×
×
  • ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- REMEDY GROUP, СП ООО
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ALFAVIT KLASSIK tabletkalari 540mg N120 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
TRAZOGRAF eritma 20ml 76% N5 Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) Hindiston
217 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZINKAR®

ZINKAR®

 

Preparatning savdo nomi: Zinkar®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ketorolak trometamini

Dori shakli: Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Faol modda: Ketorolak trometamini – 10 mg.

Yordamchi moddalar: ikki asosli kalsiy fosfati (suvsiz) – 75,5 mg; mikrokristall sellyuloza – 31,7 mg; krospovidon – 8,5 mg; povidon – 4,3 mg; magniy sterati – 1,3 mg.

Qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza – 4,0 mg; polietilenglikol 400 – 0,4 mg; titan dioksidi – 1,0 mg.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

 

Farmakologik hususiyatlari

Ketorolak yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi va o‘rtacha isitma tushiruvchi ta‘sirlarga ega. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza I va II fermentini asosan periferik to‘qimalarda noselektiv susaytirishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatida prostaglandinlar – og‘riq sezuvchi, termoregulyasiya va yallig‘lanish modulyatorlarining biosintezini tormozlanishi yuz beradi. Ketorolak [-]S va [+]R enantiomerlarining rasemik aralashmasidir, bunda og‘riq qoldiruvchi ta‘siri [-]S shakli bilan bog‘liq. Preparat opioid reseptorlariga ta‘sir qilmaydi, nafasni susaytirmaydi, doriga qaramlikni chaqirmaydi, sedativ va ankisiolitik ta‘sirlarga ega emas. Og‘riq qoldiruvchi samarasini kuchi bo‘yicha morfin bilan bir xil bo‘lib, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalaridan (NYAQV) sezilarli darajada ustundir. Ichga qabul qilingandan keyin og‘riq qoldiruvchi ta‘sirini boshlanishi 1 soatdan keyin aniqlanadi, maksimal samaraga 1-2 soatdan keyin erishiladi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin ketorolak me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kosentrasiyasiga (Cmax) (0,7-1,1 mkg/ml), 10 mg dozani och qoringa qabul qilingandan keyin 40 minutdan so‘ng erishiladi. Yog‘ga boy bo‘lgan ovqat preparatning qondagi Cmax pasaytiradi va unga erishish vaqtini 1 soatgacha kechiktiradi. Preparatning 99% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi va shuning uchun gipoalbuminemiyada erkin moddaning qondagi miqdori oshadi. Biokiraolishligi – 80-100% ni tashkil etadi. Muvozanat konsentrasiyaga (Css) erishish vaqti peroral sutkada 4 marta (subterapevtikdan yuqori dozada) buyurilganda – 24 soat va ichga 2 va 10 mg qabul qilingandan keyin 0,39-0,79 mkg\ml ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,15-0,33l\kg ni tashkil qiladi. Ko‘krak sutiga kiradi. Ketorolakni birinchi 10 mg dozada qabul qilinganda ko‘krak sutidagi Cmax ga 2 soatdan so‘ng erishiladi va u 7,3 mg\ml ni tashkil qiladi, ketorolakni ikkinchi dozasini qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng (preparatni sutkada 4 marta ishlatilganda), u 7,9 mg\ml ni tashkil qiladi.

Yuborilgan dozaning 50% dan ortig‘i jigarda farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlarni hosil qilib, metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari glyukuronidlar va r-gidroksiketorolakdir. 91% – siydik bilan (40% metabolitlar ko‘rinishida) 6% – ahlat bilan chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) o‘rtacha 5,3 soatni tashkil qiladi.

Alohida klinik sharoitlardagi farmakokinetikasi

Keksa pasientlarda T1/2 uzayadi va yoshlarda esa qisqaradi. Jigar faoliyati T1/2 ga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatning Vd 2 martaga, uning R-enantiomerniki esa 20% ga oshishi mumkin. T1/2 (plazmadagi kretinin konsentrasiyasi 19-50 mg\l (168-442 mkmol\l bo‘lganida)) 10,3-10,8 soatni, yanada yaqqolroq buyrak yetishmovchiligida – 13,6 soatni tashkil qiladi. Gemodializ orqali chiqarilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Turli genezli o‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromida (shu jumladan operasiyadan keyingi davrda, onkologik kasalliklarda va boshqalarda) qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ketorolakni ichga og‘riq sindromini og‘irlik darajasiga ko‘ra bir marta yoki takroran qabul qilinadi. Bir martalik doza – 10 mg, takror qabul qilinganda og‘riqning yaqqolligiga qarab, 10 mg dan sutkada 4 martagacha qabul qilish tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza 40 mg dan oshmasligi kerak.

Ichga qabul qilinganda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez – 3% dan ko‘p, kamroq hollarda– 1-3%, kam hollarda-1% dan kam.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (ayniqsa keksa, 65 yoshdan katta, anamnezida me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan pasientlarda) – gastralgiya, diareya; kamroq hollarda- stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, me‘dani to‘lib qolish hissi, kam hollarda – ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforasiya va/yoki qon ketishi bilan – qorinda og‘riq , epigastral sohada spazm yoki achishish, melena, qon aralash qusish yoki «kofe quyqasi» kabi qusish, jig‘ildon qaynashi va boshqalar), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o‘tkir pankreatit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya bilan yoki usiz belda og‘riq va/yoki azotemiyalar, gemolitik uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombositopeniya, purpura), tez-tez siyish, siydik hajmini oshishi yoki kamayishi, nefrit, buyrakdagi buzilishlar oqibatidagi shishlar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda- eshitishni pasayishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘rishni noaniqligi).

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda-bronxospazm yoki dispnoe, rinit, o‘pka shishi, hiqildoq shishi (hansirash, nafasni qiyinlashishi).

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, kam hollarda-aseptik meningit (isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bo‘yin va\yoki bel mushaklarini rigidligi), giperfaollik (kayfiyatni o‘zgarishi, bezovtalanish), galyusinasiyalar, depressiya, psixoz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamroq hollarda – arterial bosimni oshishi, kam hollarda – o‘pka shishi, hushdan ketish.

Qon yaratish a‘zolari va qon ivish tizimi tomonidan: kam hollarda- anemiya, eozinofiliya, leykopeniya, operasiyadan keyingi jarohatlardan qon ketishi, burundan qon ketishlari, to‘g‘ri ichakdan qon ketishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri toshmasi (shu jumladan, makulopapulyoz toshma), purpura, eksfoliativ dermatit (etni uvishishi bilan yoki usiz kechuvchi isitma, giperemiya, terini zichlashishi yoki qipiqlanishi, bodomcha bezlarini shishi va\yoki og‘rishi), eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Anafilaksiya yoki anafilaktoid reaksiyalar (yuz terisi rangini o‘zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, terini qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, ko‘z qovog‘ini shishi, periorbital shish, hansirash, nafasni qiyinlashishi, ko‘krak qafasida og‘irlik, hushtaksimon nafas).

Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuz, boldirlar, to‘piq, barmoqlar, tovon shishi), tana vaznini oshishi; kam hollarda – ko‘p terlash, tilni shishi, isitma.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ketorolakka yoki boshqa NYAQV ga yuqori sezuvchanlik, «aspirin» astmasi, bronxospazm, angionevrotik shish, gipovolemiya (uni chaqirgan sabablardan qat‘iy nazar), degidratasiya, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarini zo‘rayish bosqichi, peptik yaralar, gipokoagulyasiya (shu jumladan gemofiliya), jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (plazmadagi kreatinin 5 mg/dl dan yuqori), gemorragik insult (tasdiqlangan yoki shubha qilingan), gemorragik diatez, boshqa NYAQV bilan bir vaqtda qabul qilish, qon ketishini rivojlanishi yoki qaytalanishini yuqori xavfi (shu jumladan operasiyadan keyin), qon yaratilishini buzilishi, homiladorlik, tug‘ruq va laktasiya davri, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas. Preparatni qon ketishining yuqori havfi tufayli jarrohlik operasiyalaridan oldin va jarrohlik operasiyalari vaqtida og‘riqsizlantirish uchun, shuningdek surunkali og‘riqlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.

Ehtiyotkorlik bilan – bronhial astma; xolesistit; surunkali yurak yetishmovchiligi; arterial gipertenziya; buyrak faoliyatini buzilishi (plazmadagi kreatinin 5mg/dl dan past); xolestaz; faol gepatit; sepsis; tizimli qizil yugurik, keksalar (65 yoshdan katta); burun va burun – xalqum shilliq qavatining poliplari.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ketorolakni asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV, kalsiy preparatlari, glyukokortikosteroidlar, etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo‘llash me‘da-ichak yo‘llarida yaralarni hosil bo‘lishiga va me‘da-ichak qon ketishlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Parasetamol bilan birga buyurish nefrotoksiklikni, metotreksat bilan – gepato- va nefrotoksiklikni oshiradi. Ketorolak va metotreksatni, faqat metotreksatni past dozalarda ishlatilganda (metotreksatni qon plazmasidagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak) birga buyurish mumkin.

Probenesid ketorolakning plazmadagi klierensini va Vd kamaytiradi, uni qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi va T1/2 uzaytiradi. Ketorolakni qo‘llash fonida metotreksat va litiyning klirensi kamayishi va bu moddalarning toksikligi kuchayishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar, antiagregantlar, sefoperazon, sefotetan va pentoksifillin bilan bir vaqtda buyurilishi qon ketishini paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Gipotenziv va diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi (buyraklarda prostaglandinlar sintezini pasaytiradi). Opioid analgetiklar bilan majmuaviy qo‘llanganda, opioid analgetiklarning dozalarini sezilarli darajada pasaytirish mumkin. Antasid vositalar dori vositasini to‘laqonli so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Insulin va peroral gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta‘sirini oshiradi (dozalarni qayta hisoblash zarur). Natriy valproati bilan birga buyurish trombositlar agregasiyasini buzilishini chaqiradi. Qon plazmasida verapamil va nifedipinning konsentrasiyasini oshiradi, dori vositalari bilan buyurilganda (shu jumladan oltin preparatlari bilan), nefrotoksiklikni rivojlanish xavfi oshadi. Naychalar sekresiyani bloklovchi dori vositalar ketorolakning klirensini pasaytiradi va uning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni trombositlar agregasiyaga bo‘lgan ta‘siri 24-48 soatdan keyin to‘xtaydi.

Gipovolemiya buyraklar tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi. Zarurati bo‘lganida preparatni narkotik analgetiklar bilan majmuaviy buyurish mumkin. Parasetamol bilan 5 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Qon ivishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga preparatni faqat trombositlar sonini doimiy nazorati ostida buyurish kerak, bu ayniqsa operasiyadan keyingi davrda muhim bo‘lib, u gemostazni sinchkov nazoratini talab qiladi. Bemorlarning aksariyat qismida Ketorolakni buyurilganda, markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar (uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i) rivojlaninshi mumkinligi tufayli, yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi ishlarni (avtotransportni haydash, mexanizmlar bilan ishlash va boshqalar) bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada peptik yaralarni yoki eroziv gastritni paydo bo‘lishi, buyrak faoliyatini buzilishi, metabolik asidoz.

Davolash: me‘dani yuvish, adsorbentlarni (faollashtirilgan ko‘mir) yuborish va simptomatik davolash (organizmda hayotiy muhim a‘zolar faoliyatni tutib turish). Dializ yordamida yetarli darajada chiqariladi.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg dan kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 dori vositasi REMEDY GROUP, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZINKAR FORTE eritma 2 ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALIYA I MAGNIYA ASPARAGINAT eritma 250 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
KALIYA I MAGNIYA ASPARAGINAT eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
ETILMEDOKS kapsulalar 500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
ETILMEDOKS kapsulalar 250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
EVAMOKS eritma 250 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
Narh: 97 000 so'mdan Batafsil
EVAMOKS eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
SETIKAST tabletkalari 10 mg/5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
SETIKAST tabletkalari 10 mg/5 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
SETIKAST tabletkalari 10 mg/5 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
FIRAVIRON tabletkalari 200 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FIRAVIRON tabletkalari 200 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FIRAVIRON tabletkalari 200 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FIRAVIRON tabletkalari 200 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FIRAVIRON tabletkalari 200 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FARINZAP eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
FARINZAP eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
UNIVIT poroshok 5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
SULSEF tabletkalari 400 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
SULSEF tabletkalari 400 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
SULSEF tabletkalari 400 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: REMEDY GROUP, СП ООО
RINGER-RG eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
RINGER-RG eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
RESITOLIN eritma 4 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
RESITOLIN eritma 4 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
RESITOLIN eritma 2 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО
Другие формы препарата
ZINKAR tabletkalari 10mg N20
ZINKAR tabletkalari 10mg N10
Zinkar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9