×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Витамины,ПАО
ATX kodi:
- A11CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

64 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
111 328 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
VITAKOM V KOMPLEKS inyeksiya uchun eritma 3ml N5 GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
37 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RETINOL

RETINOLUM

Preparatning savdo nomi: Retinol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): retinol

Dori shakli: kapsulalar

Bir kapsulaning tarkibi:

Retinol palmitati (A vitamini) ning yog‘dagi 55% li eritmasi      0,1 ml

Tozalangan makkajo‘xori moyi                                                                 0,2 g gacha

Kapsulaning qobig‘i:

Jelatin                                                                                                      0,02230 g

Gliserin (gliserol)                                                                                 0,00720 g

Nipagin                                                                                                      0,00001 g

Suv                                                                                                               0,00049 g

Ta‘rifi: sferik shaklga ega, och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi-och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan yog‘simon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

ATX kodi: A11SA01

Farmakologik xususiyatlari

A vitamini umumiy quvvatlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, to‘qimalar almashinuvini normallashtiradi; oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida (ko‘p miqdordagi to‘yinmagan bog‘lari tufayli) mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar sintezida, minerallar almashinuvida, xolesterinni hosil bo‘lish jarayonlarida qatnashadi. Lipaza va tripsinni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, mielopoezni, hujayralarning bo‘linish jarayonlarini kuchaytiradi. Ko‘z yoshi, yog‘ va ter bezlarining faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; shilliq qavatlar, nafas yo‘llari va ichakni kasalliklarga bo‘lgan chidamliligini oshiradi; organizmning infeksiyaga chidamliligini oshiradi. Terining epitelial hujayralarining bo‘linishini kuchaytiradi, hujayra populyasiyasini yoshartiradi, keratinizasiya jarayonlarini tormozlaydi, glyukozaminoglikanlarning sintezini kuchaytiradi, immunokompetent hujayralarni o‘zaro va epidermis hujayralari bilan o‘zaro ta‘sirini faollashtiradi. Terining regenerasiyasini rag‘batlantiradi, fotoresepsiya jarayonlarida qatnashadi (odamni qorong‘ulikka moslashishiga yordam beradi). Mahalliy ta‘siri epiteliy hujayralarining yuzasida spesifik retinolni bog‘lovchi reseptorlarning borligi bilan bog‘liq.

 

Qo‘llanilishi

A gipovitaminozi, avitaminozi.

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:

  • infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (qizamiq, dizenteriya, gripp, traxeitlar, bronxitlar va hokazolarni),
  • terini shikastlanishlari va kasalliklari (sovuq urishi, kuyishlar, jarohatlar, eroziyalar, yaralar, yoriqlar, ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermatit, ekzemaning ayrim turlari, teri tuberkulyozi),
  • ko‘z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyasiya, qovoqlarni ekzematoz shikastlanishlari),
  • me‘da-ichak kasalliklari (eroziv gastroduodenit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi),
  • jigar sirrozida.

O‘t va siydik chiqarish yo‘llarida toshlarini hosil bo‘lishini oldini olish uchun ham buyuriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni qo‘llash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim. Preparat ichga, ovqatdan so‘ng ertalab yoki kechqurun qabul qilinadi.

Yengil va o‘rtacha darajadagi avitaminozda kattalar uchun davolovchi dozalari sutkada 33000 XB gachani tashkil etadi.

Ko‘z kasalliklarida kattalarga – sutkada – 50000-100000 XB va 0,02 g riboflavin bir vaqtda buyuriladi.

Teri kasalliklarida kattalarga sutkada 50000-100000 XB retinol palmitati buyuriladi.

Kattalar uchun sutkalik doza 100000 XB dan oshmasligi lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

A vitaminini har kuni uzoq muddat (bolalar tomonidan – 100000 XB, kattalar tomonidan – 200000 XB) qabul qilish intoksikasiyani, A gipervitaminozini chaqirishi mumkin. Kattalarda A gipervitaminozining simptomlari – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, lanjlik. yuzning giperemiyasi, ko‘ngil aynishi, qusish, oyoqlarning suyaklarida og‘riq, yurishni buzilishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t-tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Nefritda, II va III darajali yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tetrasiklinlar bilan uzoq muddat davolash vaqtida A vitaminini buyurish tavsiya etilmaydi (bosh miya ichki gipertenziyasini rivojlanish xavfi oshadi).

Salisilatlar va glyukokortikosteroidlar nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘tkir va surunkali nefritda, yurak faoliyatining dekompensasiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa polivitamin majmualari bir vaqtda qo‘llanmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar. 25 kapsuladan to‘q shisha yoki polimer bankalarda. 10 ta kapsuladan kontur uyali o‘ramda. Har bir banka yoki 1, 2, 3, 4, 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 18-20°S haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 dori vositasi Витамины,ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RETINOLA ASETAT eritma 10ml 34,4 mg/ml (100000 ME) N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ERGOKALSIFEROL eritma 10ml 1,25mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Витамины,ПАО
Другие формы препарата
RETINOLA ASETAT kapsulalar 33000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
RETINOLA ASETAT kapsulalar 33000me N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Марбиофарм, ОАО
RETINOL kapsulalar 100000 ME N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9