×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REYTOIL kapsulalar N20

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Misr
Faol modda:
рыбий жир
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Limited, Великобритания произведено: Sedico Pharmaceutical Co
ATX kodi:
- C10AX06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 142 ta dorixonasida topildi

ico 40 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 78 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 64 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TROKSERUTIN gel 40g 2% Зеленая дубрава, ЗАО Rossiya
15 000 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 15mg N30 Krka d.d. Sloveniya
50 000 s`om dan
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
REYTOIL kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REYTOIL

REYTOIL

Preparatning savdo nomi: Reytoil

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): baliq yog‘i, yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy.

Dori shakli: yumshoq jelatin kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

baliq yog‘i (YeRA/DHA 30%)                                    – 1000 mg;

yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy                      – 100 mg;

yordamchi moddalar: jelatin, anidrisorb, gliserin 85%, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tarkibida baliq hidili tiniq sariq moy saqlovchi uzunchoq, tiniq sariq rangli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita.

ATX kodi: S10AX06.

Farmakologik xususiyatlari

Reytoil preparatining farmakologik ta‘siri omega-3 oilasiga mansub bo‘lgan yarim to‘yingan yog‘ kislotalarini (eykozapentaen YeRA va dokzageksaen DHA) Ye vitaminining tabiiy manbai bilan majmuasiga bog‘liq.

Preparat immunitetni rag‘batlantiruvchi, antigipertenziv, antiaterosklerotik, yallig‘lanishga qarshi va psoriazga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Gipolipidemik samarasini asosida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning strukturasini normallashishi, xujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishi va membrana reseptorlarining funksional faolligini oshishi yotadi, bu lipoproteidlarni fermentlar bilan lipid-xujayra o‘zaro ta‘sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi.

Preparatning antiagregant ta‘siri uning ta‘siri ostida xujayralarning membranalaridagi lipidlar, shu jumladan eritrositlarning membranalaridagi lipidlar tarkibini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentaen kislotasining darajasini oshishi bilan xarakterlanadi. Buning oqibatida tromboksan A2 va trombositlar agregasiyasini kuchaytiruvchi boshqa ikki to‘yinmagan eykozanoidlar (araxidon kislotasining derivatlari) sintezini pasayishi va eykozapentaen kislotasidan tromboksan A3 ni va boshqa proagregant samaraga ega bo‘lmagan uch to‘yinmagan eykozanoidlar sintezini kuchayishi rivojlanadi.

Kislotalarning ushbu kompleksi almashinuv jarayonlarini me‘yorlashtiradi, qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi, qonning reologik xususiyatlarini va bosh miyada moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy Ye vitaminining manbai bo‘lib, bu preparatning antioksidant xususiyatlarini namoyon qiladi, to‘qima nafasi va to‘qimalar metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, to‘qima va xujayralarni, erkin radikallarning haddan tashqari ko‘p miqdori va lipidlarning perekisli oksidlanish mahsulotlarini shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • ortiqcha tana vazni, qandli diabet, gipertenziya va arterioskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan gipertrigliseridemiya;
  • dislipidemiya (lipidlar almashinuvini buzilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olish;
  • yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish;
  • kelib chiqishi turlicha bo‘lgan artrozo-artritlar;
  • autoimmun kasalliklar: tarqoq skleroz, tizimli sklerodermiya, revmatoidli artrit;
  • suyaklarni kasalliklari: sinishlar, osteomielit, osteoporoz va boshqalar;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
  • xavfli o‘smalarni oldini olish;
  • qandli diabet va uning asoratlarini oldini olish;
  • nerv tizimi kasalliklari: xotirani buzilishi, Alsgeymer kasalligi, parishonxotirlik;
  • teri kasalliklari: psoriaz, ekzema, neyrodermatit va boshqalar, trofik yaralar;
  • ona va homila sog‘lig‘ini tutib turish uchun (muddatidan oldingi tug‘ruqlar, homila tug‘ilganida tana vaznini kichik bo‘lishi) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Reytoil ichga, kunning birinchi yarmida ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin chaynamasdan, suv bilan birga 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Qayta davolash kurslari shifokorning tavsiya bo‘yicha buyurilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

A vitamini, askorbin kislotasi, tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari preparatning ta‘sirini kuchaytiradi.

Reynoil preparatini fibratlar (klofibrat, siprofibrat, fenofibrat, etofibrat, gemfibrozil) bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Reytoil preparatini qabul qilish vaqtida tarkibida Ye vitaminini saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Homiladorlik va laktasiya davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Reytoil avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: epigastral sohada og‘riq, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, diareya).

Davolash: simptomatik. Preparatni bekor qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar.

10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REYTOIL kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REYTOIL kapsulalar N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REYTOIL kapsulalar N20 dori vositasi World Medicine Limited, Великобритания произведено: Sedico Pharmaceutical Co tomonidan Misr mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REYTOIL kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REYTOIL kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BAKTAMED poroshok 1000mg/500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: Sedico Pharmaceutical Co
  • Vakil:
BAKTAMED poroshok 500mg/250mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: Sedico Pharmaceutical Co
  • Vakil:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9