×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Эпинефрин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Московский эндокринный завод, ФГУП
ATX kodi:
- C01CA24
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 14 ta dorixonasida topildi

ico 15 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 17 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15 Innothera Chouzy Frantsiya
PRESTILOL tabletkalari 5mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
100 800 s`om dan
OLMESAR G tabletkalari 20mg/12,5mg N28 Macleods Pharmaceutical Ltd Hindiston
64 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ADRENALIN

ADRENALINUM

 

Ushbu dori vositasini qabul qilish/qo‘llashni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.
  • Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u hatto ularda Sizdagiga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham, ularga ziyon yetkazishi mumkin.

 

Preparatning savdo nomi: Adrenalin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): epinefrin (epinephrine)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: epinefrin (adrenalin) – 1,00 mg

Yordamchi moddalar:

natriy xloridi – 8,00 mg,

natriy disulfiti (natriy bisulfiti) – 1,00 mg,

5,00 mg xlorobutanolga ekvivalent xlorobutanol gemigidrati (xlorobutanolgidrat),

dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi) – 0,50 mg,

gliserol (gliserin) – 60,00 mg,

xlorid kislotasi – rN 2,5-4,0 gacha,

in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: α- va β- adrenomimetik.

ATX kodi: S01SA24

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘siri xujayra membranasining ichki yuzasidagi reseptorlarga bog‘liq adenilatsiklazani faollashishi, xujayra ichida siklik adenozinmonofosfati (sAMF) va kalsiy ionlari (Sa2+) ning konsentrasiyasini oshishi bilan bog‘liq.

Juda past dozalarda, minutiga 0,01 mkg/kg tezlikda yuborilganda skelet mushaklari tomirlarini kengaytirishi natijasida arterial bosim pasaytirishi mumkin. Minutiga 0,04-0,1 mkg/kg tezlikda yuborilganda yurak qisqarishlari soni va kuchini, qonning zarb hajmi va minutlik hajmini oshiradi, qon tomirlarining umumiy periferik qarshiligini kamaytiradi; minutiga 0,02 mkg/kg dan yuqori tezlikda qon tomirlarini toraytiradi, arterial bosimni (asosan, sistolik bosimni) va qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini oshiradi. Pressor samarasi yurak qisqarishlari sonini qisqa muddatli sekinlashishini chaqirishi mumkin.

Bronxlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Minutiga 0,3 mkg/kg dan yuqori dozalari buyrakda qon aylanishi, ichki a‘zolarni qon bilan ta‘minlanishi, me‘da-ichak yo‘llarining tonusi va motorikasini pasaytiradi.

Qorachiqlarni kengaytiradi, ko‘z ichki suyuqligini ishlab chiqarilishini va ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Giperglikemiyani chaqiradi (glikogenoliz va glyukoneogenezni kuchaytiradi) va plazmada erkin yog‘ kislotalari miqdorini oshiradi.

Miokardning o‘tkazuvchanligi, qo‘zg‘aluvchanligi va avtomatizmini oshiradi. Miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi.

Antigenlar tomonidan induksiyalangan gistamin va leykotrienlarni ajralib chiqishini ingibirlaydi, bronxiolalar spazmini bartaraf etadi, ularning shilliq qavatini shishini oldini oladi.

Teri, shilliq qavatlar va ichki a‘zolarda joylashgan α-adrenoreseptorlarga ta‘sir qilib, qon tomirlarini torayishini, mahalliy og‘riqni qoldiruvchi vositalarni so‘rilish tezligini pasayishini chaqiradi, mahalliy anesteziyaning davomiyligini oshiradi va toksik ta‘sirini kamaytiradi.

β2–adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishi xujayradan kaliy (K+) ionlarini chiqarilishini kuchayishi bilan kechadi va gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Intrakavernoz yuborishda g‘ovaksimon tananing qon bilan to‘lishini kamaytiradi.

Terapevtik samarasi vena ichiga yuborilganda deyarli shu ondayoq rivojlanadi (ta‘siri davomiyligi – 1-2 minut), teri ostiga yuborilganda 5-10 minutdan keyin (maksimal samarasi – 20 minutdan keyin), mushak ichiga yuborilganda – samarasini boshlanish vaqti o‘zgarib turadi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mushak ichiga yoki teri ostiga yuborilganda yaxshi  so‘riladi. Parenteral yuborilgan preparat tez parchalanadi. Shuningdek endotraxeal va kon‘yunktival yuborilganda xam so‘riladi. Teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda qonda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 3-10 minutni tashkil etadi. Yo‘ldosh orqali, ko‘krak sutiga kiradi, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.

Metabolizmi

Simpatik nerv oxirlari va boshqa to‘qimalarning asosan monoaminooksidaza va katexol-O-metiltransferaza fermentlari tomonidan, shuningdek jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlarini hosil qiladi vena ichiga yuborilganda yarim chiqarilish davri – 1-2 minutni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Asosan metabolitlari: vanililmindal kislotasi, sulfatlar, glyukuronidlar, shuningdek oz miqdorda – o‘zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Dori vositalari, zardoblarni qo‘llash, qon quyish, oziq ovqat mahsulotlarini iste‘mol qilish, hasharotlarni chaqishi yoki boshqa allergenlarni yuborishda rivojlanadigan tezkor turdagi allergik reaksiyalar (shu jumladan eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok); jismoniy zo‘riqish oqibatidan astma;
  • Bronxial astma (astmatik xurujni bartaraf qilish), narkoz vaqtida bronxospazm;
  • Asistoliya (shu jumladan III darajali atrioventrakulyar blokadani o‘tkir rivojlanishi fonida);
  • Teri va shilliq qavatlardagi yuza tomirlaridan (shu jumladan milklardan) qon ketishi;
  • O‘rnini bosuvchi suyuqliklarni adekvat xajmlarini yuborish bilan bartaraf qilinmayotgan arterial gipotenziya (shu jumladan shok, bakteriemiya, ochiq yurakdagi operasiya, buyrak yetishmovchiligi);
  • Mahalliy anestetiklarning ta‘sirini uzaytirish zarurati;
  • To‘liq atrioventrikulyar blokada epizodlari (sinkopal holat (Morgani-Adams-Stoks sindromi) rivojlanishi bilan);
  • Qon ketishini to‘xtatish uchun (tomirni toraytiruvchi vosita sifatida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga tomchilab yuboriladi.

Tezkor turdagi allergik reaksiyalar (anafilaktik shok): 0,1-0,25 mg ni vena ichiga sekin natriy xloridining 0,9% 10 ml eritmasida suyultirilgan holda yuboriladi zarurati bo‘lganida 1:10000 konsentrasiyada vena ichiga tomchilab yuborish davom ettiriladi. Xayot uchun bevosita xavf yo‘qligida mushak ichiga yoki teri ostiga 0,3-0,5 mg ni yuborgan afzal, zarurati bo‘lganida 10-20 minutdan keyin 3 martagacha takror yuborish mumkin.

Bronxial astma: teri ostiga 0,3-0,5 mg buyuriladi, zarurati bo‘lganida takroriy dozalarni har 20 minutda 3 martagacha yoki vena ichiga 0,1-0,25 mg dan 1:10000 konsentrasiyada suyultirib yuborish mumkin.

Asistoliyada: yurak ichiga 0,5 mg (natriy xloridining 0,9% 10 ml eritmasi yoki boshqa erituvchida suyultiriladi); reanimasion choralar vaqtida – 0,5-1 mg dan (suyultirilgan holda) vena ichiga har 3-5 minutda yuboriladi. Agar bemor intubasiyalangan bo‘lsa, endotraxeal instillyasiyani amalga oshirish mumkin – dozalar vena ichiga dozalardan 2-2,5 marta yuqori bo‘lishi kerak.

Qon ketishni to‘xtatish – preparat bilan namlangan tamponlar shaklida mahalliy qo‘llanadi.

Arterial gipotenziyada: vena ichiga tomchilab minutiga 1 mkg yuboriladi, yuborish tezligini minutiga 2-10 mkg gacha oshirish mumkin.

Mahalliy anestetiklarning ta‘sirini uzaytirish uchun: 0,005 mg/ml konsentrasiyada (doza qo‘llanilayotgan anestetikning turiga bog‘liq), orqa miya anesteziyasi uchun – 0,2-
0,4 mg buyuriladi.

Morgani-Adams-Stoks sindromi (bradiaritmik turi) 1 mg dozada 5% glyukozaning 250 ml eritmasida vena ichiga yuboriladi, yurak qisqarishlar soni minimal yetarli sonigacha erishilgunigacha doza asta-sekin oshirib boriladi.

Qon tomirlarini toraytiruvchi vosita sifatida: vena ichiga tomchilab 1 mkg/minut tezlikda buyuriladi, yuborish tezligini 2-10 mkg/minutgacha oshirish mumkin.

Bolalar amaliyotida qo‘llanilishi:

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (asistoliya): vena ichiga, 10-30 mkg/kg har 3-5 minutda, sekin yuboriladi.

1 oydan oshgan bolalarga: vena ichiga, 10 mkg/kg (keyinchalik zarurati bo‘lganida har 3-5 minutda 100 mkg/kg dan (kamida 2 standart dozani yuborgandan keyin har 5 minutda yuqoriroq – 200 mkg/kg dozani qo‘llash mumkin)). Endotraxeal yuborishni qo‘llash mumkin.

Bolalarga anafilaktik shokda: teri ostiga yoki mushak ichiga 0,01 mg/kg dan (maksimal – 0,3 mg gacha), zarurati bo‘lganida ushbu dozalarni 15 minutdan keyin (3 martagacha) takror yuborish mumkin.

Bolalarga bronxospazmda: teri ostiga 10 mkg/kg (maksimal – 0,3 mg gacha), zarurati bo‘lganida dozalarni har 15 minut (3-4 martagacha) yoki har 4 soatda takrorlash mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi (JSST):

Juda tez-tez >1/10

Tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha

Tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha

Kam >1/10000 dan <1/1000 gacha

Juda kam <1/10000 dan, shu jumladan alohida xabarlar.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – stenokardiya, bradikardiya yoki taxikardiya, yurak urishini his qilishi, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, yuqori dozalarda – yurak qorinchalari aritmiyasi (shu jumladan, qorinchalar fibrillyasiyasi); kam – aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riqlar, o‘pka shishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, xavotirli xolatlar, tremor; tik, tez-tez emas – bosh aylanishi, asabiylik, charchoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, shaxsiyatni buzilishi (psixomotor qo‘zg‘alish, dezorientasiya, xotirani buzilishi, psixotik buzilishlar: agressiv yoki sarosimali xulq, shizofreniyaga o‘xshash buzilishlar, paranoyya), uyquni buzilishi, mushak tortishishlari.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam – siyishni qiyinlashishi va og‘riqliligi (prostata bezi giperplaziyasida).

Mahalliy reaksiyalar: tez-tez emas – mushak ichiga yuborgan joyda og‘riq yoki achishish.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – angionevrotik shish, bronxospazm, teri toshmasi, ko‘p shaklli eritema.

Boshqalar: tez-tez emas – ko‘p terlash; kam – gipokaliemiya.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, yaqqol ateroskleroz (shu jumladan serebral ateroskleroz), gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, taxiaritmiya, yurak ishemik kasalligi, yurak qorinchalar fibrillyasiyasi, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, yurak qorinchalari aritmiyalari, 3-4 darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, feoxromasitoma, tireotoksikoz, qandli diabet, o‘tkir va surunkali arterial yetishmovchilik (shu jumladan anamnezida – arterial emboliya, ateroskleroz, Byurger kasalligi, diabetik endarteriit, Reyno kasalligi), gipovolemiya, metabolik asidoz, giperkapniya, gipoksiya, o‘pka gipertenziyasi, noallergik genezli shok (shu jumladan, kardiogen, jarohat, gemorragik), sovuq oqibatidan jarohati, Parkinson kasalligi, bosh miyaning organik shikastlanishlari, yopiq burchakli glaukoma, tirishish sindromi, prostata bezi giperplaziyasi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (bevosita xayot uchun xavf soluvchi xolatlardan tashqari), homiladorlik, laktasiya davri, umumiy anesteziya uchun ingalyasion vositalarni (galotan) bir vaqtda qo‘llash, to‘qimalarni ishemik shikastlanishi xavfi sababli, qo‘l va oyoq barmoqlarini mahalliy anesteziyasi uchun epinefrin mahalliy anestetiklar bilan majmuada qo‘llanilmaydi.

Shoshilinch holatlarda barcha qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar nisbiy hisoblanadi.

Ehtiyotkorlik bilan

Gipertireoz, keksalik yoshi.

Preparatni qo‘llash fonida aritmiyalarni oldini olish maqsadida beta-blokatorlar buyuriladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Epinefrinning antagonistlari α- va β-adreno reseptorlarining blokatorlaridir.

β-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan afnafilaktik reaksiyasi bo‘lgan pasientlarda epinefrin qo‘llanganda samarasi pasayadi. Bunday hollarda vena ichiga salbutamol qo‘llanadi.

Boshqa adrenomimetiklar bilan birga qo‘llash epinefrinning samarasini kuchaytirishi mumkin.

Narkotik analgetiklar va uxlatuvchi preparatlarning samarasini susaytiradi.

Yurak glikozidlari, xinidin, trisiklik antidepressantlar, dopamin, ingalyasion narkoz uchun vositalar (enfluran, galotan, izofluran, metoksifluran), kokain bilan bir vaqtda qo‘llashda aritmiyalar rivojlanishi xavfi oshadi (birga juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak yoki umuman qo‘llash mumkin emas); boshqa adrenomimetiklar bilan – yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar yaqqolligi kuchayadi; antigipertenziv vositalar bilan – ularning samaradorligi kamayadi.

Diuretiklar bilan – epinefrinning pressor samarasi oshishi mumkin.

Monoaminooksidazani ingibirlovchi preparatlar (prokarbazin, selegilin, shuningdek furazolidon) bilan birga qo‘llash, arterial bosimni to‘satdan va yaqqol oshishi, gipertonik xuruj, bosh og‘rig‘i, yurak aritmiyalari, qusishni chaqirishi mumkin; nitratlar bilan birga – ularning terapevtik ta‘siri susayadi; fenoksibenzamin bilan birga – gipotenziv samara va taxikardiya kuchayadi; fenitoin bilan birga – arterial bosimni to‘satdan pasayishi va bradikardiyani (dozasi va yuborish tezligiga bog‘liq); qalqonsimon bez gormonlari preparatlari bilan birga (ta‘sirni o‘zaro kuchayishi); QT-intervalni uzaytiruvchi preparatlar (shu jumladan, astemizol, sizaprid, terfenadin) – QT-intervalni uzayadi; diatrizoatlar, yotalam yoki yoksagl kislotalari bilan birga – nevrologik samaralar kuchayadi, shoxkuya alkaloidlari bilan birga – vazokonstriktor samarasini kuchayishi (hatto yaqqol ishemiyagacha va gangrena rivojlangunigacha).

Insulin va boshqa gipoglikemik dori vositalarining samarasini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Epinefrinni behosdan vena ichiga yuborish arterial bosimni haddan tashqari oshib ketishiga olib kelishi mumkin.

Preparat yuborilganda arterial bosimni oshishi stenokardiya xurujlarini chaqirishi mumkin. Epinefrin buyrak kapillyarlari konstriksiyasini chaqirishi mumkin, bu diurezni kamayishiga olib keladi.

Infuziyani amalga oshirishda infuziya tezligini boshqarish maqsadida o‘lchov moslamasi bo‘lgan asbobdan foydalanish kerak.

Infuziyani yirik (yaxshisi markaziy) venaga amalga oshirish kerak.

Agar boshqa usullarni qo‘llash mumkin bo‘lmasa, yurak ichiga asistoliyada yuboriladi, chunki yurak tamponadasi va pnevmotoraks xavfi mavjud.

Davolash davrida qon zardobida kaliy ionlari (K+) konsentrasiyasini aniqlash, arterial bosimni o‘lchash, diurez, qon aylanishini minutlik xajmi, elektrokardiogramma, markaziy venoz bosimi, o‘pka arteriyasidagi bosim va o‘pka kapillyarlarida qon aylanmaydigan bosimni tekshirish tavsiya etiladi.

Haddan tashqari yuqori dozalari miokard infarktida miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojini oshirib, ishemiyani kuchaytirishi mumkin.

Glikemiyani kuchaytiradi, shu sababli, qandli diabetda insulin va sulfonilmochevinaning yuqoriroq dozalari talab etiladi.

Endotraxeal yuborilganda so‘rilishi va plazmada preparatning yakuniy konsentrasiyasi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.

Shok holatlarida epinefrinni yuborish qon , plazma, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar va/yoki tuzli eritmalar quyishni o‘rnini bosmaydi.

Epinefrinni uzoq muddat qo‘llash maqsadga muvofiq emas (nekroz yoki gangrena rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan periferik tomirlarni toraytirishi mumkin).

Homiladorlarda epinefrinni qo‘llash bo‘yicha qat‘iy nazoratlangan tekshirishlar o‘tkazilmagan. Onalari homiladorlikning I uch oyligida yoki butun homiladorlik davrida epinefrinni qo‘llagan bolalarda rivojlanish nuqsoni va chov churrasi rivojlanishi o‘rtasida statistik o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan, shuningdek onaga vena ichiga epinefrin yuborilgandan keyin homilada anoksiya paydo bo‘lishi haqida bir holat haqida xabar berilgan.

Tug‘ruq vaqtida pasaygan arterial bosimni to‘g‘rilash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki tug‘ruqning ikkinchi bosqichini sekinlashtirishi mumkin; bachadon qisqarishini bo‘shashtirish uchun yuqori dozalarni yuborishda qon ketish bilan bachadonni uzoq muddatli atoniyasini chaqirishi mumkin.

Bolalarda yurak to‘xtashida qo‘llash mumkin, lekin ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Davolashni to‘xtatishda dozani asta-sekin kamaytirish kerak, chunki davolashni to‘satdan bekor qilish arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin.

Alkillovchi va oksidlovchi moddalar, shu jumladan xloridlar, bromidlar, nitritlar, temir tuzlari, peroksidlar tomonidan yengil parchalanadi.

Agar eritma pushti yoki jigarrangga kirsa yoki cho‘kma paydo bo‘lsa, uni yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan qismini yo‘q qilish kerak.

Preparat qo‘llanganidan keyin shifokor pasientni transport vositasini boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yishni har bir holatda shaxsiy ravishda xal qilishi kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi: “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial bosimni haddan tashqari oshishi, bradikardiya bilan almashinadigan taxikardiya, ritmni buzilishi (shu jumladan, yurak bo‘lmachalari va qorinchalari fibrillyasiyasi), teri qoplamalarini sovushi va oqarishi, bosh og‘rig‘i, metabolik asidoz, miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi (ayniqsa keksa yoshli pasientlarda), o‘pka shishi, o‘lim.

Davolash: yuborishni to‘xtatish, simptomatik davolash – arterial bosimni pasaytirish uchun – α-adrenoblokatorlar (fentolamin), aritmiyalarda – β-adrenoblokatorlar (propranolol) yuboriladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 1 mg/ml 1 ml dan ampulada.

5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutida.

20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramdan muvofiq 20,50 yoki 100 preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoq va ampula skarifikatori karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (stasionar uchun).

O‘yiqchasi, halqasi va sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulali o‘ramda pichoq yoki ampula skarifikatori joylanmaydi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 dori vositasi Московский эндокринный завод, ФГУП tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
GEPARIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 1 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Nafazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 1000me N5
Narh: 224 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 500me N5
Narh: 2 660 000 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
TRAMADOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
KETAMIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9