Saqlash shartlari | Хранить в недоступном для детей месте. |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PODOROJNIKA BOLSHOGO LISTYa
FOLIA PLANTAGINIS MAJORIS
Savdo nomi: Podorojnika bolshogo listya.
Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga mansub, yovvoyi va madaniy o‘stiriladigan ko‘p yillik katta zubturum – (Plantago major L.) o‘t o‘simligining gullash vaqtida yig‘ilgan va quritilgan barglari.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Tarkibida: Polisaxaridlar, glikozid rinantin va aukubin, limon kislotasi, karotin, S vitamini, oshlovchi moddalarni saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruxi: Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Balg‘am ko‘chiruvchi, yalliglanishga qarshi va burishtiruvchi ta‘sirlarni ko‘rsatadi.
Qo‘llanishi
Yo‘tal bilan kechadigan yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarini, me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarini (gipoasid gastritlar, enteritlar, kolitlar, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi), ishtahani pasayishini davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga damlama ko‘rinishida. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq maydalangan barglarni sirlangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv xammomida 15 minut davomida qizdiriladi, keyin 45 minut davomida xona haroratida sovutiladi, doka yordamida suzib o‘tkaziladi, qolgan xom-ashyo siqiladi. Olingan damlama xajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutqagacha saqlash mumkin.
1 osh qoshiqdan kuniga 2-3 mahal qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
30 g, 50 g, 100 g dan karton yoki polietilen o‘ramlarda yoki 10 kg, 15 kg, 30 kg dan qoplarda, toylarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqliliq muddati
3 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Reseptsiz.