×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Триамцинолон
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Пабяницкий фармацевтический завод Польфа АО
ATX kodi:
- H02AB08 Триамцинолон
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N50 ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО Ukraina
TEZARIN tabletkalari 50mkg N50 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
40 000 s`om dan
TIROZOL tabletkalari 5mg N50 Merck KGaA Germaniya
35 000 s`om dan
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,4% N5 Uzgermed Pharm, СП, ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

PASIENT UCHUN ILOVA-VARAQA: ISTE‘MOLCHILAR UCHUN YO‘RIQNOMA

 

Polkortolon, 4 mg li tabletkalar

Triamcinolonum

 

Dori preparatni qo‘llashdan oldin, ilova-varaqaning mazmuni bilan tanishib chiqish kerak, chunki unda pasient uchun muhim ma‘lumotlar bor.

  • Ushbu yo‘riqnomani, uni zarurat tug‘ilganida yana o‘qib chiqish imkoniyati bo‘lishi uchun saqlab qo‘yish kerak.
  • Maslahat yoki qo‘shimcha ma‘lumot kerak bo‘lganida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
  • Ushbu dori preparati qat‘iy ma‘lum bir shaxsga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas.
  • Bu preparat, ularda xuddi shunday simptomlar bor bo‘lsa xam, ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Qaysidir nohush samara og‘irlashgan hollarda yoki ilova-varaqada eslatib o‘tilmagan nohush holatlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

 

Ilova-varaqaning mazmuni:

  1. Polkortolon dori mahsuloti nima va u qanday maqsadda qo‘llanadi?
  2. Polkortolon dori preparatini qabul qilishdan oldin
  3. Polkortolon dori mahsulotini qanday qabul qilish kerak?
  4. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. Polkortolon dori preparatini saqlash sharoitlari
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar

  1. POLKORTOLON DORI PREPARATI NIMA VA U QANDAY MAQSADDA QO‘LLANADI?

Polkortolon dori preparati steroidlar (to‘liq nomi – glyukokortikoidlar) deb nomlanadigan preparatlar guruhiga mansubdir.

Polkortolon dori preparati kuchli yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega. Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining sintetik (sun‘iy) gormonini saqlaydi.

Polkortolon quyidagilarni davolashda qo‘llaniladi:

  • gormonal tizim tomonidan buzilishlar (masalan, buyrak usti bezining birlamchi yetishmovchiligi, buyrak usti bezi-jinsiy sindrom),
  • revmatik kasalliklar,
  • kollagenozlar (biriktiruvchi to‘qima kasalligi).
  • teri kasalliklari (masalan, deskvamasion dermatit, og‘ir psoriaz, pufakli yara),
  • boshqa davolash usullariga rezistent bo‘lgan og‘ir darajali allergik kasalliklar,
  • ko‘z kasalliklari (masalan, kon‘yunktivit, keratit, irit va siklit),
  • nafas tizimi kasalliklari (masalan, sarkoidoz, o‘pka tuberkulyozi),
  • gematologiya kasalliklar.
  • onkologik kasalliklar (palliativ davolashda).
  • ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi),
  • tarqalgan sklerozda.

  1. POLKORTOLON DORI PREPARATINI QABUL QILISHDAN OLDIN

Polkortolon dori preparatini qachon qo‘llash mumkin emas?

  • agar pasientda Polkortolon preparatining ta‘sir etuvchi moddasiga yoki boshqa ingredientlariga (6. bo‘limga qarang) yuqori sezuvchanlik bo‘lsa,
  • agar pasientda zamburug‘li infeksiya tomonidan chaqirilgan kasallik aniqlansa,
  • agar pasientda vaksinasiya, ayniqsa tirik viruslarni saqlovchi vaksinalar bilan vaksinasiya o‘tkazilishi lozim bo‘lsa preparatni qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Polkortolon dori preparatini qo‘llash vaqtida ayrim pasientlarda quyidagilar yuz berishi mumkin:

  • suvchechak, gerpes va qizamiq kabi ayrim infeksion kasalliklar og‘irroq kechadi. Infeksiya yuz bergan hollarda shifokor tegishli davoni buyuradi. Ushbu kasalliklarni o‘tkazmagan shaxslar, ushbu infeksiyasi bo‘lgan odamlar bilan kontaktdan saqlanishlari kerak.
  • Infeksiyaga chidamlilik pasayadi. Dori preparati infeksiyaning simptomlarini niqoblashi mumkin.

Polkortolon preparatini qo‘llashdan oldin quyidagilar bo‘lsa, shifokorni xabardor qilish kerak:

  • me‘da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi,
  • ichak kasalligi (masalan, yaqinda qo‘yilgan ichak anasiomozi, divertikullarni mavjudligi, chambar ichakni yallig‘lanishi),
  • tromboflebit,
  • buyrak yetishmovchiligi,
  • osteoporoz (ayniqsa menopauzadagi ayollarda),
  • mushak kuchsizligi va toliqish (miasteniya),
  • virusli yoki kandidozli vaginit,
  • glaukoma,
  • xolesterin va trigliseridlarning konsentrasiyasini oshishi,
  • yuqori arterial bosim,
  • dimlangan yurak yetishmovchiligi,
  • tutqanoq,
  • jigar faoliyatini buzilishi, jigar sirrozi,
  • oftalmogerpes,
  • o‘tkir psixoz va ruhiy buzilishlar. Preparat bu kasalliklarni kechishini kuchaytirishi mumkin,
  • tuberkulez,
  • gipotireoz,
  • qandli diabet,
  • qon ivishi omili (protrombin) tanqisligi va asetilsalisil kislotasini bir vaqtda qo‘llash.

Polkortolon dori preparati amyobiazni (bu me‘da-ichak yo‘llarining sodda parazit – dizenteriya amyobasi tomonidan chaqirilgan kasalligi) aniqlashi mumkin.

Polkortolon va boshqa preparatlarni qabul qilish

Pasient qabul qilayotgan yoki so‘nggi paytlarda qabul qilgan, shuningdek pasient qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha dori vositalari to‘g‘risida shifokorga yoki farmasevtga xabar berish kerak.

Agar pasient quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokorga xabar berish kerak:

  • insulin va gipoglikemik dori preparatlari,
  • diuretiklar,
  • kumarin hosilalari, indandion, geparin (qon ivishiga qarshi preparatlar),
  • streptokinaza, urokinaza (fibrinolitik vositalar),
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) deb nomlanuvchi ayrim og‘riq qoldiruvchi vositalar, masalan, ibuprofen,
  • anabolik steroidlar, androgenlar (gormonal buzilishlarda qo‘llaniladigan dori preparati),
  • estrogen saqlovchi oral kontraseptivlar,
  • vaksinasiya (polkortolon vaksinasiyaning samaradorligini pasaytiradi),
  • amfoterisin v (zamburug‘li infeksiyani davolashda qo‘llaniladigan antibiotik),
  • karboksiangidraza ingibitorlari (glaukomani davolashda qo‘llaniladigan preparatlar),
  • xolinolitik preparatlar (asosan atropin),
  • trisiklik antidepressantlar (depressiyani davolashda qo‘llaniladigan preparatlar),
  • gipertireozni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar va qalqonsimon bez gormonlari, yurak glikozidlari (masalan, yurak yetishmovchiligini davolashda qo‘llaniladigan yurak glikozidlari),
  • izoniazid (tuberkulyozni davolashda qo‘llaniladigan dori preparati),
  • meksiletin (yurak faoliyatini buzilishini davolashda qo‘llaniladigan dori preparati),
  • Polkortolon organizmning folat kislotasiga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi.

Polkortolon preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qo‘llanishi

Polkortolon dori preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Preparat organizmda natriyni tutilishiga yordam beradi, bu shishlarni hosil bo‘lishini va arterial qon bosimini oshishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun tuzni qabul qilishni cheklash lozim.

Alkogolni iste‘mol qilmaslik kerak, chunki me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari xavfi oshadi.

 

Homiladorlik va emizish

Homiladorlikda va emizish davrida yoki agar homiladorlikka shubha bo‘lsa yoki homilador bo‘lish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qilish lozim.

Polkortolon dori preparatini ayollar homiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilmasliklari kerak. Preparatning ozgina miqdori ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish

Polkortolon dori preparati bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va xatto ruhiy buzilishlarni chaqirishi mumkin. Agar shunday simptomlar paydo bo‘lsa, transport vositasini boshqarish, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish va diqqatni jamlashni talab etuvchi boshqa ishlarni bajarishga kirishish mumkin emas.

Dori preparati laktoza saqlaydi.

Dori preparati laktoza (qand) saqlaydi. Agarda pasientda ilgari ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, u holda u dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilishi kerak.

  1. POLKORTOLON DORI MAHSULOTINI QANDAY QABUL QILISH KERAK?

Dori preparatini doimo shifokorning tavsiyasiga muvofiq qo‘llash lozim. Savollar va shubha paydo bo‘lgan hollarda shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish lozim.

Polkortolon preparatining dozasi va davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

Odatda preparatni sutkada bir marta, ertalab qo‘llash tavsiya etiladi.

Kattalar:

Odatdagi doza:

sutkada 4 mg dan 48 mg gacha qabul qilinadi.

Ba‘zida yuqori dozalarni qo‘llash zarur bo‘lishi mumkin.

Bolalarda qo‘llanishi

Shifokor pasient uchun preparatning individual dozalarini belgilaydi. Dozaning kattaligi kasallikning turi va bolaning tana vazniga bog‘liq.

Vaqti-vaqti bilan tibbiy tekshiruvlardan o‘tish kerak. Polkortolon dori preparati bolalar va emizikli bolalarni o‘sishi va rivojlanishini buzilishlarini chaqirishi mumkin (ayniqsa preparat bilan davomli davolashda).

Polkortolon dori preparatini tavsiya qilinganidan kattaroq dozada qabul qilingan hollarda

Dori preparatini tavsiya qilinganidan kattaroq dozada qabul qilingan hollarda, kechiktirmay shifokorga murojaat qilish lozim.

Yuqori arterial bosim va shishlar kabi dozani oshirib yuborilishi simptomlari aniqlanishi mumkin.

Polkortolon dori preparatining dozasini o‘tkazib yuborilgan hollarda

Dori preparatining dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborilgan hollarda, uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, u holda o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmaslik kerak.

O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirishi maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish kerak emas.

Polkortolon dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish

Polkortolon dori preparatini qo‘llashni tugaganligi to‘g‘risidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.

Glyukokortikosteroidlar bekor qilinganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: isitma, bo‘g‘imlarda va mushaklarda og‘riq, o‘zini yomon his etish.

Keyinchalik dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq qandaydir shubhalar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish lozim.

  1. MUMKIN BO‘LGAN NOXUSH SAMARALARI

Har qanday dori preparati kabi, Polkortolon ham, garchi ular har qanday pasientda yuz bermasada,  nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.

Agar quyidagi simptomlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim:

  • Og‘ir allergik reaksiya (teri toshmalari, qichishish, yuzni va labni shishi, nafas olishda qiyinchiliklar) ko‘krak qafasining siqilishi hissi,
  • Kuchli ko‘ngil aynishi yoki qusish, qon aralash qusish, moysimon axlat yoki yangi qon bilan ich kelishi,
  • xayz ko‘rishni buzilishi,
  • tirishishlar,
  • yurakni tez va nomuntazam urib ketishi,
  • tomoqda davomli og‘riqlar, shamollash kasalliklari va isitma,
  • psixoz simptomlari,
  • panjalar yoki oyoqlarni shishi,
  • ko‘karishlar yoki qon ketishlar,
  • tana vaznini oshishi,
  • ko‘rishni buzilishlari,
  • ruhiy buzilishlar (xaddan tashqari quvonchli kayfiyat, yaqqol tushkun kayfiyat, shaxsiyatni buzilishlari).

Boshqa nohush samaralar

  • qon aylanishining dimlangan yetishmovchiligi,
  • yuqori arterial bosim,
  • Mushak kuchsizligi, osteoporoz, suyaklarni sinuvchanligini oshishi, son suyagining boshchasini va yelka suyagining aseptik nekrozi,
  • ishtahani kuchayishi, tana vaznini oshishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, meteorizm, qizilo‘ngachda achishish hissi,
  • me‘da yarasi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, pankreatit,
  • sekin bituvchi jarohatlar, haddan ziyod tuk bilan qoplanishi, akne, striyalar, terini yupqalshishi,
  • oyoqlarda shish, terisini qizarishi, yurganda kuchayuvchi og‘riq, terining haroratini oshishi, tromboflebit,
  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i,
  • Kushing sindromi – o‘ziga xos klinik manzara: oysimon yuz, semirish, ozg‘in qo‘l-oyoqlar,
  • bolalarda o‘sishni susayishi,
  • qonda qand miqdorini oshishi (giperglikemiya),
  • tromblarni hosil bo‘lishini kuchayishi,
  • kalsiyni chiqarilishini kuchayishi.

Qaysidir noxush samara og‘irlashgan hollarda yoki ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lgan hollarda, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

  1. POLKORTOLON DORI PREPARATINI SAQLASh SHAROITLARI

Dori preparatini bolalar olaolmaydigan va ko‘rmaydigan joyda saqlash lozim.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan va namlikdan saqlansin.

Polkortolon dori preparatini o‘ramida va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin: “Yaroqlilik muddati” Yaroqlilik muddati ushbu oyning so‘nggi kunini bildiradi.

Dori preparatlarini kanalizasiyaga yoki chiqindilar uchun uydagi konteynerlarga tashlab yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan preparatni qanday utilizasiya qilish to‘g‘risida farmasevtdan bilib olish kerak. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘RAMNING ICHIDAGISI VA BOSHQA MA‘LUMOTLAR

 

Polkortolon dori preparatining tarkibi

Polkortolon, 4 mg li tabletkalar

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – triamsinolon

Bir tabletka 4 mg triamsinolon saqlaydi.

Yordamchi moddalar; kartoshka kraxmali, magniy stearati, laktoza monogidrati.

Polkortolon dori preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi

Polkortolon dori preparati – oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, yassi tabletkalar. Tabletkalarda bo‘rtib tushirilgan yozuvlar bor: Tabletkaning bir tomonida “o”, qarama-qarshi tomonida  “4” (4 mg Polkortolon tabletkalari holatida)/

O‘rami

25 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyuminiy folgali blisterlarda.

2 blister pasient uchun qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanad

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 dori vositasi Пабяницкий фармацевтический завод Польфа АО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLKORTOLON 0,004 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9