×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLIJINAKS kapsulalar N6

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya
Faol modda:
Нистатин, Полимиксин В, неомицин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Laboratoire Innotech International, Франция произведено: SWISS CAPS AG
ATX kodi:
- G01AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 68 ta dorixonasida topildi

ico 80 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 109 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MENIFIB tabletkalari N60 Bhargava Phytolab Pvt. Ltd Hindiston
72 800 s`om dan
PIMAFUSIN suppozitorii 100mg N6 Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L. Italiya
150 000 s`om dan
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1 Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd Pokiston
113 000 s`om dan
ABINEKS 0,5 tabletkalari 0,5mg N8 Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
POLIJINAKS kapsulalar N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLIJINAKS® VIRGO

POLYGYNAX VIRGO

 

Preparatning savdo nomi: Polijinaks® Virgo

Dori shakli: qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

neomisin sulfati                         35000 XB,

polimiksin V sulfati                 35000 XB,

nistatin                                           100000 XB;

yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.

Kapsula tarkibi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik (antibiotiklar: aminoglikozid+ polien+siklik polipeptid).

ATX kodi: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungisid ta‘sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakterisid va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Davolash uchun.

  • nospesifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.

Oldini olish uchun.

  • jinsiy a‘zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
  • bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Spermisidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLIJINAKS kapsulalar N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLIJINAKS kapsulalar N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLIJINAKS kapsulalar N6 dori vositasi Laboratoire Innotech International, Франция произведено: SWISS CAPS AG tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLIJINAKS kapsulalar N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLIJINAKS kapsulalar N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Narh: 80 200 so'mdan Batafsil
POLIJINAKS kapsulalar N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Нистатин, Полимиксин В, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratoire Innotech International, Франция произведено: SWISS CAPS AG
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
POLIJINAKS kapsulalar N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Нистатин, Полимиксин В, неомицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratoire Innotech International, Франция произведено: SWISS CAPS AG
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9