich dozasi – 0,01 mg/kg. Naloksonning ta‘siri qisqa muddatli ekanligini hisobga olish kerak. Shuningdek opioidlarga qaramligi bo‘lgan bemorlarga nalokson yuborilganida «bekor qilish» sindromining rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak – bunday xollarda antagonistning dozasini asta-sekin oshirish kerak.
Chiqarilish shakli
Teri ostiga yuborish uchun 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml va 1,44+11,5 5,4+0,72+0,1 mg/ml eritma ampulalarda 1 ml dan. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (stasionarlar uchun).
Saqlash sharoiti
Ro‘yxat II. «Rossiya federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini ro‘yxati», ko‘rsatilgan faoliyat turiga lisenziya borligida maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Dorixonalardan resept bo‘yicha boshqa narkotik analgetiklarga bo‘lgan cheklovlar kabi beriladi.