×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Испания
Faol modda:
Ибупрофен
Farmakologik guruhlari:
- Yallig'lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar, nosteroidlar; propion kislotasi hosilalari.
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- EDEFARM, S.L
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- M01AE01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 148 ta dorixonasida topildi

ico 36 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 55 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 43 700 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SUARON tabletkalari 100mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
22 000 s`om dan
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 Патеон Софтджелс Б.В., Де Постохооонстраат 7 Niderlandlar
DIKLOVIT kapsulalar N30 Нижфарм-Stada CIS Avstriya
49 200 s`om dan
TENOVIKS eritma 20mg N3 NITIN LIFESCIENCES LTD. Hindiston
90 700 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 4 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir paketcha 5 ml peroral suspenziya saqlaydi. Paketchalar PET/alyumin/PET/PE kompleksidan shakllantiriladi. 12 paketchalardan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Paketchadagi har bir bir martalik doza 5 ml peroral suspenziyada 100 mg ibuprofen saqlaydi.

Bir ml peroral suspenziya 20 mg ibuprofen saqlaydi.

Yordamchi moddalar: natriy benzoati (E211), suvsiz limon kislotasi (E330), natriy tsitrati (E331), natriy saxarini (E954), natriy xloridi, gipromelloza (tip 2910) (e464), ksantan kamedi, suyuq maltitol (e965), gliserin (99,5%) (E422), qulupnay aromatizatori (tabiiy aromatizatorlarga o'xshash moddalar, tabiiy aromatizatorlar, makkajo'xori maltodekstrini, trietilsitrat (e-1505), propilenglikol (e-1520) va benzil spirti saqlovchi), tozalangan suv.

Ta'sir mexanizmi

Ibuprofen – hayvonlardagi yallig'lanishning odatdagi eksperimental modellarida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish yo'li bilan o'zining samaradorligini isbotlagan nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir (NYAQP). Odamlarda ibuprofen yallig'lanish og'rig'i, shishi va isitmani kamaytiradi. Bundan tashqari, ibuprofen ADF - va kollagen-induktsiya qilgan trombositlar agregasiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi.

Farmakodinamik samaralar

Eksperimental ma'lumotlar ibuprofen bir vaqtda yuborilganda atsetilsalisil kislotasining past dozalarini trombositlar agregasiyasiga ta'sirini raqobatli ingibitsiya qilishi mumkinligidan dalolat beradi. Ayrim farmakodinamik tadqiqotlar atsetilsalisil kislotasini (81 mg) darhol ajralib chiqishidan oldin 8 soat davomida yoki 30 minutdan keyin 400 mg dozada ibuprofenni bir marta qabul qilganda atsetilsalisil kislotasining tromboksan hosil bo'lishi yoki trombositlar agregasiyasiga ta'sirini pasayishi kuzatilgan. Garchi klinik holatga ushbu ma'lumotlarni ekstrapolyasiyasi yuzasidan noaniq bog'liqlik mavjudligi tufayli, ibuprofenni muntazam, uzoq vaqt qabul qilish atsetilsalisil kislotasining past dozalarini kardioprotektor samarasini pasaytirishi mumkinligi ehtimolini inkor etib bo'lmaydi. Ibuprofenni to'satdan qabul qilganda klinik ahamiyatli samara ehtimoli mavjud deb hisoblanmaydi.

Bolalarda spesifik farmakokinetik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Adabiyotdagi ma'lumotlarga ko'ra, bolalarda ibuprofenni so'rilishi, metabolizmi va chiqarilishi kattalardagidek kechishini tasdiqlaydi.

Chiqarilishi

Peroral qabul qilingandan keyin ibuprofen me'dada qisman so'riladi, keyinchalik ingichka ichakda to'liq so'riladi. Qon zardobidagi cho'qqi kontsentrasiyasiga darhol ajralib chiqadigan dori shakli peroral qabul qilingandan keyin 1-2 soat o'tgach kuzatiladi.

Taqsimlanishi

Ibuprofen butun organizm bo'yicha tez taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 99% ni tashkil qiladi.

Biotransformasiyasi

Ibuprofen jigarda farmakologik faol bo'lmagan metabolitlarigacha jadal metabolizmga uchraydi (gidroksilizasiya, karboksilizasiya, kon'yugasiya).

Chiqarilishi

Jigardagi metabolizmidan keyin farmakologik nofaol metabolitlari asosan buyraklar orqali (90%), shuningdek o't chiqarish yo'llari orqali chiqariladi. Sog'lom ko'ngillilarda, shuningdek jigar yoki buyrak kasalliklari bo'lgan pasientlarda ibuprofenning yarim chiqarilish davri 1,8-3,5 soatni tashkil qiladi.

Buyrak etishmovchiligi

Ibuprofen va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, buyrak etishmovchiligining turli darajalari bo'lgan pasientlarda preparatning farmakokinetikasini o'zgarishi kuzatilishi mumkin. Sog'lom nazorat guruhiga nisbatan buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda oqsil bilan bog'lanishini kamayishi, qon plazmasida umumiy ibuprofen va bog'lanmagan (S)-ibuprofen darajasini oshishi, (S)-ibuprofen uchun AUC ko'rsatkichini oshishi va AUC enantiomer nisbatini (S/R) oshishi haqida xabar berilgan. Dializ o'tkazilgan buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi bo'lgan pasientlarda ibuprofenning o'rtacha erkin fraktsiyasi sog'lom ko'ngillilardagi taxminan 1% ga nisbatan taxminan 3% ni tashkil qilgan. Buyrak funktsiyasini og'ir darajada buzilishi ibuprofenning metabolitlarini to'planishiga olib kelishi mumkin. Ushbu samaraning ahamiyati noma'lum. Metabolitlari gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

Jigar etishmovchiligi

Engil va o'rtacha og'irlikdagi jigar etishmovchiligi bilan kechuvchi alkogolli kasallik farmakokinetik ko'rsatkichlarni ahamiyatli o'zgarishlariga olib kelmagan. Jigar kasalliklari ibuprofenning taqsimlanish kinetikasini o'zgartirishi mumkin. Jigar funktsiyasini o'rtacha darajada buzilishi bilan kechuvchi jigar tsirrozi (Chayld-Pyu bo'yicha 6-10 ball) bo'lgan bemorlarda yarim chiqarilish davrini o'rtacha 2 marta oshishi kuzatilgan va AUC enantiomer nisbat (S/R) sog'lom nazorat guruhiga nisbatan ishonchli ravishda past bo'lgan.

Ushbu dori vositasi og'riqni engillashtirish va tana haroratini pasaytirish uchun ta'sir ko'rsatadigan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat (NYAQP) deb nomlanuvchi dori vositalariga guruhiga kiradigan ibuprofen saqlaydi.

Dori vositasiga quyidagi nojo'ya reaktsiyalarda ular asosan dozaga bog'liqligi va o'zaro farq qilishini e'tiborga olish kerak.

Uzoq vaqt davolaganda qon tahlilini muntazam nazorat qilish kerak.

Allergik reaktsiya simptomlari paydo bo'lganida preparatni bekor qilish va darhol shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Ko'rishni buzilishi yuzaga kelganda dori vositasini bekor qilish va darhol shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Agar qorinning yuqori qismida nisbatan kuchli og'riq yoki melena yoki gematemez paydo bo'lsa, dori vositadan voz kechish va darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Nojo'ya reaktsiyalar tez-tezligi quyidagicha belgilanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam xollarda (<1/10000) va noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Har bir tez-tezlik guruhida noxush samaralar jiddiyligi kamayishi tartibida keltirilgan.

Infektsiyalar va invaziyalar: juda kam xollarda – infektsion yallig'lanishlarni kuchayishi (masalan nekrozlanuvchi fassiitni rivojlanishi). Yakka holatlara suvchechakda og'ir darajadagi teri infektsiyalari va yumshoq to'qimalar tomonidan asoratlar yuzaga kelishi mumkin;

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda kam xollarda – qon yaratishni buzilishi (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Birinchi belgilari: isitma, tomoqda og'riq, og'izda yuzaki yaralar, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlanish, burundan va teridan qon ketishi. Bunday hollarda pasientlarga preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish, analgetiklar yoki isitmani tushiruvchi vositalar bilan mustaqil davolanishdan saqlanish va shifokorga murojaat etishni tavsiya qilish kerak.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – eshakemi va qichishish; juda kam xollarda – o'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir reaktsiyalari. Simptomlari quyidagilar bo'lishi mumkin: yuz, til va hiqildoqni shishi, hansirash, taxikardiya, gipotenziya (anafilaksiya, angionevrotik shish yoki og'ir darajadagi shok). Astmani zo'rayishi; noma'lum – nafas yo'llari tomonidan reaktsiyalar (astma, bronxospazm yoki hansirash).

Ruhiy buzilishlar: juda kam xollarda - psixotik reaktsiyalar, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, ta'sirchanlik yoki toliqish kabi Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar; juda kam xollarda - aseptik meningit1.

Ko'z va uning yondosh apparati kasalliklari: tez-tez emas – ko'rishni buzilishi.

Eshitish a'zosi va muvozanat tomonidan buzilishlar: kam xollarda – quloqlarda shovqin;

Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam xollarda – yurak etishmovchiligi, yurak urib ketishi, shishlar, miokard infarkti.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: juda kam xollarda - gipertoniya, vaskulit.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, dispepsiya, diareya, meteorizm, qabziyat, jig'ildon qaynashi, qusish va juda kam xollarda anemiya chaqirishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan kichik qon ketishlar kabi me'da-ichak yo'llari tomonidan shikoyatlar; tez-tez emas – me'da-ichak yo'llari yarasi, perforasiya yoki me'da-ichakdan qon ketishi, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo'rayishi, gastrit; juda kam xollarda - ezofagit, ichak, diafragmasimon strikturalarni hosil bo'lishi, pankreatit.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: juda kam xollarda – jigar disfunktsiyasi, jigarni shikastlanishi, ayniqsa uzoq vaqt qo'llaganda, jigar etishmovchiligi, o'tkir gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – teri toshmalari; juda kam xollarda – bullyoz reaktsiyalar kabi teri reaktsiyalarining og'ir shakllari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz, Alopesiya; noma'lum – eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dori reaktsiyasi (DRESS sindromi).

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: kam xollarda – buyrak to'qimasini shikastlanishi (papillyar nekroz) va qonda mochevina kontsentrasiyasini oshishi; qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasini oshishi; juda kam xollarda – shishlarni paydo bo'lishi, ayniqsa arterial gipertenziya yoki buyrak etishmovchiligi, nefrotik sindrom, interstisial nefrit bo'lgan bemorlarda, ular o'tkir buyrak etishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin.

Laborator va instrumental ma'lumotlar: kam xollarda – gemoglobin darajasini pasayishi.

Agar bolangizda quyidagi biron-bir simptomlar kuzatilsa, ushbu dori vositasini berishni to'xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat eting:

  • qorinda nisbatan kuchli og'riq, qora qatronsimon axlat, qon yoki kofe quyqasiga o'xshash to'q zarrachalar aralash qusish kabi ichakdan qon ketishi belgilari.

  • butun terini qoplagan teri toshmasi, kepaklanish, pufaklar yoki terini kepaklanishi kabi og'ir darajadagi teri reaktsiyalari.

Simptomlarni nazorat qilish uchun zarur eng past samarali dozada eng qisqa vaqt davomida qo'llash yo'li bilan noxush samaralarni minimumga etkazish mumkin (quyida mi va yurak-qon tomir xavflariga qarang).

Quyidagi holatlari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi:

  • Tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimalarning aralash kasalliklari, chunki aseptik meningit rivojlanishining yuqori xavfi mavjud.

  • Porfirinlarni almashinuvining nasliy buzilishlari (masalan o'tkir vaqti-vaqti bilan zo'rayuvchi porfiriya).

  • Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar yoki anamnezida ichakning surunkali yallig'lanishli kasalliklari (yarali kolit va Kron kasalligi).

  • Gipertonik kasallik va (yoki) suyuqlikni tutilishi va shish ko'rinishida o'rtacha darajadagi yurak etishmovchiligi NYAQP bilan davolash tufayli qayd etilgan.

  • Buyrak funktsiyasini buzilishi, chunki buyrak funktsiyasi yanada yomonlashishi mumkin.

  • Jigar disfunktsiyasi.

  • Bevosita yirik jarroxlik aralashuvlaridan keyin.

  • Allergik rinit, burun poliplari yoki o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, chunki allergik reaktsiyalarning yuqori xavfi mavjud. Ular astmatik xuruj (analgetik astma deb nomlanuvchi), Kvinke shishi yoki eshakemi ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin.

  • Anamnezida boshqa turdagi moddalarga allergik reaktsiyalar, chunki ibuprofenni qo'llaganda ular uchun ham o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini yuzaga kelishining yuqori xavfi mavjud.

Boshqa NYAQP

Ibuklin® Bebi 100 mg paketchalardagi peroral suspenziyani NYAQP, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan yondosh qo'llashdan saqlanish kerak.

Me'da-ichak samaralari

Anamnezida yara kasalligi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa agar u qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan bo'lsa, shuningdek keksa odamlarda NYAQP dozasi oshirilganda me'da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo'lishi yoki perforasiya xavfi oshadi. Bunday pasientlar davolashni mavjud bo'lgan eng past dozadan boshlashlari kerak.

Peroral kortikosteroidlar, peroral yoki parenteral antikoagulyantlar (masalan geparin yoki uning hosilalari, atsenokumarol yoki varfarin kabi K vitamini antagonistlari va rivaroksaban, apiksaban yoki Dabigatran kabi K vitamini antagonistlari tipidagi peroral antikoagulyantlar), serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari yoki antitrombositar agentlar (masalan atsetilsalisil kislotasi) kabi yara hosil bo'lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo'lgan yondosh preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Ibuprofen qabul qilayotgan pasientlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo'lishi kuzatilganda, davolashni bekor qilish kerak.

Yurak-qon tomir va tserebrovaskulyar samaralar

Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarni davolashni boshlashdan oldin ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish), chunki NYAQP bilan davolash bilan bog'liq suyuqlikni tutilishi, arterial gipertenziya va shishlar haqida xabar berilgan.

Umuman olganda epidemiologik tadqiqotlar ibuprofenning past dozalari (masalan sutkada ≤ 1200 mg) arterial trombotik asoratlar xavfini oshishi bilan bog'liqligini taxmin qilmaydi.

Gematologik samaralar

Ibuprofen trombositlar agregasiyasini vaqtincha ingibitsiya qilishi mumkin. Shuning uchun qon ivishini buzilishi bo'lgan pasientlar sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.

Ibuprofen bilan uzoq vaqt davolash vaqtida jigar ko'rsatkichi, buyrak funktsiyasi va qon tahlilini muntazam nazorat qilish kerak.

Respirator samaralar

Anamnezida bronxial astma yoki allergik kasalliklar bo'lgan pasientlarda bronxospazm qo'zg'ashi mumkin.

Dori vositalarini haddan tashqari ko'p qo'llash chaqirgan bosh og'rig'i

Bosh og'rig'ida har qanday turdagi analgetiklarni uzoq vaqt qo'llash uni og'irlashtirishi mumkin. Bunday holatlar yuzaga kelganda yoki unga gumon qilinganda shifokorga murojaat etish va davolashni to'xtatish kerak.

Buyrakka ta'siri

Umuman olganda, analgetiklarni odatdagi qo'llash, ayniqsa bittadan ortiq og'riq qoldiruvchi faol ingredient bilan majmuada qo'llash buyrakni qaytmast shikastlanishi, shu jumladan buyrak etishmovchiligi xavfiga (analgetik nefropatiya) olib kelishi mumkin.

Suvsizlangan bolalarda buyrak funktsiyasini buzilishi xavfi mavjud.

Homilador yoki emizikli pasientlarda, shuningdek jigar yoki buyrak kasalliklari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu benzil spirtining ko'p miqdori organizmda to'planishi va nojo'ya samaralar (metabolik asidoz) chaqirishi mumkinligi bilan bog'liq.

Ibuprofen kabi yallig'lanishga qarshi/og'riq qoldiruvchi preparatlar, ayniqsa yuqori dozalarda qo'llanilganda yurak xuruji yoki insult xavfini biroz oshishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Tavsiya etilgan doza yoki davolash davomiyligini oshirmang.

Suvchechak vaqtida ibuprofenni qo'llashdan saqlangan afzal.

Quyidagilarni qisqa muddatli simptomatik davolash:

  • engil yoki o'rtacha darajadagi og'riq

  • isitma

Ibuklin® Bebi 100 mg paketchadagi peroral suspenziya tana vazni 10 kg dan 39 kg gacha bo'lgan 1 yoshdan 11 yoshgacha bolalarda engil va o'rtacha darajadagi og'riq va isitmani qisqa muddatli simptomatik davolash uchun qo'llanadi.

Agar 3 kundan keyin Siz ushbu dori vositasini berayotgan bola o'zini yaxshiroq his qilmasa yoki bola o'zini yomonroq his qilsa, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Faol modda yoki biron-bir yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.

  • Avval atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga (NYAQP) javoban o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan astma, rinit, angionevrotik shish yoki eshakemi) kuzatilgan pasientlar.

  • Qon yaratishni aniqlanmagan buzilishlari.

  • Tserebrovaskulyar yoki boshqa faol qon kuyilishlar.

  • Faol yoki qaytalanuvchi yara kasalligi/anamnezida qon ketishi (yara yoki qon ketishining ikkita yoki undan ko'proq alohida isbotlangan epizodlari).

  • Avvalgi NYAQP bilan davolash bilan bog'liq bo'lgan anamnezida me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi yoki perforasiya.

  • Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi, og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi yoki og'ir darajadagi yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha IV sinf).

  • Kuchli suvsizlanish (suyuqlik etarli darajada qabul qilinmaganda qusish, diareya chaqirgan).

  • Homiladorlikning oxirgi uch oyligi.

  • 1 yoshgacha va/yoki tana vazni 10 kg dan kam bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ibuprofenni quyidagi preparatlar bilan birga qo'llashdan saqlanish kerak:

Boshqa NYAQP, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari: ikkita yoki undan ko'proq NYAQP ni bir vaqtda qo'llashdan saqlaning, chunki bu nojo'ya samaralar xavfini oshirishi mumkin.

Atsetilsalisil kislotasi: Nojo'ya samaralarni potentsial kuchayishi mumkinligi tufayli, ibuprofen va atsetilsalisil kislotasini bir vaqtda qo'llash odatda tavsiya etilmaydi.

Ibuprofenni quyidagilar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak:

Fenitoin: Ibuprofenni fenitoin preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida fenitoinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. To'g'ri qo'llanilganda (maksimum 3 kun davomida) qon zardobida fenitoin darajasini tekshirish odatda talab etilmaydi.

Antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari, beta-reseptorlar yoki angiotenzin-II blokatorlari) va diuretiklar: NYAQP ushbu preparatlarning ta'sirini susaytirishi mumkin. Shuning uchun majmuani ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, ayniqsa keksa odamlarda. Davolashni boshlashdan oldin yoki yondosh davolash vaqtida, shuningdek undan keyin vaqti-vaqti bilan pasientlar adekvat gidratasiya qilinishi va buyrak funktsiyasi monitoringi masalasi ko'rib chiqilishi kerak. Diuretiklar NYAQP ning nefrotoksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Digoksin kabi yurak glikozidlari: NYAQP yurak etishmovchiligini chuqurlashtirishi, kft ni pasaytirishi va plazmada glikozidlar darajasini oshirishi mumkin. Ibuprofenni digoksin preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash qon zardobida digoksinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. To'g'ri qo'llanilganda (maksimum 3 kun davomida) qon zardobida digoksin darajasini tekshirish odatda talab etilmaydi.

Litiy: Plazmada litiy darajasini potentsial oshishi haqida ma'lumotlar mavjud. To'g'ri qo'llanilganda (maksimum 3 kun davomida) qon zardobida litiy darajasini tekshirish odatda talab etilmaydi.

Probenesid va sulfinpirazon: Probenesid yoki sulfinpirazon saqlovchi dori vositalari ibuprofenni chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.

Kaliy tejovchi diuretiklar: Ibuprofen va kaliy tejovchi diuretiklarni bir vaqtda qo'llash giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy darajasini tekshirish tavsiya etiladi).

Metotreksat: Qon plazmasida metotreksatning darajasini potentsial oshishi haqida ma'lumotlar mavjud. Metotreksatni yuborishdan 24 soat oldin yoki keyin ibuprofenni yuborish metotreksatning kontsentrasiyasini oshishiga va uning toksik ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Sulfonilmochevina: Klinik tadqiqotlar NYAQP va diabetga qarshi vositalar (sulfonilmochevina) orasida o'zaro ta'sirni namoyish qilgan. Garchi ibuprofen va sulfonilmochevin orasida o'zaro ta'sir ta'riflanmagan bo'lsada, bir vaqtda qo'llanilganda ehtiyotkorlik chorasi sifatida qonda glyukoza darajasini tekshirish tavsiya etiladi.

Xinolon antibiotiklari: Hayvonlardagi ma'lumotlar NYAQP xinolon antibiotiklari bilan bog'liq bo'lgan tirishishlar xavfini oshirishi mumkinligini ko'rsatadi. NYAQP va xinolonlarni qabul qilayotgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishining yuqori xavfi mavjud bo'lishi mumkin.

CYP 2C9 ingibitorlari: Ibuprofenni CYP2C9 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash ibuprofen (CYP2C9 substrati)ning ta'sirini oshishiga olib kelishi mumkin. Vorikonazol va flukonazol (CYP2C9 ingibitorlari) bilan o'tkazilgan tadqiqotlarda S(+)-ibuprofen ekspozisiyasini taxminan 80-100% ga oshishi namoyish qilingan. CYP2C9 ning kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qo'llaganda, ayniqsa ibuprofenning yuqori dozalarini vorikonazol yoki flukonazol bilan bir vaqtda qo'llaganda ibuprofenning dozasini pasaytirishni ko'rib chiqish kerak.

Kortikosteroidlar: Me'da-ichak yo'lari yarasi yoki qon ketishi xavfi oshadi.

Antikoagulyantlar: NYAQP geparin yoki uning hosilalari, K vitamini antagonistlari: atsenokumarol yoki varfarin kabi antikoagulyantlarning, shuningdek rivaroksaban, apiksaban yoki Dabigatran kabi K vitamin antagonistlari tipidagi peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Antitrombositar vositalar va serotoninni qayta qamrab olishning selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me'da-ichakdan qon ketishi xavfi oshadi.

Takrolimus: NYAQP ni takrolimus bilan birga qabul qilganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.

Tsiklosporin: Nefrotoksiklik xavfi oshadi.

Mifepriston: Mifepristonni yuborgandan keyin 8-12 kun davomida NYAQP ni qo'llash mumkin emas, chunki NYAQP mifepristonning samarasini pasaytirishi mumkin.

Zidovudin: NYAQP ni zidovudin bilan birga qabul qilganda gematologik toksiklik xavfi oshadi. Zidovudin va ibuprofen bilan bir vaqtda davolanayotgan OITV-infektsiyalangan (+) gemofiliyada gemartrozlar va gematomalar xavfini oshishi haqida ma'lumotlar mavjud.

Baklofen: Ibuprofenni qabul qilish boshlangandan keyin baklofenning toksikligi rivojlanishi mumkin.

Ritonavir: Ritonavir qon plazmasida NYAQP ning kontsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Aminoglikozidi: NYAQP aminoglikozidlar ekskresiyasini pasaytirishi mumkin.

Kaptopril: Eksperimental tadqiqotlar ibuprofen kaptopril tomonidan natriy ekskresiyasi samarasini ingibitsiya qilishini namoyish qilgan.

Xolestiramin: Ibuprofen va xolestiraminni bir vaqtda qo'llaganda ibuprofenni so'rilishi sekinlashadi va pasayadi (25% ga). Dori vositalarini bir necha soat interval bilan qabul qilish kerak.



yot jismlar saqlamaydigan, oq yoki deyarli oq rangli, o'ziga xos qulupnay ta'mli qovushqoq suspenziya.
Ibuprofenning dozasi bolaning tana vazni va yoshiga bog'liq.

Bolalar uchun ibuprofenning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 3-4 marta qabul qilishga 1 kg tana vazniga 20-30 mg ni tashkil qiladi.

1 yoshgacha va/yoki tana vazni 10 kg dan kam bo'lgan bolalar:

Tana vazni 10 kg dan 39 kg gacha bo'lgan 1 dan 11 yoshgacha bolalar:


Tana vazni

(Yosh)

Bir martalik doza

Maksimal sutKalik doza

10 - 15 kg

(1 - 3 yosh)

100 mg

(1 paketcha)

300 mg ibuprofen

(3 paketcha)

16 - 19 kg

(4 - 5 yosh)

100 mg

(1 paketcha)

400 mg ibuprofen

(4 paketcha)

20 - 29 kg

(6 - 9 yosh)

200 mg

(2 paketcha)

600 mg ibuprofen

(6 paketcha)

30 - 39 kg

(10 - 11 yosh)

200 mg

(2 paketcha)

800 mg ibuprofen

(8 paketcha)


Zarurati bo'lganida dozalarni taxminan har 6-8 soatda yuborish kerak.

Agar ushbu dori preparati 3 kundan ortiq talab etilsa yoki simptomlar yomonlashsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Simptomlarni nazorat qilish uchun zarur eng past samarali dozada eng qisqa vaqt davomida qo'llash yo'li bilan noxush samaralarni minimumga etkazish mumkin.

Aholining alohida guruhlari

Buyrak etishmovchiligi

Engil yoki o'rtacha og'irliq darajasidagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ammo og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ibuprofenni qo'llash mumkin emas.

Jigar etishmovchiligi

Engil yoki o'rtacha og'irliq darajasidagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ammo og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ibuprofenni qo'llash mumkin emas.

Qo'llash usuli

Faqat peroral qo'llash uchun mo'ljallangan.

Ibuklin® Bebi paketchadan bevosita og'izga qabul qilinadi/yuboriladi va bir stakan suv ichiladi.

Me'da sezuvchanligi bo'lgan pasientlarga ushbu dori vositasini ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.

Paketcha uzunchoq shaklga ega va uning yuqori qismida chiziqcha mavjud, siz u bo'yicha paketchani ochishingiz va uning ichidagisini bo'shatishingiz mumkin.

Paketchani ochishdan oldin, quyidagi rasmda ko'rsatilgandek uni ezing (ingredientlarni aralashtirish uchun):

PastKI QISMI YUQORI QISMI


1 – Paketchaning yuqori va pastki qismlarini barmoq bilan bir necha marta bosing.

2 – kamida 30 sekund davomida yuqoridan pastga va aksincha bosing.



 

Bolalarda 400 mg/kg dan ko'proq qabul qilish toksiklik simptomlarini chaqiradi, ayni vaqtda 100 mg/kg dan yuqori dozalarda toksik samaralar xavfini inkor etish mumkin emas. Kattalarda dozaga bog'liq javob samarasi kamroq namoyon bo'ladi. Dozani oshirib yuborganda yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatni tashkil qiladi.

Simptomlari:

NYAQP ning klinik ahamiyatli miqdorini qabul qilgan ko'pchilik pasientlarda ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riq yoki kamroq xollarda diareya rivojlanadi. Shuningdek quloqlarda shovqin, bosh og'rig'i va me'da-ichakdan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Jiddiyroq zaharlanishlarda toksiklik bosh aylanishi, uyquchanlik, ayrim xollarda qo'zg'alish va dezorientasiya yoki koma ko'rinishida Markaziy nerv tizimida namoyon bo'ladi. Ayrim xollarda bemorlarda tirishishlar rivojlanadi. Og'ir darajadagi zaharlanishda metabolik asidoz yuzaga kelishi va aylanib yuruvchi qon ivishi faktorlarini ta'siri tufayli protrombin vaqti/HNN oshishi mumkin. O'tkir buyrak etishmovchiligi va jigarni shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin. Astmatiklarda astma zo'rayishi mumkin. Bundan tashqari, gipotenziya, nafasni susayishi va tsianoz ham kuzatilishi mumkin.

Davolash:

Maxsus antidoti yo'q.

Davolash simptomatik va tutib turuvchi bo'lishi va nafas yo'llarini tozaligini tutib turishni va yurak va hayotiy muhim ko'rsatkichlar barqaror bo'lmaguncha monitoringni o'z ichiga olishi kerak. Agar pasient potentsial toksik miqdor ichga qabul qilgandan keyin 1 soat davomida murojaat etsa, me'dani yuvish yoki faollashtirilgan ko'mirni peroral yuborish ko'rib chiqilishi mumkin. Agar ibuprofen so'rilib bo'lgan bo'lsa, ibuprofenni siydik bilan chiqarilishiga yordam beruvchi ishqoriy moddalarni yuborish kerak. Tez-tez yoki davomli tirishishlarda vena ichiga diazepam yoki lorazepamni yuborish bilan davolash kerak. Astmada bronxolitiklar yuboriladi. Tibbiy yordam uchun toksikologik markazlarga murojaat etish mumkin.

Doza oshirib yuborilganda darhol shifokorga murojaat eting.


Chiqarilish shakli

Har bir paketcha 5 ml peroral suspenziya saqlaydi. Paketchalar PET/alyumin/PET/PE kompleksidan shakllantiriladi. 12 paketchalardan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.



Homiladorlik

Prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlari homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo'llagandan keyin bola tashlash, yurakni rivojlanishi nuqsonlari va gastroshizis xavfini oshishidan dalolat beradi.

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklari davomida ibuprofenni yaqqol zarur holatlardan tashqari buyurish mumkin emas. Agar ibuprofen homilador bo'lmoqchi bo'lgan ayol tomonidan yoki homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklarida qo'llanilsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa iloji boricha qisqa bo'lishi kerak.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari homilaga quyidagicha ta'sir ko'rsatishi mumkin:

  • yurak-o'pka toksikligi (arterial teshikni muddatidan oldin berkilishi va o'pka gipertenziyasida);

  • buyrak funktsiyasini buzilishi, oligo – gidroamniozda u buyrak etishmovchiligigacha avj olishi mumkin;

  • homiladorlikning oxirida ona va yangi tug'ilgan chaqaloq majbur:

  • qon ketishi vaqti uzayishi mumkin, antiagregasion samarasi hatto juda past dozalarda ham namoyon bo'lishi mumkin.

  • Tug'ruqni kechikishi yoki davomli tug'ruqqa olib keluvchi bachadonni qisqarishini susayishi;

Shuning uchun homiladorlikning uchinchi uch oyligida ibuprofenni qo'llash mumkin emas.

Emizish davri

Ibuprofen va uning metabolitlari past kontsentrasiyalarda ko'krak sutiga kirishi mumkin. Hozirgi kunda chaqaloqlar uchun hech qanday salbiy oqibatlari ma'lum emas, og'riq yoki isitmada tavsiya etilgan dozada qisqa muddat qo'llanilganda emizishni to'xtatish odatda talab etilmaydi.

Fertillik

Preparat ayollarda fertillikni yomonlashtirishi mumkin bo'lgan dori vositalari guruhiga (NYAQP) mansub. Dori vositasini qabul qilish to'xtatilganda ushbu samara qaytuvchan.

IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IBUKLIN®  

IBUKLIN

Preparatning savdo nomi: Ibuklin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ibuprofen, parasetamol

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 400 mg ibuprofen, 325 mg parasetamol;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, talk, natriy kraxmal klikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, makrogol, sariq apelsin laki FCF, titan dioksidi, sorbin kislotasi, polisorbat 80, relikton.

Ta‘rifi: zarg‘aldoq yoki och-zarg‘aldoq rangli, dog‘li yoki marmarsimon bo‘yalgan bo‘lishi mumkin, bir tomoni silliq, ikkinchi tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan chetlari qiya, plyonka qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi:  nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat.

ATX kodi:  M01AE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenilpropion kislotasining hosilasi, yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenizida asosiy rol o‘ynaydigan, prostaglandinlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizimiga javob beruvchi asosiy ferment – SOG ning faolligini susaytirishi hisobiga, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Analgetik (og‘riq qoldiruvchi) ta‘siri ham periferik (prostaglandinlar sintezini pasayishi orqali), ham markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibirlanishi) mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Trombositlar agregasiyasini bostiradi.

Parasetamol – nonarkotik og‘riqni qoldiruvchi vosita, SOG ning faolligini susaytirishi va prostaglandinlar ishlab chiqarilishini pasaytirishi hisobiga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markaziga ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ibuprofen ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar ichga qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikda maksimal konsentrasiyaga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen jigarda metabolizmga uchraydi (90%). Buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 80%) ham o‘zgarmagan holda (10%), ham metabolitlari holida (70%) chiqariladi. Ichak orqali metabolitlari xolida (20%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soat.

Parasetamol MIY dan, asosan ingichka ichakdan tez so‘riladi, bir marta qabul qilinganidan so‘ng qonda maksimal konsentrasiyaga 10-60 minutdan keyin erishiladi, so‘ngra asta-sekin pasayadi. Parasetamol yog‘ to‘qimasi va orqa miya suyuqligidan tashqari to‘qima suyuqliklarga keng taqsimlanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil qiladi. Asosan jigarda glyukuronid, sulfat bilan bog‘lanish va jigar oksidazalari va sitoxrom R450 ishtirokida oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Kattalarda parasetamolning katta qismi glyukuron kislotasi bilan, bolalarda – sulfat kislotasi bilan bog‘lanadi. Bu kon‘yugasiyalangan metabolitlari metabolik faolikka ega emas, plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydilar. Shuningdek preparatning dozasi oshirib yuborilganida toksik ta‘sir qiluvchi gidroksilangan metaboliti – N-asetil-r-benzoxinolinni to‘planishi yuz berishi mumkin, u jigar va buyraklarda aralash oksidazalarning ta‘sirida hosil bo‘ladi va odatdagi sharoitlarda glutation bilan bog‘lanib detoksikasiyalanadi.

Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil qiladi va jigar sirrozida oshishi mumkin. Parasetamolning buyrak klirensi 5% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda (taxminan 5%) va glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari holida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan revmatoid va revmatik artrit, osteoartroz, ankilozlanuvchi spondiloartroz), podagra zo‘rayganidagi bo‘g‘im sindromi, psoriatik artrit, tendinitlar, bursit.
  • Radikulit, nevralgiyalar, mialgiyalar.
  • Bosh va tish og‘rig‘i, jaroxatlar, kuyishlar, LOR-a‘zolari, kichik chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklaridagi (adneksit, algodismenoreya) og‘riq sindromi.
  • Infeksion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma.

Preparatni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasalikning rivojlanishiga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ibuklin® kattalarga odatda ½-1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Shifokor nazoratisiz preparatni og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun preparatni ovqatdan keyin, minimal samarasi dozada va mumkin bo‘lgan minimal kursda qabul qilish tavsiya qilinadi.

12 yoshdan yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 40 kg dan yuqori) – sutkada 1 tabletkadan 2 marotaba beriladi.

Davolash muddati isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida – 3 kungacha, ogriq koldiruvchi dori vositasi sifatida – 5 kungacha. Shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘nggina davolashni davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish a‘zolari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, MIY ni eroziv-yarali shikastlanishlari rivojlanishi mumkin, uzoq muddat qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, gepatit bo‘lishi mumkin.

MNT: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘rishni buzilishi (rang ajratishni buzilishi, skotoma, ambliopiya).

Qon yaratish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida: anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz.

Siydik chiqarish tizimi: uzoq muddat qo‘llanganida buyraklar faoliyatini buzilishi, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, kam hollarda – aseptik meningit, bronxospastik sindrom.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi
  • me‘da-ichakdan qon ketishi
  • jigar yoki buyrak kasalliklari
  • aspiringa bog‘liq bronxial astma
  • ko‘ruv nervini shikastlanishi
  • glyukoza-6-fosfatdegidrogenezaning genetik bo‘lmasligi
  • qon tiziming kasalliklari

·      homiladorlik davri (III uchoyligi)

  • 12 yoshgacha (bolalarga mo‘ljallangan shakli “Ibuklin® Yunior”) bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ibuklinni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar, rifampisin, qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, gormonal kontraseptivlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi, ibuprofen, gipotenziv vositalarning ta‘sirini susaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi, bevosita (geparin) va bilvosita (kumarin va indandion hosilalari) antikoagulyantlar, trombolitiklar (altepaza, antistreplaza, streptokinaza, urikinaza), antiagregantlar, kolxisining ta‘siri kuchaytirishi va gemorragik asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Preparat insulin va qand miqdorini kamaytiruvchi peroral preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradi. Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga qo‘llash giperkalemiya chiqarish mumkin. Birga qo‘llanganida qonda digoksin, fenitoin, metotreksat va litiyning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Metotreksat bilan birga qo‘llanganida qonda parasetamolning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Alkogol bilan birga qabul qilganda har ikki komponentning gepatotoksik ta‘siri kuchayishi mumkin. Parasetamol siklosporin va oltin preparatlari bilan birga qo‘llash nefrotoksik samarasini oshiradi. Kortikosteroidlar, kortikotropin, etanol bilan birga qo‘llash MIY eroziv yarali shikastlanishi xavfini oshiradi. Sefamandol, sefoperazon, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Antasidlar va xolestiramin preparatning faol ingredientlarini so‘rilishini pasaytiradi. Mielotoksik preparatlar nojo‘ya gemotoksik samaralarni rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa pasientlar: bu guruhdagi pasientlarda ayniqsa MIY tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarni (qon ketishi, perforasiya) rivojlanish xavfi yuqori, shu sababli preparatni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Nafas a‘zolarining kasalliklari: NYAQV lar bronxial astma yoki allergik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.

Yurak-tomir tizimi: NYAQV lar organizmda tutilib qolishi va shishlarni chiqarishi mumkin, shuning uchun arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati yomonlashishi mumkin. Ba‘zi klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa katta dozalarda (kuniga 2400 mg) uzoq muddat qo‘llash, arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligi haqida taxmin qilish imkonini beradi. Ibuprofenni kichik dozalarda (kuniga 120 mg dan kam) qo‘llash, extimol, bunday samara ko‘rsatmaydi. Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ibuprofenni, faqat potensial xavfi sinchiklab baholangandan keyin qo‘llash mumkin. Yurak-tomir kasalliklarini rivojlanishini xavf omillari (giperlipidemiya, qandli diabet, chekish va boshqa.) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Me‘da-ichak yo‘llari: NYAQV MIY laridan, shu jumladan anamnezida ilgari MIY kasalliklariga ko‘rsatmalar bo‘lmagan pasientlarda qon ketishi, yaralar va perforasiyani chiqarishi mumkin. Anamnezida og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, NYAQV larni katta dozalarini qo‘llash, keksa yoshli pasientlarda ushbu asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori, shuning uchun bu guruhda davolashni minimal tavsiya qilingan dozalar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Shuningdek bu guruh pasientlarida hamda MIY tomonidan nojo‘ya samaralar xavfini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, serotininni qayta qamrab olinishini ingibitorlari va boshqa) yoki salisil kislotasining kichik dozalarini yo‘ldosh qo‘llashga muxtoj bo‘lgan shaxslarda, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi preparatlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida me‘da-ichakdan qon ketish epizodlari bo‘lgan pasientlar ularda MIY tomonidan ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida odatdagi bo‘lmagan har qanday simptomlar paydo bo‘lganligi haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerakligi haqida ogohlantirishlari kerak. Gastro-intestinal yara simptomlari yoki qon ketishi rivojlanganida preparat qabul qilishni darxol to‘xtatish kerak. Anamnezida MIY larini kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarda umumiy holatni yomonlashish xavfi borligi tufayli, NYAQV larni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tizimli kasalliklar: tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarda NYAQV lar aseptik meningitni rivojlanish xavfini oshirish mumkin.

Dermatologik buzilishlar: juda kam hollarda NYAQV lar qo‘llanganida teri qoplamalari tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan o‘lim bilan tugaydigan og‘ir reaksiyalar (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) kuzatilgan. Ushbu reaksiyalarni rivojlanish xavfi NYAQV larni qabul qilishning birinchi oyi davomida yuqori. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarda har qanday toshmalar, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Shuningdek preparatni jigar yoki buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarga, bevosita jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng, anamnezida NYAQV larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaksiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganda, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining poliplari bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq muddat (5 kundan ko‘p) qo‘llanganida periferik qonni va jigar va buyraklarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Buyraklar (belda og‘riq, sutkalik siydik hajmini kamayishi, shishlar) yoki jigar (o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq, sariqlik, siydikning rangini o‘zgarishi) funksional holatini buzilishini belgilari paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerkak.

Preparatning gepatoksik ta‘siridan saqlanish uchun davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikning I va II chi uchoyligida preparatni ona va xomila uchun kutiladigan foydasi, ona va homila uchun bo‘lgan potensial havfdan yuqori bo‘lgan hollarda, shifokor tavsiyasi bilan ko‘llanilishi mumkin. Homiladorlikning III chi uchoyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Eksperimental tadqiqotlarda Ibuklin® preparatining embriotoksik, teratogen va mutogen ta‘sir etuvchi komponentlari aniklanmagan.

Preparat ayollarning fertilligiga ta‘sir ko‘rsatish mumkin, shu sababli homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan pasientkalarga uni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador bo‘lishda muammolari bo‘lgan ayollarda preparatni bekor qilish kerak.

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. preparatni qabul qilish vaqtida pasientga diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida, xatto agarda pasient o‘zini yaxshi xis qilsa ham, dozani oshirib yuborilishining simptomlarini kechikib rivojlanishini xavfi borligi sababli, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining xavfi jigarning alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda yuqori.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral soxada og‘riq, anoreksiya, protrombin vaqtini oshishi, 12-48 soatdan keyin qon ketishi, tormozlanish, uyquchanlik, depressiya, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, ongni buzilishi, yurak ritmini buzilishi, gipotoniya, tirishishlar, og‘ir hollarda gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi rivojlanadi.

Davolash: zaharlangandan so‘ng birinchi 4 soat davomida me‘dani yuvish, ishqoriy ichimliklar ichish, jadallashtirilgan diurez, adsorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni (birinchi 8-9 soatda metionin, birinchi 12 soatda N-asetilsistein vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) yuborish, gemodializ, simptomatik davolash. Keyingi davolash choralarini o‘tkazishning zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek doza oshirib yuborilganidan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 dori vositasi EDEFARM, S.L tomonidan Испания mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IBUKLIN BEBI suspenziyasi 100mg/5ml N12 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IBUKLIN tabletkalari N20
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9