Polijinaksning aptekalardagi narxlari
POLIJINAKS vaginal kapsulalar N12
|
|
161 ta dorixonada bor
|
110 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
172 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
122 000 so'mdan
Bron qilish
|
POLIJINAKS vaginal kapsulalar N6
|
|
68 ta dorixonada bor
|
85 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
84 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Polijinaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
POLIJINAKS® VIRGO
POLYGYNAX VIRGO
Preparatning savdo nomi: Polijinaks® Virgo
Dori shakli: qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
neomisin sulfati 35000 XB,
polimiksin V sulfati 35000 XB,
nistatin 100000 XB;
yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.
Kapsula tarkibi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.
Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik (antibiotiklar: aminoglikozid+ polien+siklik polipeptid).
ATX kodi: G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungisid ta‘sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakterisid va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Davolash uchun.
- nospesifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.
Oldini olish uchun.
- jinsiy a‘zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
- bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaksiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Spermisidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari