×
×
  • RIBAVIRIN MEDUNA

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIBAVIRIN MEDUNA

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Faol modda:
Рибавирин
ATX kodi:
- J05AP01 Рибавирин
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GROPRINOSIN tabletkalari 500mg N20 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Gedeon Richter Poland Ltd Polsha
GROPRINOSIN sirop 150ml 250mg/5ml Gedeon Richter PLC Vengriya
95 000 s`om dan
AMIZON tabletkalari 0,125g N10 Фармак, ПАО Ukraina
23 500 s`om dan
VIRDAK tabletkalari 60mg N28 Hetero Labs Limited (Unit-III) Hindiston
Saqlash shartlari В сухом месте, при температуре 15–25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 4 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIBAVIRIN MEDUNA qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIBAVIRIN-SZ

RIBAVIRIN-SZ

 

Preparatning savdo nomi: Ribavirin-SZ

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ribavirin

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ribavirin – 200 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (sut qandi) – 96,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2,0 mg, magniy stearati – 2,0 mg;

Oq rangli qattiq jelatin kapsulalar № 0

korpus: titan dioksidi, jelatin;

qopqoqcha: titan dioksidi, jelatin.

Ta‘rifi: oq rangli kapsulalar № 0.

Kapsulalarning ichidagisi – oq yoki sarg‘ish tusli oq kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.

ATX kodi: J05AB04.

Farmakologik xususiyatlari

Ribavirin – yaqqol viruslarga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan nukleozidlarning sintetik analogi. Turli DNK va RNK viruslarga qarshi ta‘sirning keng doirasiga ega.

Farmakodinamikasi

Ribavirin viruslar bilan shikastlangan xujayralarga oson kiradi va tez xujayra ichki adenozinkinaza tomonidan ribavirin mono-, di- va trifosfatga fosforlanadi. Bu metabolitlari, ayniqsa ribavirin trifosfat, yaqqol viruslarga qarshi faollikka ega.

Ribavirinning ta‘sir mexanizmi yetarlicha aniqlanmagan. Lekin, ribavirinni inozin monofosfat degidrogenazani (IMD) ingibisiya qilinishi ma‘lum, bu samarasi xujayra ichki guanozin trifosfatning (GTF) darajasini yaqqol pasayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida, virus DNK va virus spesifik oqsillarning sintezini susaytirishi bilan birga kechadi. Ribavirin yangi virionlarning replikasiyasini ingibisiya qiladi, bu virusli yuklamaning pasayishini ta‘minlaydi. Ribavirin normal faoliyat qilayotgan xujayralarda RNK sintezini bostirmasdan, virusli DNK sintezini selektiv ingibisiya qiladi.

Ribavirin viruslarning ko‘pchilik DNK va RNK siga nisbatan samarador. Ribaviringa eng sezgir DNK viruslari quyidagilar xisoblanadi: Simplex herpes virus, poks virus, virus of Marek′s illgess. Ribaviringa sezgir bo‘lmagan DNK viruslari quydagilar xisoblanadi: Varicella Zoster, pseudorabies, cow smallpox. Ribaviringa eng sezgir RNK viruslari quydagilar xisoblanadi: influenza A, B, paramyxovirus (parainfluenzs, epidemic parotite, Nucasl′s illness), reoviruses, RNA tumoral viruses. Ribaviringa sezgir bo‘lmagan PNK viruslari quydagilar xisoblanadi: enteroviruses, rhinovirus, Semlicy Forest.

Ribavirin S gepatiti virusiga (SGV) qarshi faollikka ega. Ribavirinning SGV qarshi ta‘sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan. Fosforlanish sari to‘planayotgan ribavirin trifosfati, guanozin trifosfatning xosil bo‘lishini raqabatli bostirib, shu bilan virus RNK sining sintezini pasaytiradi deb taxmin qilinadi. Shuningdek, ribavirin va alfa interferonning SGV ga qarshi sinergik ta‘sirining mexanizmi, interferon tomonidan ribavirinning fosforlanishini kuchayishi ham hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: peroral qo‘llanganida ribavirin me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Bunda uning biokiraolishligi 45% dan ko‘proqni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: ribavirin plazmada, nafas yo‘llarining shilliq sekretida va eritrositlarda taqsimlanadi. Ribavirin trifosfatning katta miqdori, 4-nchi kuni platoga erishib va yuborilganidan keyin bir necha hafta davomida saqlanib, eritrositlarda to‘planadi. Yarim taqsimlanish davri 3,7 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanish xajmi (Vd) – 647-802 l. Kursli qabul qilinganidan keyin ribavirin katta miqdorlarda plazmada to‘planadi. Takroriy va bir marta qabul qilinganida biokiraolishligi ko‘rsatgichlarining (AUC – “konsentrasiya/vaqt” egri chizig‘i osti maydoni) nisbati 6 ga teng. Davomli qo‘llanganidan keyin ribavirinning axamiyatli konsentrasiyasi (67% dan ko‘proq) orqa miya suyuqligida aniqlanishi mumkin. Plazma oqsillari bilan axamiyatsiz bog‘lanadi.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 1 soatdan 1,5 soatgacha.

Plazmadagi terapevtik konsentrasiyaga erishish vaqti qonning minutli xajmi ko‘rsatgichiga bog‘liq.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyasining (Smax) o‘rtacha kattaligi: xar 8 soatda 200 mg dozada qabul qilinganida 1-nchi hafta oxirida taxminan 5 mkmol litr va xar 8 soatda 400 mg dozada qabul qilinganida 1-nchi hafta oxirida taxminan 11 mkmol litr.

Biotransformasiyasi: ribavirin jigar xujayralarida mono-, di- va trifosfat ko‘rinishidagi faol metabolitlariga fosforlanadi, so‘ngra ular 1,2,4-triazolkarboksamidga metabolizmga uchraydi (trikarboksil kislota va triazolli karboksilli metaboliti xosil bo‘lishi bilan amidli gidroliz).

Chiqarilishi: ribavirin organizmdan sekin chiqariladi. 200 mg doza bir marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) plazmadan 1 dan 2 soatgachani va eritrositlardan 40 kungachani tashkil qiladi. Kursli qabul qilish to‘htatilganidan keyin T1/2 taxminan 300 soatni tashkil qiladi. Ribavirin va uning metabolitlari organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Faqat taxminan 10% ichak orqali chiqariladi. O‘zgarmagan xolda taxminan 7% ribavirin 24 soat ichida va taxminan 10%- 48 soat ichida chiqariladi.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilganlarida ribavirinning AUC va Cmax oshadi, bu xaqiqiy klirensini pasayishi bilan bog‘liq. Jigar yetishmovchiligida (A, V va S darajalari) ribavirinning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Yog‘larni saqlovchi ovqat bilan bir martalik doza qabul qilinganidan keyin, ribavirinning farmakokinetikasi axamiyatli o‘zgaradi (AUC va Cmax 70% ga oshadi).

Qo‘llanilishi

Surunkali S gepatiti (interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan majmuada): ilgari interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan davolanmagan birlamchi bemorlar; interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan monoterapiya kursidan keyingi zo‘rayishda; interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan monoterapiyaga sezgir bo‘lmagan bemorlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, chaynamasdan va suv bilan, ovqat qabul qilish bilan birga sutkada 0,8-1,2 g 2 qabulda (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Bir vaqtda interferon alfa-2b – teri ostiga, 3 mln. XB haftada 3 marta yoki peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 1,5 mkg/kg haftada 1 marta. Interferon alfa-2b bilan majmuada tana vazni 75 kg gacha bo‘lganida ribavirinning dozasi – sutkada 1 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,6 g); 75 kg dan yuqori – sutkada 1,2 g (ertalab 0,6 g va kechqurun 0,6 g). Bir vaqtda peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 3 mln. XB haftada 3 marta yoki peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 1,5 mkg/kg haftada 1 marta. Peginterferon alfa-2b bilan majmuada tana vazni 65 kg gacha bo‘lganida ribavirinning dozasi – sutkada 0,8 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,4 g); 65-85 kg da – sutkada 1 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,6 g); 85 kg dan yuqori – sutkada 1,2 g (ertalab 0,6 g va kechqurun 0,6 g).

Davolash davomiyligi – 24 – 48 hafta; bunda ilgari davolanmagan bemorlar uchun – 24 haftadan kam emas, genotip 1 virusili bemorlarda – 48 hafta. Interferon alfa bilan monoterapiyaga sezgir bo‘lmagan bemorlarda, shuningdek qaytialanishlarda – kamida 6 oydan 1 yilgacha (kasallikning klinik kechishi va o‘tkazilayotgan davolashga javobga qarab).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy kuchsizlik, lohaslik, uyqusizlik, asteniya, depressiya, ta‘sirchanlik, bezovtalik, emosional beqarorlik, asabiylik, qo‘zg‘alish, tajavvuzkor xulq, ongni chalkashishi, kam hollarda – suisidal moyillik, silliq mushaklarning tonusini oshishi, tremor, parastezityalar, gipersteziya, gipesteziya, xushdan ketish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, bradi- yoki taxikardiya, yurak urishi, yurakni to‘xtashi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulositopeniya, trombositopeniya; juda kam hollarda – aplastik anemiya.

Nafas tizimi tomonidan: dispnoe, yo‘tal, faringit, xansirash, bronxit, o‘rta otit, sinusit, rinit.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, ishtaxani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, qabziyat, ta‘mni buzilishi, pankreatit, meteorizm, stomatit, glossit, milklardan qon ketishi, giperbilirubinemiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘zyoshi bezini shikastlanishi, kon‘yunktivit, ko‘rishni buzilishi, eshitishni buzilishi/yo‘qolishi, quloqlarda shovqin.

Tayanch-xarakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: oqib kelishlar, libidoni pasayishi, dismenoreya, amenoreya, menorragiya, prostatit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eritema, eshakemi, gipertermiya, angionevrotik shishi, bronxospazm, anafilaksiya, fotosensibilizasiya, ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Boshqalar: sochlarni to‘kilishi, kon‘yunktivit, alopesiya, sochlarning tuzilishini buzilishi, terining quruqligi, gipotireoz, ko‘krak qafasida og‘riq, chanqoqlimk, zamburug‘li infeksiya, virusli infeksiya, grippsimon sindrom, ko‘p terlash, limfadenopatiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri, IIb-III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi – minutiga 50 ml dan kam), og‘ir anemiya, jigar yetishmovchiligi, dekompensasiyalangan jigar sirrozi, autoimmun kasalliklar (shu jumladan autoimmun gepatit), qalqonsimon bezining davolashga berilmaydigan kasalliklari, suisidal fikirlar bilan og‘ir depressiya, bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha).

Ehtiyotkorlik bilan

Reproduktiv yoshdagi ayollar (xomiladorlik yuz berishi yaxshi emas), dekompensasiyalangan qandli diabet (ketoasidoz xurpujlari bilan); o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qalqonsimon bezining kasalliklari (shu jumladan tiriotoksikoz), qonning ivishini buzilishlari, tromboflebit, mielodepressiya, gemoglobinopatiya (shu jumladan talassemiya, o‘roq-xujayrali anemiya), depressiya, suisidga moyillik (shu jumladan anamnezdagi), keksalar.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Magniy va alyuminiy birikmalari, semitikon saqlovchi dori vositalari preparatning biokiraolishligini pasaytiradi (AUC 14% ga kamayadi, bu klinik ahamiyatga ega emas).

Interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan birga qo‘llanganda – ta‘sirning sinergizmi.

Zidovudin va/yoki stavudin bilan davolash vaqtida ribavirinni buyurish, ularning fosforlanishini pasayishi bilan birga kechadi, bu OITV-viremiyaga olib kelishi va davolash sxemasini o‘zgartirishni talab qilishi mumkin.

Purinli nukleotidlarning fosforlangan metabolitlarining konsentrasiyasini (shu jumladan didanozinni, abakavirni) va bu bilan bog‘liq bo‘lgan sutli asidoz rivojlanishi xavfini oshiradi.

Sitoxrom R450 ishtirokidagi jigarning fermentativ faolligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Yog‘larni ko‘p saqlovchi ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish, ribavirinning biokiraolishligini oshiradi (AUC va Cmax 70% ga oshadi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning teratogenligini xisobga olish kerak, reproduktiv yoshdagi erkaklar va ayollar davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin 7 oy davomida samarali kontraseptiv vositalarni ishlatishlari kerak.

Laboratoriya tekshirishlarini (leykositar formula va trombositlar sonini xisoblash bilan qonning klinik taxlili, elektrolitlar, kreatinin miqdori, jigarning funksional sinamalarini aniqlash) davolashni boshlash oldidan, 2 va 4 haftada, keyin muntazam o‘tkazish kerak.

Ribavirin bilan davolash jarayonida ko‘pchilik xollarda gemoglobinning miqdorini maksimal pasayishi, davolash boshlanganidan keyin 4-8 hafta o‘tgach aniqlanadi. Gemoglobin 110 mg/ml dan kamga pasayganida, ribavirinning dozasini vaqtincha kuniga 400 mg ga kamaytirish, gemoglobin 100 mg/ml dan kamga pasayganida, dozani dastlabkidan 50% gacha qichqartirish kerak. Ko‘pchilik xollarda dozani tavsiya etilgan o‘zgarishlari gemoglobinning darajasini tiklanishini ta‘minlaydi. Gemoglobin 85 mg/ml dan kamga pasayganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

O‘ta yuqorpi sezuvchanlik (eshakemi, angionevrotik shishi, bronxospazm, anafilaksiya) o‘tkir nomoyon bo‘lganida, preparatni qo‘llashni darxol to‘xtatish kerak. O‘tkinchi toshmalar davolashni uzish uchun asos bo‘lmaydi.

Davolanish vaqtida charchoqlik, uyquchanlik yoki dezorientasiya sezuvchi shaxslar, avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak.

Keksa pasientlarda buyrak faoliyatini yomonlashishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llash oldidan, buyrak faoliyatini, xususan kreatinin klirensini aniqlash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilshi

Nojo‘ya ta‘sirlarining yaqqolligini kuchayishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 200 mg dan.

30, 60 yoki 120 kapsuladan polimer banka yoki polimer flakonda.

Har bir banka yoki flakon, 3, 6, 12 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIBAVIRIN MEDUNA dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIBAVIRIN MEDUNA dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIBAVIRIN MEDUNA dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
RIBAVIN kapsulalar 200mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Рибавирин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9