×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIMESEF poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Цефепим
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- J01DE01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFIKAD poroshok 1000mg N1 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% Radiks, НПП O'zbekiston
6 570 s`om dan
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100 Samarkand England Ecomedical, СП ООО O'zbekiston
6 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir flakon saqlaydi:
Sefepim gidroxloridi va L-argininni steril aralashmasi, 500; 1000 mg sefepimga ekvivalent
Sefepim bakteriyaning hujayra devori sintezini ingitsiya qilish yo'li bilan bakteritsid ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Sefepim to'rtinchi avlod sefalosporini hisoblanadi va bir qator grammusbat va grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol, keng ta'sir doirasiga ega. Sefepim beta-laktamazalarga yaqinligi kam. Sefepim ko'pchilik beta-laktamazalarning gidroliziga nisbatan yuqori chidamlilikka ega va grammanfiy bakteriyalarning hujayralariga tez kiradi. Bakteriyalarning hujayralarida sefepimning molekulyar nishoni bo'lib, penitsillinni bog'lovchi oqsil hisoblanadi. Sefepim quyidagi mikroorganizmlarning ko'pchilik shtammlariga nisbatan faol:
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar:
Staphylococcus aureus (faqat metitsillinga sezuvchan izolyatlari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi streptokokklar), Streptococcus viridans.
Staphylococcus epidermidis (faqat metitsillinga sezuvchan izolyatlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (V guruh streptokokklar).
Izoh: Enterokokklarning ko'pchilik izolyatlari, masalan, Enterococcus faecalis va metitsillinga rezistent stafilokokklar sefepimga chidamli.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.
Izoh: sefepim Stenotrophomonas (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia deb nomlangan)ko'pchilik izolyatlariga nisbatan faol emas.
Anaerob mikroorganizmlar:
Izoh: sefepim Clostridium difficile ning ko'pchilik izolyatlariga nisbatan faol emas.
So'rilishi
Sefepim mushak ichiga yuborilgandan so'ng deyarli to'liq so'riladi. Katta yoshdagi sog'lom erkaklarga preparat 500 mg, 1000 mg va 2000 mg dozalarda mushak ichiga bir marta yuborilganda preparat plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1,4-1,6 soat davomida erishilgan va muvofiq ravishda o'rtacha 13,9; 29,6 yoki 57,5 mkg/ml ni tashkil qilgan; dozalari yuborilgandan so'ng 8 soatdan keyin muvofiq ravishda o'rtacha 1,9; 4,5 yoki 8,7 mkg/ml ni tashkil etgan.
Tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgan 2 oylikdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarda, plazmadagi sefepimning kontsentratsiyasi dozalari yuborilgandan so'ng 0,5; 0,75; 1 va 8 soatdan keyin o'rtacha 76; 75,2; 64 va 4,8 mkg/ml ni tashkil etgan. Pediatrik patsiyentlarda tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborilgandan so'ng sefepimning mutloq biokiraolishligi 82,3% ni tashkil etganligi to'g'risida xabarlar berilgan.
Sefepimning 500 mg, 1000 mg yoki 2000 mg bir martalik dozalari vena ichiga 30 minut davomida infuziya qilingandan so'ng katta yoshdagi sog'lom erkaklarda plazmada preparatning maksimal kontsentratsiyasi o'rtacha 31,6-39,1; 65,9-81,7 yoki 126-163,9 mkg/ml ni tashkil etgan.
Sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada har 8 soatda, vena ichiga 15-20 minut davomida yuborilgan, bakterial meningiti bo'lgan 2 oylikdan 15 yoshgacha bolalarda plazmadagi kontsentratsiyasi uchinchi dozasi yuborilgandan so'ng 0,5; 1; 2; 4 va 8 soatdan keyin muvofiq ravishda 67,1; 44,1; 23,9; 11,7 va 4,9 mkg/ml ni tashkil etgan.
Taqsimlanishi
Sefepimni o'rtacha taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda 18,0 (± 2,0) l ni tashkil etadi. Sefepimni zardob oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 20% ni tashkil etadi va qon zardobidagi kontsentratsiyasiga bog'liq emas. Sefepim ona sutiga ajraladi. Taxminan 1000 ml ona sutini iste'mol qilgan go'dak kuniga taxminan 0,5 mg sefepim oladi.
Sefepim yallig'langan gematoentsefalik to'siq orqali o'tishi haqida dalillar mavjud.
Metabolizmi va chiqarilishi
Sefepim N-oksid (NMP-N-oksid) ga tez aylanadigan N-metilpirrolidon (N-methylpyrrolidine – NMP) ga metabolizmga uchraydi. Sefepimni o'zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozasini taxminan 85% ni tashkil etadi. Yuborilgan dozaning 1% dan kamrog'i siydik bilan NMP holida, 6,8% NMP-N-oksid holida va 2,5% sefepimning epimeri holida chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi asosiy chiqarilish yo'li ekanligi sababli buyrak faoliyati buzilishi bo'lgan patsiyentlarga va gemodializdagi patsiyentlarga dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi.
Maxsus papulyatsiyalar
Pediatrik patsiyentlar: vena ichiga bir martalik dozasi yuborilgandan so'ng organizmning umumiy klirensi va taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda muvofiq ravishda tana vazniga o'rtacha minutiga 3,3 (± 1,0) ml/kg va 0,3 (± 0,1) l/kg ni tashkil qilgan. Sefepimni o'zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozasining 60,4% (± 30,4) ni tashkil etgan, o'rtacha buyrak klirensi esa tana vazniga minutiga 2,0 (± 1,1) ml/kg bo'lgan. Tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgandan so'ng sefepimni mutloq biokiraolishligi 82,3% (± 15) bo'lgan.
Geriatrik patsiyentlar: keksa yoshdagilarda sefepimning dozasiga muvofiq tarzda tuzatish kiritish kerak: agar kreatinin klirensi minutiga 60 ml yoki undan kam bo'lsa, tuzatish kiritiladi.
Buyrak yetishmovchiligi: gemodializga muhtoj bo'lgan patsiyentlarda o'rtacha yarim chiqarilish davri 13,5 (± 2,7) soat bo'lgan, uzluksiz peritoneal dializga muhtoj bo'lgan patsiyentlarda esa 19,0 (± 2,0) soat bo'lgan. Sefepimni umumiy klirensi buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda proportsional ravishda pasaygan, bu guruhdagi patsiyentlarda dozasiga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalar uchun asos hisoblanadi.
Sefepim ishlatilganidagi nojo'ya samaralar boshqa parenteral sefalosporinlar ishlatilganidagi samaralar bilan o'xshashdir. Sefepim odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Ko'pchilik nojo'ya samaralari o'tkinchi hisoblanadi va og'irlik darajasiga qarab yengildan o'rtacha darajagacha o'zgaradi. 3% patsiyentlarda nojo'ya samaralari dori preparatini yuborishni to'xtatish uchun yetarli darajada og'ir bo'ladi. 0,5-2 g sefepimni har 12 soatda olayotgan patsiyentlarning deyarli 2% da bosh og'rig'i, toshma, ko'ngil aynishi va qusish, deyarli 3% esa mahalliy reaktsiyalar, shu jumladan, flebit, og'riq va/yoki yallig'lanish va toshma kuzatilishi mumkin. Sefepim olayotgan patsiyentlarda, kam hollarda neytropeniya kuzatilishi mumkin.
Sefepim bilan davolashni boshlashdan oldin ilgari patsiyentda sefepim, sefalosporinlar, penitsillinlar va boshqa dori preparatlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lganligiga sinchkov tekshiruv o'tkazish kerak. Agar sefepimga allergik reaktsiya kuzatilgan bo'lsa, dori preparatini qabul qilishni to'xtatish kerak. Og'ir darajadagi o'tkir yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lgan holda adrenalin bilan davolash va boshqa shoshilinch choralar, shu jumladan kislorod, kortikosteroidlar, vena ichiga yuboriladigan suyuqliklar, antigistamin preparatlar, pressor aminlar va klinik ko'rsatmalarga qarab nafas yo'llarini davolash talab qilinishi mumkin.
Buyraklar faoliyati buzilgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 60 ml), siydik bilan sekinroq chiqarish tezligini kompensatsiya qilish uchun dozaga tuzatish kiritish kerak. Dozani qabul qilish davomiyligi buyrak yetishmovchiligining darajasi bo'yicha aniqlanishi kerak, infektsiyaning og'irlik darajasi va patogen mikroorganizmlarning sezuvchanligi dozani qabul qilish davomiyligini aniqlashi kerak. Entsefalopatiyani ba'zi hollari doza buyraklar faoliyati hisobga olinib, o'zgartirilgan patsiyentlarda kuzatilgan. Ko'pchilik hollarda neyrotoksikozning simptomlari qaytuvchan bo'lgan va sefepimni yuborish to'xtatilgandan so'ng va/yoki gemodializdan so'ng bartaraf bo'lgan.
Soxta membranoz kolit deyarli barcha antibakterial vositalar qo'llanganida kuzatilishi mumkin va og'irlik darajasiga qarab yengil darajadan hayotga xavf tug'diruvchi darajagacha bo'lishi mumkin. Shuning uchun bu tashxisni antibakterial vositalar qo'llangandan so'ng diareya kuzatilgan patsiyentlarda hisobga olish muhimdir.
Boshqa mikroblarga qarshi preparatlari bilan bo'lgani kabi sefepimni uzoq vaqt qo'llash sezuvchan bo'lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko'payishiga olib kelishi mumkin. Agar davolash vaqtida superinfektsiya kuzatilsa, tegishli choralarni ko'rish kerak. Ko'pchilik sefalosporinlar, shu jumladan sefepim protrombin faolligini pasayishi bilan bog'liq bo'lgan. Xavf guruhidagi patsiyentlarda protrombinni nazorat qilish va ko'rsatilgandek K vitaminini yuborish kerak.
Sefepim bilan davolanish vaqtida musbat Kumbs sinamalari (bevosita antiglobulin sinamalari) xaqida ma'lumotlar berilgan. Ilgari me'da-ichak yo'llari, ayniqsa kolitni o'tkazgan shaxslarga sefepimni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Sefepimni odam uchun maksimal tavsiya etilgan dozasidan 33 marta ortiq miqdorda yuborilganda, L-arginin glyukozaning metabolizmini o'zgartirishi va zardobdagi kaliyning darajasini vaqtinchalik oshirishi ko'rsatilgan.
Sefepim sezgir bakteriyalar chaqirgan quyidagi infektsiyalarni davolash uchun ko'rsatilgan:
Kasalxona ichi va kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
Surunkali va o'tkir bronxitning o'tkir bakterial huruji;
Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari;
Siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari;
Teri va teri tuzilmalarining asoratlanmagan infektsiyalari;
Asoratlangan intraabdominal infektsiyalar;
Sefepim metronidazol bilan birga asoratlangan intraabdominal infektsiyalarni davolash uchun qo'llanadi;
Febril neytropeniyasi bo'lgan patsiyentlarni empirik davolash;
Bundan tashqari, Sefepim og'ir darajadagi infektsiyani rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan patsiyentlarni, shu jumladan yaqinda suyak ko'migi ko'chirib o'tkazilgan patsiyentlarni, gemoblastoz (gematologik xavfli o'smalar) yoki og'ir darajadagi yoki uzoq vaqt davom etgan neytropeniya fonida operatsiyadan oldin gipotoniyasi bo'lgan patsiyentlarni davolash uchun qo'llanadi.
Sefepim yoki sefalosporin sinfi antibiotiklari, penitsillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.
Agar sefepim bilan aminoglikozidlarning yuqori dozalarini yuborish zarurati bo'lsa, aminoglikozid antibiotiklarning nefrotoksik va ototoksik ta'sir yuqoriligi sababli buyraklar faoliyatini sinchkovlab nazorat qilish kerak.
Boshqa sefalosporinlar furosemid kabi kuchli ta'sir qiluvchi diuretiklar bir vaqtda qo'llangandan so'ng nefrotoksik ta'siri xaqida ma'lumotlar berilgan.
Dori preparatlarini tekshirish / laborator tekshiruv natijalariga sefepimni ta'siri siydikdagi glyukozani Benedik reaktivi yordamida aniqlashni soxta musbat reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Glyukozaning darajasini aniqlash uchun glyukozooksidazani mavjud bo'lishi reaktsiyasiga asoslangan tahlillarni ishlatish tavsiya etiladi.
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalari
Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari:
Siydik chiqarish yo'llarining yengildan o'rtacha darajagacha yoki asoratlangan (shu jumladan, piyelonefrit va/yoki yondosh bakteriyemiya bilan bog'liq bo'lgan holatlar) infektsiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 7-10 kun davomida qo'llanadi. Siydik chiqarish yo'llarining og'ir darajadagi, asoratlanmagan yoki asoratlangan (shu jumladan, piyelonefrit va/yoki yondosh bakteriyemiya bilan bog'liq bo'lgan holatlar) infektsiyalarini davolash uchun kattalar 2000 mg sefepimni vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida olishlari kerak.
Teri va teri tuzilmalarining infektsiyalari:
Teri va teri tuzilmalarining o'rtachadan og'ir darajagacha bo'lgan asoratlanmagan infektsiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.
O'rtachadan og'ir darajagacha bo'lgan pnevmoniya:
O'rtachadan og'ir darajagacha bo'lgan pnevmoniyani davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 1000-2000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.
Intraabdominal infektsiyalar
Asoratlangan intraabdominal infektsiyalarni davolash uchun (vena ichiga yuboriladigan metronidazol bilan birga) sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi har 12 soatda 7-10 kun davomida qo'llanadi.
Febril neytropeniyasi bo'lgan patsiyentlarni empirik davolash
Febril neytropeniyasi bo'lgan patsiyentlarni empirik davolash uchun sefepim monoterapiya holida ishlatilganida, kattalar 2000 mg dozani, vena ichiga, har 8 soatda 7 kun davomida yoki neytropeniya bartaraf bo'lgunicha olishlari kerak.
Bolalar uchun tavsiya etilgan doza
Siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, piyelonefrit), teri va teri hosilalarining asoratlanmagan infektsiyalari yoki pnevmoniyani davolash uchun tana vazni 40 kg dan kam bo'lgan pediatrik patsiyentlarga sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada, vena ichiga har 12 soatda yuborish tavsiya etiladi. Sefepim tana vazni 40 kg dan kam, febril neytropeniyasi bo'lgan pediatrik patsiyentlarni empirik antiinfektsion davolash uchun monoterapiya sifatida ishlatilganida tavsiya etilgan dozasi 50 mg/kg ni tashkil etadi, vena ichiga har 8 soatda yuboriladi.
Buyrak va jigar yetishmovchiligida tavsiya etilgan doza
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda (masalan, kreatinin klirensi minutiga 60 ml yoki undan kam) sefepimning dozasi va yuborilish tez-tezligi buyrak yetishmovchiligining darajasi, infektsiyaning og'irligi va patogen mikroorganizmning sezuvchanligiga muvofiq ravishda o'zgartirish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar sefepimning boshlang'ich dozasini buyraklar faoliyati normal bo'lgan patsiyentlar oladigan dozalarda olishlari tavsiya etiladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, sefepimning tutib turuvchi dozasi patsiyentning o'lchangan yoki hisoblangan kreatinin klirensiga asoslangan bo'lishi kerak.
Buyraklar faoliyati buzilgan bolalarda sefepimni ishlatish bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Gemodializdagi patsiyentlarda dializ boshlanishidan oldin organizmda mavjud bo'lgan sefepimning umumiy miqdorini taxminan 68% 3 soat dializ davomida chiqariladi. Gemodializdagi patsiyentlar febril neytropeniyadan tashqari barcha infektsiyalarni davolash uchun kuniga 1000 mg, so'ngra 500 mg dan har 24 soatda olishlari kerak. Surunkali ambulator peritoneal dializ olayotgan patsiyentlar har 48 soatda odatdagi dozasini olishlari kerak.
Sefepimning farmakokinetikasi jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda o'zgarishi mumkin emasligi sababli bunday patsiyentlarda dozasini to'g'rilash zarurati yo'q.
Qo'llash usuli
Mushak ichiga yuborish: sefepimni mushak ichiga yuborish uchun quyidagi erituvchilardan biri bilan eritish kerak:
in'ektsiya uchun steril suv;
0,9% li natriy xloridi eritmasi;
5% li dekstroza eritmasi;
0,5% li yoki 1,0% li lidokain eritmasi.
Vena ichiga yuborish: vena ichiga yuborish uchun 500 mg, 1000 mg yoki 2000 mg flakonni vena ichiga yuboriladigan mutanosib suyuqliklarni tegishli miqdori bilan suyultirish va olingan eritmani taxminan 30 minut davomida yuborish kerak.
Sefepim vena ichiga yuboriladigan quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosibdir:
0,9% li natriy xlorid eritmasi;
5% li va 10% li dekstroza eritmasi;
M/6 li laktat natriy eritmasi;
5% dekstroza va 0,9% li natriy xlorid eritmasi;
Ringer-laktat eritmasi va 5% dekstroza eritmasi;
5% li dekstroza eritmasidagi Normosol-R va Normosol-M
Nomutanosibligi
Sefepim vankomitsin gidroxloridi, gentamitsin, netimitsin va aminofillin bilan aralashtirilganida fizikaviy va kimyoviy nomutanosiblik namoyon qiladi.
Doza oshirib yuborilgan patsiyentlarni sinchkovlab kuzatish va ularga samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash o'tkazish kerak. Buyrak yetishmovchiligida organizmdan sefepimni chiqarib yuborish uchun peritoneal dializ emas, balki gemodializ tavsiya etiladi. Buyraklar faoliyati buzilgan patsiyentlarga preparatning katta dozalari berilganida dozani bexosdan oshirib yuborilishi kuzatilgan. Dozani oshirib yuborilish simptomlariga entsefalopatiya (ongni buzilishi, shu jumladan ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, xushni yo'qolishi va komatoz holat), miokloniya (mushaklarni tortishishlari), tutqanoq hurujlari va nerv-mushak qo'zg'aluvchanlik kiradi.
Sefepimni homilador ayollarda o'tkazilgan hech qanday adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlari mavjud emas. Hayvonlarning reproduktiv faoliyatini o'rganish har doim ham odamlardagi reaktsiyalarni to'g'ri ko'rsatish imkonini bermasligi sababli, bu preparatni homiladorlik vaqtida juda zarur bo'lgan holda qo'llash kerak.
Laktatsiya davri
Sefepim ona sutiga juda kichik kontsentratsiyalarda (0,5 mg/ml) ajraladi. Sefepim emizikli ayolga yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIMESEF poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIMESEF poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIMESEF poroshok 500mg N1 dori vositasi Surge Laboratories (Pvt.) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIMESEF poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIMESEF poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TETRAPIM poroshok 1,0g N5
TETRAPIM poroshok 1,0g N1
TETRAPIM poroshok 0,5g N5
TETRAPIM poroshok 0,5g N1
AKPIM poroshok 1g
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
FIPIM poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 44 700 so'mdan Batafsil
POZINEG 2000 poroshok 2000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharma Limited
PIME S poroshok 2,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
PIME S poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
Narh: 60 500 so'mdan Batafsil
SEFEPIM SANITA poroshok 1g N10
LADEF poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
LADEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
FORSIM poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novopharma plus, СП ООО
PRIMASEF poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Аверси-Рационал, ООО
ZEFEPIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
FIPIM poroshok 0,5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ULTRAPIM poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
SIVULAN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ABiPharm, ООО
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PIME S poroshok 0,5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanjivani Parenteral Limited
NIKAPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ROKSIPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
SEFEPIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефепим ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Красфарма, ПАО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9