×
×
  • PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Узхимфарм, АО
ATX kodi:
- A11HA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 9 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
VOLVIT/WOLVIT tabletkalari 5 mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
REGIMED tabletkalari N20 REPLEK FARM Ltd. Makedoniya
NEVRALON tabletkalari N20 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
56 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PIRIDOKSIN

PYRIDOXIN

 

Preparatning savdo nomi: Piridoksin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): piridoksin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 10 mg yoki 50 mg

(100% moddaga qayta hisoblanganda)

Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: A11NA02

 

Farmakologik xususiyatlari

V6 vitamini moddalar almashinuvida ishtirok etadi; markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim hisoblanadi. Organizmga tushib u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va dekarboksillanish, transaminlanish va aminokislotalar rasemizasiyasi, shuningdek oltingugurt saqlovchi va gidroksillangan aminokislotalarni fermentativ aylanishini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi.

Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi kam uchraydi, asosan maxsus sun‘iy ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi. Diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin.

Piridoksinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj kattalar uchun – 2-2,5 mg; 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 0,5 mg; 1-1,5 yoshda – 0,9 mg; 1,5-2 yoshda – 1 mg; 3-4 yoshda – 1,3 mg; 5-6 yoshda 1,4 mg; 7-10 yoshda – 1,7 mg; 11-13 yoshda – 2 mg; 14-17 yoshli o‘smirlar uchun – 2,2 mg; 14-17 yoshli qizlar uchun – 1,9 mg. Ayollar uchun – 2 mg va homiladorlikda qo‘shimcha 0,3 mg ni tashkil qiladi.

Farmakokinetikasi

Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan piridoksalfosfati 90% bog‘lanadi. Yaxshi so‘riladi va barcha to‘qimalarga kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq miqdorda mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kunni tashkil qiladi. Buyrak orqali (vena ichiga yuborishda – 2% safro bilan), shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

V6 gipo- va avitaminozi.

Majmuaviy davolashda:

– nevrologiyada: parkinsonizm, markaziy va periferik falajlar, Littl kasalligi, Mener kasalligi va sindromi, dengiz va havo kasalligi, radikulit, nevralgiya, nevritlar;

– dermatologiyada: dermatitlar (shu jumladan seboreyali), o‘rab oluvchi temiratki, neyrodermit, psoriaz, ekssudativ diatez;

– anemiyalar (gipoxrom, mikrositar, sideroblast anemiya)

– o‘tkir va surunkali gepatitlar;

– izoniazid va izonikotin kislotasining gidrazidi boshqa hosilalarining neyrotoksikligini oldini olish va davolash.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma piridoksinga bog‘liq tirishish sindromida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Yuborish usuli: vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga yuboriladi.

V6 gipo- va avitaminozda, nevrologiyada – kattalarga 50-100 mg sutkada 1-2 qabulda. Davolash kursi – 1 oyni tashkil qiladi. Bolalarga – sutkada 20 mg, davolash kursi 2 xafta.

Parkinsonizmda – sutkada 100 mg vena ichiga, teri ostiga. Davolash kursi – 20-25 in‘eksiya. 2-3 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.

Dermatologiyada – 50 mg kunora. Davolash kursi – 20-25 in‘eksiyani tashkil qiladi.

Anemiyalarda – 100 mg mushak ichiga, haftasiga 2 marta teri ostiga. Bir vaqtda folat kislotasi, sianokobalamin, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiq.

O‘tkir va surunkali gepatitlarda – sutkada 25 mg dan kamroq piridoksin yuboriladi.

Tuberkulyozni izonikotin kislotasining gidrazidi (INKG) va uning hosilalari (izoniazid, ftivazid va boshqalar) bilan davolashda yuborilgan preparatning 1 g ga 100 mg piridoksin (markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishlarini oldini olish uchun) buyurish kerak.

INKG va uning hosilalari chaqirgan neyrotoksiklikni davolashda – 10-15 ml 50 mg/ml (5%) preparat eritmasini vena ichiga yuborish kerak.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda piridoksinga bog‘liq tirishish sindromini davolashda – mushak ichiga yoki vena ichiga 100 mg piridoksin buyuriladi.

Qo‘llashda ehtiyotkorlik choralari

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (me‘da shirasi kislotaliligini oshishi mumkinligi sababli), yurak ishemik kasalligi va jigarni og‘ir darajali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, xlorid kislotasi gipersekresiyasi, qo‘l-oyoqda uvishish va bosilish hissi – “paypoq” va “qo‘lqop” simptomi, tirishishlar (faqat tez yuborganda paydo bo‘ladi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Piridoksinni sikloserin, etionamid, gidralazin, azatioprin, xlorambusil, siklofosfamid, siklosporin, merkaptopurin, izoniazid, penisillamin bilan bir vaqtda qo‘llash anemiya va nevropatiyani chaqirishi mumkin.

Piridoksinni L-dofa (levodopa) bilan birga buyurilmaydi, chunki L-dofaning ta‘sirini susaytiradi.

Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Izonikotin kislotasining gidrazidi hosilalari, penisillamin, sikloserin piridoksinning samarasini susaytiradi.

Tiamin va sianokobalamin bilan farmasevtik nomutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki uni qo‘llash laktasiyani kamayishini chaqirishi mumkin.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Tavsiya etilgan dozalarda preparatni avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 10 mg/ml va 50 mg/ml.

1 ml yoki 2 ml dan neytral shisha ampulada.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.

2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 dan 25oS gacha haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 dori vositasi Узхимфарм, АО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PIRIDOKSIN GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N10
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN tabletkalari N6
ASKORUTIN tabletkalari N10
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10
Narh: 1 900 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N6
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANALGIN tabletkalari 0,5g N10
Narh: 600 so'mdan Batafsil
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
ANALGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50% N5
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
FITIN tabletkalari 0,25g N20
FITIN tabletkalari 0,25g N10
FITIN tabletkalari 0,25g N6
PAPAVERINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
MIKROYODID tabletkalari 100mkg N50
PSORALEN tabletkalari 0,01g N6
PSORALEN eritma 50ml 0,1%
TEFESTROL tabletkalari 0,005g N10
ANALGIN tabletkalari 0,5g N20
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 2,4% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
Narh: 7 500 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: УЗХИМФАРМ, АО
TIAMINA XLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9