×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

X PAYLS tabletkalari N60

Kategoriya:
- Gemorroyni davolash
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Экстракт азадирахта индийская, Экстракт трифала, Экстракт барбариса, Экстракт акация катеху, Бальзамодендрон
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- L’amar Natural Product Pvt. Ltd
Vakil:
- FUTURE~WORLD GROUP
ATX kodi:
- C05AX03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RELIF suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
73 000 s`om dan
RELIF ULTRA suppozitorii N12 Bayer Consumer Care AG Germaniya
75 000 s`om dan
Anuzol suppozitorii N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya
11 000 s`om dan
ANUZOL suppozitorii N10 Farmaprim S.R.L Moldova
11 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
X PAYLS tabletkalari N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

X-PAYLS

X-PILES

 

Preparatning savo nomi: X-Payls

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Uyatchan mimoza (Mimosa pudica) barglari ekstrakti                  5,0 g;

Oq eklipta (Eclipta alba) o‘ti ekstrakti                                       3,0 g;

Barbadoss aloe (Aloe barbadensis) barglari ekstrakti               3,0 g;

Viteksa (Vitex nigundo) barglari ekstrakti                               3,0 g;

Hind azadiraxtasi (Azadirachta indica) po‘stlog‘i ekstrakti    0,5 g;

Sarisoq piyoz (Allium sativum) ekstrakti                                     0,5 g;

Sariq ituzum (Solanum xanthocarpum) o‘ti ekstrakti                0,5 g;

Qora ituzum (Solanum nigrum) o‘ti ekstrakti                              0,5 g;

Kamfora                                                                                           1,225 g;

Natriy tetraborati                                                                       1,0 g;

Rux oksidi                                                                                      1,0 g;

yordamchi moddalar: oq parafin – 15,0 g; sitostearil – 6,8 g; sitomakrogol 1000 – 1,2 g; suyuq parafin – 6,0 g; stearin kislotasi – 1,0 g; propilenglikol – 7,5 g; xlorokrezol –
0,1 g; tozalangan suv – kerakli miqdorda.

Ta‘rifi: yot kiritmalarsiz, och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bavosilni mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: C05AX03

Farmakologik xususiyatlari

Surtmaning tarkibidagi komponentlar antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, tinchlantiruvchi, jarohatni bitishiga yordam beruvchi, immunomodulyator, gemostatik va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi va samaradorligi «X-Payls» surtmasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning xususiyatlariga asoslangan. «X-Payls» surtmasi shilliq qavatning regenerasiyasini tezlashtirishga yordam beradi, qon ketishlarga moyillikni kamaytiradi. Bir-birining ta‘sirini kuchaytiradigan tabiiy moddalarning majmuasi hisobiga, umuman surtma qo‘llanganida ijobiy samarasini tez rivojlanishi kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

Tashqi gemorroy, orqa teshikni yoriqlari, eroziyasi va mikrojarohatlari, qichishishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat gigienik muolajalar o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llansin.

Kattalarga preparatni qo‘llashdan oldin shikastlangan sohani nam salfetka bilan asta-sekin tozalab, surtmani surtishga tayyorlash kerak. So‘ngra namlikni tualet qog‘ozi yoki yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan quritish kerak.

Surtma shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta (ertalab, tunda va har safar ich kelganidan keyin) surtiladi. Surtma shuningdek orqa teshik atrofidagi teriga ham surtiladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. «X-Payls» tabletkalari bilan birga qo‘llash yanada tezroq sog‘ayishiga olib keladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tadqiqotlar vaqtida aniqlanmagan. Preparatning ingredientlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homiladorlik va laktasiya davrida shifokor bilan maslahatlashib o‘tkaziladi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida orqa teshikdan ko‘p miqdorda qonli ajralma ajralsa, yoki terapevtik samarasi kuzatilmasa, proktolog bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan. Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozalari ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin.

Chiqarilish shakli

30 g dan tubada. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

+27oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

X PAYLS tabletkalari N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
X PAYLS tabletkalari N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
X PAYLS tabletkalari N60 dori vositasi L’amar Natural Product Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
X PAYLS tabletkalari N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
X PAYLS tabletkalari N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 76 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9