Piridoksinning aptekalardagi narxlari
PIRIDOKSIN eritma 50mg/ml 1ml N10
|
|
4 ta dorixonada bor
|
8 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
PIRIDOKSINA GIDROXLORID eritma 5% 1ml N10
|
|
83 ta dorixonada bor
|
4 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
6 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
6 700 so'mdan
Bron qilish
|
PIRIDOKSINA GIDROXLORID eritma 5% 1ml N5
|
|
65 ta dorixonada bor
|
2 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
3 000 so'mdan
Bron qilish
|
Piridoksin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PIRIDOKSIN
PYRIDOXIN
Preparatning savdo nomi: Piridoksin
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): piridoksin
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 10 mg yoki 50 mg
(100% moddaga qayta hisoblanganda)
Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.
ATX kodi: A11NA02
Farmakologik xususiyatlari
V6 vitamini moddalar almashinuvida ishtirok etadi; markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim hisoblanadi. Organizmga tushib u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va dekarboksillanish, transaminlanish va aminokislotalar rasemizasiyasi, shuningdek oltingugurt saqlovchi va gidroksillangan aminokislotalarni fermentativ aylanishini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi. Piridoksinning alohida tanqisligi kam uchraydi, asosan maxsus sun‘iy ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda uchraydi. Diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin.
Piridoksinga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj kattalar uchun – 2-2,5 mg; 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 0,5 mg; 1-1,5 yoshda – 0,9 mg; 1,5-2 yoshda – 1 mg; 3-4 yoshda – 1,3 mg; 5-6 yoshda 1,4 mg; 7-10 yoshda – 1,7 mg; 11-13 yoshda – 2 mg; 14-17 yoshli o‘smirlar uchun – 2,2 mg; 14-17 yoshli qizlar uchun – 1,9 mg. Ayollar uchun – 2 mg va homiladorlikda qo‘shimcha 0,3 mg ni tashkil qiladi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan piridoksalfosfati 90% bog‘lanadi. Yaxshi so‘riladi va barcha to‘qimalarga kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq miqdorda mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kunni tashkil qiladi. Buyrak orqali (vena ichiga yuborishda – 2% safro bilan), shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
V6 gipo- va avitaminozi.
Majmuaviy davolashda:
– nevrologiyada: parkinsonizm, markaziy va periferik falajlar, Littl kasalligi, Mener kasalligi va sindromi, dengiz va havo kasalligi, radikulit, nevralgiya, nevritlar;
– dermatologiyada: dermatitlar (shu jumladan seboreyali), o‘rab oluvchi temiratki, neyrodermit, psoriaz, ekssudativ diatez;
– anemiyalar (gipoxrom, mikrositar, sideroblast anemiya)
– o‘tkir va surunkali gepatitlar;
– izoniazid va izonikotin kislotasining gidrazidi boshqa hosilalarining neyrotoksikligini oldini olish va davolash.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma piridoksinga bog‘liq tirishish sindromida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuborish usuli: vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga yuboriladi.
V6 gipo- va avitaminozda, nevrologiyada – kattalarga 50-100 mg sutkada 1-2 qabulda. Davolash kursi – 1 oyni tashkil qiladi. Bolalarga – sutkada 20 mg, davolash kursi 2 xafta.
Parkinsonizmda – sutkada 100 mg vena ichiga, teri ostiga. Davolash kursi – 20-25 in‘eksiya. 2-3 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Dermatologiyada – 50 mg kunora. Davolash kursi – 20-25 in‘eksiyani tashkil qiladi.
Anemiyalarda – 100 mg mushak ichiga, haftasiga 2 marta teri ostiga. Bir vaqtda folat kislotasi, sianokobalamin, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiq.
O‘tkir va surunkali gepatitlarda – sutkada 25 mg dan kamroq piridoksin yuboriladi.
Tuberkulyozni izonikotin kislotasining gidrazidi (INKG) va uning hosilalari (izoniazid, ftivazid va boshqalar) bilan davolashda yuborilgan preparatning 1 g ga 100 mg piridoksin (markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishlarini oldini olish uchun) buyurish kerak.
INKG va uning hosilalari chaqirgan neyrotoksiklikni davolashda – 10-15 ml 50 mg/ml (5%) preparat eritmasini vena ichiga yuborish kerak.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda piridoksinga bog‘liq tirishish sindromini davolashda – mushak ichiga yoki vena ichiga 100 mg piridoksin buyuriladi.
Qo‘llashda ehtiyotkorlik choralari
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (me‘da shirasi kislotaliligini oshishi mumkinligi sababli), yurak ishemik kasalligi va jigarni og‘ir darajali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, xlorid kislotasi gipersekresiyasi, qo‘l-oyoqda uvishish va bosilish hissi – “paypoq” va “qo‘lqop” simptomi, tirishishlar (faqat tez yuborganda paydo bo‘ladi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Piridoksinni sikloserin, etionamid, gidralazin, azatioprin, xlorambusil, siklofosfamid, siklosporin, merkaptopurin, izoniazid, penisillamin bilan bir vaqtda qo‘llash anemiya va nevropatiyani chaqirishi mumkin.
Piridoksinni L-dofa (levodopa) bilan birga buyurilmaydi, chunki L-dofaning ta‘sirini susaytiradi.
Diuretiklarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Izonikotin kislotasining gidrazidi hosilalari, penisillamin, sikloserin piridoksinning samarasini susaytiradi.
Tiamin va sianokobalamin bilan farmasevtik nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida preparatni ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki uni qo‘llash laktasiyani kamayishini chaqirishi mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Tavsiya etilgan dozalarda preparatni avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 10 mg/ml va 50 mg/ml.
1 ml yoki 2 ml dan neytral shisha ampulada.
10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.
5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 dan 25oS gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari