×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIPEYR kapsulalar N30

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Комбинация синергидных стандартизированных травяных экстрактов
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
ATX kodi:
- M09AX02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 56 ta dorixonasida topildi

ico 55 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 62 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
348 000 s`om dan
SEL T tabletkalari N50 Биологише Хайльмиттель Хеель ГмбХ. Germaniya
60 000 s`om dan
PROTEKTA tabletkalari N20 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd Bolgariya
87 900 s`om dan
SEL T maz 50g Biologische Heilmittel Heel GmbH Germaniya
90 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIPEYR kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIPEYR

RIPARE

Preparatning savdo nomi: Ripeyr

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): dorivor-o‘simlik homashyosi

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

1. Boswellia serrata (Shallaki) 125 mg
2. Commiphora mukul (Suddha Guggul) 105 mg
3. Cissus quadrangularis (Hadjod) 105 mg
4. Tinospora cordifolia (Guduchi) 75 mg
5. Curcuma longa (Turmeric) 55 mg
6. Euphorbia hirta (Dugdhika) 50 mg
7. Centella asiatica (Mandukaparni) 80 mg
8. Vitex negundo (Nirgundi) 95 mg
9. Piper nigrum (Kalmirch) 10 mg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin, yuqori dispers kremniy dioksidi, jelatin (kapsula qobig‘i).

Ta‘rifi: qopqoqchasi qizil rangli korpusi sariq rangli«00» o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – och jigar rang rangdan jigar ranggacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori.

ATX kodi: M09AX02

Farmakologik hususiyatlari

Ripeyr – poli-fitopreparat bo‘lib, tarkibida artritlar va yondosh simptomlarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘tlarning standartlashtirilgan sinergid ekstraktlarning majmuasini saqlaydi. Preparatning, hayvonlarda o‘tkazilgan, toksikligi va biosamaradorligini o‘rganish ham ushbu majmuaning havfsizligi va biosamaradorligini ko‘rsatdi.

Birlamchi tadqiqotlar, Euphorbia hirta – hirta Molochoyi tog‘ay distrofiyasini bartaraf qilishini ko‘rsatdi.

Centella asiatica – Osiyo Sentellasi buqaning xondrositlari tomonidan rhIL-1b chaqirgan, NO ishlab chiqarilishini ahamiyatli darajada sekinlashtiradi (klinik ma‘lumotlar artrit bo‘lgan bemorlarda NO darajasi yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi). U tog‘ayni sintezi va parchalanishida rhIL-1b chaqirgan kasallikni rivojlanishini sekinlashtirib, tog‘ayga himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday ekstraktlarni bo‘lishi tog‘ayni parchalanishini oldini olishga yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bosvella kislotalari o‘ziga xos bo‘lib, artritlarda 5-lipoksigenaza bilan bevosita o‘zaro ta‘sir qiladigan, uni translokasiyasini bloklaydigan uning yuqori samaradorligiga javob beradigan leykotrienlar sinteziga ta‘sir qilmaydi.

Aziatikozidlar, flavonlar va kurkuminoidlar SOX-2, shuningdek yallig‘lanish oldi sitokinlari va mediatorlarining yaqqolligini boshqarishi orqali yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatdi. Keyinchalik limfositlar preoliferasiyasini tutib turish ayniqsa surunkali yallig‘lanishda yallig‘lanishga qarshi faollikni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, Curcuma longa – uzun Kurkuma ning yallig‘lanishga qarshi hususiyatlari araxidon kislotasini yallig‘lanish oldi faoliyatini ingibisiya qilish hususiyati, shuningdek yallig‘lanish jarayoni vaqtida neytrofil faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Klinik tadqiqotlar, Commiphora mukul – Kommifora mukul tizza osteartriti bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlarda bo‘g‘imlardagi og‘riq hamda tangligini pasaytirishini va bo‘g‘imlarning faoliyatini yaxshilashini ko‘rsatdi.

Cissus quadrangularis – to‘rt burchakli Sissus glyukokortikoid antagonist sifatida ta‘sir ko‘rsatib, suyaklarni bitishini tezlashtiradi. Anabolik / androgen komponentlari glyukokortikoid reseptoriga nisbatan antagonistlar sifatida yaxshi mu‘lum bo‘lganligi, shuningdek suyakni va singan suyakni o‘sishiga olib kelganligi tufayli, uni anabolik / androgen hususiyatlariga ega deb hisoblash qabul qilingan. Suyaklarni bitish tezligini oshishi suyaklarni surunkali kasalliklari bilan xastalangan odamlar uchun juda muhim bo‘lishi mumkin. Boshqa bir tadqiqot, u biriktiruvchi to‘qimani erta regenerasiya jarayoniga va osteoblastlar metabolizmini stimulyasiyasi hamda osteoblastlar tomonidan kalsiy, oltingugurt va stronsiy minerallarini o‘zlashtirilishiga ta‘sir ko‘rsatib, singan suyaklarni bitish tezligini oshirishini ko‘rsatdi. Boshqa tomondan, xondrositlarni shikastlanishi ahamiyatli darajada bartaraf qilingan, va ayniqsa yuqori dozalarda proteoglikanlarga kamroq ta‘sir ko‘rsatgan, shuningdek sinovil suyuqlikda hujayralar proliferasiyasi va yallig‘langan hujayralar aniqlanmagan.

Kuchli immunomodulyator faolligi namoyon bo‘lganida kurkuminoidlar taloqda blyashka hosil qiluvchi hujayralar (BHH) ni ko‘paytiradi va BHH larni maksimal miqdori kuzatiladi. Suyak ko‘migini hujayralar va alfa-esteraza hujayralari bilan to‘yinishi ham kurkumin qabul qilinganida ham faollashgan. Shuningdek makrofagal fagositar faollikni ahamiyatli oshishi kuzatilgan.

Tinospora cordifolia – yurak bargli Tinospora ayurverdik tibbiyotda keng qo‘llanadigan immunomodulyasiya hususiyatlari bilan yaxshi ma‘lum bo‘lgan dorivor homashyo hisoblanadi. U CFU-GM ning miqdorini ahamiyatli darajada oshirib, leykositozni oshiradigan, neytrofillar faoliyatini kuchaytiradigan makrofaglarni faollashuviga ta‘sir ko‘rsatadi.

Tarkibida boshqa kuchli ta‘sir qiluvchi o‘tlar bilan birga uzun Kurkumani borligi bakterisid faollikka javob beradi, ayni vaqtda kurkumin esa bakteriostatik agent sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

  • revmatizm;
  • osteoartrit;
  • bo‘yin va bel spondilyozi;
  • podagra;
  • elka kurak periartritida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • Osteoartrit, revmatizm, podagra, yelka kurak periartriti, ensa bel spondiliti va boshqa shunday ko‘rinishlarda 1 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan so‘ng iliq suv bilan 3 oy davomida yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
  • Osteoartrit, revmatizm, podagra, yelka kurak periartriti, ensa bel spondilitining og‘ir hamda ancha oldingi holatlarida va boshqa shunday ko‘rinishlarda 1 kapsuladan kuniga uch marta ovqatdan so‘ng iliq suv bilan 3 oy davomida yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Nojo‘ya samaralari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik ma‘lum bo‘lganida Ripeyr preparatini qabul qilish mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ripeyr preparati qo‘llanganida dori preparatlarining klinik va biologik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparat bilan davolash jarayonida havfga nisbatan ma‘lum ma‘lumotlar mavjud emas. Shunday bo‘lsa ham, bunday sharoitlarda shifokor preparatni buyurishdan oldin davolashdan kutiladigan havf va foyda nisbatini ehtiyotkorlik bilan baholashi kerak. Homila va bolani rivojlanishiga salbiy ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘rami: 30 kapsula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga PET flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Saqlash muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIPEYR kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIPEYR kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIPEYR kapsulalar N30 dori vositasi Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIPEYR kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIPEYR kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
PROSTIEID kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 68 900 so'mdan Batafsil
MENSTRUEID kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
DJOINTEID maslo 50ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 50 300 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9