REYTOIL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REYTOIL
REYTOIL
Preparatning savdo nomi: Reytoil
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): baliq yog‘i, yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy.
Dori shakli: yumshoq jelatin kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
baliq yog‘i (YeRA/DHA 30%) – 1000 mg;
yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy – 100 mg;
yordamchi moddalar: jelatin, anidrisorb, gliserin 85%, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tarkibida baliq hidili tiniq sariq moy saqlovchi uzunchoq, tiniq sariq rangli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita.
ATX kodi: S10AX06.
Farmakologik xususiyatlari
Reytoil preparatining farmakologik ta‘siri omega-3 oilasiga mansub bo‘lgan yarim to‘yingan yog‘ kislotalarini (eykozapentaen YeRA va dokzageksaen DHA) Ye vitaminining tabiiy manbai bilan majmuasiga bog‘liq.
Preparat immunitetni rag‘batlantiruvchi, antigipertenziv, antiaterosklerotik, yallig‘lanishga qarshi va psoriazga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Gipolipidemik samarasini asosida past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) va juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning strukturasini normallashishi, xujayra membranalarining suyuqlik xususiyatlarini o‘zgarishi va membrana reseptorlarining funksional faolligini oshishi yotadi, bu lipoproteidlarni fermentlar bilan lipid-xujayra o‘zaro ta‘sirini va lipoproteidlarning metabolizmini yaxshilaydi.
Preparatning antiagregant ta‘siri uning ta‘siri ostida xujayralarning membranalaridagi lipidlar, shu jumladan eritrositlarning membranalaridagi lipidlar tarkibini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, ularda araxidon kislotasining miqdorini kamayishi va eykozapentaen kislotasining darajasini oshishi bilan xarakterlanadi. Buning oqibatida tromboksan A2 va trombositlar agregasiyasini kuchaytiruvchi boshqa ikki to‘yinmagan eykozanoidlar (araxidon kislotasining derivatlari) sintezini pasayishi va eykozapentaen kislotasidan tromboksan A3 ni va boshqa proagregant samaraga ega bo‘lmagan uch to‘yinmagan eykozanoidlar sintezini kuchayishi rivojlanadi.
Kislotalarning ushbu kompleksi almashinuv jarayonlarini me‘yorlashtiradi, qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi, qonning reologik xususiyatlarini va bosh miyada moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy Ye vitaminining manbai bo‘lib, bu preparatning antioksidant xususiyatlarini namoyon qiladi, to‘qima nafasi va to‘qimalar metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, to‘qima va xujayralarni, erkin radikallarning haddan tashqari ko‘p miqdori va lipidlarning perekisli oksidlanish mahsulotlarini shikastlovchi ta‘siridan himoya qiladi.
Qo‘llanilishi
- ortiqcha tana vazni, qandli diabet, gipertenziya va arterioskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan gipertrigliseridemiya;
- dislipidemiya (lipidlar almashinuvini buzilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olish;
- yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish;
- kelib chiqishi turlicha bo‘lgan artrozo-artritlar;
- autoimmun kasalliklar: tarqoq skleroz, tizimli sklerodermiya, revmatoidli artrit;
- suyaklarni kasalliklari: sinishlar, osteomielit, osteoporoz va boshqalar;
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
- xavfli o‘smalarni oldini olish;
- qandli diabet va uning asoratlarini oldini olish;
- nerv tizimi kasalliklari: xotirani buzilishi, Alsgeymer kasalligi, parishonxotirlik;
- teri kasalliklari: psoriaz, ekzema, neyrodermatit va boshqalar, trofik yaralar;
- ona va homila sog‘lig‘ini tutib turish uchun (muddatidan oldingi tug‘ruqlar, homila tug‘ilganida tana vaznini kichik bo‘lishi) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Reytoil ichga, kunning birinchi yarmida ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin chaynamasdan, suv bilan birga 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Qayta davolash kurslari shifokorning tavsiya bo‘yicha buyurilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
A vitamini, askorbin kislotasi, tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari preparatning ta‘sirini kuchaytiradi.
Reynoil preparatini fibratlar (klofibrat, siprofibrat, fenofibrat, etofibrat, gemfibrozil) bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Reytoil preparatini qabul qilish vaqtida tarkibida Ye vitaminini saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik va laktasiya davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Reytoil avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: epigastral sohada og‘riq, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, diareya).
Davolash: simptomatik. Preparatni bekor qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar.
10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari