×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RENOLIT kapsulalar N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Bergenia Ligulata, Crateva nurvala, Dolichos biflorus, Parmelia perlata, Tribulus terrestris, пунарнава
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
ATX kodi:
- C03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 66 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 61 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
VEROSHPIRON tabletkalari 25mg N20 Гедеон Рихтер, АО Rossiya
26 000 s`om dan
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
13 000 s`om dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RENOLIT kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RENOLIT

RENOLIT

Preparatning savdo nomi: Renolit

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: standartlashtirilgan ekstraktlar

1. Bergenia ligulata (Pashanabheda) 130 mg
2. Parmelia perlata (Shilapushpa) 70 mg
3. Dolichos biflorus (Kullattha) 70 mg
4. Tribulus terrestris (Gokshura) 70 mg
5. Boerhavia diffusa (Punarnava) 60 mg
6. Crateva nurvala (Varuna) 50 mg

Yordamchi moddalar: maltodekstrin 5%, jelatin (kapsulani qobig‘i)

Ta‘rifi:

Farmakoterapevtik guruhi: Siydik tosh kasalligida qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: G04BC

Farmakologik hususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi:

Litolitik ta‘siri: ushbu dorivor o‘tlarning ekstraktlari tarkibida toshni kristallizasiya jarayonida ingibisiya qiluvchi samaraga ega bo‘lgan moddalarni saqlaydi, ular qahrabo kislotasini kalsiyli tuzili kristallarni o‘sishini sekinlashtiradi.

Kalsinatlarni shakllanishini ingibitorlari kattalashayotgan kalsiy kristallarini yuzasini qoplab olishi yoki kalsiy, oksalatlar va fosfatlar bilan komplekslarni hosil bo‘lishi orqali kristallarni kattalashishiga va uni agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi.

Renolit, ehtimol, kristall-kristall va/yoki kristall-matrisa o‘zaro ta‘sirini o‘zgarishi orqali toshning yuzasiga cho‘kib borayotgan kristallar bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin. Bu toshning shaklini o‘zgartirib, uni mo‘rt qiladi, toshni parchalanishi va yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Diuretik samarasi: Renolit diurez va natriyurezni alohida yoki birgalikda kuchaytiradi. Tarkibidagi saponinlar Na+/K+/2Cl- transport faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatib, buyrak naychalarining devori orqali suv va elektrolitlarni qayta so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, Renolit siydikda natriy, kaliy va xlor kabi elektrolitlarning miqdorini ahamiyatli darajada oshiradigan diuretik ta‘sirga ega bo‘lgan ko‘pgina flavanoidlar guruhini saqlaydi. Ushbu fito elementlarni qo‘shimcha yoki sinergik ta‘siri, umuman olganda, yaqqol ifodalangan diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Siydikni rN deyarli neytral bo‘ladi. Sutkada ajralib chiqadigan siydikning miqdori siydik ajralish tez-tezligi ko‘payishi bilan oshgan. Diuretik ta‘siri bilan bir vaqtda litolitik ta‘siri toshning g‘ovakligini oshishiga yordam beradi, bu esa toshning ichki va bog‘larini susayishi hisobiga uni parchalanishiga olib keladi. Bunday sinergik ta‘siri toshni samarali parchalashga va chiqarilishiga yordam beradi.

Renolitning antiurolitik ta‘sir mexanizmi turli o‘simliklarning ekstraktlari bilan qayd qilinishi mumkin. Bergenia ligulata – tilsimon Bergeniya ning antiurolitik faolligi CaOx kristallarini ingibisiya bo‘lishi orqali amalga oshadi, gipermagneziya esa flavanoid fraksiyalarini borligi tufayli amalga oshadi, ayni vaqtda siydik haydovchi samarasiga saponinlar tufayli erishiladi, har ikkala komponentlar antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.

Parmelia perlata – marvarid Parmeliya ko‘pgina buyrak kasalliklarida keng qo‘llanadi. U buyraklar va qovuqdagi toshlarni davolashda muhim rol o‘ynaydi, chunki u tilsimon Bergeniyaning ta‘sir mexanizmi kabi ta‘sir qiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, u organizmda kalsiyni so‘rilishini boshqaradi, siydik haydovchi ta‘siri bilan birga siydik tanosil yo‘llarini normal faoliyat ko‘rsatishini tutib turadi.

Dolichos biflorus – ikki bargli Dolixosa ekstrakti kalsifikasiyaga qarshi ahamiyatli faollikka ega, Tikanli loza buyrak toshini kattalashishini to‘xtatish hususiyatiga ega va siydik tanosil tizimida sitoprotektor sifatida ta‘sir qiladi.

Boerhavia diffusa – shoxli Berxaviya ning antiurolitik ta‘siri kalsiy oksalatini kristallizasiyasi, diurez hamda gipooksaluriyani ingibisiya qilish orqali ta‘sir ko‘rsatadi, bu uni urolitiazda profilaktik qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi.

Crateva nurvala – Varun antilitogen va kristallizasiyaga qarshi hususiyatlarga ega.

Tilsimon Bergeniya, ikki bargli Dolixosa va Varun ekstraktlari oksalatlar bilan bog‘lanishi va eruvchan komplekslarni hosil qilish yo‘li bilan toshlarni hosil bo‘lishini ushlab turadigan magniyning darajasini boshqaruvchi ekstraktlar sifatida ma‘lum. Shuning uchun magniy tuzlari toshlar hosil bo‘lishini ingibitorlari hisoblanadi. Shunday qilib, ular kalsiy oksalatlarining konsentrasiyasini kamaytiradilar.

Bularning barchasi toshlarda o‘zgarishlarni stimulyasiya qilish uchun Renolit preparatini muqobil ravishda qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi, bu toshlarni parchalanishi va chiqarilishiga yordam berishi mumkin. Uning bunday hususiyati buyrak toshi yoki yadrosini buyrakning epitelial qavatiga birikishini va keyinchalik toshni o‘sishini oldini oladi; ilgari hosil bo‘lgan toshning shakli va tarkibiga ta‘sir ko‘rsatadi va ularni o‘zgartiradi. Tilsimon Bergenii, marvarid Parmeliya, ikki bargli Dolixosa, Tikanli loza, shoxli Barxaviya va Varun ekstraktlarida mavjud bo‘lgan selektiv alkaloidlar, taninlar, flavanoidlar, saponinlar va ularning majmualarini sinergik ta‘siri buyrakdagi toshga kuchli samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Yanada aniqroq, tilsimon Bergeniya buyrak naychalarida kristallarni cho‘kishini oldini oladi, ayni vaqtda lupeol dozaga bog‘liq diuretik faollikka ega bo‘lgan Varundan ajraladi. U siydikning hajmi va osmolyarligini, shuningdek Na+ ajratib chiqarilishini oshiradi. Lupeol buyrak to‘qimasini shikastlaydigan fermentning darajasini pasaytiradi. Shoxli Berxaviya diuretik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirlarga ega. Ushbu ta‘sirlarni majmuasi shoxli Berxaviyani buyrakning yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun foydali dori vositasi qiladi.

Umumiy mexanizmi: u kristalloid-kolloid muvozanatini boshqarish orqali toshni parchalaydi va buyrak toshlarini hosil bo‘lishini ingibisiya qiladigan mikroelementlarning darajasini oshirishi orqali toshlarni kattalashishini to‘xtatib turadi, shuningdek buyrak toshlari / yadrosini buyrakdagi epiteliy hujayralariga birikishini oldini oladi va/yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan komplekslarni parchalanishiga yordam beradi. Uning siydik haydovchi ta‘siri kuchsiz qattiq zarrachalar tufayli toshni chiqarilishiga yordam beradi va qattiq zarrachalarning kuchi toshni harakatlanishiga majbur qiladi, bu chiqarilishiga yordam beradi. Spazmolitik ta‘siri asosan buyrak sanchiqlari hurujlarini qisqarishiga yordam beradi, nefroprotektiv, mikroblarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta‘siri simptomlarini yengillashishiga va fiziologiyasini yaxshilanishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

  • buyrak toshlari, shu jumladan qovuq hamda siydik chiqarish yo‘llarini kalsiy-oksalatli, kalsiy-fosfatli toshlari, urat toshlarini oldini olish va davolash uchun;
  • kristalluriya;
  • siydik tanosil tizimining infeksiyalari (sistit, pielonefrit, uretrit);
  • og‘riqli siyish;
  • litotripsiyadan keyin toshlarni rivojlanishi qaytalanishini oldini olish uchun;
  • giperurikemiya;
  • dizuriyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

  • ko‘p sonli va kichik o‘lchamli konkrementlari bo‘lgan o‘lchami 8 mm dan katta bo‘lmagan buyrak toshida 1 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin 1-2 oy davomida qabul qilinadi;
  • ko‘p sonli kichik o‘lchamli konkrementlari bo‘lgan o‘lchami 15 mm gacha bo‘lgan buyrak toshida 2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin 2 oy davomida qabul qilinadi;
  • ko‘p sonli kichik o‘lchamli konkrementlari bo‘lgan o‘lchami 15 mm dan katta bo‘lgan buyrak toshida 2 kapsuladan kuniga uch marta ovqatdan keyin 3 oy davomida qabul qilinadi.
  • kristalluriyada 1 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin 1-2 oy davomida qabul qilinadi.
  • siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, nospesifik uretrit, dizuriya va og‘riqli siyishda 1 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin 1-2 oy davomida qabul qilinadi.
  • giperurikemiyada 2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin 2 oy davomida qabul qilinadi.
  • toshlar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangandan (toshlar takroran maydalangandan) so‘ng qaytalanishini oldini olish va bartaraf qilish uchun 1 kapsuladan kuniga bir marta ovqatdan keyin iliq suv bilan 1-2 oy davomida yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik ma‘lum bo‘lganida Renolit preparatini qabul qilish mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Renolit ishlatilganida dori preparatlarini klinik va biologik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli va o‘rami

30 kapsuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga PET flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RENOLIT kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RENOLIT kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RENOLIT kapsulalar N30 dori vositasi Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RENOLIT kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RENOLIT kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RIPEYR kapsulalar N30
Narh: 65 799 so'mdan Batafsil
PROSTIEID kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
MENSTRUEID kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 76 500 so'mdan Batafsil
DJOINTEID maslo 50ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sahajanand Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9