×
×
  • RINO MIG sprey 10ml 0,05%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINO MIG sprey 10ml 0,05%

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Coral Laboratories Ltd
ATX kodi:
- R01AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
NELADEKS NS sprey 15ml World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
80 000 s`om dan
KSILOMER sprey 15ml 0,05% Aseptica, ООО O'zbekiston
15 700 s`om dan
KSILAZOL sprey 10ml 0,5mg/50mg N1 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
36 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RINO MIG sprey 10ml 0,05% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINO MIG

RINO MIG

 

Preparatning savdo nomi: Rino mig

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin

Dori shakli: nazal sprey 0,05%, 0,1%

Tarkibi:

Ingredientlar 0,1%

miqdori, mg/5 ml

0,05%

miqdori, mg/5 ml

Faol modda
1 Ksilometazolin gidroxloridi 5,0 2,5
Yordamchi moddalar
2 Benzalkoniy xloridi (50% eritma) 1,1 0,55
3 Dinatriy gidrogen fosfati 6,3 6,3
4 Natriy fosfati 50,0 50,0
5 Natriy xloridi 45,0 45,0
6 Tozalangan suv 5 ml gacha 5 ml gacha

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita

ATX kodi: R01AA07

 

Farmakologik xususiyatlari

LOR – amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun tomirlarni toraytiruvchi qo‘llaniladigan preparat (dekongestant). Ksilometazolin (imidazolin xosilasi) alfa adrenomimetik hisoblanadi. Burun shilliq qavatining qon tomirlarini toraytiradi. Burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklaydi, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan rinitda (tumovda) burun orqali nafas olishini tez yengillashtiradi va burundan ajralmalar ajralishini yaxshilaydi. Preparatning ta‘siri qo‘llangandan keyin 5-10 minut o‘tgach boshlanadi va 10 soat davom etadi.

Farmakokinetikasi 

Ksilometazolin mahalliy qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qondagi konsentrasiyasi juda kam (zamonaviy taxlil usullar bilan aniqlanmaydi).

 

Qo‘llanilishi

Rinit (tumov) ko‘rinishlari bilan o‘tkir respirator kasalliklar; o‘tkir allergik rinit, sinusit, pollinoz; o‘rta otit (majmuaviy davolash tarkibida burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); bemorni tashxis muolajalariga (rinoskopiya) tayyorlash.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga – 0,1% sprey har bir burun yo‘liga 1 (bir) martadan purkash, sutkada 3 marta.

Zarurati bo‘lganda purkashni takrorlash mumkin (bir vaqtda 2 martadan ko‘p bo‘lmagan purkash).

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,05% sprey har bir burun yo‘lga 1  (bir) martadan purkash, sutkada 1-2 marta.

Preparatni bir sutkada 3 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.

Davolash davomiyligi – 5-7 kundan ko‘p emas (tanaffussiz).

Davolash tugatilgandan keyin preparatni faqat bir necha kun o‘tgandan keyin qayta buyurish mumkin.

Bolalarda davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

Preparatni qabul qilish qoidalari

  • qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim;


flakondan himoya qalpoqchasini yechish kerak;

  • boshni biroz oldinga egish va bir burun yo‘liga nazal adapterni kirgazish kerak;
  • purkovchi uchlikka bir marta bosish va ayni vaqtda burun orqali nafas olish kerak;

  • boshqa burun yo‘li uchun takrorlash kerak;

Imkoni boricha purkovchi flakonni vertikal holatda ushlash kerak. Sprey gorizontal yoki pastga purkalmasin.

  • Qo‘llangandan keyin himoya qalpog‘i bilan yopiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganda – burun-xalqum shilliq qavatining ta‘sirlanishi va/yoki quruqligi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekresiya, burun shilliq qavatining shishi.

Tizimli reaksiyalar: qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini his qilish, arterial bosimining oshishi, uyqusizlik, ko‘rishning buzilishi, depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda).

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • arterial gipertenziya;
  • taxikardiya;
  • yaqqol ateroskleroz;
  • glaukoma (yopiq burchakli);
  • atrofik rinit;
  • gipertireoz;
  • miya qobiqlaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezidagi);
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,1% li eritma uchun);
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05% li eritma uchun);
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar, shuningdek arterial bosimini oshiruvchi boshqa preparatlar bilan davolash vaqtida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MAO ingibitorlari qabul qilayotgan bemorlarda, shu jumladan preparat to‘xtatilgandan keyin 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas. Tri- yoki tetrasiklik antidepressantlar va adrenomimetik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash ksilometazolinning simpatomimetik samarasining oshishiga olib kelish mumkinligi tufayli, bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya etilgan dozalarni oshirish va uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim.

7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llash «rikoshet» samara (medikamentoz rinit) chaqirishi mumkin, reaktiv giperemiya va burun shilliq qavatining atrofiyasini xavfi oshadi.

Infeksiya tarqalishidan saqlanish uchun preparatni shaxsiy ravishda qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarining kuchayishi (doza bilan bog‘liq), tana haroratini pasayishi, uyquchanlik. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganda quyidagilarni chaqirishi mumkin: kuchli bosh aylanishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, bradikardiya, arterial bosimining oshishi, nafasni susayishi, koma va tirishishlar. Arterial qon bosimi oshgandan keyin uning keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash. Yurakni to‘xtatish bilan og‘ir zaxarlanish holida – reanimasion harakatlar.

Chiqarilish shakli

10 ml preparat polipropilen flakonda, nazal adapter va himoya qalpoqchasi bilan. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili penalga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINO MIG sprey 10ml 0,05% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINO MIG sprey 10ml 0,05% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINO MIG sprey 10ml 0,05% dori vositasi Coral Laboratories Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINO MIG sprey 10ml 0,05% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINO MIG sprey 10ml 0,05% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMIKOR eritma 2ml 500mg/2ml N1
Narh: 43 300 so'mdan Batafsil
RINITIZ XI sprey 10ml 0,05%
ZESTKAL tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
AMIKOR eritma 2ml 100mg/2ml N1
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
RINITIZ P sprey 10ml 0,05%
MONTELEKOR 4 suspenziya 30ml
AMIKOR inyeksiya uchun eritma 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
MOMETOP sprey nazalniy 10 ml 50mkg 100 doz N1
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
KORALC GRAYP VOTER eritma dlya priema vnutr 120ml
LEVKARNIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml 1g/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
MONTELEKOR-5 tabletkalari 5 mg/2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
MONTELEKOR-4 tabletkalari 4 mg/2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
IZEYe-5 sirop 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
DOFEK GEL gel 30 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
D-SEF poroshok 1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
VAYJEN eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
VAYJEN eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
VAYJEN eritma 50 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
RINO MIG sprey 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
REZOMIN poroshok so vkusom apelsina 15g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
REZOMIN poroshok so vkusom apelsina 15g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
MONTEKOR PLYUS tabletkalari N10
KLOBETAZOL LP maz 20g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Coral Laboratories Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9