×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROSPAN sirop 200ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Плюща обыкновенного листьев экстракт
Ishlab chiqaruvchi:
- ЭНГЕЛЬХАРД АРЦНАЙМИТТЕЛЬ Гмбх и Ко.КГ
ATX kodi:
- R05CA
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
DOKTOR MOM pastilkalar so vkusom ananasa N20 Unique Pharmaceutical Lab. Hindiston
27 600 s`om dan
LIBEKSIN tabletkalari 100mg N20 Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Co. Ltd Vengriya
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROSPAN sirop 200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROSPAN®

PROSPAN®

 

Preparatning savdo nomi: Prospan®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pechak barglarining quruq ekstrakti

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma.

Tarkibi:

5 ml eritma (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pechak barglarining quruq ekstrakti, 35 mg pechak quruq ekstrakti [(5-7,5):1], estragent: 30 hajm % etanol.

yordamchi moddalar: kaliy sorbat (konservant), suvsiz limon kislotasi, 70% sorbit eritmasi (kristall hosil qiladigan), ksantan kamedi, Frescofort Permaseal aromatizator, tabiiy apelsin aromatizatori, mentol, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och jigarrang, meva hidli va mentol ta‘mli xiraroq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan yo‘talga qarshi preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uning ko‘chishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Preparat yuqori nafas yo‘llari va o‘pkaning yo‘tal va qiyin ajraladigan balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, balg‘amni ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 paketcha (5 ml) dan kuniga 3 marta qabul qilinadi, 105 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi, 6-11 yosh bolalarga                     1 paketcha (5 ml) dan kuniga 2 marta, 70 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi.

Paketchani qo‘llashdan oldin biroz ezish kerak. Eritmani aralashtirmasdan ertalab (tushlikda) va kechqurun qabul qilish kerak.

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga va og‘irlik belgilariga bog‘liq, odatda bir haftani tashkil qiladi.

1 hafta davomida holatining yaxshilanishi bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me‘da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

     

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri o‘tkazilmagan. Hozirgi vaqtgacha o‘zaro ta‘sirlar ma‘lum emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Preparat sorbit saqlaydi. Agar uni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llasa, pasient har qabulda 1,9 g gacha sorbit qabul qiladi.

Fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarga Prospan yo‘talga qarshi eritmani qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, preparatni bu vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kundalik buyurilgan dozadan ahamiyatli darajada yuqori (3 martadan ortiq) dozani qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda simptomtik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

5 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma paketchalarda; 21 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25˚S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROSPAN sirop 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROSPAN sirop 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROSPAN sirop 200ml dori vositasi ЭНГЕЛЬХАРД АРЦНАЙМИТТЕЛЬ Гмбх и Ко.КГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROSPAN sirop 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROSPAN sirop 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
PROSPAN eritma dlya priema vnutr 5ml N21
PROSPAN eritma dlya priema vnutr 5ml N30
PROSPAN tomchilar dlya priema vnutr 20ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9