Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MIDAKS
MIDAX
Preparatning savdo nomi: Midaks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tropikamid
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: tropikamid 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy edetati, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Midriatiklar va sikloplegiklar. Antixolinergiklar.
ATX kodi: S01FA06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Midaks – antixolinergik vosita bo‘lib, rangdor parda sfinkteridagi mushak va kipriksimon mushakni xolinergik rag‘batlantirishga nisbatan javob reaksiyasini bloklab, qorachiqni kengayishi (midriaz) ni chaqiradi. 1% konsentrasiyadagi tropikamid akkomodasiya falajini chaqiradi. Ta‘siri tez boshlanadi va nisbatan qisqaroq davom etadi.
Farmakokinetikasi
Ko‘z kon‘yunktivasiga mahalliy qo‘llanadigan tropikamid to‘qimalar bilan atropin kabi bog‘lanmaydi. Karbaxolga nisbatan javob reaksiyasini yarim tiklanish davri pigmentlanmagan rangdor parda uchun 15 minutdan kam muddatni va pigmentlangan rangdor parda uchun 30 minutni tashkil etishi namoyish etilgan.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Fundoskopiya: 0,5% li eritma kon‘yunktivaga 1-2 tomchidan tekshirishdan 15-20 minut oldin tomiziladi.
Siploplegik refraksiya: 1% li eritma kon‘yunktivaga 1-2 tomchidan 5 minutlik interval bilan tomiziladi. Samarasini uzaytirishi zarurati bo‘lganida 20-30 minutdan keyin preparat yana bir tomchidan qo‘shimcha tomiziladi.
Bolalarda qo‘llanishi
Tropikamid bolalarda yetarli darajada sikloplegik ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin, shu sababli atropin kabi yanada kuchliroq sikloplegik vosita talab etilishi mumkin.
Bolalarga, shu jumladan emizikli bolalarga tropikamid faqat 0,5% li eritma ko‘rinishida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tropikamid qo‘llanganidan so‘ng quyidagi nxush reaksiyalar qayd etilgan. Ko‘rsatilgan reaksiyalarni uchrash tezligi mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholanishi mumkin emas.
Nerv tizimi tomonidan: ba‘zan – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: ko‘rishni xiralashishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zlarda og‘riq, ko‘zni ta‘sirlanishi, ko‘z giperemiyasi.
Qon-tomirlar tomonidan: gipotenziya, xushdan ketish.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: toshma.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: preparatning samarasini uzayishi (midriaz).
Sikloplegiklar ko‘z ichki bosimini oshirishi va moyilligi bo‘lgan pasientlarda yopiq burchakli glaukomani chaqirishi mumkin.
Antixolinergik preparatlar qo‘llanganida ayniqsa bolalarda psixotik reaksiyalar, xulq-atvor buzilishlari va yurak-o‘pka kollapsini rivojlanganligi haqida xabarlar berilgan.
Go‘daklarda qorin dam bo‘lishi mumkin.
Antixolinergik preparatlarning boshqa toksik ko‘rinishlari terini qizarishi va qurishi, og‘izni qurishi, shilliq qavatlarni qurishi, bradikardiya keyinchalik yurak urishini his etish va aritmiya bilan kechuvchi taxikardiya, ter bezlari sekresiyasini pasayishi, me‘da-ichak yo‘llarining harakatini pasayishi va qabziyat, qusish, siyishga qistovlar, chayqalib yurish, nazal, bronxial va ko‘z yoshi bezlari sekresiyasini pasayishidan iborat bo‘lishi mumkin.
Ko‘z ichki bosimini oshishi, qorachiqlarni kengayishiga nisbatan ikkilamchi bo‘lgan yorug‘likka sezuvchanlik va o‘tkinchi achishish bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llash mahalliy ta‘sirlanish, giperemiya, shish va kon‘yunktivitga olib kelishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaksiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaksiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadi. Pasientda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaksiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ko‘rsatilmagan yangi noxush reaksiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabardor qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antixolinergik preparatlarning samarasi antixolinergik hususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa preparatlar, masalan amantadin, ayrim antigistamin vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin va trisiklik antidepressantlar bilan yondosh qo‘llanganida kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ayrim pasientlarda, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda tashxis qo‘yilmagan glaukoma bo‘lishi mumkin. Midaks ko‘z tomchilarini qo‘llashdan oldin glaukomani aniqlash maqsadida bunday pasientlarni tekshirish (ko‘z ichki bosimini o‘lchash, oldingi kameraning chuqurligini baholash) kerak, chunki tropikamid ko‘z ichki bosimini oshirishi mumkin.
Antixolinergik preparatlarga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan pasientlarda tropikamid tomonidan induksiya qilingan psixotik reaksiyalar va xulq-atvor buzilishlari rivojlanishi mumkin.
Belladonna alkaloidiga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan pasientlar va bolalarni davolashda Midaks preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tizimli zaharlanishni rivojlanish havfi oshadi.
Ko‘zning yallig‘lanish kasalliklarida Midaks preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki giperemiyada preparatni kon‘yunktiva orqali tizimli so‘rilish tezligi oshadi. Tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun preparat instillyasiya qilinganidan so‘ng 2 minut davomida ko‘z yoshi qopchasi sohasini barmoq bilan yengil bosish tavsiya etiladi.
Benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va instillyasiya qilingandan so‘ng kamida 15 minutdan keyin yana o‘rnatish mumkin.
Bir qancha oftalmologik preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida ularni tomizishlar o‘rtasidagi kamida 5 minutlik intervalga rioya qilish kerak, ko‘z surtmasini oxirgi navbatda qo‘llash kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
Tropikamid markaziy nerv tizimi tomonidan, go‘daklar va bolalarning hayotiga havf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buzilishlarni chaqirishi mumkin.
Tizimli zaharlanish havfi yuqori bo‘lganligi sababli, go‘daklar, chala tug‘ilgan chaqaloqlar yoki rivojlanishdan orqada qolgan bolalar, shuningdek Daun sindromi bilan xastalangan bolalar, spastik falaj va bosh miyani shikastlanishi bo‘lgan bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat ichga qabul qilinganida preparatning potensial toksik ta‘siri xaqida ota-onalarni ogohlantirish va preparat har safar instillyasiya qilinganidan so‘ng o‘zingizni qo‘lingizni va bolaning qo‘llarini yuvish kerakligini tavsiya etish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparatning havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yetarli emas. Homiladorlik vaqtida preparatni buyurishga maqsadga muvofiqligini shifokor belgilaydi.
Laktasiya
Emadigan bola uchun havfni istisno qilish mumkin emas, chunki tropikamid yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Emizishni to‘xtatishga qaror qilinganida yoki tropikamid bilan davolash bekor qilinganida bola uchun emizishdan kutiladigan foyda va ona uchun davolashdan kutiladigan foydani e‘tiborga olish kerak.
Fertillik
Tropikamidni erkaklar va ayollarning fertilligiga ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Pediatriyada kullanishi
Bolalarga, shu jumladan emizikli bolalarga tropikamid faqat 0,5% li eritma ko‘rinishida qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Tropikamidni qo‘llash uyquchanlik, ko‘rishni xiralashishi va yorug‘likka sezuvchanlikni chaqirishi mumkin, shuning uchun diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak. Preparatning ta‘siri oqibatlarini to‘liq tiklanishi uchun 6 soatgacha bo‘lgan muddat talab etilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat instillyasiya ko‘rinishida qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi rivojlanganida preparatning ortiqcha miqdori iliq suv bilan yuvib tashlanishi mumkin.
Tizimli zaharlanishning tipik simptomlari bo‘lib terini qizarishi va qurishi (bolalarda toshma bo‘lishi mumkin), isitma, go‘daklarda qorinni dam bo‘lishi, ko‘rishni xiralashishi, tezlashgan nomuntazam puls, gallyusinasiyalar, tirishishlar, nerv-mushak koordinasiyasini yo‘qolishi hisoblanadi.
Davolash simptomatik va samarani tutib turuvchi bo‘ladi. Kichik yoshdagi bolalarda teri qoplamlari yuzasini namlab turish kerak. Preparat bexosdan ichga qabul qilinganida qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish kerak.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya halqasi bilan jihozlangan buraluvchi himoya qalpoqchali plastik flakonda.
Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.