QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PROKTOSEDIL
PROCTOSEDYL
Preparatning savdo nomi: Proktosedil® (Proctosedyl)
Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun surtma
Tarkibi:
1 gramm surtma saqlaydi:
Faol moddalar:
gidrokortizon asetati – 5,58 mg
framisetin sulfati – 10,00 mg
geparin natriy – 100 XB
eskulozid – 10,00 mg
benzokain (etilaminobenzoat) – 10,00 mg
butamben (butilaminobenzoat) – 10,00 mg
Yordamchi moddalar: xolesterin, suyuq parafin (Ye905s), oq yumshoq parafin (Ye905s), polisorbat 80, (Ye433), propilenglikol (Ye1520), makrogol (polietilenglikol) 400 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 4000 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 1500 (Ye1521).
Ta‘rifi: deyarli oq (yashil-sarg‘ish tusli) yog‘li, bir xil, gomogen massa.
Farmakoterapevtik guruhi: koloproktologiyada ыщllanadigan vosita (gemorroyga qarshi vosita)
ATX kodi: S05AX03
Farmakologik xususiyatlari
Gemorroy va anorektal sohaning boshqa kasalliklarini davolash uchun majmuaviy preparat.
Gidrokortizon-glyukokortikoid, yallig‘lanishga qarshi vosita hisoblanadi. Qizarish, shish, og‘riq va shu kabi yallig‘lanishning turli belgilari va simptomlarini bartaraf etadi.
Geparinning natriy tuzi – angikoagulyant vosita hisoblanadi, gemorroyning trombotik asoratlarini bartaraf etadi.
Framisetin sulfati – mahalliy qo‘llash uchun keng ta‘sir doirasiga ega antibiotikdir. Bir qator grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan bakterisid faollikka ega.
Eskulozid R vitaminiga turdoshdir, kapillyarlarning yuqori mo‘rtligini kamaytiradi.
Etilaminobenzoat va butilaminobenzoat mahalliy og‘riq qoldiruvchi va qichishishga qarshi ta‘sirga ega, anal sfinkterning spazmlarini kamaytiradi.
Preparatning samarasi qo‘llanganidan keyin bir necha minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Ichki va tashqi gemorroy, qaytarilishini oldini olish; perianal ekzema, proktit, orqa teshik yo‘lining yorilishi; gemorroyi bo‘lgan bemorlarni operasiyadan oldin va keyin davolash, tug‘ruqdan keyingi gemorroy.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surtmaning ozgina miqdori qichishish va og‘riqli sohaga ertalab va kechqurun, shuningdek, har bir ich kelishdan keyin surtiladi.
To‘g‘ri ichakka yanada chuqurroq kiritilishi uchun surtmali tyubikka applikator kiydiriladi va u to‘g‘ri ichakka yetarlicha chuqur kiritilganiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng tyubikning pastki chetini ehtiyotkorlik bilan bosgan holda applikator asta-sekin chiqarib olinadi.
Surtma rektal kapsulalar bilan birga qo‘llanishi ham mumkin.
Proktosedil® qisqa muddat (ko‘pi bilan 7 kun) davomida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
To‘g‘ri ichak sohasida diskomfort hissi va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin.
Achishish, shilliq qavatni qurushi, ikkilamchi infeksiyani qo‘shilishi kuzatilishi mumkin.
Proktosedil® katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo‘llanganida gidrokortizon bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga kelishi xavfi oshadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni anorektal sohaning tuberkulezli, virusli va zamburug‘li shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Emizikli yoshdagi bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun surtma.
10 g dan alyuminiy tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va plastik uchlik (kanyulya-dozator) bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz.