×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Биофарма,ФЗ,ООО произведено Биофарма Плазма,ООО
ATX kodi:
- B06AB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLAZMOL

PLASMOL

 

Preparatning savdo nomi: Plazmol

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni  saqlaydi:

faol moddalar:

– donor qoni ekstrakti yoki

– donor qoni, nativ plazma va eritrositar massa ekstrakti, yoki

– nativ plazma va eritrositar massa ekstrakti;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv (ekstrakt tarkibiga kiradi).

Ta‘rifi: o‘ziga xos xidli tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik. Biroz tovlanuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. rN 6,0-7,0.

Farmakoterapevtik guruhi: ovqat xazm qilish tizimi va metabolik jarayonlarga ta‘sir qiluvchi vositalar.

ATX kodi: A16A X.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Plazmol biogen stimulyatorlar guruhiga kiradi. Nospesifik desensibilizasiyalovchi, og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga va yallig‘lanishga qarshi samaraga ega.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Og‘riq sindromi bilan birga kechuvchi nevralgiyalar, radikulitlar, nevritlarni; bronxial astmani, artritlarni, poliartritlarni, surunkali yallig‘lanish jarayonlarini kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Plazmol kattalarga teri ostiga 1 ml dan xar kuni yoki kunora yuboriladi. Davolash kursi – 10 in‘eksiyani tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, tana xaroratini oshishi).

Umumiy buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy kuchsizlik.

Teri tomonidan: yuborish joyida o‘zgarishlar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, nefrit, endomiokardit, tuberkulez, autoimmun jarayonlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘risi

O‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolashda kvars, sollyuks, diatermiya kabi fizioterapevtik muolajalarni buyurish mumkin emas.

Xomiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni xomiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Bolalar. Bolalarda qo‘llash xavfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Tekshirilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

1 ml dan preparat ampulada. 10 ampuladan qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 2 dan 8oS gacha xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi Биофарма,ФЗ,ООО произведено Биофарма Плазма,ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLAZMOL inyeksiya uchun eritma 1ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9