×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Магния карбонат, Кальция карбонат
Qadoqda soni:
- 48
Ishlab chiqaruvchi:
- Делфарм Гайярд
ATX kodi:
- A02AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 700 s`om dan
OMES kapsulalar 20mg N30 Combitic Global Caplet Pvt. Ltd. Hindiston
9 000 s`om dan
OMEZANDRA poroshok 40mg Naprod Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
59 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 25mg N50 Технолог, ЧАО Ukraina
11 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

 

RYeNNI® (RENNIE®)

Ilova-varaqa (pasientlar uchun)

 

Xalqaro patentlanmagan nomi

Yo‘q.

Savdo nomi

Renni.

Dori shakli

Apelsin ta‘mli chaynaladigan tabletkalar.

Ta‘rifi

Oq yoki sarg‘ish-oq rangli, botiq yuzali, ikki tomonida “RENNIE” gravirovkasi bo‘lgan, apelsin hidli kvadrat tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi

Antasid vositalarning boshqa majmualari. ATS kodi: A02AX

Tarkibi

Ta‘sir etuvchi moddalar:

kalsiy karbonati                          680 mg;

og‘ir magniy karbonati asosi        80 mg.

Yordamchi moddalar: saxaroza, qayta jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali, talk (Ye553b), magniy stearati (Ye572), yengil suyuq parafin, natriy saxarin (Ye954), apelsin aromatizatori.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Dori vositasi antasid moddalar – kalsiy karbonati va magniy karbonatini saqlaydi. Ta‘sir etish prinsipi mahalliy, tizimli qon oqimiga ta‘sir etuvchi moddalarni o‘tishiga bog‘liq emas. Kalsiy karbonati neytralizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ushbu samara, shuningdek neytrallovchi ta‘siriga ega bo‘lgan magniy karbonatni qo‘shilishi bilan kuchayadi.

Farmakokinetika

Rennini me‘da shirasi bilan o‘zaro ta‘siri natijasida me‘dada kaliy va magniyning eruvchan tuzlari hosil bo‘ladi.

Bu birikmalardan kalsiy va magniyni so‘rilish darajasi preparatning dozasiga va individual xususiyatiga bog‘liq. Maksimal so‘rilish darajasi – kalsiyni 10% va magniyni 15-20%. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kalsiy va magniyning ozgina qismi buyrak orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati buzilganda kalsiy va magniyning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin. Ichakda eruvchan tuzlardan erimaydigan birikmalar hosil bo‘ladi, ular ahlat bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Jig‘ildon qaynashi va kislotali reflyuksda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: bir martalik doza 1-2 tabletka, og‘riqlarda kuniga 4 tabletkadan 8 tabletkagacha. Tabletkalarni chaynash yoki to‘liq so‘rilib ketgunicha og‘izda tutib turish mumkin.

Kuchli og‘riqlarda doza qisqa vaqtga kuniga 12 tabletkagacha oshirilishi mumkin.

Dori vositasini qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda allergik reaksiyalar – toshma, eshakemi, Kvinke shishi va anafilaksiya.

Me‘da ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da faoliyatini buzilishi va ich ketishi.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipermagniemiya, giperkalsiemiya va alkaloz reaksiyalari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu me‘da ichak yo‘llari tomonidan simptomlarni paydo bo‘lishini (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) va mushak kuchsizligini qo‘zg‘atishi mumkin.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mushak kuchsizligi.

Nerv tizimi tomonidan: ta‘m bilishni yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: azotemiya.

Sut kislotali-ishqoriy sindromi bilan bog‘liq, nojo‘ya reaksiyalar: asteniya va kalsinoz.

Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Nefrokalsinoz, og‘ir jigar yetishmovchiligi, giperkalsiemiya, giperkalsiuriya, gipofosfatemiya; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza yoki saxaroza- izomaltoza yetishmovchiligi bilan bog‘liq nasliy kasalliklar; preparat ingredientlariga yuqori sezuvchanlik, miasteniya, ichak tutilishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Asosan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, buyrak yetishmovchiligiga, gipermagniemiya, giperkalsiemiya va alkalozga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishining og‘ir hollarida (masalan, sut kislotali-ishqoriy sindromi) shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki suv balansini tiklash uchun qo‘shimcha choralar talab qilinishi mumkin.

Davolash simptomatik.

 

Ehtiyotkorlik choralari

Bir yoki undan ortiq quyidagi simptomlar paydo bo‘lganida pasientlar shifokorga murojaat qilishlari kerak: vaznni kamayishi; yutishni qiyinlashishi yoki me‘da soxasida muntazam diskomfort; birinchi marta paydo bo‘lgan yoki o‘zgargan ovqat hazm bo‘lishini buzilishi; buyrak kasalliklari (ushbu ma‘lumot zardobdagi kalsiyni darajasini monitoringini o‘tkazish uchun zarur).

Saxaroza borligi tufayli, preparat fruktozani o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi, saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.

Agar preparatni qabul qilgan vaqtda simptomlar saqlansa yoki pasientning holati yomonlashsa, tekshiruvni o‘tkazish va davolashni buyurish uchun shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Nojo‘ya samaralar ko‘proq tiazid diuretiklar bilan qo‘llaganda yoki sut va sut mahsulotlarini ko‘p miqdorda qabul qiladigan pasientlarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llaganda kuzatilgan.

Kuniga 4 tabletkadan 8 tabletkagacha qabul qilgan hollarda davolash davomiyligini maksimal cheklash kerak, simptomlar yo‘qolgandan keyin dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatmalar: 1 tabletka 475 mg saxaroza saqlaydi.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Antasidlar boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishishi mumkin.

Bir vaqtda qabul qilinganda, ichga qabul qilinadigan dori vositalarini MIY da so‘rilishi pasayadi. Ehtiyotkorlik choralari sifatida antasidlarni boshqa dori vositalardan alohida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Rennini boshqa dori vositalari – antigistamin N2; atenolol, metoprolol, propranolol; xloroxin; siklinlar; diflunizal; digoksin; difosfonatlar; feksofenadin; temir (tuzlar); ftorxinolonlar; natriy ftorid; glyukokortikoidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta‘riflangan); indometasin; kayeksalat; ketokonazol; fenotiazin qatori neyroleptiklar; penisillamin; fosfatlar; tiroksindan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Tiazid diuretiklar bilan birga qabul qilinganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Siydikni ishqorlanishi hisobiga salisilatlarni buyrak ekskresiyasi oshadi.

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish hollarida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Hayvonlardagi teratogenez xaqidagi aniq ma‘lumotlar mavjud emas. Yuqori dozalarda buyurilganda va kalsiy karbonatini uzoq vaqt yuborilganda ossifikasiya ko‘rinishidagi anomaliyalarni rivojlanishi aniqlangan. Tavsiya etilgan dozalarda odamlarga buyurilganda rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lishi yoki embriotoksik samaralar haqida ma‘lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramay, ushbu xavfni kutilishini istisno qilish uchun dori vositasini homilador ayollarni qabul qilishi hollari haqida ma‘lumotlar yetarlicha emas. Shuning uchun preparatni ayollarga homiladorlik vaqtida buyurilishi faqat mutloq zarur bo‘lgan xollardagina ko‘rib chiqiladi.

Dori vositasini homilador ayollarga buyurilganda, magniy tuzlari diareya chaqirishi mumkinligini, kalsiy tuzlarini yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilinganda ichki a‘zolar kalsinozi, shu jumladan buyrak kalsinozi bilan kechuvchi giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi mavjud.

Emizish davrida Rennini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilingan shartlardagina buyurish mumkin. Qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

12 tabletkadan perforasiyali blisterda (PVX/Al).

2 blisterdan ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 dori vositasi Делфарм Гайярд tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RENNI BEZ SAXARA chaynaladigan tabletkalar so vkusom myati N48 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Магния карбонат, Кальция карбонат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 39 700 so'mdan Batafsil
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Магния карбонат, Кальция карбонат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 41 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9