×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORSERIN kapsulalar 50mg N30

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Диацереин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Macleods Pharmaceutical Ltd
ATX kodi:
- M01AX21
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 196 ta dorixonasida topildi

ico 55 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 74 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 72 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
MEDROLGIN ko'z tomchilari 5ml 0,5% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
38 000 s`om dan
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
35 000 s`om dan
RADOFEN tabletkalari 50mg/10mg N30 SR Medicare Pvt., Ltd Hindiston
57 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORSERIN kapsulalar 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORSERIN

ORCERIN

Preparatning savdo nomi: Orserin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diaserein

Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg diaserein;

yordamchi moddalar: betasiklodekstrin, natriy laurilsulfati, laktoza (DCL), natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy, magniy stearati.

Jelatin kapsulalarning tarkibi:

kapsula qopqoqchasi: titan dioksidi, indigokarmin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, punsoviy bo‘yovchisi [Ponso-4R], bronopol, povidon K-30, natriy laurilsulfati, jelatin.

kapsula korpusi: titan dioksidi, indigokarmin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, bronopol, povidon K-30, natriy laurilsulfati, jelatin.

Ta‘rifi: och sariq rangli kukun saqlovchi to‘q-ko‘k/och-ko‘k rangli, o‘lchami ”1” qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyani rag‘batlantiruvchi vositalar.

ATX kodi: M01AX21.

 

Farmakologik xususiyatlari

Diaserein – antraxinon hosilasi. Faol metaboliti – rein orqali (diaserein reinning diasetillangan hosilasidir), interleykin-1 (IL-1) faolligini ingibisiya qilib, u osteoartrozda tog‘ayni yallig‘lanishi va degradasiyasini rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. IL-1 ni ingibisiya qilinishi va xondrositlarni proliferasiyasini avj oluvchi, kollagen II, proteoglikanlar va gialuronni xosil bo‘lishini oshiruvchi, o‘sishni transformasiya qilovchi omilini ishlab chiqarilishini rag‘batlantirilishi (TGF-b), tog‘ay to‘qimasining xondromodulyator proteksiyasini ta‘minlaydi (xondrositlarda katabolizm va anabolizm jarayonlari orasida balansni o‘rnatadi va bo‘g‘im ichki tog‘ayni va xususiy sinovial suyuqlikni tiklaydi). Diaserein siklooksigenazani susaytirishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin diaserein me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va diasetilizasiya yo‘li orqali to‘liq reingacha metabolizmga uchraydi. Reinning nisbiy biokiraolishligi – 35-56% ni tashkil qiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish biokiraolishligini 25% ga oshiradi. Preparatni 50 dan 200 mg gacha qabul qilinadigan dozalari diapazonida diaserein dozaga bog‘liq (proporsional) farmakokinetikaga ega. 50 mg doza bir marta qabul qilinganida maksimal konsentrasiyasining (Smax) qiymati 3,15 mg/ml ga yetadi. Ko‘p marta qabul qilinganida preparatni to‘planishi tufayli, Smax oshadi. Doza bir marta qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasiga (Tmax) erishish vaqti 1,6 dan 2,4 soatgachani tashkil qiladi. Reinni yarim chiqarilish davrining (T1/2) qiymati 7 soatdan 8 soatgachani tashkil qiladi. Ichga 50 mg diaserein qabul qilinganidan keyin taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 13,2 l ni tashkil qiladi. Rein amalda plazma oqsillari bilan 100% bog‘lanadi, yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqlari orqali o‘tadi.

Rein buyrak orqali o‘zgarmagan holda (20%) va glyukuronid (60%) va sulfat (20%) ko‘rinishida chiqarilidi.

Qo‘llanilishi

Birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir kapsula (50 mg) ichga kuniga ikki marta ovqat bilan qabul qilinadi. Davolash davomiyligi olingan natijaga qarab, davomli kamida (6 oy) bo‘lishi mumkin. Diasereinni qo‘llashdan to‘liq terapevtik samara ikki-uch oy davolashdan keyin kuzatiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kreatinin klirensi <30 ml/min bo‘lganida diasereinning asosiy dozasi kuniga 50 mg gacha pasaytirilishi va so‘ngra o‘zlashtirilishi va klinik samaradorligiga qarab, muvofiqlashtirilishi kerak.

Diaserein birinchi 2 hafta davomida ichakdan ozuqa moddalarini o‘tishini tezlashtirishi mumkinligi tufayli, davolashni 4 hafta davomida kuniga bir kapsuladan kechqurun ovqat bilan boshlash tavsiya qilinadi. Keyinchalik shifokor bilan maslahatlashgandan keyin, doza ovqat bilan qabul qilinadigan kuniga 2 kapsulagacha   (100 mg) oshirilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, gepatit.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, isitma, bronxospazm, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Siydik sariqdan to jigarrang ranggacha jadal bo‘yalishi mumkin (rN ga qarab), bu preparatni bekor qilishni yoki dozani pasaytirishni talab qiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Diasereinga, preparatning boshqa komponentlariga va antraxinonlarning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

  • Faqat o‘ziga xos hollardagina preparat ichakning quyi bo‘limlarini ta‘sirlanishi bo‘lgan pasientlarga buyuriladi.
  • Surunkali buyrak yetishmovchiligi.
  • Keksalarda.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diasereinni ichakning ichidagisini hajmini oshiruvchi preparatlar (masalan, katta miqdordagi kletchatka) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Diasereinni qabul qilish ichakning mikroflorasiga ta‘sir qiluvchi antibiotiklar yoki ximioterapevtik preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda ichak tomonidan noxush ko‘rinishlar tez-tezligini oshirishi mumkin.

Alyuminiy gidroksidi va/yoki magniy gidroksidi saqlovchi preparatlar, diasereinning biokiraolishligini pasaytiradi.

Diaserein bilan birga surgi preparatlari qo‘llanmasligi kerak.

NYAQP, salisilatlar, varfarin, valproat kislotasi, fenitoin, glibenklamid yo‘ldosh qo‘llashganida, reinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishini o‘zgarishi aniqlanmagan. N2-gistamin reseptorlarining blokatorlarini reinning farmakokinetik ko‘rsatgichlariga ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siydikni jadal bo‘yalishi siydikning klinik tahlillarining natijalarini tahlil qilishni qiyinlashtirishi mumkin.

Davomli davolashda har 6 oyda qonning to‘liq tahlilini, jigar fermentlarini, siydikning umumiy tahlilini o‘tkazish kerak.

Terapevtik samarasini sekin rivojlanishi oqibatida (ta‘sirini boshlanishi – 2 hafta davolashdan keyin) diaserein davolashning birinchi 2-4 haftalarida nosteroid yallig‘lanishga qarshi yoki og‘riqni qoldiruvchi preparatlar bilan buyurilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, holsizlik .

Davolash: yaqqol diareyada plazmaning elektrolit tarkibini nazorat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar, 50 mg.

10 kapsula alyumin folga blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORSERIN kapsulalar 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORSERIN kapsulalar 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORSERIN kapsulalar 50mg N30 dori vositasi Macleods Pharmaceutical Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORSERIN kapsulalar 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORSERIN kapsulalar 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DIAFLEKS kapsulalar 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Диацереин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
OLMESAR G tabletkalari 20mg/12,5mg N28
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
OLMESAR 20 tabletkalari 20mg N28
Narh: 69 400 so'mdan Batafsil
MUKOGEN tabletkalari 100mg N30
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
GATIMAK 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
KOKSERIN kapsulalar 250mg N100
ZITROKS 250 tabletkalari 250mg N6
TRENAKSA 500 tabletkalari 500mg N12
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Narh: 57 100 so'mdan Batafsil
MUSITUS 300 kapsulalar 300mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
MUSITUS 150 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
MUSITUS 150 kapsulalar 150mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9