OPAST ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OPAST
OPAST
Preparatning savdo nomi: Opast
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): limaprostr alfadeks
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: limaprost alfadeks 5 mkg limaprostga ekvivalent
yordamchi moddalar: mikroselak 100, laktoza gidrati, maltodekstrin, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi.
Ta‘rifi: dumaloq, oq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita, PGE1 preparati.
ATX kodi: S01YeA01
Farmakologik xususiyatlari
Tabiiy PgE1 analogidir, qon tomirlarni kengaytiruvchi (arteriolalar, prekapillyar sfinkterlar, mushak arteriyalari darajasida), antiagregant va angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. Mikrosirkulyasiya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi, kollateral qon tomirlarni ochilishiga yordam beradi. Tomirlarning umumiy periferik qarshiligi, arterial bosimni pasaytiradi, yurak qisqarishlar tez-tezligini reflektor oshiradi, bu qonning minutlik hajmini oshishiga olib keladi.
Eritrositlarning elastikligini oshirib va trombositlarning adgeziyasi/agregasiyasini kamaytirib, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, fibrinolitik samaraga ega.
Metabolizmga ta‘sir ko‘rsatadi, glyukoza va kislorod utilizasiyasini oshiradi, granulositlar va makrofaglardan erkin radikallar va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishini susaytiradi, proteinlar sintezini rag‘batlantiradi, lipidlar almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi (xolesterin sintezini susaytirib va PZLP konsentrasiyasini kamaytirib), silliq mushak xujayralarining proliferasiyasini tormozlaydi.
Qo‘llanilishi
Tinch holatda og‘riqlar yoki trofik o‘zgarishlar bilan kechuvchi III-IV darajadagi (Fonteyn tasnifi bo‘yicha) obliterasiyalovchi kasalliklar.
Og‘ir darajadagi “o‘zgaruvchan” oqsoqlik bilan kechuvchi obliterasiyalovchi endarteriit (oyoqni jarrohlik yo‘li bilan revaskulyarizasiya qilish imkoni bo‘lmaganda), obliterasiyalovchi ateroskleroz, diabetik angiopatiya, obliterasiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi), trofik buzilishlar bilan kechuvchi Reyno sindromi, vaskulit, sklerodermiya, ikrasimon mushaklar tirishishi, fizik omillar, ayniqsa haddan tashqari vibrasiyaning shikastlovchi ta‘sirida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga obliterasiyalovchi trombangiit (Byurger kasalligi) bilan bog‘iq yara, og‘riq va sovuq qotish hissi kabi turli ishemik simptomlarni davolash uchun Opast 2 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi.
Kattalarga umurtqa pog‘onasining bel qismini orttirilgan stenozida va qon tomir kasalliklari tufayli ko‘chib yuruvchi oqsoqlikdagi sub‘ektiv simptomlarni (holsizlik, uvishish, oyoqlarda og‘riq va sezuvchanlikni yo‘qolishi) davolash uchun Opast 1 tabletkadan (10 mkg limaprost) kuniga 3 marta buyuriladi.
Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. O‘rtacha davolash kursi 4 haftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Limaprost alfadeks yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ritmini yaqqol buzilishlari, yurak ishemik kasalligini zo‘rayishi, oxirgi 6 oy davomida o‘tkazilgan miokard infarkti yoki insult.
O‘pka shishi, o‘pkaning infiltrativ kasalliklari, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari. Jigar disfunksiyasi (aspartataminotransferaz, alaninaminotransferaz yoki gamma-glutamiltransferaza faolligini oshishi) va anamnezida og‘ir jigar kasalliklari, shuningdek qon ketishini paydo bo‘lishining yuqori ehtimoli bilan kechuvchi kasalliklar (me‘da, 12 barmoq ichak yara kasalligi, katta jarohat).
Qon tomirlarni kengaytiruvchi va antikoagulyantlar bilan yondosh davolash.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Opastni antikoagulyantlar va antiagregantlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon ketishi xavfi bo‘lishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Opastni qo‘llash gipotenziv preparatlar va vazodilatatorlarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Opast bilan davolash o‘tkazilganida arterial bosim, YUQS, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, qon ivishining ko‘rsatkichlarini (qon ivishi tizimning buzilishlari yoki qon ivishi tizimiga ta‘sir etuvchi preparatlar bilan bir vaqtda davolaganda) nazorat qilish kerak. YUIK, buyrak yetishmovchiligi (zardobdagi kreatinin 1,5 mg/dl dan yuqori) bo‘lgan pasientlar shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. Preparat dozasini oshirib yuborilganda bemorlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash. Preparat dozasini oshirib yuborilishining klinik manzarasi rivojlanganda simptomatik davolash ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
21 tabletka alyuminiy folgali bliterda, 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari