×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Амантадин
Farmakologik guruhlari:
- Parkinsonizm va virusga qarshi vosita, glutamat antogonisti
Ishlab chiqaruvchi:
- TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi:
- N04BB01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
AMARIL tabletkalari 4mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
43 000 s`om dan
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
NERVOGIL tabletkalari 1mg N30 Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 250 ml dan shisha butilkalarda. Har bir butilka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Amantadin sulfati-qo‘zg‘atuvchi neyromediator glutamatning NMDA-retseptorlarining selektiv rakobatsiz blokatoridir; postsinaptik tirkishda dofaminni ajralib chiqishini tezlashtiradi; postsinaptik tirkishga dofaminni qayta qamrab olinishini tormozlanishini chaqiradi; presinaptik terminallarda dofaminni sintezini oshiradi; funksional neyroprotektor; antixolinergik ta’sir ko‘rsatadi.

250 ml infuziya eritmasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amantadin sulfat   0,8 mg 0,2 g;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in’eksiya uchun suv – 1 ml gacha 250 ml.

PK-Amantadin (amantadin sulfata) NMDA-retseptorlarini bloklab, glutamatning o‘ta yuqori zaharliligini susaytiradi, neyromediatorlarning (glutamat va dofaminning) muvozanatini tiklaydi neyronlarga kalsiyni haddan tashqari kirishini pasaytirib, neyronlarning apoptozi yoki o‘limini oldini oladi. Terapevtik konsentratsiyalarda amantadin atsetilxolinning ishlab chiqarilishini sekinlashtiradi va shu bilan antixolinergik ta’sir ko‘rsatadi.

Amantadin sulfatining plazmadagi o‘rtacha konsentratsiyasi uni 200 mg mikdorda 3 soat davomida infuziya kilinganidan sung 0,54 mkl ni tashkil kiladi. Kuniga 200 mg dozada davolashning 6 – kuni yuborishning ohirida plazmadagi o‘rtacha konsentratsiyasi 0,76 mkl ni tashkil qiladi. Umumiy klirensi 3,6 l/soatni tashkil qiladi; yarim chiqarilish davri - 10 dan 30 soatgacha. Amantadin taxminan 67%-ga qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi. Buyrak orqali deyarli o‘zgarmagan holda (bir martalik dozasining 90%) chiqariladi uning ozgina miqdori axlat bilan chiqariladi.

Dializ kam samarali (bir muolajada taxminan 5% dializlanadi).

Juda tez-tez

(>1/10)

tez-tez

(>1/100, <1/10)

Tez-tez emas

(>1/1000, <1/100)

Kam

(>1/10 000, <1/1000)

Juda kam

(<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar

Nerv tizimi,sezgi a’zolari va ruxiyat tomonidan: 

Tez-tez: havotirlik, ta’sirchanlik, ko‘rish gallyutsinatsiyalari, psixomotor ko‘zg‘alish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, uyquni buzilishi. 

Juda kam: tutqanoq xurujlari, periferik neyropatiya, ko‘rishni vaqtinchalik yuqolishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: 

Juda kam: aritmiya, taxikardiya, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi. QT intervalini uzayishi, yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki chuqurlashishi, ortostatik gipotenziya.

Tez-tez: to‘piqlar va boldirlarni shishi bilan kechuvchi terining marmarlik sindromi.

Me’da-ichak yullari tomonidan: 

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, ishtahani pasayishi, dispepsiya. Boshqalar: 

Tez-tez: prostata bezining adenomasi bo‘lgan bemorlarda siydikni tutilishi. 

Juda kam: terining allergik reaksiyalari. dermatoz, fotosensibilizatsiya, poliuriya, nikturiya.

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept bo‘yicha.

• Parkinson kasalligi (shu jumladan akinetik krizlar, L-dopa-induksiyalangan diskineziyalar)

• Turli etiologiyali parkinsonizm sindromi

• Vigillikni buzilishlari (ongni buzilishi: karaxtlik, sopor, koma; tetiklikni va normal reaksiyalarga bo‘lgan qobiliyatini pasayishi: diqqatni buzilishi) va tashabbuskorlikni quyidagi: normal es-xushi fonida o‘rab turgan olamga nisbatan qiziqishni kamayishi - to‘liq apatiyadan psixosomatik noadekvat qo‘zg‘alishgacha bo‘lgan buzilishlar:

• Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (ishemik va gemorragik insultlar, subaraxnoidal qon quyilishlar)

• Diffuz serebral ishemiya (yurak-tomir yetishmovchiligidagi)

• Bosh suyagi - miya jarohatlari

• Bosh suyagi ichki kompression jarayon (bosh miya o‘smasi, bosh miyaga metastazlar; anevrizma)

• Endogen intoksikatsiyalar (diabet, uremiya, koma)

• Ekzogen intoksikatsiyalar (uxlatuvchilar, alkogol, psixotik postnarkotik sindrom)

• Nerv tizimining infeksion kasalliklari (meningit, ensefalit va boshka.)

• Tranzitor sindromi natijasidagi buzilishlar

•   Xantington xoreyasi

• Degenerativ demensiya qon-tomir patologiyasi oqibatidagi demensiya

•       Neyroleptik ekstrapiramid sindromlar

•       Herpes Zoster va postgerpetik nevralgiya

•       Neyropatik kasalligi

• Multitizimli atrofiya

• S gepatiti

• A grippi

Preparatning hap qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik; og‘ip dimlangan yurak yetishmovchiligi (Nyu-York Kardiologik Assotsiatsiyasining shkalasi buyicha IV sinfi), kardiomiopatiya, miokardit, II va III darajadagi atriventrikulyar blokada, yurak kisqarishlar soni minutiga 55 zarbdan kam bo‘lgan bradikardiya, QT intervalini 420 ms dan ko‘proqga cho‘zilishi, yurak qorinchalari aritmiyasi (shu jumladan qorinchalar lipillashi); homiladorlik va emizish davri; qonda kaliy va magniy miqdorini pasayishi; QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam), bolalar, galaktozani nasliy yetishmovchiligi, laktoza tanqisligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi, fenilketonuriya, saharoza-izomaltoza yetishmovchiligi, fruktozani nasliy yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan: prostata bezining giperplaziyasi, torburchakli glaukoma, turli og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi, ajitatsiya, deliriy.

Amantadinni QT intervalini uzayishini chiqaruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, xususan:

- I-A sinfiga (masalan, xinidin, dizopiramid, prokainamid) va III sinfiga mansub (masalan, amiodaron va sotalol) ayrim antiaritmik preparatlari;

- ayrim psixotrop preparatlar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, pimozid);

- ayrim tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin);

- ayrim antigistamin preparatlar (masalan, astemizol, terfenadin);

- ayrim makrolid antibiotiklar (masalan, eritromitsin, klaritromitsin);

- girazaning ayrim ingibitorlari (masalan, sparfloksatsin);

- a’zollar guruhi zamburug‘larga qarshi preparatlar va boshqa preparatlar, xususan, bidupin, galofantrin, ko- trimoksazol, pentamidin, sizaprid va bepridil.

Triamteren/gidroxlortiazid majmuasi bo‘lgan siydik haydovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, plazmada amantadinning konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Boshqa parkinsonizmga qarshi preparatlar (levodopa, bromokriptin, memantin, trigeksifenidil kabilar) bilan bir vaqtda qabul qilishda, noxush asoratlarni xususan psixotik reaksiyalardan saqlanish uchun, bir vaqtda qabul qilinayotgan preparatning yoki ikkala preparatning dozasini kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkin. Antixolinergik vositalar, simpatomimetikpar va memantin: nojo‘ya samaralarni kuchaytiradi. Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi vositalar (shu jumladan psixostimulyatorlar), etanol nojo‘ya samaralarni rivojpanishi havfini oshiradi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 250 ml dan shisha butilkalarda. Har bir butilka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Tiniq, rangsiz eritma.
Tomir ichiga, kuniga 250 ml dan 1-2 marta buyuriladi; dozani 250 ml dan kuniga 3 martagacha oshirish mumkin. Quyish davomiyligi 3 soat (minutiga 55 tomchi). Parkinson kasalligining avj olgan bosqichlarida 250 ml dan 1-2 infuziya 5-7 kun davomida buyuriladi. Akinetik krizlarda  2-3 infuziya 7-14 kun davomida buyuriladi. O‘rab oluvchi gerpesdagi nevralgiyada davolashning o‘rtacha davomiyligi  1 haftani tashkil qiladi. 
Buyrak faoliyatini buzilishlarida:

Filtratsiyaning glomerulyar tezligi (GFR) ml/min

Dozalash (mg)

Dozalash intervali (soat)

80-60

100

12

60-50

200 va 100 navbat bilan

kun ora

50-40

100

24

30-20

200

haftada 2 marta

20-10

100

haftada 3 marta

<10

200 va 100

har xaftada va hafta o‘tkazib



Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, tremor, ataksiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, letargik holat, dizartriya, depressiya, tutqanoq xurujlari. yurak aritmiyasi. Simptomatik davolash (sedativ, antikonvulsion va antiaritmik preparatlarni qo‘llash) o‘tkazish kerak.

PK-Amantadin preparati bilan davolashni birdan to‘htatish mumkin emas. Yurak qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar, PK-Amantadin preparati buyurilganida doimo shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Davolash fonida alkogolni qabul qilish mumkin emas. Transport vositalarini haydovchilari va kasbi diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar, ish vaqtida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak. 

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml dori vositasi TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Narh: 519 000 so'mdan Batafsil
PK MERS tabletkalari 100mg N30
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REOLAKT infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%
KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
KMA DFG infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9