QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma
PUSTЫRNIKA TRAVA
HERBA LEONURI
Savdo nomi: Pustыrnika trava.
Lamiaceae oilasiga mansub, arslonquyruqni (Leonurus sardiaca L. va Leonurus quinquelobatus Gilib) yovvoyi va xonaki o‘stiriladigan, ko‘p yillik o‘tsimon o‘simligining gullash vaqtida yig‘ilgan, quritilgan va maydalangan o‘ti.
Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Tarkibida: glikozidlar, alkaloidlar, flavonoidlar, saponinlar, efir moylari mavjud.
Farmakoterapevtik guruhi: Sedativ vosita.
Tinchlantiruvchi, qon bosimini tushiruvchi, manfiy xronotrop va kardiotonik ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Uyquni buzilishi bilan birga kechuvchi nevrotik va astenonevrotik holatlarda, nevrasteniyada, nevrozda, vegetativ tomir distoniyasida, arterial bosimning ko‘tarilishida, taxikardiya va kardialgik og‘riqlar bilan birga o‘tuvchi klimakcdan oldingi davrdagi vegetonevrozlarda, arterial gipertoniyaning boshlang‘ich davrida majmuaviy davolash tarkibida, hamda gipertireozdagi uyqusizlikda va gipertoniyada qo‘llash tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Damlama ko‘rinishida qo‘llanadi. Uni tayyorlash uchun 15 g o‘t emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan qaynoq suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, suv hammomida (qaynab turgan suvda) 15 min davomida isitiladi, keyin sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (o‘simlik xom-ashyosini siqib). Olingan damlamaning hajmi kaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
30 g, 50 g dan polietilen paketlarda, karton o‘ramda; 10 kg, 15 kg dan qoplarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.