×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROTOPIK maz 30g 0,1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Yaponiya / Irlandiya
Faol modda:
Такролимус
Ishlab chiqaruvchi:
- Астеллас Фарма Тех Ко. Лтд./ Астеллас Ирланд Ко. Л
ATX kodi:
- D11AH01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 300 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SINAFLAN maz 10g 0,025% Нижфарм,ОАО Rossiya
3 500 s`om dan
ULKARIL krem 10g 5% Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Turkiya
43 900 s`om dan
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 2% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROTOPIK maz 30g 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROTOPIK®

PROTOPIC®

Savdo nomi: Protopik®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): takrolimus (tacrolimus)

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma.

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: takrolimus kristallgidrat suvsiz modda xisobida – 0,03/0,1 g takrolimus;

yordamchi moddalar: 77,47/77,40 g yumshoq oq parafin, 11,00/11,00 g suyuq parafin,    5,00/5,00 g propilenkarbonat, 3,50/3,50 g asalari oq mumi, 3,00/3,00 g qattiq parafin.

Ta‘rifi: oqdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan bir xil konsistensiyali surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: D11AN01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Takrolimus kalsinevrinning ingibitorlari guruhiga kiradi. U kalsinevrin (FK506) uchun sitozal reseptor hisoblangan, maxsus sitoplazmatik oqsil immunofilin (FKBP12) bilan bog‘lanadi. Buning natijasida takrolimus FKBP12, kalsiy, kalmodulin va kalsinevrindan iborat kompleks shakllanadi, bu kalsinevrinning fosfataza faolligini ingibisiya qilinishiga olib keladi. Bu T-xujayrali immun javobi uchun asosiy bo‘lgan sitokinlarni (IL-2 va gamma-interferon) ishlab chiqarilishini kodlovchi genlarning transkripsiyasini inisiasiyasi uchun zarur bo‘lgan, faollashgan
T-hujayralarning (NFAT) yadro omilini fosforsizlanishi va translokasiyasiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari takrolimus IL-3, IL-4, IL-5 kabi sitokinlar,
T-limfositlarning faollashishini boshlanish bosqichlarida ishtirok etadigan o‘smaning nekrozi faktori (UNF-α) va granulositar makrofaglarning koloniyalarini rag‘batlantiruvchi faktor (GMKRF) ni ishlab chiqarilishini kodlaydigan genlarning transkripsiyasini ingibisiya qiladi. Bundan tashqari, takrolimusning ta‘siri ostida semiz hujayralar, bazofillar va eozinofillardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibisiya qilinishi, shuningdek Langergans hujayralarida FcεRI (immunoglobulin Ye uchun yuqori affin yuzaki reseptor) ekspressiyasini pasayishi kuzatiladi, bu ularning faolligini pasayishiga va antigenni T-limfositlarga prezentirovkasiga olib keladi.

Takrolimus surtmasi kollagenning sinteziga ta‘sir qilmaydi va shu boisdan, teri atrofiyasini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Mahalliy qo‘llanganida takrolimusning tizimli qon oqimiga so‘rilishi minimaldir. Atopik dermatiti bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda (kattalarda va bolalarda) 0,03% va 0,1% takrolimus surtmasi bir marta qo‘yilganida ham, ko‘p martada qo‘yilganida ham plazmadagi uning konsentrasiyasi <1,0 ng/ml ni tashkil qilgan.

Tizimli so‘rilishi shikastlanish maydoniga bog‘liq va atopik dermatitning klinik ko‘rinishlarini yo‘qolishi bilan kamayadi. Bolalar va kattalarda uzoq vaqt qo‘llanganida (1 yilgacha) preparatning to‘planishi kuzatilmagan.

Organizmda taqsimlanishi. Takrolimus surtmasining tizimli so‘rilishini pastligi, plazma oqsillari bilan bog‘lanish xususiyatini yuqoriligi (98,8% dan ko‘p) tufayli, klinik jihatdan ahamiyatsiz deb qaraladi.

Metabolizmi. Takrolimus terida metabolizmga uchramaydi. Tizimli qon oqimiga tushganida takrolimus jigarda CYP3A4 yordamida ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi. Takrolimus surtmasi ko‘p marta mahalliy qo‘llanganida yarim chiqarilish davri kattalarda 75 soat, bolalarda 65 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Protopik® surtmasi sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalarga chidamli yoki ularga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan holda, atopik dermatitni (o‘rtacha og‘ir va og‘ir darajadagi shakllarini) davolash uchun kattalarda 0,03% va 0,1% dozalari va 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat 0,03% dozasi qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Protopik® surtmasi terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Preparatni terining har qanday sohalariga, shu jumladan yuz va bo‘yin, teri burmalariga qo‘llash mumkin. Preparatni shilliq qavatlarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yish mumkin emas.

Bolalar (2 yosh va undan kattalar) va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llanishi

Davolashni 0,03% Protopik® surtmasini sutkada 2 marta qo‘yishdan boshlash kerak. Ushbu sxema bo‘yicha davolash davomiyligi uch haftadan oshmasligi kerak. Keyinchalik qo‘llash tez-tezligi sutkada bir martagacha kamaytiriladi, davolash shikastlanish o‘choqlari to‘liq tozalangunicha davom ettiriladi.

Kattalar va 16 yoshdagi va undan oshgan o‘smirlarda qo‘llanishi

Davolashni 0,1% Protopik® surtmasini sutkada 2 marta qo‘llashdan boshlash va shikastlanish o‘choqlari to‘liq tozalangunicha davom ettirish kerak. Yaxshilangan sari, 0,1% surtmani qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki 0,03% Protopik® surtmasiga o‘tish mumkin. Kasallik simptomlari qayta paydo bo‘lgan holda, davolashni 0,1% Protopik® surtmasi bilan kuniga ikki marta qo‘llab qayta boshlash kerak. Agar klinik manzarasi imkon bersa, preparatni qo‘llash tez-tezligini pasaytirishiga harakat qilish yoki kichik dozasi – 0,03% Protopik® surtmasini ishlatish kerak.

Keksa yoshdagi odamlarda (65 yosh va undan katta) qo‘llash

Keksa yoshdagi odamlarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari yo‘q.

Odatda yaxshilanish davolash boshlangan vaqtdan boshlab keyingi birinchi hafta davomida kuzatiladi. Agar ikki hafta davomidagi davolash fonida yaxshilanish belgilari bo‘lmasa, davolash taktikasini o‘zgartirish haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.

Kasallikni zo‘rayishini davolash

Protopik® surtmasini vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi davolash kurslari ko‘rinishida qisqa vaqt yoki uzoq vaqt ishlatish mumkin. Terining shikastlangan sohalarini davolash atopik dermatitni klinik ko‘rinishlari to‘liq yo‘qolgunicha o‘tkaziladi. Odatda, yaxshilanish davolashning birinchi haftasida kuzatiladi. Agar yaxshilanish belgilari surtmani ishlatish vaqtdan boshlab, 2 hafta davomida kuzatilmasa, navbatdagi davolashning boshqa variantlarini ko‘rib chiqish kerak. Atopik dermatitni zo‘rayishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni qayta boshlash kerak.

Kasallikni zo‘rayishini oldini olish

Anamnezida kasallikni zo‘rayishlari tez-tez (yiliga 4 martadan ko‘p) kuzatiladigan pasientlarda zo‘rayishlarning va qaytalanishlarning davomiyligini oshishini oldini olish uchun Protopik® surtmasi bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash tavsiya qilinadi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurishning maqsadga muvofiqligi, ko‘pi bilan 6 hafta davomida standart sxema (kuniga 2 marta) bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki davolash samaradorligi bilan belgilanadi.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda Protopik® surtmasini odatda zo‘rayishlarda shikastlangan sohalarga haftada 2 marta (masalan dushanba va payshanba) surtish kerak.

Preparatni surtishlar orasidagi vaqt oralig‘i kamida 2-3 kunni tashkil qilishi kerak.

Kattalarda va 16 yoshli o‘smirlar va undan kattalarda 0,1% Protopik® surtmasi, bolalarda (2 yosh va undan katta) – 0,03% Protopik® surtmasi ishlatiladi. Zo‘rayish belgilari paydo bo‘lganida Protopik® surtmasi bilan odatdagi davolash tartibiga (“Zo‘rayishlarni davolash” bo‘limiga qarang) o‘tish kerak.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashdan so‘ng 12 haftadan keyin klinik dinamikani baholash va Protopik® surtmasini profilaktika maqsadida ishlatishni davom ettirish zarurligi haqidagi masalani hal qilish kerak. Bolalarda klinik dinamikani baholash uchun preparatni vaqtincha bekor qilish va so‘ngra samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davom ettirish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eng ko‘p kuzatiladigan noxush reaksiyalari, surtma qo‘yilgan joyda terini ta‘sirlanish simptomlari (qichishish va achishish xissi, qizarish, og‘riq, paresteziyalar va toshma) hisoblanadi. Odatda, ularning yaqqolligi o‘rtacha bo‘ladi va davolash boshlanganidan so‘ng birinchi hafta davomida o‘tib ketadi.

Alkogolni o‘zlashtiraolmaslik (spirtli ichimliklar iste‘mol qilinganidan so‘ng yuzni qizarishi yoki ta‘sirlanish simptomlari) tez-tez kuzatiladi.

Protopik® surtmasini qo‘llayotgan pasientlarda follikulit, xusnbuzar va gerpes infeksiyalarini rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi.

Uchrash tez-tezligi bo‘yicha noxush reaksiyalar juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10) va kam hollarda (>1/1000, <1/100) kuzatiladigan noxush reaksiyalarga bo‘linadilar.

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar

Juda tez-tez:             qo‘llangan joyda qichishish va achishish.

Tez-tez:                       issiqlik hissi, qizarish, og‘riq, ta‘sirlanish, qo‘llangan sohada

toshma

Infeksiyalar

Tez-tez:                       gerpetik infeksiya (yuz va lablarning oddiy gerpesi, variselli

shaklli Kaposhi toshmasi).

Teri va teri osti yog‘ qavati

Tez-tez:                       follikulit, qichishish.

Tez-tez emas:              xusnbuzar.

Nerv tizimi

Tez-tez:                       paresteziyalar, giperesteziya

 

Metabolizm va ovqatlanishni o‘ziga xos xususiyati

Tez-tez:                       alkogolni o‘zlashtira olmaslik (spirtli ichimliklar iste‘mol

qilinganidan so‘ng yuzni qizarishi yoki terini ta‘sirlanish

simptomlari).

Preparatni kuzatishning hamma davrida rozasea, maliginizasiyaning (limfomalarning teri va boshqa shakllari, terining raki) yakka hollarda qayd qilingan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Takrolimus, yordamchi moddalar, makrolidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Neterton sindromi kabi epidermal to‘siqning genetik nuqsonlari bo‘lgan pasientlarga, shuningdek takrolimusning tizimli so‘rilishini avj olib boruvchi oshishi xavfi tufayli yoyilgan eritrodermiyada Protopik®ni qo‘llash mumkin emas.

Protopik® surtmasining 0,1% dozasini bolalar va 16 yoshdan kichik o‘smirlarda, 0,03% dozasini 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Protopik® jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, garchi sirtga qo‘llanganida qonda uning konsentrasiyasi juda past bo‘lsada, dekompensasiyalangan jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surtma ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi.

Terining katta shikastlanishlari bo‘lgan, ayniqsa davomli kurslar olgan bemorlarda va bolalarda Protopik® surtmasi ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Takrolimus terida metabolizmga uchramaydi, bu terida uning metabolizmiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan dorilarning o‘zaro ta‘sirlanish xavfini inkor etadi.

Takrolimus surtma shaklida ishlatilganida tizimli so‘rilishi minimal bo‘lganligi sababli, Protopik® surtmasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida CYP3A4 ingibitorlari (eritromisin, itrakonazol, ketokonazol, diltiazem) bilan o‘zaro ta‘sirining ehtimoli kam, biroq terining katta sohalari shikastlangan va/yoki eritrodermiyasi bo‘lgan pasientlarda bu istisno butunlay qilib bo‘lmasligi mumkin.

Vaksinasiyaning samaradorligiga Protopik® surtmasining ta‘siri o‘rganilmagan. Biroq, samaradorligini pasayishini potensial xavfi bo‘lganligi sababli, vaksinasiyani Protopik® surtmasini qo‘llashni boshlashdan oldin yoki oxirgi marta ishlatilganidan so‘ng 14 kundan keyin o‘tkazish kerak. Tirik attenuirlangan vaksina qo‘llangan holda, bu davr 28 kungacha oshirilishi kerak, aks holda muqobil vaksinalarni ishlatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Bolalarda qo‘llanishi

Kon‘yugasiyalangan vaksina bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha, 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokida tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotning natijalari, takrolimusni bir vaqtda qo‘llanilishi vaksinasiyaga bo‘lgan birlamchi javobga, immun xotirani shakllanishiga, shuningdek gumoral va xujayraviy immun javobga ta‘sir ko‘rsatmasligidan dalolat beradi.

Protopik® surtmasini boshqa sirtga qo‘llanadigan preparatlar, tizimli glyukokortikosteroidlar va immunodepresantlar bilan birga qo‘llash mumkinligi o‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Protopik® surtmasi tug‘ma yoki orttirilgan immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda yoki immunosupressiv preparatlar qabul qilayotgan pasientlarda ishlatish mumkin emas.

Protopik® surtmasini qo‘llash vaqtida teriga quyosh nurlarini tushishidan, solyariya qabul qilishdan, psoralen bilan majmuada A yoki B UB-nurlarini (PUMA-terapiya) bilan davolanishdan saqlanish kerak.

Protopik® surtmasini terining potensial xavfli yoki xavf oldi sifatida qaralgan shikastlangan sohalarini davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Protopik® surtmasi qo‘yilgan terining sohalariga 2 soat davomida yumshatuvchi vositalarni ishlatish mumkin emas.

Infeksiyalangan atopik dermatitni davolashda Protopik® surtmasini qo‘llash samaradorligini va xavfsizligi baholanmagan. Infeksiyalanish belgilari borligida Protopik® surtmasini buyurishdan oldin tegishli davolashni o‘tkazish kerak. Protopik® surtmasini qo‘llash gerpetik infeksiya rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gerpes infeksiyasining belgilari borligida Protopik®ni qo‘llashdan kuzatiladigan foyda va xavf nisbatini individual ravishda baholash kerak.

Limfoadenopatiya borligida davolashni boshlashdan oldin pasientni tekshirish va surtmani qo‘llash davrida uni kuzatish kerak. Limfoadenopatiyaning aniq sabablari bo‘lmaganida yoki o‘tkir infeksion mononukleozning simptomlari borligida Protopik® surtmasini qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Ko‘zlar va shilliq qavatlarga surtmani tushishidan saqlanish kerak (surtma tasodifan tushgan hollarda surtmani olib tashlash va/yoki suv bilan yuvish kerak).

Protopik® surtmasini okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yish va havo o‘tkazmaydigan zich kiyimlarni kiyish tavsiya qilinmaydi.

Boshqa har qanday mahalliy dori vositasi ishlatilganidagi kabi, pasientlar surtmani qo‘yganidan so‘ng, surtma davolash maqsadida qo‘llar sohasiga qo‘yilgan hollardan tashqari hollarda qo‘llarni yuvishlari kerak.

Bolalarda qo‘llanilishi

Rivojlanish bosqichida bo‘lgan 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda immun tizimiga ta‘sirini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar borasida, kon‘yugasiyalangan vaksina bilan vaksinasiya fonida 0,03% li takrolimus surtmasi bilan davolash vaksinasiyaga bo‘lgan birlamchi javobga, T-xujayraviy immunitetni induksiyasiga va immun xotirani shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatmasligini namoyish etildi.

Avtomobilni boshqarish va murakkab texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va yuqori diqqatni talab etuvchi murakkab texnika bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Protopik® surtmasi mahalliy qo‘llaniladi va u avtomobilni boshqarish hamda mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin deb taxmin qilishga asos yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.

Ichga qabul qilinganida organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini nazorat qilish va umumiy holatini kuzatishni o‘z ichiga oluvchi umumiy qabul qilingan choralar ko‘rilishi kerak.

Qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish tavsiya qilinmaydi.

Chiqarilish shakli

0,03% li va 0,1% li sirtga qo‘llash uchun surtma.

10, 30 yoki 60 g dan sirtga qo‘llash uchun surtma plastik tubalarda.

1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROTOPIK maz 30g 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROTOPIK maz 30g 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROTOPIK maz 30g 0,1% dori vositasi Астеллас Фарма Тех Ко. Лтд./ Астеллас Ирланд Ко. Л tomonidan Yaponiya / Irlandiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROTOPIK maz 30g 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROTOPIK maz 30g 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KURALIMUS maz 30g 0,03%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Curex Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd
  • Vakil: Medicina Pharm MChJ
Narh: 187 000 so'mdan Batafsil
KURALIMUS maz 30g 0,03%
Narh: 187 000 so'mdan Batafsil
IMUGRAFT maz 10g 0,03%
PROGRAF kapsulalar 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 492 800 so'mdan Batafsil
PROGRAF kapsulalar 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 208 900 so'mdan Batafsil
PANGRAF 5,0 kapsulalar 5,0mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Panacea Biotec Ltd
ADVAGRAF kapsulalar 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
ADVAGRAF kapsulalar 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 280 000 so'mdan Batafsil
TAKROLIMUS kapsulalar 0,5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Biocon Limited
PROGRAF konsentrat 1ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
PROGRAF kapsulalar 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
Narh: 151 200 so'mdan Batafsil
PANGRAF 0,5 kapsulalar 0,5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Panacea Biotec Ltd
ADVAGRAF kapsulalar 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Irlandiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Astellas Ireland Co. Ltd
PROTOPIK maz 30g 0,03%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Yaponiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Tech Co. Ltd., Япония вып. контроль качества: Astellas Ireland Co. Ltd, Ирландия
Narh: 268 700 so'mdan Batafsil
PROTOPIK maz 10g 0,03%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Yaponiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Tech Co. Ltd., Япония вып. контроль качества: Astellas Ireland Co. Ltd, Ирландия
PROTOPIK maz 10g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Yaponiya
  • Faol modda: Такролимус ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Tech Co. Ltd., Япония вып. контроль качества: Astellas Ireland Co. Ltd, Ирландия
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9