×
×
  • PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
- Shering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V. Organon Ltd
ATX kodi:
- G03GA06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BELARA tabletkalari 2mg/0,03mg N21 Гедеон Рихтер ОАО Vengriya
77 000 s`om dan
ESMIYA tabletkalari 5mg N28 Gedeon Richter PLC Vengriya
1 235 000 s`om dan
OKSIPROGESTERONA KAPRONAT inyeksiya uchun eritma 1ml 12,5% N10 Биофарма,Фармацевтический завод, ООО Ukraina
UTROJESTAN kapsulalar 100mg N28 Синдеа Фарма СЛ, Испания по заказу Безен Хелскеа СА, Бельгия Ispaniya/Belgiya
106 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PUREGON®

 

Preparatning savdo nomi: Puregon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): follitropin beta.

Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Bir kartridj quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 300 XB yoki 600 XB follitropin beta (rekombinant) (833 XB/ml konsentrasiyasi). Bu 1 ml da 83,3 mkg proteinga to‘g‘ri keladi (spesifik biologik faolligi in vivo sharoitida taxminan 10 000 XB FSG/mg proteinga teng). Umumiy dozasi maksimal darajada 6 ta in‘eksiyaga mo‘ljallangan.

Ko‘p marta yuborilganda umumiy doza pastroq bo‘lishi mumkin, ya‘ni har bir in‘eksiyadan oldin havoni chiqarib yuborish bajariladi.

Yordamchi moddalar: saxaroza, natriy sitrati digidrati, L metionin, polisorbat 20, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksidi, benzil spirti, in‘eksiya uchun suv.

Preparat 1 in‘eksiyada 1 mmoldan kam (23 mg) natriy saqlaydi (ya‘ni deyarli natriy saqlamaydi).

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suvli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: gonadotropinlar.

ATX kodi: G03GA06.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rekombinant FSG saqlovchi Puregon® xitoy og‘maxoni tuxumdonlari hujayralari kulturasidagi odam follikulastimullovchi gormoni (FSG) subbirligi genlari kiritilgan, rekombinant DNK texnologiyasi yordamida olingan. Rekombinant DNK ning birlamchi aminokislotali ketma-ketligi tabiiy odam FSG dagiga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga uglevodorodlar zanjirining strukturasida ozgina farqlar mavjud.

Ta‘sir mexanizmi

FSG follikullarning me‘yorida o‘sishi va yetilishini va jinsiy stereoid gormonlarni ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Ayollardagi FSG darajasi follikullarni rivojlanishining boshlanishi va davomiyligi, shuningdek yetilish darajasiga erishgan follikullar soni va ularni yetilishgacha o‘tgan vaqtni aniqlab beruvchi omil hisoblanadi. Shunday qilib, Puregon® preparatini follikullar rivojlanishini va jinsiy bezlarning ayrim buzilishlarida steroidlarni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish uchun qo‘llash mumkin. Bundan tashqari, Puregon® preparatidan yordamchi reproduktiv texnologiyalarni (YORT) (masalan, embrionni in vitro sharoitda urug‘lantirish/ko‘chirish, gametani bachadon naylari ichida ko‘chirish va spermatozoidlarni intrasitoplazmatik in‘eksiyasi) o‘tkazishda qo‘pchilik follikullarni rivojlanishini induksiya qilishda foydalaniladi. Puregon® preparati bilan davolagandan keyin odatda follikullar yetilishining, so‘nggi bosqichini induksiya qilish, meyozni va follikullarni yorilishi uchun odam xorionik gonadotropini (OXG) yuboriladi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Klinik tadqiqotlarda yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) o‘tkaziladigan ayollarda tuxumdonlarni nazoratli rag‘batlantirilishi va ovulyasiyani induksiya qilish uchun rekombinanat FRG (beta follitropini) va siydikdan olingan FRG qo‘llanilishi solishtirilganda (quyida 1 va 2 jadvallarga qarang), Puregon® preparati, kichik umumiy dozani qo‘llanishiga nisbatan va follikulalarni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qisqa davolash davriga nisbatan, siydikdan olingan FSG ga nisbatan samaraliroq bo‘lgan.

Tuxumdonlarni nazorat ostida rag‘batlantirilishida Puregon® preparatini qo‘llash, siydikdan olingan FSG qo‘llangandagiga qaraganda kichik umumiy dozada va qisqa davolash davrida oositlarni ko‘p miqdorda chiqarilishi bilan kechgan.

1-jadval. 37608 tadqiqot natijalari (Puregon® preparati va siydikdan olingan FSG ning rag‘batlantirilishida qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi qiyosiy guruhi bilan solishtirilgan randomizasiyalangan tadqiqotlar, bu tuxumdonlarni nazorat qilingan solishtirilgan).

  Puregon® (n=546) Siydik FSG (n=361)
Chiqarilgan oositlarni o‘rtacha soni 10.84* 8.95
O‘rtacha umumiy doza

(75XB dan bo‘lgan ampulalar soni)

28.5* 31.8
FSG bilan rag‘batlantirishning umumiy davomiyligi (kunlar) 10.7* 11.3

*Ikkita guruhda farqlar statistik ahamiyatli bo‘lgan (r≤ 0,05)

Ovulyasiyani induksiya qilinganda Puregon® preparatini siydik FSG ga qaraganda, kichik umumiy dozada va qisqa davolash davrida qo‘llanilishi bilan kechgan.

2-jadval. 37609 tadqiqot natijalari (Puregon® preparati va siydikdan olingan FSG ning rag‘batlantirilishida qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi qiyosiy guruhi bilan solishtirilgan randomizasiyalangan tadqiqotlar, bu tuxumdonlarni nazorat qilingan solishtirilgan).

  Puregon® (n=105) Siydik FSG (n=66)
Follikulalarning o‘rtacha soni:

≥12 mm

≥15 mm

≥18 mm

 

 

3.6*

2.0

1.1

 

 

2.6

1.7

0.9

O‘rtacha umumiy doza (XB)a 750* 1035
Davolashning o‘rtacha davomiyligi 10.0* 13.0

*Ikki guruhda farqlar statistik ahamiyatli bo‘lgan (r≤ 0,05)

*Ovulyasiya induksiyasi bo‘lgan ayollarga taalluqli (Puregon® =76, siydik FSG= 42)

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Puregon® preparatini teri ostiga yuborilgandan keyin, FSG ning maksimal konsentrasiyasiga 12 soat davomida erishiladi. Preparatni in‘eksiya sohasidan asta-sekin ajralishi va 40 soatga yaqin (12 soatdan 70 soatgacha) yarim chiqarilish davri sababli, FSG darajalari 24-48 soat davomida yuqoriligicha qoladi. Yarim chiqarilish davrining nisbatan uzoqligi oqibatida, shu dozadagi FSG ni takror yuborilishi FRG kosentrasiyasining bir marta yuborilishiga nisbatan 1,5-2 marta oshishiga olib keladi. Bu FRG ning terapevtik konsentrasiyasiga erishish imkonini beradi.

Preparatni teri ostiga yuborilganda mutloq  biokiraolishligi taxminan 77% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi, biotransformasiyasi va chiqarilishi

Rekombinant FSG biokimyoviy jihatdan odam siydigidan ajratilgan FRG ga o‘xshash va xuddi shunday yo‘llar orqali taqsimlanadi, metabolizmga uchraydi va organizmdan chiqariladi.

Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Puregon® preparatini kalamushlarga bir marta yuborish hech qanday toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan biron-bir samaralarni induksiya qilmagan. Kalamushlar (2 hafta) va itlarda (13 hafta) odam uchun maksimal dozadan 100 marta yuqori bo‘lgan takroriy dozalarni qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda Puregon® preparati biron-bir toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan samarani induksiya qilmagan. Puregon® preparati Eyms testida va odam limfositlari bilan o‘tkazilgan xromosoma aberrasiyalari bo‘yicha in vitro sharoitdagi testida mutagen potensialni namoyish qilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Ayollar

Puregon® preparati quyidagi holatlarda ayollardagi bepushtlikni davolash uchun qo‘llaniladi:

  • klomifen sitrati bilan davolash samarasiz bo‘lgan ayollardagi anovulyasiya (shu jumladan tuxumdonlar polikistozi sindromi (TPKS));
  • tuxumdonlarning boshqariluvchi giperstimulyasiyasida yordamchi reproduktiv texnologiyalarni (YORT) o‘tkazishda ko‘p sonli follikullar rivojlanishini induksiya qilish uchun (masalan, embrionni in vitro sharoitda urug‘lantirish/ko‘chirish, gametani bachadon naylari ichida ko‘chirish va spermatozoidlarni intrasitoplazmatik in‘eksiyasi).

Erkaklar

  • gipogonadotrop gipogonadizm oqibatidagi spermatogenez yetishmovchiligida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Puregon® preparati bilan davolashni bepushtlikni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor kuzatuvi ostida boshlash kerak. Puregon® preparatining birinchi in‘eksiyasini bevosita tibbiy kuzatuv ostida bajarish lozim.

Qo‘llash usuli

Puregon® preparati, kartridjlardagi in‘eksiya uchun eritma, ruchka-injektor («Puregon® Pen») yordamida yuborish uchun mo‘ljallangan; preparat teri ostiga yuboriladi. Har bir in‘eksiyada lipoatrofiyani yuz berishini oldini olish uchun yuborish joyini o‘zgartirish kerak.

Ruchka-injektordan foydalanganda, shifokordan kerakli ko‘rsatmalar olganidan keyin pasient Puregon® preparatini o‘zi mustaqil yuborishi mumkin.

Dozalash

Ayollar uchun dozalash

Tuxumdonlarning ekzogen gonadotropinlarga nisbatan javobining yaqqol ifodalangan inter- va intraindividual o‘zgarishlari mavjud, bu esa dozalashning bir xil tartibini qo‘llash imkonini bermaydi. Shu sababli dozani tuxumdonlar javobiga qarab, individual ravishda tanlash kerak. Follikullarni rivojlanishini UTT yordamida nazorat qilish kerak; shuningdek bir vaqtda qon zardobidagi estradiol darajalarini bir vaqtda aniqlash ham maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.

Ruchka-injektordan foydalanganda, ruchka – unda belgilangan dozani ajratib chiqaruvchi aniq qurilma ekanligini hisobga olish lozim. Ruchka-injektordan foydalanganda oddiy shpris ishlatilganiga qaraganda 18% ko‘proq FSG yuboriladi. Bu, xususan, bitta davolash siklida ruchka-injektorni oddiy shprisga almashtirilganda va aksincha bo‘lganda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Ayniqsa shprisdan ruchkaga o‘tishda yuboriladigan dozaning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ortib ketishining oldini olish uchun, dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi.

Qiyosiy klinik tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, Puregon® preparatini, siydikdan olinadigan FSG ni odatda ishlatiladigan doza nisbatan, nafaqat follikulalarni optimallashtirish uchun, balki tuxumdonlarni noxush giperstimulyasiyasi xavfini pasaytirish uchun ham kichik umumiy dozalarda va qisqa vaqt davrida buyurish maqsadaga muvofiq hisoblanadi (“Farmakodinamika” bo‘limiga qarang). Puregon® preparatini qo‘llashni klinik tajribasi ikkala ko‘rsatkichda ham uchta davolash siklini o‘z ichiga oladi.

Puregon® preparatini qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba har ikkala ko‘rsatmalarda ham davolashning uch siklini o‘z ichiga oladi.

In vitro sharoitda urug‘lantirish yo‘li bilan bepushtlikni davolashdagi umumiy tajriba davolashdagi muvaffaqiyat ehtimoli davolashning dastlabki 4 kursi davomida yuqori bo‘lishi va keyinchalik asta-sekin pasayishidan dalolat beradi.

Anovulyasiya

Puregon® preparatini har kuni 50 XB dozada hech bo‘lmaganda 7 kun davomida yuborish bilan boshlanuvchi ketma-ket davolash tartibi tavsiya qilinadi. Tuxumdonlarda davolashda javob bo‘lmagan hollarda sutkalik doza follikullalarning o‘sishiga va/yoki optimal farmakodinamik javobga erishilganidan dalolat beruvchi qon plazmasidagi estradiolning konsentrasiyasini oshishiga erishilgunicha asta-sekin oshirib boriladi, bu optimal farmakodinamik samaraga erishilganidan dalolat beradi. Qon plazmasidagi estradiolning konsentrasiyasini kuniga 40–100% ga oshirilishi optimal hisoblanadi. Shu yo‘l bilan olingan dozani so‘ngra preovulyasiya holatiga erishilgunicha tutib turiladi. Preovulyasiya holati diametri kamida 18 mm (UTT ma‘lumotlari bo‘yicha) bo‘lgan dominant follikul va/yoki qon plazmasida estradiolning konsentrasiyasini 300–900 pikogramm/ml (1000–3000 pmol/l) bo‘lishi bilan belgilanadi. Odatda bu holatga erishish uchun 7-14 kun davolash talab qilinadi. Shundan keyin Puregon® preparatini yuborish to‘xtatiladi va OXG ni yuborish bilan ovulyasiya induksiya qilinadi.

Agar follikullar soni xaddan tashqari ko‘p bo‘lsa yoki estradiolning konsentrasiyasi xaddan tashqari tez oshsa, ya‘ni ketma-ket 2-3 kun davomida sutkada 2 martadan ko‘proqqa oshsa, unda kundalik dozani kamaytirish lozim.

Diametri 14 mm dan katta bo‘lgan har bir follikula homiladorlikning yuz berishiga olib kelishi mumkinligi sababli, diametri 14 mm dan katta bo‘lgan bir nechta follikulaning borligi, ko‘p homilali homiladorlik xavfiga olib keladi. Bu holda OXG yuborilmaydi va ko‘p homilali homiladorlikni oldini olish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.

Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturlarida tuxumdonlarni nazorat qilinuvchi giperstimulyasiyasi

Rag‘batlantirishning turli tartiblari qo‘llaniladi. Kamida dastlabki 4 kun davomida preparatning 100–225 XB miqdorini yuborish tavsiya qilinadi. Shundan keyin tuxumdonlardagi reaksiyadan kelib chiqib, dozani individual ravishda tanlash mumkin. Klinik tadqiqotlarda odatda 6–12 kun davomida 75–375 XB ga teng bir maromda ushlab turuvchi dozani qo‘llash yetarli bo‘lishi ko‘rsatib berilgan, biroq ayrim hollarda bundan uzoqroq davolash ham talab qilinishi mumkin.

Sariq tananing muddatidan avval paydo bo‘lishini oldini olish uchun faqat Puregon® preparatining o‘zini yoki gonadotropin-rilizing gormonining (GnRG) agonisti yoki antagonisti bilan birga qo‘llash mumkin. GnRG muqobillaridan foydalanganda, follikulalarning adekvat javobiga erishish uchun Puregon® preparatining yuqoriroq yig‘indi dozalari talab qilinishi mumkin.

Tuxumdonlarning reaksiyalarini UTT yordamida nazorat qilinadi. Qon zardobidagi estradiol darajalarini bir vaqtda aniqlash maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Diametri 16-20 mm (UTT ma‘lumotlariga ko‘ra) bo‘lgan kamida 3 ta follikula va estradiolga yaxshi javob (qon plazmasidagi darajalari diametri 18 mm dan katta bo‘lgan har bir follikulaga 300–400 pikogramm/ml (1000–1300 pmol/l)) mavjud bo‘lgan hollarda follikulani yetilishining yakuniy fazasi OXG ni yuborish yo‘li bilan induksiya qilinadi. 34–35 soatdan keyin oositlar aspirasiyasi o‘tkaziladi.

Erkaklar uchun dozalash

Puregon® preparatini 150 XB ga teng bo‘lgan uch dozaga bo‘lgan holda OXG bilan birga haftada 450 XB dozada yuborish tavsiya qilinadi. Puregon® preparati bilan davolash spermatogenezda biron-bir yaxshilanish paydo bo‘lgunicha 3-4 oydan kam bo‘lmagan muddat davom ettirilishi kerak. Reaksiyani baholash uchun davolash boshlanganidan 4-6 oy o‘tgach, spermani tahlil qilish tavsiya qilinadi. Agar ushbu davr davomida pasient davolashga javob bermasa, majmuaviy davolashni davom ettirish mumkin. Zamonaviy klinik tajriba spermatogenezning boshlanishiga erishish uchun 18 oygacha va undan uzoqroq muddat davolash talab qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Bolalar

Puregon® preparatini bolalarda qo‘llash uchun tegishli ko‘rsatmalar mavjud emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Puregon® preparatini mushak ichga va teri ostiga yuborilganda yuborish joyida mahalliy reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin (davolangan pasientalarning 3%). Bunday mahalliy reaksiyalarning ko‘pchiligi yengil va o‘tkinchi bo‘lgan. O‘ta yuqori sezuvchanlikning tarqoq reaksiyalari kamroq kuzatilgan (Puregon® preparati bilan davolangan barcha pasientlarning taxminan 0,2%).

Ayollarni davolash

Klinik tadqiqotlarda Puregon® preparati bilan davolangan ayollarning taxminan 4% da tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan belgilar va simptomlar to‘g‘risida xabar berilgan (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limga qarang). Bu sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: chanoqdagi og‘riq va/yoki qabziyat, abdominal og‘riq va/yoki qorinni dam bo‘lishi, sut bezlari tomonidan buzilishlar va tuxumdonlarning kattalashishi.

Quyidagi jadvalda klinik tadqiqotlarda ayollar tomonidan Puregon® preparati qo‘llanilganda xabar berilgan nojo‘ya reaksiyalar ko‘rsatilgan; reaksiyalar a‘zolar tizimlarining sinflari va tez-tezligi bo‘yicha ko‘rsatilgan  (tez-tez – ≥1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas – ≥1/1000 dan <1/100 gacha).

A‘zolar tizimi Tez-tezligi Nojo‘ya samaralar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez Bosh og‘rig‘i
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez Qorinni dam bo‘lishi, qorindagi og‘riq
Tez-tez emas Qorin sohasidagi diskomfort, qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar Tez-tez TGS, chanoqdagi og‘riq
Tez-tez emas Sut bezlari tomonidan shikoyat-lar1, metrorragiya, tuxumdon kistasi, tuxumdonni kattala-shishi, tuxumdonni buralishi, bachadonni kattalashishi, vaginal kon ketishi
Umumiy holatning va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar Tez-tez In‘eksiya joyidagi reaksiyalar2
Tez-tez emas O‘ta yuqori sezuvchanlikning tarqalgan reaksiyasi3

1Sut bezlari tomonidan shikoyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: og‘riqlilik, sut bezlaridagi og‘riq va ularning dag‘allashishi, sut bezlari so‘rg‘ichlarda og‘riq.

2In‘eksiya joyidagi mahalliy reaksiyalar qontalashlar, og‘riq, qizarish, shish, qichishishlarni o‘z ichiga oladi.

3O‘ta yuqori sezuvchanlikning tarqalgan reaksiyasi eritema, eshakemi, toshma va qichishishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek bachadondan tashqari homiladorlik, o‘z-o‘zidan bola tashlash va ko‘p homilali homiladorlik holatlar to‘g‘risida ham xabar berilgan. Ular yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) muolajalari va keyingi homiladorlik bilan bog‘liq deb qaraladi.

Kam hollarda tromboembolizm Puregon® preparati/OXG qo‘llanishi, shuningdek boshqa gonadotropinlarni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Erkaklarni davolash

Quyidagi jadvalda klinik tadqiqotlarda erkaklar tomonidan Puregon® preparati qo‘llanganda xabar berilgan nojo‘ya reaksiyalar ko‘rsatilgan; reaksiyalar a‘zolar tizimlarining sinflari va tez-tezligi bo‘yicha ko‘rsatilgan  (tez-tez – ≥1/100 dan <1/10).

A‘zolar tizimi Tez-tezligi1 Nojo‘ya samaralar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez Bosh og‘rig‘i
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Tez-tez Akne, toshma
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar Tez-tez Epididimal kista, ginekomastiya
Umumiy holatning va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar Tez-tez In‘eksiya joyidagi zichlashish2

1Faqat 1 marta xabar berilgan nojo‘ya reaksiyalar «tez-tez» tez-tezligi bilan ko‘rsatilgan, chunki bitta xabar 1% tez-tezlikdan yuqori bo‘lgan.

In‘eksiya joyidagi mahalliy reaksiyalar o‘z ichiga  zichlashish  va og‘riqni olgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Erkaklar va ayollar:

  • preparatning ta‘sir etuvchi moddasi yoki biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • tuxumdon, sut bezlari, bachadon, moyak, gipofiz va gipotalamus o‘smalari;
  • jinsiy bezlarning birlamchi yetishmovchiligi.

Ayollar uchun qo‘shimcha:

  • aniqlanmagan etiologiyali vaginal qon ketishlari;
  • tuxumdonlar polikistozi sindromi (TPKS) bilan bog‘liq bo‘lmagan tuxumdonlar kistasi yoki tuxumdonlarning kattalashishi;
  • reproduktiv a‘zolarning homiladorlik bilan mutanosib bo‘lmagan tug‘ma nuqsonlari;
  • homiladorlik bilan mutanosib bo‘lmagan bachadon fibromasida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri 

Puregon® preparati va klomifen sitratini bir vaqtda qo‘llash follikulyar javobni kuchaytirishi mumkin. GnRG agonisti tomonidan induksiyalangan gipofizar desensibilizasiyadan keyin follikullarning mos javobiga erishish uchun Puregon® preparatining yuqoriroq dozasi zarur bo‘lishi mumkin.

Nomutanosibligi

Mutanosiblikni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli, preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Antibiotiklarga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

  • Puregon® preparati tarkibida qoldiq miqdorlarda streptomisin va/yoki neomisin saqlashi mumkin. Bu antibiotiklar sezgir pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin bepushtlikning sababini  aniqlash

  • Davolashni boshlashdan avval sheriklardagi bepushtlikning sababini tegishli tarzda aniqlash zarur. Xususan, gipotireoz, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligi, giperprolaktinemiya va gipofiz yoki gipotalamus o‘smalari yuzasidan pasientlarning holatini tekshirish, shuningdek tegishli davolashni buyurish kerak.

Ayollar

  • Tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi (TGS) bu tuxumdonlarning asoratlanmagan kattalashishidan farq qiluvchi tibbiy holatdir. O‘rtacha va yengil darajadagi TGS ning klinik belgilari va simptomlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya, tuxumdonlarning yengil va o‘rtacha darajadagi kattalashishi va tuxumdon kistasi. Og‘ir shakldagi TGS hayot uchun xavf soluvchi holat bo‘lishi mumkin. Og‘ir shakldagi TGS ning klinik belgilari va simptomlari: katta o‘lchamdagi tuxumdon kistasi, o‘tkir abdominal og‘riq, assit, plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikni to‘planishi, gidrotoraks, dispnoe, oliguriya, qon ko‘rsatkichlarining patologik o‘zgarishlari va tana vaznini oshishi. Kam hollarda TGS oqibatida venoz va arterial tromboemboliyasi rivojlanishi mumkin. Shuningdek jigar biopsiyasida TGS bilan bog‘liq morfologik o‘zgarishlarga ega bo‘lgan/bo‘lmagan jigar funksiyasi ko‘rsatkichlaridagi o‘tkinchi patologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar to‘g‘risida ham xabar berilgan.

TGS OXG qo‘llanishi oqibatida, shuningdek homiladorlikda (endogen OXG ta‘siri) rivojlanishi mumkin. Erta TGS odatda OXG qo‘llanilganidan keyingi 10 kun ichida paydo bo‘ladi va tuxumdonlarning gonadotropinlar tomonidan rag‘batlantirishi xaddan tashqari ortiqcha javobi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kechki TGS OXG qo‘llanilganidan kamida 10 kundan keyin homiladorlikdagi gormonal o‘zgarishlar oqibati sifatida vujudga keladi. TGS ning rivojlanish xavfi mavjud bo‘lganligi tufayli pasientlar holatini OXG qo‘llanilganidan keyingi kamida ikki hafta davomida kuzatib borish kerak.

Ayniqsa tuxumdonlarning jadal javobiga nisbatan ma‘lum omillarga ega bo‘lgan ayollar Puregon® preparati bilan davolash davomida yoki davolashdan keyin TGS ning rivojlanishiga duchor bo‘lishlari mumkin. Tuxumdonlarni rag‘batlantirishning birinchi siklini qabul qiluvchi, qisman ma‘lum xavf omillari bo‘lgan ayollarda TGS ning dastlabki belgilari va simptomlariga nisbatan sinchkov kuzatuvni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

TGS rivojlanish xavfini pasaytirish uchun UTT (davolashni boshida va davolash jarayonida follikulalarni rivojlanishini baholash uchun muntazam) o‘tkazish lozim. Bir vaqtda qon zardobida estradiol darajasini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. YORT da 11 mm va undan katta diametrli 18 yoki undan ko‘p follikulalari bo‘lgan TGS ni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Agar follikulalar soni 30 va undan oshsa OXG qo‘llashni  bekor qilish tavsiya qilinadi.

Tuxumdonlarning davolashga bo‘lgan javobiga qarab, TGS ning rivojlanish xavfini kamaytirish uchun quyidagi choralarni ko‘rib chiqish mumkin:

  • gonadotropin bilan keyingi rag‘batlantirishni ko‘pi bilan 3 kunga kechiktirish (ovulyasiyani rag‘batlantirishni kechiktirish);
  • OXG qo‘llashni kechiktirish va davolash siklini to‘xtatish;
  • oositning yakuniy yetilishini induksiya qilish uchun OXG ni (siydikdan olingan) 10 000 XB dan kamroq dozada qo‘llash, masalan, 5000 XB siydik OXG yoki 250 mkg rekombinant OXG (bu taxminan 6500 XB siydik OXG ga ekvivalent);
  • yangi embrionni ko‘chirishni bekor qilish va embrionlarni muzlatish;
  • lyutein fazasini tutib turish uchun OXG ni qo‘llamaslik.

Agar TGS yuz bersa, standart va tegishli davolashni o‘tkazish zarur.

Ko‘p homilali  homiladorlik

Barcha gonadotropinlar, shu jumladan Puregon® preparati qo‘llanganida ko‘p homilali homiladorlik va bir nechta bolani tug‘ilishi holatlari kuzatilgan. Ayniqsa yuqori darajadagi ko‘p homilali homiladorlik ona (homiladorlik va tug‘ruqning asoratlari) va chaqaloq (tug‘ilgandagi tana vaznining pastligi) uchun noxush asoratlarning yuqori darajadagi xavfini olib keladi. Ovulyasiyani induksiya qilish uchun davolanayotgan anovulyasiyasi bo‘lgan ayollarda, ko‘p homilali homiladorlik xavfini minimizasiyasi uchun follikulalarni rivojlanishini monitoringini o‘tkazish (transvaginal UTT usuli bilan) muhimdir. Shuningdek bir vaqtda qon zardobida estradiolning darajalarini aniqlash ham maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin pasientlar ko‘p homilali homiladorlikning potensial xavfi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari lozim.

Yordamchi reproduktiv texnologiyalar bilan davolaganda ko‘p homilali homiladorlik xavfi asosan ko‘chirib o‘tkazilgan embrionlar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Bachadondan tashqari homiladorlik

Bepushtlik aniqlangan ayollarda YORT ni o‘tkazishda bachadondan tashqari homiladorliklar soni oshgan. Bachadondagi homiladorlikni tasdiqlash uchun homiladorlikning boshlang‘ich muddatlarida ultratovush tekshiruvini o‘tkazish juda muhimdir.

Spontan abort

Homiladorlikni mustaqil to‘xtatishlar sonini ko‘rsatkichi YORT o‘tkazilgan ayollarda, qolgan ayollarda qaraganda yuqoriroq.

Qon tomir tomonidan  asoratlar

Gonadotropinlar, shu jumladan Puregon® preparati bilan davolagandan keyin tromboembolik (TGS bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lmagan) asoratlar to‘g‘risida xabar berilgan. Ham vena, ham arteriya qon tomirlaridagi ichki tomir trombozi hayotiy muhim a‘zolar yoki qo‘l-oyoqlarda qon aylanishini susayishiga olib kelishi mumkin. Shaxsiy yoki oilaviy anamnez, semirish yoki trombofiliya kabi tromboembolik asoratlarning umum qabul qilingan omillari bo‘lgan ayollarda gonadotropinlar, shu jumladan Puregon® preparati bilan davolanganda bunday xavf yanada yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bunday ayollarni davolaganda gonadotropinlar, shu jumladan Puregon® preparatini qo‘llashning foydasi va xavfli tomonlarini solishtirib ko‘rish kerak. Homiladorlikning o‘zi trombozlarni rivojlanish xavfini orttirishini ta‘kidlab o‘tish lozim.

Tug‘ma nuqsonlar

Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan keyingi tug‘ma nuqsonlar soni, tabiiy homiladorlikdan keyingi tug‘ma nuqsonlar soniga nisbatan biroz yuqoriroq. Buni ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari (masalan, ayolning yoshi, spermaning xususiyatlari) va YORT dan keyingi ko‘p homilali homiladorliklar soniga yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq.

Tuxumdonlarni buralishi

Gonadotropinlar, shu jumladan Puregon® preparati bilan davolashda tuxumdonni buralishi to‘g‘risida xabar berilgan. Tuxumdonning buralishi TGS, homiladorlik, qorin bo‘shlig‘ida avval o‘tkazilgan jarroxlik aralashuvi, anamnezdagi tuxumdonni buralishi hamda tuxumdon kistasi va anamnezdagi yoki hozirgi vaqtdagi tuxumdon polikistozi kabi boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar tashhis o‘z vaqtida aniqlansa va buralish darhol bartaraf qilinsa, qon oqimini susayishi oqibatida tuxumdonni shikastlanishini oldini olish mumkin.

Tuxumdonlar va boshqa reproduktiv tizimi a‘zolarining xavfli kasalliklari

Bepushtlik bo‘yicha davolashni turli sxemalarini qabul qilgan ayollarda tuxumdonlar va boshqa reproduktiv a‘zolarning o‘smalarini (xavfsiz va xavfli) rivojlanish hollari ta‘riflangan. Gonadotropinlar bilan davolash bepusht ayollarda bunday o‘smalarni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkinligi noma‘lum.

Boshqa tibbiy holatlar

Puregon® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin homiladorlikka qarshi ko‘rsatma bo‘lgan tibbiy holatlarni baholash lozim.

Erkaklar

Birlamchi  testikulyar  yetishmovchilik

Erkaklarda endogen FSG ning yuqori darajalari birlamchi testikulyar yetishmovchilikdan dalolat beradi. Bunday pasientlarni Puregon® preparati/OXG bilan davolash samarasizdir.

Homiladorlik va emizish davrida  qo‘llanishi

Fertillik

Puregon® preparatini ovulyasiyani induksiyasi o‘tkaziladigan yoki  yordamchi reproduktiv texnologiyalarda (YORT) tuxumdonlarni nazoratli giperstimulyasiya qilishda ayollarni davolash uchun qo‘llanadi. Erkaklarda Puregon® preparati gipogonadotrop gipogonadizm oqibatidagi spermatogenezni tanqisligida davolash uchun qo‘llanadi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Homiladorlik

Puregon® preparatini homiladorlik davrida qo‘llab bo‘lmaydi. Preparatni homiladorlik davrida behosdan qo‘llangan hollarda rekombinant FSG ning teratogen ta‘sirini inkor qilish uchun ma‘lumotlar yetarli emas. Ammo hozirgi vaqtgacha biron-bir  maxsus ma‘lumotlar  xabar qilinmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samaralari aniqlanmagan.

Emizish

Follitropin betani ko‘krak suti bilan chiqarilishini o‘rganish yuzasidan klinik tadqiqotlar va hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ma‘lumotlari mavjud emas. Molekulyar massasi katta bo‘lganligi sababli, follitropin betaning odam ko‘krak sutiga kirish ehtimoli juda past. Agar follitropin beta ko‘krak suti bilan chiqarilganida edi, u bolaning me‘da-ichak yo‘llarida parchalanishga uchragan bo‘lar edi. Follitropin beta ko‘krak sutini ishlab chiqarilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Puregon® preparati avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki deyarli  ta‘sir qilmaydi.

Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda Puregon® preparatining o‘tkir toksikligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q, biroq hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda Puregon® preparati va ularning siydigidan olingan gonadotropinlarning o‘tkir toksikligi juda past bo‘lgan. FSG ning xaddan tashqari yuqori dozasini qo‘llash tuxumdonlar giperstimulyasiyasiga olib kelishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga  qarang).

 

Chiqarilish shakli

0,420 ml (300 XB/0,36 ml) yoki 0,780 ml (600 XB/0,72 ml) dan kartridjda; 1 kartridj plastik o‘ramda ignalar bilan komplektda, 2 ignalar komplekti  – 2 karton quti (har bir komplekt 3 ignadan, har biri alohida plastik konteynerda) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkada.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Ignalar kartridjga kiritilganidan keyin eritmani ko‘pi bilan 28 kun davomida saqlash mumkin.

Saqlash sharoiti

2–8oS haroratda (sovutgich) saqlansin. Muzlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 3 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat saqlashga ruxsat etiladi.

Original o‘ramida saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml dori vositasi Shering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V. Organon Ltd tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,420ml 300ME/0,36ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PUREGON inyeksiya uchun eritma 0,780ml 600ME/0,72ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Ishlab chiqaruvchi: Shering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V. Organon Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9