Plazmol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PLAZMOL
PLASMOL
Preparatning savdo nomi: Plazmol
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
– donor qoni ekstrakti yoki
– donor qoni, nativ plazma va eritrositar massa ekstrakti, yoki
– nativ plazma va eritrositar massa ekstrakti;
yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv (ekstrakt tarkibiga kiradi).
Ta‘rifi: o‘ziga xos xidli tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik. Biroz tovlanuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. rN 6,0-7,0.
Farmakoterapevtik guruhi: ovqat xazm qilish tizimi va metabolik jarayonlarga ta‘sir qiluvchi vositalar.
ATX kodi: A16A X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Plazmol biogen stimulyatorlar guruhiga kiradi. Nospesifik desensibilizasiyalovchi, og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga va yallig‘lanishga qarshi samaraga ega.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Og‘riq sindromi bilan birga kechuvchi nevralgiyalar, radikulitlar, nevritlarni; bronxial astmani, artritlarni, poliartritlarni, surunkali yallig‘lanish jarayonlarini kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Plazmol kattalarga teri ostiga 1 ml dan xar kuni yoki kunora yuboriladi. Davolash kursi – 10 in‘eksiyani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, tana xaroratini oshishi).
Umumiy buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy kuchsizlik.
Teri tomonidan: yuborish joyida o‘zgarishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, nefrit, endomiokardit, tuberkulez, autoimmun jarayonlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘risi
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolashda kvars, sollyuks, diatermiya kabi fizioterapevtik muolajalarni buyurish mumkin emas.
Xomiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni xomiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar. Bolalarda qo‘llash xavfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Tekshirilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
1 ml dan preparat ampulada. 10 ampuladan qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 2 dan 8oS gacha xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari