×
×
  • OPAST tabletkalari 5mkg N84

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OPAST tabletkalari 5mkg N84

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Koreya
Qadoqda soni:
- 84
Ishlab chiqaruvchi:
- Yungjin Pharm. Co., Ltd
ATX kodi:
- C01EA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
50 000 s`om dan
SEMILAKT tabletkalari 50 mg 50/20 mg N10 Rotapharm Ilaçlari Limited Şirketi Turkiya
LERKAMEN 20 tabletkalari 20mg N28 Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group) Germaniya
LIPRIMAR tabletkalari 10mg N30 «Пфайзер Фармасьютикалс ЭлЭлСи», Пуэрто-Рико, США AQSh
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OPAST tabletkalari 5mkg N84 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OPAST

OPAST

 

Preparatning savdo nomi: Opast

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): limaprostr alfadeks

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: limaprost alfadeks 5 mkg limaprostga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikroselak 100, laktoza gidrati, maltodekstrin, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi.

Ta‘rifi: dumaloq, oq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita, PGE1 preparati.

ATX kodi: S01YeA01

Farmakologik xususiyatlari

Tabiiy PgE1 analogidir, qon tomirlarni kengaytiruvchi (arteriolalar, prekapillyar sfinkterlar, mushak arteriyalari darajasida), antiagregant va angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Mikrosirkulyasiya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi, kollateral qon tomirlarni ochilishiga yordam beradi. Tomirlarning umumiy periferik qarshiligi, arterial bosimni pasaytiradi, yurak qisqarishlar tez-tezligini reflektor oshiradi, bu qonning minutlik hajmini oshishiga olib keladi.

Eritrositlarning elastikligini oshirib va trombositlarning adgeziyasi/agregasiyasini kamaytirib, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, fibrinolitik samaraga ega.

Metabolizmga ta‘sir ko‘rsatadi, glyukoza va kislorod utilizasiyasini oshiradi, granulositlar va makrofaglardan erkin radikallar va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishini susaytiradi, proteinlar sintezini rag‘batlantiradi, lipidlar almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi (xolesterin sintezini susaytirib va PZLP konsentrasiyasini kamaytirib), silliq mushak xujayralarining proliferasiyasini tormozlaydi.

Qo‘llanilishi

Tinch holatda og‘riqlar yoki trofik o‘zgarishlar bilan kechuvchi III-IV darajadagi (Fonteyn tasnifi bo‘yicha) obliterasiyalovchi kasalliklar.

Og‘ir darajadagi “o‘zgaruvchan” oqsoqlik bilan kechuvchi obliterasiyalovchi endarteriit (oyoqni jarrohlik yo‘li bilan revaskulyarizasiya qilish imkoni bo‘lmaganda), obliterasiyalovchi ateroskleroz, diabetik angiopatiya, obliterasiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi), trofik buzilishlar bilan kechuvchi Reyno sindromi, vaskulit, sklerodermiya, ikrasimon mushaklar tirishishi, fizik omillar, ayniqsa haddan tashqari vibrasiyaning shikastlovchi ta‘sirida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga obliterasiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi) bilan bog‘iq yara, og‘riq va sovuq qotish hissi kabi turli ishemik simptomlarni davolash uchun Opast 2 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi.

Kattalarga umurtqa pog‘onasining bel qismini orttirilgan stenozida va qon tomir kasalliklari tufayli ko‘chib yuruvchi oqsoqlikdagi sub‘ektiv simptomlarni (holsizlik, uvishish, oyoqlarda og‘riq va sezuvchanlikni yo‘qolishi) davolash uchun Opast 1 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi.

Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. O‘rtacha davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Limaprost alfadeks yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ritmini yaqqol buzilishlari, yurak ishemik kasalligini zo‘rayishi, oxirgi 6 oy davomida o‘tkazilgan miokard infarkti yoki insult.

O‘pka shishi, o‘pkaning infiltrativ kasalliklari, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari. Jigar disfunksiyasi (aspartataminotransferaz, alaninaminotransferaz yoki gamma-glutamiltransferaza faolligini oshishi) va anamnezida og‘ir jigar kasalliklari, shuningdek qon ketishini paydo bo‘lishining yuqori ehtimoli bilan kechuvchi kasalliklar (me‘da, 12 barmoq ichak yara kasalligi, katta jarohat).

Qon tomirlarni kengaytiruvchi va antikoagulyantlar bilan yondosh davolash.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Opastni antikoagulyantlar va antiagregantlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon ketishi xavfi bo‘lishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Opastni qo‘llash gipotenziv preparatlar va vazodilatatorlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Opast bilan davolash o‘tkazilganida arterial bosim, YUQS, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, qon ivishining ko‘rsatkichlarini (qon ivishi tizimning buzilishlari yoki qon ivishi tizimiga ta‘sir etuvchi preparatlar bilan bir vaqtda davolaganda) nazorat qilish kerak. YUIK, buyrak yetishmovchiligi (zardobdagi kreatinin 1,5 mg/dl dan yuqori) bo‘lgan pasientlar shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari. Preparat dozasini oshirib yuborilganda bemorlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash. Preparat dozasini oshirib yuborilishining klinik manzarasi rivojlanganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.

Chiqarilish shakli

21 tabletka alyuminiy folgali bliterda, 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OPAST tabletkalari 5mkg N84 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OPAST tabletkalari 5mkg N84 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OPAST tabletkalari 5mkg N84 dori vositasi Yungjin Pharm. Co., Ltd tomonidan Koreya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OPAST tabletkalari 5mkg N84 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OPAST tabletkalari 5mkg N84 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9