×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Faol modda:
Вилантерол
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «Глаксо Оперэйшенс Великобритания Лимитед»
ATX kodi:
- R03AK10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SINUPRET draje N50 Bionorica SE Germaniya
80 000 s`om dan
BEKLOMETAZON aerozol 100mkg Биннофарм, АО Rossiya
53 500 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Биннофарм, АО Rossiya
20 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
20 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RELVAR® ELLIPTA®

REKVAR® ELLIPTA®

 

Preparatning savdo nomi: Relvar® Ellipta®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flutikazon furoati/vilanterol

Dori shakli: ingalyasiya uchun dozalangan kukun

Tarkibi:

Flutikazon furoatli bir strip uyasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mikronlashtirilgan flutikazon furoati 100 mkg yoki 200 mkg.

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 12,5 mg gacha (sut qandi saqlaydi).

Vilanterolli bir strip uyasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mikronlashtirilgan vilanterol trifenatati 40 mkg (25 mkg vilanterolga ekvivalent).

yordamchi moddalar: magniy stearati 125 mkg, laktoza monogidrati 12,5 mg gacha (sut qandi saqlaydi).

Ta‘rifi: oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Adrenergik va nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar.

ATX kodi: R03AK10

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Flutikazon furoati va vilanterol dori vositalarining ikkita turli sinflariga (sintetik kortikosteroid va uzoq ta‘sir etuvchi beta2-adrenoreseptorlarning selektiv agonisti) mansub.

Farmakodinamik samaralari

Flutikazon furoati

Flutikazon furoati yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega sintetik uchftorli kortikosteroid vosita bo‘lib hisoblanadi. Bronxial astma va O‘SOK simptomlarini bartaraf etuvchi aniq ta‘sir mexanizmi noma‘lum. Kortikosteroidlar xujayralarning (masalan eozinofillar, makrofaglar, limfositlar) va mediatorlarning (masalan yallig‘lanish jarayonida ishtirok etuvchi sitokinlar va ximokinlar) turli tiplariga keng ta‘sir doirasiga ega ta‘sir namoyish qilgan.

Vilanterol trifenatati

Vilanterol trifenatati uzoq ta‘sir etuvchi selektiv beta2-adrenomimetiklar (UTEBA) sinfiga mansub.

Beta2-adrenoreseptorlarning agonistlari, shu jumladan vilanterol trifenatati, kamida adenozintrifosfatni (ATF) siklik-3’,5’-adenozinmonofosfatga (siklik AMF) aylanishini katalizasiya qiluvchi ferment xujayra ichidagi adenilatsiklazani rag‘batlantirish bilan qisman bog‘liq. Siklik AMF darajasini oshishi bronxlar silliq mushaklarini bo‘shashiga va xujayralardan, birinchi navbatda semiz xujayralardan tezkor tipdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining mediatorlarini ajralib chiqishini susayishiga olib keladi.

Kortikosteroidlar va UTEBA orasida molekulyar o‘zaro ta‘sir kuzatiladi, buning oqibatida steroid gormonlar sezgir adrenoresetorlarning sonini oshirib, beta2-adrenorseptorlarning genlarini faollashtiradi. UTEBA xujayra yadrosida reseptorlarni steroidga-bog‘liq faollashishi va translokasiyasini rag‘batlantirishni ta‘minlab, glyukokortikoid reseptorlar bilan bog‘lanadi. Bu sinergik o‘zaro ta‘sirlar yallig‘lanishga qarshi faollikni kuchayishiga olib keladi, bu bronxial astma va O‘SOK rivojlanishining patofiziologik jarayonlarida ishtirok etuvchi turli yallig‘langan xujayralar ishtirokidagi in vitro va in vivo sharoitlardagi eksperimentlarda namoyish etilgan. O‘SOK bo‘lgan pasientlarning periferik qonidagi mononuklear xujayralarda klinik dozalarni qo‘llaganda erishiladigan konsentrasiyalarda faqat flutikazon furoatiga nisbatan flutikazon furoati/vilanterol majmuasi qo‘llanilganda yaqqolroq yallig‘lanishga qarshi ta‘siri kuzatilgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Flutikazon furoati/vilanterol ko‘rinishida ingalyasion yuborilganda flutikazon furoati va vilanterolning mutloq biokiraolishligi muvofiq ravishda o‘rtacha 15,2% va 27,3% ni tashkil qilgan. Ikkala moddaning peroral biokiraolishligi past bo‘lgan va muvofiq ravishda o‘rtacha 1,26% va <2% ni tashkil qilgan. Peroral biokiraolishligi pastligini e‘tiborga olib, ingalyasion qabul qilgandan keyin flutikazon furoati va vilanterolning tizimli ta‘siri birinchi navbatda o‘pkaga tushgan ingalyasion dozani so‘rilishi bilan bog‘liq.

Taqsimlanishi

Vena ichiga yuborilgandan keyin flutikazon furoati ham, vilanterol ham organizmda faol taqsimlanadi, bunda muvozanat holatidagi o‘rtacha taqsimlanish xajmi muvofiq ravishda 661 l va 165 l ni tashkil qiladi.

Ikkala moddaning eritrositlar bilan bog‘lanish qobiliyati past. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda flutikazon furoati va vilanterolning odam plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori bo‘lgan va muvofiq ravishda o‘rtacha >99,6% va 93,9% ni tashkil qilgan. Jigar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda in vitro sharoitda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi kamaymagan.

Flutikazon furoati va vilanterol R-glikoprotein (P-gp) substrati ekanligi tufayli, flutikazon furoati/vilanterolni P-gp ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurganda flutikazon furoati va vilanterolning tizimli ekspozisiyasini o‘zgarishi ehtimoli kam, chunki ikkala modda yaxshi so‘rilish qobiliyatiga ega.

Metabolizmi

In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, odam organizmida flutikazon furoati va vilanterol metabolizmining asosiy yo‘llari birinchi navbatda sitoxrom CYP3A4 izofermentiga bog‘liqligi haqida xulosa qilish mumkin.

Flutikazon furoati asosan ahamiyatli darajada past kortikosteroid faollikka ega metabolitlarni hosil qilib S-ftormetilkarbotioat guruhini gidrolizi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Vilanterol ahamiyatli darajada past β1 va β2-adrenomimetik ta‘sirga ega bir qator metabolitlarini hosil qilib O-dealkilizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi.

Sog‘lom ko‘ngillilar misolida flutikazon furoati/vilanterol (200/25) va sitoxrom CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori ketokonazol (400 mg) majmuasini uzoq vaqt yuborganda preparatni sitoxrom CYP3A4 izofermenti bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Preparatlarni bir vaqtda yuborish flutikazon furoatining AUC (0-24) va Cmax muvofiq ravishda 36% va 33% ga oshishiga olib kelgan. Flutikazon furoatining ekspozisiyasini oshishi 0-24 soat davr davomida aniqlangan zardobdagi kortizolning o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Preparatlarni birga yuborish vilanterolning AUC(0-t) va Cmax muvofiq ravishda 65% va 22% ga oshishiga olib kelgan. Vilanterolning ekspozisiyasini oshishi beta-agonistlar uchun xarakterli bo‘lgan tizimli samaralarni (yurak qisqarishlari soniga, qonda kaliyning darajasiga yoki Friderisiya bo‘yicha muvofilashtirilgan QT intervaliga ta‘siri) kuchayishiga olib kelmagan.

Chiqarilishi

Peroral qabul qilingandan keyin flutikazon furoati odam organizmida siydik bilan chiqarilgan tiklangan radiofaol moddaning <1% dozasidan tashqari, asosan metabolitlarini hosil qilish bilan metabolizmga uchragan uchragan. Preparatni ingalyasion qabul qilgandan keyin flutikazon furoatini plazmadan taxminiy yarim chiqarilish davri o‘rtacha 24 soatni tashkil qilgan.

Peroral qabul qilingandan keyin vilanterol asosan radiofaol moddaning muvofiq ravishda taxminan 70% va 30% nisbatda siydik va axlat bilan chiqarilgan metabolitlarini hosil qilib metabolizmga uchragan. Preparatni ingalyasion qabul qilgandan keyin vilanterolni plazmadan taxminiy yarim chiqarilish davri o‘rtacha 2,5 soatni tashkil qilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Klinik tadqiqotlarning uchinchi fazasi jarayonida bronxial astma va O‘SOK bo‘lgan bemorlarda flutikazon furoati va vilanterol farmakokinetikasining populyasion meta-tahlili o‘tkazilgan. Ushbu tahlil doirasida demografik kovariatlarning (pasientning yoshi, jinsi, tana vazni, tana vazni indeksi (TVI), irq va etnik mansubligi) flutikazon furoati va vilanterolning farmakokinetikasiga ta‘siri baholangan.

Irq

Olingan ma‘lumotlarga asosan, Sharqiy Osiyo, Yaponiya va Janubi-sharqiy Osiyo sub‘ektlarda (12-14% sub‘ektlar) AUC(0-24) o‘rtacha ko‘rsatkichi yuqori, yevropeoid irqqa mansub sub‘ektlarga nisbatan 53% va undan yuqori bo‘lgan. Shunga qaramasdan, bu populyasiyalarda 24 soat davr davomida kortizolni  siydik bilan chiqarilishiga yaqqolroq ta‘siri bilan namoyon bo‘luvchi yuqori tizimli ekspozisiya belgilari aniqlanmagan. O‘SOK bo‘lgan sub‘ektlarda irqni vilanterolning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘siri aniqlanmagan.

Osiyolik sub‘ektlarda baholash natijalari bo‘yicha vilanterolning Cmax boshqa irq guruhlarida aniqlangan Cmax ga nisbatan 220-287% yuqori bo‘lgan. Shunga qaramasdan, vilanterolning Cmax ni oshishi yurak qisqarishlari soniga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Bolalar

O‘smirlar (12 yosh yoki undan katta) uchun dozalash tartibini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar yo‘q.

12 yoshdan kichik pasientlarda flutikazon furoati/vilanterolning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. 12 yoshdan kichik bolalarda flutikazon furoati/vilanterolni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Flutikazon furoati va vilanterol farmakokinetikasiga pasientning yoshini ta‘siri O‘SOK va bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarni o‘z ichiga oluvchi klinik tadqiqotlarning uchinchi fazasida o‘rganilgan.

Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda flutikazon furoati va vilanterol farmakokinetik profiliga pasientlarning yoshini (12-84 yosh) ta‘sirining belgilari aniqlanmagan.

41 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan kuzatilayotgan yosh diapazonida O‘SOK bo‘lgan pasientlarda vilanterolning AUC(0-24) oshishiga (37%) qaramasdan, pasientlarning yoshini flutikazon furoatining farmakokinetik profiliga ta‘sirining belgilari aniqlanmagan. Tana vazni past (35 kg) bo‘lgan keksa (84 yoshda) pasientda vilanterolning kutilayotgan AUC(0-24) populyasiya (tana vazni 70 kg 60 yoshdagi O‘SOK bo‘lgan pasient) uchun hisoblangan natijaga nisbatan 35% yuqori bo‘ladi, ayni vaqtda vilanterolning Cmax o‘zgarmasdan qoladi. Bu farqlar klinik ahamiyatli bo‘lishining ehtimoli kam.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Klinik-farmakologik tadqiqot natijalari bo‘yicha buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) flutikazon furoatining yoki vilanterolning tizimli ekspozisiyasini ahamiyatli oshishiga yoki sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan kortikosteroidlar yoki beta2-agonistlarning yaqqolroq tizimli samaralariga olib kelmaydi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozani individual ravishda tanlash talab etilmaydi. Gemodializning ta‘siri o‘rganilmagan.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 7 kun davomida flutikazon furoati/vilanterolni uzluksiz qabul qilgandan keyin sog‘lom ko‘ngillilarga (Chayld-Pyu bo‘yicha jigar sirrozining tasnifi bo‘yicha: sirroz bosqichlari A, V yoki S) nisbatan flutikazon furoatining tizimli ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan (AUC(0-24) bo‘yicha uch martagacha hisoblangan). Jigar funksiyasini o‘rtacha darajada buzilishi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V bosqich) bo‘lgan pasientlarda flutikazon furoatining (flutikazon furoati/vilanterolni 200/25 mikrogramm buyurilganda) tizimli ekspozisiyasini oshishi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan zardobdagi kortizolning konsentrasiyasini o‘rtacha 34% ga pasayishi bilan assosiasiyalangan. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S bosqich) bo‘lgan pasientlarda 100/12,5 mkg pasaytirilgan doza buyurilganda zardobdagi kortizolning konsentrasiyasini pasayishi kuzatilmagan. Jigar funksiyasini o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun maksimal doza 100/25 mkg ni tashkil qiladi (Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limiga qarang).

Yengil, o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi jigar funksiyasini buzilishi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A, V va S bosqich) bo‘lgan pasientlarda 7 kun davomida flutikazon furoati/vilanterolni uzluksiz qabul qilgandan keyin vilanterolning tizimli ekspozisiyasini ahamiyatli oshishi kuzatilmagan (Smax va AUC bo‘yicha).

Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (25 mikrogramm dozada vilanterol qabul qilgan) yoki og‘ir darajadagi (12,5 mikrogramm dozada vilanterol qabul qilgan) jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda flutikazon furoati/vilanterol majmuasini qabul qilish chaqirgan va beta-adrenergik ta‘sir (yurak qisqarishlari soni yoki zardobdagi kaliyning konsentrasiyasi) ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi klinik ahamiyatli tizimli samaralar kuzatilmagan.

Pasientning jinsi, tana vazni va tana vazni indeksi (TVI)

Bronxial astmasi bo‘lgan 1213 nafar (712 nafar ayol) va O‘SOK bo‘lgan 1225 nafar (392 nafar ayol) pasientlarni o‘z ichiga oluvchi farmakokinetikaning populyasion tahlilining uchinchi fazasi ma‘lumotlari bo‘yicha, pasientning jinsi, tana vazni yoki TVI ni flutikazon furoatining farmakokinetik profiliga ta‘siri aniqlanmagan.

Bronxial astmasi bo‘lgan 856 nafar (500 nafar ayol) va O‘SOK bo‘lgan 1091 nafar (340 nafar ayol) sub‘ektlar ishtirokidagi farmakokinetikaning populyasion tahlil ma‘lumotlari bo‘yicha pasientning jinsi, tana vazni yoki TVI ni vilanterolning farmakokinetik profiliga ta‘siri aniqlanmagan.

Pasientning jinsi, tana vazni yoki TVI qarab preparatning dozasini individual ravishda tanlash talab etilmaydi.

Qo‘llanilishi

Astma

Relvar® Ellipta® preparati bronxial astmada samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida ko‘rsatilgan.

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK)

Relvar® Ellipta® preparati o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), shu jumladan surunkali bronxit va/yoki o‘pka emfizemasi bo‘lgan bemorlarda nafas yo‘llarining obstruksiyasida samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. Relvar® Ellipta® preparatini qo‘llash anamnezi takroriy zo‘rayishlari bo‘lgan pasientlarda O‘SOK ning zo‘rayish sonini qisqartirish imkonini beradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Relvar® Ellipta® preparati faqat ingalyasion qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Relvar® Ellipta® preparatini sutkada bir marta, ertalab yoki kechqurun kunning bir vaqtida qo‘llash kerak.

Ingalyasiyadan keyin pasient uni yutmasdan, og‘izni suv bilan chayishi kerak.

Astma

Hatto bronxial astmaning simptomlari bo‘lmaganida ham Relvar® Ellipta® preparatini muntazam qo‘llash kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Preparatni qabul qilish orasidagi davrda kasallik simptomlari yuzaga kelganida shoshilinch davolash sifatida qisqa ta‘sirli beta2agonistlarining ingalyasion shakllarini qo‘llash kerak.

Pasientlar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak, bu faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan pasient tomonidan Relvar® Ellipta® preparatining optimal dozasini qabul qilishni ta‘minlash imkonini beradi.

Kattalar va 12 yosh va undan katta o‘smirlar

Relvar® Ellipta® preparatining tavsiya etilgan dozasi quyidagilarni tashkil qiladi:

  • sutkada 100/25 mikrogramm bitta ingalyasiya

yoki

  • sutkada 200/25 mikrogramm bitta ingalyasiya

Relvar® Ellipta® preparatining 100/25 mikrogramm boshlang‘ich dozasi uzoq ta‘sirli beta-2 agonistlar bilan majmuada buyuriladigan ingalyasion kortikosteroidlarning past yoki o‘rtacha dozalari talab etiluvchi pasientlarga buyuriladi.

200/25 mikrogramm Relvar® Ellipta® preparatini uzoq ta‘sirli beta-2 agonistlar bilan majmuada qo‘llanadigan ingalyasion kortikosteroidlarning yuqori dozalari talab etiluvchi pasientlarga buyurish kerak.

Agar Relvar® Ellipta® preparatining 100/25 mikrogramm dozasi kasallikni adekvat nazoratini ta‘minlamasa, dozani 200/25 mikrogrammgacha oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi, bu bronxial astmani kechishi ustidan nazorat darajasini yaxshilashi mumkin.

Bolalar

12 yoshdan kichik bolalarda Relvar® Ellipta® preparatini qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

O‘SOK

Kattalar

Relvar® Ellipta® preparatining tavsiya etilgan dozasi quyidagilarni tashkil qiladi:

  • sutkada 100/25 mikrogramm bitta ingalyasiya.

200/25 mikrogramm Relvar® Ellipta® preparati O‘SOK bo‘lgan pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilmagan.

Bolalar

O‘SOK rivojlanishining o‘rtacha yoshini hisobga olib, shuning uchun preparat bu ko‘rsatma bo‘yicha bolalarda qo‘llanilmaydi.

Astma va O‘SOK

Keksa yoshdagi pasientlar

65 yoshdan oshgan pasientlarda preparatning dozasini individual ravishda tanlash talab etilmaydi (Farmakokinetikasi –Pasientlarning alohida guruhlari bo‘limiga qarang).

Buyrak funksiyasini buzilishi

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini individual ravishda tanlash talab etilmaydi (Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang).

Jigar funksiyasini buzilishi

Yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlardagi klinik-farmakologik tadqiqot ma‘lumotlari bo‘yicha flutikazon furoatining tizimli ekspozisiyasini (AUC) uch karra oshishi kuzatiladi.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu guruh bemorlarda kortikosteroidlarni qabul qilish chaqirgan tizimli noxush reaksiyalarning rivojlanish xavfi yuqori. O‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda maksimal doza 100/25 mkg ni tashkil qiladi (Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang).

Ishlatish va muomala qilish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ellipta® ingalyatorini birinchi marta ishlatganda uning ishini to‘g‘riligini tekshirish zarurati yo‘q. U ishlatishga tayyor va ingalyatorni ishlatish uchun maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi. Shunchaki bosqichma-bosqich yo‘riqnomaga rioya qiling.

Ellipta® ingalyatorli karton quti quyidagilarni saqlaydi

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Karton quti

 

Konteyner
Namyutgich
Ingalyator
Konteyner qopqopchasi

Ellipta® ingalyatori konteynerga joylangan. Dori preparatining ingalyasiyasini amalga oshirishga tayyor bo‘lmaguncha konteynerni ochmang. Ingalyatorni ishlatishga tayyor bo‘lganingizda konteynerdan qopqoqni yeching. Konteyner namlikni kamaytirish uchun namyutgichli paketcha saqlaydi. Ushbu namyutgichli paketchani tashlab yuborish kerak, uni ochmang, ovqat bilan yoki ingalyasiya ko‘rinishida iste‘mol qilmang.

Namyutgich

 

Ingalyatorni berkitilgan konteynerdan olish vaqtida u “yopiq” holatda bo‘ladi. Dori preparatining ingalyasiyasini amalga oshirishga tayyor bo‘lmagunizgacha konteynerni ochmang. Ingalyator etiketkasida maxsus ajratilgan joyda “utilizasiya sanasi” ni yozib qo‘ying. “Utilizasiya sanasi” konteynerni ochish sanasidan keyin 6 xaftani tashkil qiladi. Bu sanadan keyin ingalyatorni ishlatish mumkin emas.

30 dozali (30 kun qo‘llash) Ellipta® ingalyatori uchun quyida keltirilgan bosqichma-bosqich to‘liq yo‘riqnomani shuningdek 14 dozali (14 kun qo‘llash) Ellipta® ingalyatori uchun ham qo‘llab bo‘ladi.

A) Ishlatishdan oldin quyidagi ma‘lumotni o‘qib chiqing

Dori preparatini ingalyasiyasiz Ellipta® ingalyatorining qopqog‘ini ochganda va berkitganda bitta doza yo‘qotiladi.

Bu doza ingalyator ichida yopiqligicha qoladi, lekin qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Bitta ingalyasiyada to‘satdan ortiqcha doza yoki dozani ikki marta hosil qilish imkoni yo‘q.

Qopqoqcha

Hisoblagich ingalyatorda dori preparatining qancha doza qolganini ko‘rsatadi.

Ingalyatorni ishlatishdan oldin dozani hisoblagich 30 dozani ko‘rsatadi.

Qopqoqchani har bir ochganda doza 1 taga kamayadi.

10 dozadan kamroq qolganida, hisoblagichning yarmi qizil bo‘ladi.

Preparatning oxirgi dozasi ishlatilgandan keyin hisoblagichning yarami qizil rangda bo‘ladi, hisoblagich 0 raqamini ko‘rsatadi. Bu ingalyator bo‘shligini ko‘rsatadi.

Agar Siz bundan keyin qopqoqchani ochsangiz, dozani hisoblagich to‘liq qizil rangda bo‘ladi.

Dozani hisoblagich
Siz har bir marta qopqoqchani ochganingizda dori preparatining bitta dozasini tayyorlash amalga oshiriladi
  1. b) Dozani tayyorlash

preparatni qabul qilishga tayyor bo‘lmagunizgacha qopqoqchani ochmang.

Ingalyatorni silkitmang.

  • Qopoqchani shilq etmaguncha pastga tushiring
Ventilyasion teshik
Mundshtuk

Preparatning dozasi ingalyasiya uchun tayyor.

Dozani hisoblagich dozani bitta birlikka kamaytirishi buni tasdiqlaydi.

  • Agar shilq etgan tovushni eshitganingizdan keyin dozani hisoblagich dozalar sonini kamaytirmasa, ingalyator dori preparatining dozani chiqarish uchun tayyor emas.

Maslahat uchun farmasevtingizga murojaat eting.

  • Hech qachon ingalyatorni silkitmang.

 

S) Dori preparatini ingalyasiyasi

– ingalyatorni og‘izdan bir muncha masofada tutib, maksimal chuqur nafas chiqaring.

Ingalyatorga nafas chiqarmang.

  • Mundshtukni lablar orasiga joylang va uni lablar bilan zich yoping.

Barmoqlar bilan ventilyasion teshikni berkitmang.

Lablar ingalyator mundshtukining shaklini takrorlashi kerak

Lablar ingalyator mundshtukining shaklini takrorlashi kerak.

Barmoqlar bilan ventilyasion teshikni berkitmang.

 

  • Bitta chuqur, davomli, bir tekis nafas oling. Nafasni imkoni boricha tutib turing (kamida 3-4 sekund).
  • Ingalyatorni og‘izdan oling.

Sekin va tinch nafas chiqaring. Siz hatto ingalyatorni to‘g‘ri ishlatganda ham ta‘m his qilmasligingiz yoki dori preparatini tushishini his qilmasligingiz mumkin.

Agar Siz qopqoqchani yopishdan oldin mundshtukni artmoqchi bo‘lsangiz, quruq qog‘ozli salfetkadan foydalaning.

  1. d) Ingalyatorni berkitish va og‘iz bo‘shlig‘ini chayish

Mundshtuk to‘liq yopilguncha qopqoqchani oxirigacha ko‘taring.

Ingalyasiyadan keyin iloji boricha og‘iz bo‘shlig‘ini chayish kerak.

Bu tomoqda va og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riq kabi nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.

Nojo‘ya ta‘sirlar

Klinik tadqiqotlar ma‘lumotlari

Relvar® Ellipta® preparatini qabul qilish bilan bog‘liq noxush reaksiyalar rivojlanishi tez-tezligini aniqlash uchun O‘SOK va bronxial astmasi bo‘lgan pasientlar orasida o‘tkazilgan yirik klinik tadqiqotlar ma‘lumotlaridan foydalanilgan. Bronxial astmani davolash uchun preparatning klinik tadqiqotlar dasturi umumiy 7034 nafar pasientlarni o‘z ichiga olgan, ularda noxush reaksiyalarni kompleks baholash o‘tkazilgan. O‘SOK ni davolash uchun preparatning klinik tadqiqotlar dasturi umumiy 6237 nafar pasientlarni o‘z ichiga olgan, ularda noxush reaksiyalarni kompleks baholash o‘tkazilgan.

Pnevmoniya va sinish holatlaridan tashqari O‘SOK va bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda preparatning xavfsizlik profili o‘xshash bo‘lgan. Klinik tadqiqotlar ma‘lumotlari bo‘yicha pnevmoniya va sinishlar ko‘pincha O‘SOK bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan.

Quyida sanab o‘tilgan noxush reaksiyalar a‘zolar tizimi sinfi va uchrash tez-tezligi bo‘yicha sanab o‘tilgan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha noxush reaksiyalarni tasniflash uchun quyidagi qoida ishlatilgan:

Juda tez-tez:             ≥1/10

Tez-tez:                       ≥1/100 dan ko‘p, lekin <1/10

Tez-tez emas:              ≥1/1000 dan ko‘p, lekin <1/100

Kam hollarda:           ≥1/10000 dan ko‘p, lekin <1/1000

Juda kam hollarda: <1/10000

A‘zolar tizimi sinfi Noxush reaksiya (va) Uchrash tez-tezligi
Infeksion va parazitar kasalliklar Pnevmoniya*, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, bronxit, gripp, og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq kandidozi Tez-tez
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

 

Bosh og‘rig‘i Juda tez-tez
Yurak tomonidan buzilishlar Ekstrasistoliya** Tez-tez emas
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

 

Nazofaringit

 

Orofaringeal og‘riq, sinusit, faringit, rinit, yo‘tal, disfoniya

Juda tez-tez

 

Tez-tez

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qorinda og‘riq Tez-tez
Skelet mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

 

Artralgiya, belda og‘riq, sinishlar***

 

Tez-tez
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilashlar Pireksiya Tez-tez

Alohida noxush reaksiyalar ta‘rifi

*Pnevmoniya (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang)

Avvalgi yilda kasallikni zo‘rayishi kuzatilgan O‘SOK bilan xastalangan (skriningda bronxodilatatorni qo‘llagandan keyin o‘rtacha OFV1 kutilgan ko‘rsatkichdan 45% ni tashkil qilgan, standart og‘ish (SO) – 13%) 3255 nafar pasientlar ishtirokidagi 12 oy davomiylikdagi takrorlanadigan dizaynli ikkita klinik tadqiqot o‘tkazish vaqtida davolash faqat 25 mikrogramm vilanterolni o‘zi ichiga olgan pasientlarga (3%) nisbatan flutikazon furoati (50, 100 va 200 mikrogramm)/vilanterol (25 mikrogramm) majmuasini qabul qilayotgan pasientlarda pnevmoniya rivojlanishining yuqori tez-tezligi (6-7%) aniqlangan. Gospitalizasiyani talab qiluvchi pnevmoniya flutikazon furoati/vilanterol qabul qilgan 3% pasientlarda va vilanterol qabul qilayotgan <1% pasientlarda kuzatilgan. Bu tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida pnevmoniya oqibati 9 ta o‘lim holati qayd etilgan. Ulardan yettitasi 200/25 mikrogramm flutikazon furoati/vilanterol qabul qilgan, bittasi – 100/25 mikrogramm flutikazon furoati/vilanterol qabul qilgan guruhga kirgan va bitta holat vilanterol bilan monoterapiya yakunlangandan keyin qayd etilgan.

Ko‘p markazli, randomizasiya qilingan SUMMIT (HZC113782) tadqiqotida 16568 nafar pasient 100/25 mkg flutikazon furoati/vilanterol, 100 mkg flutikazon furoati, 25 mkg vilanterol yoki plaseboni o‘rtacha 1,7 yil davomida qabul qilgan. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi O‘SOK (skriningda bronxodilatatorni qo‘llagandan keyin o‘rtacha OFV1 kutilgan ko‘rsatkichdan 60% ni tashkil qilgan, standart og‘ish (SO) – 6%) va anamnezida yoki yurak-qon tomir kasalliklarini xavfi yuqori bo‘lgan. Pnevmoniyaning noxush ko‘rinishlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Davolash vaqtidagi ko‘rinishlar Pasientlarning soni (%)

[1000 davolashyilga nisbatan ko‘rinish tez-tezligi]

FF/VI 100/25 N=4140 FF 100 N=4157 VI 25 N=4140 Plasebo N=4131
Pnevmoniya 237 (6)

[39,5]

228 (5)

[42,4]

163 (4)

[27,7]

214 (5)

[38,4]

Jiddiy pnevmoniya 140 (3)

[22,4]

146 (4)

[25,1]

104 (3)

[16,4]

127 (3)

[22,2]

Pnevmoniya sababli o‘limning tasdiqlangan holatlari 13 (<1)

[1,8]

10 (<1)

[1,5]

6 (<1)

[0,9]

9 (<1)

[1,4]

Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlar (7034 nafar) ishtirokidagi 11 klinik tadqiqotlarni kompleks tahlili 100/25 mikrogramm flutikazon furoati/vilanterol (9,6/1000 pasient-yil) bilan davolash guruhida kuzatiladigan pnevmoniyani yuzaga kelish tez-tezligi (plasebo guruhidagi pasientlarning soni kamligi yoki cheklanganligi oqibatida preparatning ekspozisiyasiga muvofiq keltirilgan) plasebo guruhidagi (8,0/1000 pasient-yil) bilan bir xil bo‘lgan. Flutikazon furoati/vilanterolning turli konsentrasiyalarini baholaganda 100/25 mikrogramm qabul qilgan guruhga nisbatan 200/25 mikrogramm (18,4/1000 pasient-yil) qabul qilgan guruhda pnevmoniyani yuzaga kelish tez-tezligi yuqori bo‘lgan. Pnevmoniyaning kam sonli holatlari pasientlarni gospitalizasiyasiga olib kelgan (preparatning dozasidan qat‘iy nazar). Flutikazon furoati/vilanterolning turli dozalarini qabul qiluvchi davolash guruhlari o‘rtasida jiddiy noxush ko‘rinishlarni yuzaga kelish tez-tezligila farqlar kuzatilmagan.

** Yurak-qon tomir ko‘rinishlari (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang)

SUMMIT tadqiqotidagi (yuqorida ta‘riflangan) yurak-qon tomir ko‘rinishlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Davolash vaqtidagi ko‘rinishlar Pasientlarning soni (%)

[1000 davolashyilga ko‘rinishlar tez-tezligi]

FF/VI 100/25 N=4140 FF 100 N=4157 VI 25 N=4140 Plasebo N=4131
Yurak-qon tomir 735 (18)

[163]

699 (17)

[157]

707 (17)

[157]

695 (17)

[164]

Juddiy yurak-qon tomir 350 (8)

[64,5]

320 (8)

[58,1]

337 (8)

[59,2]

318 (8)

[63,2]

Yurak-qon tomir patologiyalari tufayli o‘limning tasdiqlangan holatlari 82 (2)

[11,7]

80 (2)

[11,6]

90 (2)

[12,9]

86 (2)

[13,0]

***Sinishlar

O‘SOK bo‘lgan 3255 nafar pasientlar ishtirokidagi 12 oy davomiylikdagi ikkita takrorlangan klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida suyaklarni sinishini yuzaga kelish tez-tezligi umuman olganda barcha davolash guruhlarida past bo‘lgan, lekin 25 mikrogramm vilanterol bilan monoterapiya (<1%) olayotgan guruhga nisbatan flutikazon furoati/vilanterolning barcha guruhlarida (2%) biroz yuqori bo‘lgan. 25 mikrogramm vilanterol bilan monoterapiya olayotgan guruhga nisbatan flutikazon furoati/vilanterolning davolash guruhlarida qayd etilgan sinishlarning soni ko‘pligiga qaramasdan, kortikosteroidlarni qabul qilish bilan assosiasiyalangan tipik sinishlar (masalan umurtqa pog‘onasining kompression sinishi/ko‘krak va bel umurtqalarining sinishi, son va quymich kosachasini sinishlari) barcha davolash guruhlarida <1% holatlarda kuzatilgan.

SUMMIT tadqiqotidagi (yuqorida ta‘riflangan) sinish holatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Davolash vaqtidagi ko‘rinishlar Pasientlarning soni (%)

[1000 davolashyilga ko‘rinishlar tez-tezligi]

FF/VI 100/25 N=4140 FF 100 N=4157 VI 25 N=4140 Plasebo N=4131
Barcha sinishlar 82 (2)

[13,6]

66 (2)

[12,8]

74 (2)

[13,2]

69 (2)

[11,5]

Ko‘pincha IKS ni qo‘llash bilan bog‘liq sinishlar 23 (<1)

[3,4]

24 (<1)

[3,9]

17 (<1)

[2.4]

13 (<1)

[2,1]

Bronxial astmasi bo‘lgan (7034 nafar) pasientlar ishtirokidagi 11 klinik tadqiqotlarni kompleks tahlili sinishlarni yuzaga kelish tez-tezligi <1% bo‘lgan va odatda bu sinishlar jarohatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Postregistrasion qo‘llaganda olingan ma‘lumotlar

A‘zolar tizimi sinfi Noxush reaksiyalar (va) Uchrash tez-tezligi
Immun tizimi tomonidan buzilishlar O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaksiya, angionevrotik shish, toshma va eshakemi Kam hollarda
Ruhiyatni buzilishi Xavotirlik Kam hollarda
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tremor Kam hollarda
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Yurak urishini his qilish, taxikardiya Kam hollarda
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Mushak spazmlari Tez-tez
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Paradoksal bronxospazm Kam hollarda

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezida sut oqsiliga allergik reaksiya yoki flutikazon furoati, vilanterol yoki preparatning tarkibiga kiruvchi biron-bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda Relvar® Ellipta® preparatini qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni terapevtik dozalarda buyurilganda, ingalyasion yuborilganda flutikazon furoati yoki vilanterolning plamzadagi konsentrasiyalarini pastli tufayli, ularning klinik ahamiyatli dorilarning o‘zaro ta‘siri ehtimoli kam.

Beta-blokatorlar bilan o‘zaro ta‘siri

Beta-adrenoblokatorlar beta2-adrenomimetiklarning ta‘sirini susaytirishi yoki antagonisti sifatida ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Juda zarur holatlardan tashqari noselektiv va selektiv beta-blokatorlarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish kerak.

Sitoxrom CYP3A4 izofermentining ingibitorlari bilan o‘zaro ta‘siri

Flutikazon furoati va vilanterol sitoxrom CYP3A4 tizimi izofermenti yordamida jigarda tez birlamchi metabolizmga uchraydi.

Preparatni sitoxrom CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan ketokonazol, ritonavir) bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu flutikazon furoatining ham, vilanterolning ham tizimli ta‘sirini kuchaytiradi, bu o‘z navbatida noxush reaksiyalar rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang).

R-glikoprotein ingibitorlari bilan o‘zaro ta‘siri

Flutikazon furoati va vilanterol R-glikoprotein (P-gr) substrati bo‘lib hisoblangan. Vilanterol va P-gr kuchli ingibitori va sitoxrom CYP3A4 izofermentining o‘rtacha ingibitori – verapamil bilan bir vaqtda buyurilgan sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi klinik-farmakologik tadqiqot natijalari bo‘yicha vilanterolning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir aniqlanmagan. P-gr spesifik ingibitori va flutikazon furoatini birga qo‘llashdagi klinik-farmakologik tadqiqot o‘tkazilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Zo‘rayish

Bronxial astmaning o‘tkir simptomlarini yoki O‘SOK simptomlarini zo‘rayishini bartaraf etish uchun Relvar® Ellipta® preparatini qo‘llash mumkin emas, bunday hollarda qisqa ta‘sirli bronxodilatatorlarni buyurish talab etiladi. Zo‘rayishni bartaraf etish maqsadida qisqa ta‘sirli bronxodilatatorlarni qo‘llash tez-tezligini oshishi kasallikni nazorat qilish yomonlashishi va shifokor maslahati zarurligidan dalolat beradi.

Bronxial astmasi yoki O‘SOK bo‘lgan pasientlarda Relvar® Ellipta® preparati bilan davolashni shifokor kuzatuvisiz to‘xtatish mumkin emas, chunki preparat bilan davolashni to‘xtatish kasallikni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.

Relvar® Ellipta® preparati bilan davolash fonida bronxial astmani kechishi yoki O‘SOK ni zo‘rayishi bilan bog‘liq noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin. Pasientlarni davolashni davom ettirish haqida ishontirish kerak. Kasallikni ustidan nazorat yo‘qligida yoki Relvar® Ellipta® preparati bilan davolash boshlanganidan keyin holatni yomonlashishi kuzilsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Paradoksal bronxospazm

Ingalyasion davolashning boshqa turlarida bo‘lgani kabi, preparatni qabul qilgandan keyin hushtaksimon xirillashlarni tez kuchayishi bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda qisqa ta‘sirli ingalyasion bronxodilatatorni shoshilinch buyurish va Relvar® Ellipta® preparati darhol bekor qilish kerak. Pasient shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tishi kerak va zarurati bo‘lganida muqobil davolash buyurilishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Simpatomimetiklarni, shu jumladan Relvar® Ellipta® preparatini qabul qilganda yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak aritmiyalari, masalan qorinchalar usti taxikardiya va ekstrasistoliya kabi noxush reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Plasebo-nazoratli tadqiqotlarda anamnezida yoki yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir ko‘rinishlari, jiddiy yurak-qon tomir ko‘rinishlari xavfinini oshishi yoki yurak-qon tomir patologiyasi tufayli o‘limning tasdiqlangan holatlari plaseboga nisbatan flutikazon furoati/vilanterol qabul qilgan pasientlarda yuqori bo‘lgan (Nojo‘ya ta‘siri bo‘limiga qarang). Lekin og‘ir shakldagi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Relvar® Ellipta® preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

O‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 100/25 mkg dozani buyurish kerak. Pasientlarni kortikosteroidlar chaqirgan tizimli noxush reaksiyalar mavjudligi yuzasidan muntazam ko‘rikdan o‘tkazish kerak (Qo‘llash usuli va dozalari, Farmakokinetikasi bo‘limlariga qarang).

Kortikosteroidlarni qabul qilish chaqirgan tizimli reaksiyalar

Ingalyasion kortikosteroidlarni qo‘llaganda, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. kortikosteroidlarni peroral qabul qilganga nisbatan bunday nojo‘ya samaralar kamroq rivojlanadi. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush tizimli ta‘sirlarga quyidagilar kiradi: gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi funksiyasini susayishi, suyaklarning mineral zichligini pasayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sish tezligini pasayishi, katarakta va glaukoma.

Tarkibiga kortikosteroidlar kiruvchi boshqa dori vositalari kabi Relvar® Ellipta® preparatini o‘pka tuberkulyozi yoki surunkali yoki davolanmagan infeksion kasalliklari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Pnevmoniya

Relvar® Ellipta® preparatini qabul qilayotgan O‘SOK bo‘lgan pasientlarda pnevmoniya rivojlanishi tez-tezligini, shuningdek pasientning gospitalizasiyasini talab etuvchi pnevmoniyaning og‘ir shakllarini yuzaga kelishi tez-tezligini oshishi kuzatilgan. Ayrim hollarda pnevmoniyaning klinik epizodlari o‘limga olib kelgan (Nojo‘ya reaksiyalari bo‘limiga qarang). Shuning uchun shifokor bu infeksiyaning klinik belgilari O‘SOK ni zo‘rayish simptomlari bilan mos kelishini unutmasdan O‘SOK bo‘lgan pasientlarda pnevmoniya rivojlanishi mumkinligi yuzasidan hushyor bo‘lishi kerak. O‘SOK fonida va Relvar® Ellipta® preparatini qabul qilish fonida pnevmoniya rivojlanishining eng yuqori xavfi quyidagi pasientlar guruhida kuzatiladi: chekuvchi pasientlar, avval pnevmoniya o‘tkazgan pasientlar, tana vazni indeksi <25 kg/m2 bo‘lgan pasientlar va jadal nafas chiqarishni kutilgan xajmi (OFV1)<50% bo‘lgan pasientlar. Relvar® Ellipta® preparati bilan davolash buyurilganda yuqoridagi omillarni e‘tiborga olish va pnevmoniya yuzaga kelganda davolashni takroran ko‘rib chiqish kerak.

Bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda pnevmoniya yuzaga kelishi tez-tezligi past bo‘lgan. 200/25 mikrogramm dozada Relvar® Ellipta® preparatini qabul qilgan bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda ehtimol, Relvar® Ellipta® preparatining pastroq dozasini (100/25 mikrogramm) yoki plasebo qabul qilgan pasientlarga nisbatan pnevmoniyani rivojlanishi xavfi yuqoriroq bo‘lgan. Xavf omillari aniqlanmagan.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Fertillik

Odam fertilligiga ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda vilanterol va flutikazon furoatini fertillikka ta‘siri kuzatilmagan.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida preparatning ekspozisiyasi cheklangan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda beta2-agonistlar va kortikosteroidlarni qo‘llaganda reproduktiv toksiklik aniqlangan.

Homilador ayollarda Relvar® Ellipta® preparatini faqat agar ona uchun potensial foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Laktasiya davri

Flutikazon furoati yoki vilanterol yoki ularning metabolitlarini odam ko‘krak sutiga kirishi haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Lekin boshqa kortikosteroid preparatlar va beta2-agonistlar ko‘krak sutida aniqlanadi. Preparatni ko‘krak suti bilan yangi tug‘ilgan chaqaloq/bola organizmiga tushishi xavfini inkor etib bo‘lmaydi.

Ona uchun davolashdan va bola uchun emizishdan foyda nisbatini e‘tiborga olib, preparatni bekor qilish yoki emizishni to‘xtatish haqidagi masalani hal qilish kerak.

Fikr qilishni, harakat yoki kognitiv ko‘nikmalarni ishlatishni talab etuvchi vazifalarni bajarish qobiliyatiga ta‘siri

Relvar® Ellipta® preparatining avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Flutikazon furoati yoki vilanterolning farmakologiyasidan kelib chiqib, preparatning bu faoliyat turlariga noxush ta‘siri kutilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari va belgilari

Klinik tadqiqotlar o‘tkazilganda Relvar® Ellipta® preparatining dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar olinmagan.

Relvar® Ellipta® preparatining dozasini oshirib yuborilishi preparatning alohida komponentlarining ta‘siri bilan bog‘liq simptomlarni, shu jumladan beta2-agonistlar va ingalyasion kortikosteroidlar dozasini oshirib yuborganda kuzatiladigan ma‘lum ko‘rinishlar rivojlanishini chaqirishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).

Davolash

Relvar® Ellipta® preparatining dozasini oshirib yuborilishini spesifik davosi yo‘q. Doza oshirib yuborilishi rivojlanganda simptomatik davolash buyuriladi va zarurati bo‘lganida bemorni tegishli kuzatish ta‘minlanadi.

Kardioselektiv beta-adrenoblokatorlarni qo‘llashni faqat klinik jihatdan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga berilmaslik bilan namoyon bo‘luvchi vilanterolning dozasi oshirib yuborilishining samaralari kuchli yaqqollikda bo‘lganida ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida bronxospazm epizodlari kuzatilgan pasientlarga kardioselektiv beta-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Doza oshirib yuborilgan bemorlarni parvarish qilish klinik asoslangan bo‘lishi va Milliy toksikologiya markazining tavsiyalariga (agar mavjud bo‘lsa) mos kelishi kerak.

Chiqarilish shakli

Ingalyasiya uchun dozalangan kukun, 100/25 mkg, 200/25 mkg.

30 dozadan och-kulrang rangli korpusli, och-pushti rangli qopqoqli mundshtuk va doza hisoblagichli plastik ingalyator. Ingalyator ikkita alyumin strip saqlaydi, ularning har biri oq rangli kukun saqlovchi 30 uyalar saqlaydi. Ingalyator namyutgichli paketcha saqlovchi alyumin folgali ko‘p qavatli konteynerga joylangan. Konteyner yengil ochiluvchan folga bilan berkitilgan.

1 konteynerdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sovutgichda saqlaganda qo‘llashdan kamida bir soat oldin ingalyatorni hona haroratida isitish kerak.

Yaroqlilik muddati

24 oy.

O‘ram ochilgandan keyin preparat maksimum 6 xaftagacha saqlanishi mumkin.

Yorliqning maxsus ajratilgan joyiga ingalyatorni utilizasiya qilish sanasini yozib qo‘ying. Ingalyator konteynerdan olingan zahotiyoq sanani yozib qo‘yish kerak.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 dori vositasi «Глаксо Оперэйшенс Великобритания Лимитед» tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RELVAR ELLIPTA poroshok dlya ingalyasiy 22 mkg+92 mkg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANORO ELLIPTA poroshok 22mkg+55mkg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9