Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
Faol moddalar:
Piperatsillin (piperatsilinning natriy tuzi ko'rinishida) - 2.0 g yoki 4.0 g;
Tazobaktam (tazobaktam natriy tuzi ko'rinishida) - 0.25 g yoki 0,5 g
Сhiqarilish shakli
Piperatsillin (piperatsilinning natriy tuzi ko'rinishida) - 2.0 g yoki 4.0 g;
Tazobaktam (tazobaktam natriy tuzi ko'rinishida) - 0.25 g yoki 0,5 g
Piperatsid preparati (steril piperatsillin va tazobaktam) - vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan yarimsintetik antibiotik bo'lgan natriy piperatsillini va beta-laktamaza ingibitori natriy tazobaktami saqlovchi bakteriyalarga qarshi majmuaviy preparat. Shunday qilib, tazobaktam va piperatsillin keng ta'sir doirasiga ega va β-laktamaza ingibitorini xususiyatlarini birlashtiradi.
Piperatsillin bakteritsid faollikni namoyon qiladi, bu hujayra bo'linishi va hujayra devori sintezi paytida to'siqning ingibitsiya qilinishini natijasi bo'lib hisoblanadi. Piperatsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklar ushbu reaktsiyani bajaruvchi bakterial fermentlar - penitsillin-bog'lovchi oqsillar (PBO) bilan o'zaro ta'sirlashish orqali sezgir mikroorganizmlarda hujayra devori peptidoglikanlar biosintezining oxirgi bosqich transpeptidatsiyasini bloklaydi.
In vitro tajribalarida piperatsillin turli grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi faollikni namoyon qiladi.
Piperatsillin piperatsillin va boshqa β-laktam antibiotiklarini kimyoviy inaktivatsiya qiladigan β-laktamaza oilasining ayrim fermentlariga ega bo'lgan bakteriyalarga qarshi pasaygan faollikka ega.
Tazobaktam PBO ga past yaqinlik tufayli o'zining juda past bakteriyalarga qarshi faollikka ega bo'lib, ko'plab chidamli mikroorganizmlarga qarshi ta'sirini tiklashga yoki piperatsillinning kuchayishiga yordam beradi.
Tazobaktam ko'p A sinf β-laktamazalarning (penitsillinazalar, tsefalosporinazalar va keng doirasi faollikka ega fermentlarning) kuchli ingibitori hisoblanadi. U A sinfi karbapenemazalari va D sinfi β-laktamazalariga qarshi doimiy bo'lmagan faollikka ega.
Tazobaktam ko'pchillik C sinfi tsefalosporinaz va V sinfi metallobektalaktamazlarga nisbatan deyarli faol emas.
Tazobaktam va piperatsillinning ikki xususiyatlari ferment preparatlari sifatida baholanganda tazobaktam va boshqa ingibitorlar tomonidan kamroq darajada ingibitsiya bo'lgan β-laktamazalarga ega bo'lgan ayrim mikroorganizmlarga nisbatan faollikning oshishi asosida yotadi: tazobaktam tavsiya etilgan dozalash tartibida qo'llanganda erishilgan kontsentratsiyada β-laktamazalarning xromosoma orqali induktsiya qilinishiga olib kelmaydi, piperatsillin esa bir qator β-laktamazalar ta'siriga nisbatan chidamli.
Boshqa beta-laktam antibiotiklari kabi, piperatsillin tazobaktam bilan majmuada yoki u siz sezgir mikroorganizmlarga nisbatan vaqtga bog'liq ravishda bakteritsid faollikni namoyish qiladi.
Grammusbat bakteriyalarda β-laktam bakteriyalarga qarshi preparatlarga, shu jumladan tazobaktam va piperatsillinga rezistentlikning asosiy mexanizmi bo'lib maqsadli penitsillin bog'lovchi oqsillarning (PBO) o'zgarishi hisoblanadi. Ushbu mexanizm stafilokokklarda rivojlanadigan metitsillinga chidamlilik va Streptococcus pneumoniae, shuningdek viridans guruhidagi Streptococcus spp. penitsillinga chidamlilik asosida yotadi. PBO o'zgarishlar tufayli qarshilik shuningdek Haemophilus influenzae va Neisseria gonorrhoeae kabi murakkab oziqlanish ehtiyojlariga ega bo'lgan grammmanfiy shtammlarida rivojlanadi. Piperatsillin/tazobaktam majmuasi β-laktam bakteriyalarga qarshi preparatlarga chidamliligi PBO ning o'zgarishi bilan aniqlanadigan shtammlarga qarshi faol emas. Yuqorida aytib o'tilganidek, tazobaktam tomonidan ingibitsiya qilinganigan ba'zi β-laktamazalar mavjud.
Bakteriyalarga qarshi faollik doirasi
Tazobaktam va piperatsillinning majmuasi quyida keltirilgan mikroorganizmlarning aksariyat shtammlariga qarshi, in vitro tajribalarida ham, qo'llash uchun ko'rsatma bo'lgan klinik infektsiyalarda ham faollik ko'rsatgan.
Aerob va fakul'tativ anaerob grammusbat mikroorganizmlar:
Staphylococcus aureus (faqat metitsillin-sezgir shtammlar)
Aerob va fakultativ anaerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Acinetobacter baumanii, Escherichia coli, Haemophilus influenzae (β-laktamaza-negativ, ampitsillin-rezistent shtammlaridan tashqari), Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa (shtammga sezuvchan aminoglikozidlar bilan majmuada qo'llaniladi).
Grammanfiy anaeroblar:
Bacteroides fragilis (V. fragilis, V. ovatus, V. thetaiotaomicron va V. vulgatus) guruhi.
In vitro tajribalarida quyidagi ma'lumotlar olingan, ammo ularning klinik ahamiyati noma'lum.
Shunga qaramasdan quyidagi mikroorganizmlarning 90% nisbatan in vitro sharoitida minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyasi (MIK) tazobaktam va piperatsillinga sezuvchanlikning bo'sag'a qiymatidan kam yoki tengdir. Biroq, tazobaktam va piperatsillinning xavfsizligi va samaradorligi adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan tadqiqotlarda, ushbu bakteriyalar tomonidan kelib chiqadigan klinik infektsiyalarni davolash uchun qo'llanilganda aniqlanmagan.
Aerob va fakul'tativ anaerob grammusbat mikroorganizmlar:
Enterococcus faecalis (faqat ampitsillin- yoki penitsillin-sezuvchan shtammlari), Staphylococcus epidermidis (faqat metitsillin- sezgir shtammlari), Streptococcus agalactiae*, Streptococcus pneumoniae (faqat penitsillin-sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes*, Streptococcus spp.. viridans* guruhi.
Aerob va fakul'tativ anaerob grammanfiy mikroorganizmlar:
Citrobacter koseri, Moraxella catarrhalis, MorganelIa morganii, Nasseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Providencia Stuartii, Providencia rettgeri, Salmonella enterica.
Grammusbat anaeroblar:
Clostridium perfringens
Grammanfiy anaeroblar:
Bacteroides distasonis, Prevotella melaninogenica
* β-laktamaza ishlab chiqarmaydi va shuning uchun faqat piperatsillinga sezgir hisoblanadi.
Piperatsillin/ tazobaktamning dozasi | 5** min | 30 min | 1 soat | 2 soat | 3 soat | 4soat |
2 g/0,25 g | 237 | 76 | 38 | 13 | 6 | 3 |
4 g/0,5 g | 364 | 165 | 92 | 37 | 16 | 7 |
Piperatsillin/ tazobaktam dozasi | 5** min | 30 min | 1 soat | 2 soat | 3 soat | 4 soat |
2 g/0,25 g | 23,4 | 8,0 | 4,5 | 1,7 | 0,9 | 0,7 |
4 g/0,5 g | 34,3 | 17,9 | 10,8 | 4,8 | 2,0 | 0,9 |
Piperatsillin/ tazobaktam dozasi | 30** min | 1 soat | 1,5 soat | 2 soat | 3 soat | 4 soat |
2 g/0,25 g | 134 | 57 | 29 | 17 | 5 | 2 |
4 g/0,5 g | 298 | 141 | 87 | 47 | 16 | 7 |
Piperatsillin/ tazobaktam dozasi | 30** min | 1 soat | 1,5 soat | 2 soat | 3 soat | 4 soat |
2 g/0,25 g | 14,8 | 7,2 | 4,2 | 2,6 | 1,1 | 0,7 |
4 g/0,5 g | 33,8 | 17,3 | 11,7 | 6,8 | 2,8 | 1,3 |
• 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
o og'ir qon ketishlari (shu jumladan, anamnezda)
o mukovitsidoz (gipertermiya va teri toshmasi rivojlanish xavfini oshishi)
o soxta membranoz enterokolit
o bolalarda
o homiladorlik, emizish davri;
o buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml kam)
o gemodializda bo'lgan patsientlar;
o antikoagulyantlarni yuqori dozada birga qo'llash.
o gipokaliemiya.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramda ko'rsatilagn yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.
Kreatinin klirensi (ml/min) | Tazobaktam va piperatsillinni tavsiya etilgan dozasi |
>40 | Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi |
20-40 |
Sutkada 12 g/1,5 g 4 g/0,5 g har 8 soatdan keyin |
<20 |
Sutkada 8 g/1 g 4 g/0,5 g har 12 soatdan keyin |
Kreatinin klirensi (ml/min) | Tazobaktam va piperatsillinning tavsiya etilgan dozalari |
>50 | 112,5 mg/kg (100 mg piperatsillin / 12,5 mg tazobaktam) har 8 soat |
≤50 | 78,75 mg/kg (70 mg piperatsillin / 8,75 mg tazobaktam) har 8 soat |
Dozalash/flakon (piperatsillin/tazobaktam) | Eritamning kerakli hajmi |
2 g + 0,25 g | 10 ml |
4 g + 0,5 g | 20 ml |