×
×
  • PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Slovakiya Respublikasi
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
ATX kodi:
- N02AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
24 000 s`om dan
ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 Lafz, ООО O'zbekiston
1 800 s`om dan
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROMEDOL

PROMEDOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Promedol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): trimeperidin (trimeperidinum)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: trimeperidin gidroxloridi (promedol) – 10 mg yoki 20 mg

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi 1 M – rN 4,0–6,0 gacha, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: og‘riq qoldiruvchi narkotik vosita.

«Rossiya Federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining ro‘yxati» II ro‘yxatiga kiradi.

ATX kodi: N01AA51

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Trimeperidin opioid reseptorlarning (asosan myu-opioid reseptorlarning) agonistlariga kiradi. Endogen antinosiseptiv tizimini faollashtiradi va shunday qilib markaziy nerv tizimining turli darajalarida og‘riq impulslarining neyronlararo o‘tkazilishini buzadi, shuningdek miyaning oliy bo‘limlariga ta‘sir qilib, og‘riqning emosional ko‘rinishini ham o‘zgartiradi. Farmakologik xususiyatlari bo‘yicha trimeperidin morfinga yaqin: turli modallikdagi og‘riqli og‘riqni ta‘sirlovchi omillar og‘riqni sezish bo‘sag‘asini oshiradi, shartli reflekslarni susaytiradi, o‘rtacha darajada uxlatuvchi ta‘sirga ega. Morfindan farqli ravishda kamroq darajada nafas markazini susaytiradi va kamroq ko‘ngil aynishi va qusishni chaqiradi. O‘rtacha darajada spazmolitik va bachadon tonusini oshiruvchi samaraga ega. Tug‘ruqlar vaqtida bachadon bo‘ynini ochilishiga yordam beradi, miometriyning tonusi va qisqaruvchanlik faolligini oshiradi.

Parenteral yuborishda og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri 10-20 minut o‘tgach rivojlanadi, 40 minut o‘tgach maksimumga yetadi va 2-4 soat davom etadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – har qanday yuborish usulida tez. Vena ichiga yuborilganidan keyin plazmada konsentrasiyani tez pasayishi kuzatiladi va 2 soat o‘tgach faqat juda past konsentasiyalari aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 40%. Asosan jigarda keyingi kon‘yugasiyasi bilan meperidin va normoperidin kislotalarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2,4-4 soat, buyrak yetishmovchiligida oshadi. Katta bo‘lmagan miqdorlarda buyraklar orqali chiqariladi (shu jumladan 5% – o‘zgarmagan holda).

 

Qo‘llanilishi

O‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromi (nostabil stenokardiya, miokard infarkti, aortaning ko‘chayotgan anevrizmasi, buyrak arteriyasining trombozi, qo‘l-oyoqlar yoki o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, o‘tkir pankreatit, havoli emboliya, o‘pka infarkti, o‘tkir plevrit, spontan pnevmotoraks, me‘da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, qizilo‘ngach perforasiyasi, surunkali pankreatit, paranefrit, o‘tkir dizuriya, parafimoz, priapizm, o‘tkir prostatit, glaukomaning o‘tkir xuruji, kauzalgiya, o‘tkir nevritlar, bel-dumg‘aza radikuliti, o‘tkir vezikulit, talamik sindrom, kuyishlar, onkologik kasalliklar, jaroxatlar, umurtqalararo disklarning protruziyasi; qovuqdagi, to‘g‘ri ichakdagi, siydik chiqarish yo‘lidagi yot tana).

Ichki a‘zolarning silliq mushaklarining spazmi chaqirgan og‘riqlarda (jigar, buyrak, ichak sanchiqlari) atropinsimon va spazmolitik vositalari bilan birga.

O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi, o‘pka shishi, kardiogen shok.

Operasiyadan oldingi, operasion va operasiyadan keyingi davrlar.

Tug‘ruqlar (og‘riqsizlantirish va rag‘batlantirish).

Neyroleptanalgeziyada (neyroleptiklar bilan majmuada) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga (shpris-tyubiklardagi preparat uchun faqat teri ostiga va mushak ichiga) qo‘llash buyuriladi.

Kattalarga – 10 mg dan 40 mg gacha (10 mg/ml konsentrasiyali 1 ml eritmadan 20 mg/ml konsentrasiyali 2 ml eritmagacha) buyuriladi. Narkoz vaqtida preparat bo‘lingan dozalar ko‘rinishida vena ichiga 3-10 mg dan yuboriladi.

2 yoshdan boshlab bolalarga: yoshiga qarab, 3-10 mg dan buyuriladi.

Premedikasiya uchun narkoz oldidan teri ostiga yoki mushak ichiga operasiyadan 30-45 minut oldin 20-30 mg atropin (0,5 mg) yuboriladi.

Tug‘ruqlarni og‘riqsizlantirish: bachadon bo‘g‘zi 3-4 sm ga ochilganida va homilaning holati qoniqarli bo‘lganida teri ostiga yoki mushak ichiga 20-40 mg dozada yuboriladi. Preparatning oxirgi dozasi homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi narkotik depressiyadan saqlanishi uchun, tug‘ruq yakunlanishidan 30-60 minut oldin yuboriladi.

Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik – 40 mg, sutkalik – 160 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish; kamroq – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi, anoreksiya, o‘t chiqarish yo‘llarining spazmi, me‘da-ichak yo‘llarini ta‘sirlanishi; kam hollarda – ichakning yallig‘lanishli kasalliklarida – falajli ichak tutilishi va toksik megokolon (qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, me‘dada spazmlar, gastralgiya, qusish); tez-tezligi noma‘lum – gepatotoksiklik (to‘q siydik, ahlatni oqarishi, skleralar va teri qoplamalarining sariqligi).

Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: juda tez-tez – bosh aylanishi, kuchsizlik, uyquchanlik; kamroq – bosh og‘rig‘i, ko‘rishning noaniqligi, diplopiya, tremor, ixtiyorsiz mushak tortilishlari, eyforiya, diskomfort, asabiylik, charchoqlik, tungi dahshatlar, g‘ayritabiiy tushlar, uyqu bezovtaligi, ongni chalkashishi, tirishishlar; kam hollarda – gallyusinasiyalar, depressiya, bolalarda – paradoksal qo‘zg‘alish, bezovtalik; tez-tezligi noma‘lum – tirishishlar, mushaklar rigidligi (ayniqsa nafas), quloqlarda shovqin, psixomotor reaksiyalarning tezligini sekinlashishi, dezorientasiya.

Nafas tizimi tomonidan: kamroq – nafas markazini susayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – diurezni pasayishi, siydik yo‘llarining spazmi (siyishda qiynalish va og‘riq, tez-tez siyishga qistovlar).

Allergik reaksiyalar: kamroq – bronxospazm, laringospazm, angionevrotik shish; kam hollarda – teri toshmasi, terini qichishishi, yuzni shishi.

Mahalliy reaksiyalar: giperemiya, shish, in‘eksiya joyida achishish.

Boshqalar: kamroq – ko‘p terlash; tez-tezligi noma‘lum – o‘rganib qolish, doriga qaramlik.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, nafas markazini susayishi; epidural va spinal anesteziyada – qon ivishini buzilishi (shu jumladan antikoagulyant davolash fonida), infeksiyalar (markaziy nerv tizimiga infeksiyani kirishini xavfi); sefalosporinlar, linkozamidlar, penisillinlar bilan bog‘liq bo‘lgan soxtamembranoz kolit fonidagi diareya, toksik dispepsiya (toksinlarni chiqarilishini sekinlashishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan diareyani zo‘rayishi va prolongasiyasi); monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda davolash (shu jumladan ular qo‘llanganidan keyin 21 kun davomida).

Preparatni ushbu dori shaklida 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Agar Sizda keltirilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Ehtiyotkorlik bilan: nafas yetishmovchiligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, markaziy nerv tizimini susayishi, bosh miya jarohati, bosh miya ichki gipertenziyasi, miksedema, gipotireoz, prostata bezi giperplaziyasi, siydik chiqarish yo‘li stikturasi, me‘da-ichak yo‘llari yoki siydik chiqarish tizimidagi xirurgik aralashuvlar, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, tirishishlar, aritmiya, arterial gipotoniya, suisidal moyillik, emosional beqarorlik, alkogolizm, narkotik qaramlik (shu jumladan anamnezdagi), ichakning yaqqol yallig‘lanishli kasalliklari, kuchsizlangan bemorlar, kaxeksiya, homiladarlik, laktasiya davri, bolalar, keksalik yoshi.

Agar Sizda keltirilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa narkotik analgetiklar, sedativ, uyqu, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, umumiy anesteziya uchun preparatlar, etanol, miorelaksantlarni qabul qilish chaqirgan markaziy nerv tizimi va nafasni susayishini kuchaytiradi.

Barbituratlarni muntazam qo‘llash fonida, ayniqsa fenobarbitalni, og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kamayishi mumkin.

Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlarning (shu jumladan ganglioblokatorlar, diuretiklarning) gipotenzik samarasini kuchaytiradi.

Antixolinergik faollikka ega bo‘lgan dori vositalari va diareyaga qarshi preparatlar (shu jumladan loperamid) qabziyatni (hatto ichak tutilishigacha) paydo bo‘lishi va siydikni tutilishi xavfini oshiradi.

Antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi (plazma protrombinini nazorat qilish kerak).

Buprenorfin (shu jumladan oldingi davolash) promedolning samaradorligini pasaytiradi. Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, giper- yoki gipotenziv xurujlarni paydo bo‘lishi bilan markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi yoki tormozlanishi tufayli og‘ir darajada reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Nalokson nafasni tiklaydi, analgeziyani bartaraf qiladi va promedolni qabul qilish chaqirgan markaziy nerv tizimini susayishini pasaytiradi. Narkotik qaramlik fonida «bekor qilish sindromi» simptomlarini paydo bo‘lishini tezlashtirishi mumkin.

Naltrekson narkotik qaramlik fonida «bekor qilish sindromi» simptomlarini paydo bo‘lishini tezlashtiradi (simptomlar preparat yuborilganidan keyin 5 minut o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin, 48 soat davom etadi, turg‘unlik va ularni yo‘qotishning qiyinligi bilan xarakterlanadi); promedolning samarasini pasaytiradi; gistaminli reaksiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarga ta‘sir qilmaydi.

Metoklopramidning samarasini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Etanolni iste‘mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, sovuq yopishqoq ter, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi, asabiylik, charqoqlik, bradikardiya, keskin holsizlik, nafasni asta-sekin qiyinlashishi, gipotermiya, xavotirlik, mioz (yaqqol gipoksiyada qorachiqlar kengaygan bo‘lishi mumkin), tirishishlar, gipoventilyasiya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, og‘ir hollarda – hushni yo‘qotish, nafasni to‘xtashi, koma.

Davolash: adekvat o‘pka ventilyasiyasini tutib turish, simptomatik davolash. Vena ichiga spesifik opioid antagonisti naloksonni 0,4-2 mg dozada yuborish, nafasni tez tiklaydi. Samara bo‘lmaganida 2-3 minut o‘tgach naloksonni yuborish takrorlanadi. Bolalar uchun naloksonning boshlang‘ich dozasi – 0,01 mg/kg.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 10 mg/ml va 20 mg/ml 1 ml dan ampulalarda.

5 ampula polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, skarifikator yoki ampula pichog‘i bilan birga karton qutida

20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar muvofiq ravishda 20, 50 yoki 100 preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, skarifikatorlar yoki ampula pichoqlari bilan birga karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (stasionarlar uchun).

Sindirish o‘yiqlari, xalqalari yoki nuqtasi bo‘lgan ampulalarni o‘ramga solinganda skarifikatorlar yoki ampula pichoqlari o‘ramga qo‘shilmaydi.

In‘eksiya uchun eritma 10 mg/ml va 20 mg/ml 1 ml (sm3) dan shpris-tyubiklarda.

20, 50 yoki 100 tadan shpris-tyubiklar, preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va shpris-tyubikni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (Qurolli kuchlar, FVV, IIV harbiy xizmatchilarining aptechkalarini komplektasiyasi uchun).

 

Saqlash sharoiti

Ro‘yxat II. «Rossiya federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini ro‘yxati», ko‘rsatilgan faoliyat turiga lisenziya borligida maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, ampuladagi preparat uchun 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va shpris-tyubikdagi preparat uchun 15ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

Ampulalar – 5 yil, shpris-tyubiklar – 3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Ampulalardagi preparat, boshqa narkotik analgetiklarga bo‘lgan cheklovlarga muvofiq resept bo‘yicha beriladi.

Shpris-tyubiklardagi preparat dorixona tarmog‘i orqali realizasiya qilinishi mumkin emas.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о. tomonidan Slovakiya Respublikasi mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ATRAKURIY KALSEKS eritma 5 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
ATRAKURIY KALSEKS eritma 2,5 ml 10 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
FENTANIL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 2ml 0,05mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
PROMEDOL KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
MORFIN KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
MORFIN KALSEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Ishlab chiqaruvchi: Кальцекс, АО, Латвия произведено: ХБМ Фарма с.р.о.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9