×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
цефдинир
Ishlab chiqaruvchi:
- Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- J01DD15
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TRIXOMID tabletkalari 250mg N20 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
12 000 s`om dan
NIKOSEF poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
27 000 s`om dan
AZIMAK kapsulalar 250mg N3 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
33 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RODINIR

RODINIR

Preparatning savdo nomi: Rodinir

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefdinir

Dori shakli: qattiq jelatin kapsulalar.

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sefdinir – 300 mg;

yordamchi moddalar: kalsiy karmelloza, magniy stearati, polioksil 40 stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi;

qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi, temir (II,III) oksidi, tozalangan suv, jelatin.

Ta‘rifi: №1 o‘lchamli, korpusi kulrang rangli, qopqoqchasi qora rangli, tarkibida oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (uchinchi avlod sefalosporinlar).

ATX kodi: J01DD15

Farmakologik hususiyatlari

Sefdinir – yarimsintetik β-laktam antibiotiki bo‘lib, bakteriyalarning hujayra devorlari sintezini bostirishi hisobiga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat β-laktamaza ishlab chiqaradigan va penisillinlar hamda boshqa sefalosporinlarga chidamli bo‘lgan ko‘pchilik mikroorganizmlarga ta‘sir qiladi, ammo plazmidalar orqali keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan ma‘lum β-laktamazalar tomonidan gidrolizlanishi mumkin.

Sefdinir ham in vitro sharoitlarda, ham klinika amaliyotida quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faoldir:

aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (shu jumladan, β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Streptococcus pneumoniae (faqat penisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes;

aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae (shu jumladan, β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Haemophilus parainfluenzae (shu jumladan, β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari), Moraxella catarrhalis (shu jumladan, β-laktamaza ishlab chiqaradigan shtammlari).

Sefdinir Pseudomonas aeruginosa, Enterobacter spp., Enterococcus spp. va metisillinga chidamli Staphylococcus spp. larga nisbatan faol emas.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sefdinir plazmada maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilingandan so‘ng 2-4 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 300 mg bir martalik dozasi qabul qilinganida 21%, 600 mg dozasi qabul qilinganida esa 16% ni tashkil etadi. Yog‘li ovqat iste‘mol qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) va AUC muvofiq ravishda 16% va 10% ga kamayadi.

Kattalarda sefdinir kapsulasi ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmada farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘rtacha qiymati (± SO) quyidagi jadvalda keltirilgan:

Dozasi Cmax (mkg/ml) tmax(soatlar) AUC (mkg/soat/ml)
300 mg 1,60 (0,55) 2,9 (0,89) 7,05 (2,50)
600 mg 2,87 (1,01) 3,0 (0,66) 11,1 (3,87)

Taqsimlanishi

Kattalarda sefdinirning o‘rtacha taqsimlanish hajmi 0,35 l/kg, bolalarda (6 oylikdan 12 yoshgacha) – 0,67 l/kg ni tashkil etadi. Preparat terida hosil bo‘lgan pufak suyuqligida, o‘rta quloq suyuqligi, murtaklar, sinus bo‘shliqlari, bronxlarning shilliq qavati, o‘pka to‘qimasida plazmadagi konsentrasiyasining 15-48% konsentrasiyalarda taqsimlanadi. Sefdinir plazma oqsillari bilan 60-70% ga bog‘lanadi, bog‘lanishi preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq emas.

Metabolizmi va chiqarilishi

Sefdinir ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Plazmadan o‘rtacha yarim chiqarilish davri 1,7-1,8 soatni tashkil etadi. Buyrak klirensi – 2,0 ml/min/kg ni tashkil etadi. 300 mg va 600 mg dozalari ichga qabul qilinganidan so‘ng klirensi muvofiq ravishda 11,6 ml/min/kg va 15,5 ml/min/kg ni tashkil etadi; siydik bilan muvofiq ravishda 18,4% va 11,6% o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan yengil darajadan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha bo‘lgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

  • LOR-a‘zolarining kasalliklari: o‘tkir sinusit, o‘tkir o‘rta quloq otiti, faringit, tonzillit;
  • quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari: surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infeksiyalarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rodinir kapsulalari ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga sutkada 1-2 marta qabul qilinadi.

Dozalash tartibi infeksiyaning xarakteri va og‘irlik darajasi, shuningdek taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab belgilanadi.

Kattalar va 13 yoshdan oshgan bolalarni davolash uchun quyidagi dozalash tartibi tavsiya etilgan:

Faringit, tonzillit, surunkali bronxitni zo‘rayishi: 300 mg dan har 12 soatda 5-10 kun davomida yoki 600 mg dan sutkada bir marta 10 kun davomida qabul qilinadi;

O‘tkir sinusit: 300 mg dan har 12 soatda yoki 600 mg dan sutkada bir marta 10 kun davomida qabul qilinadi.

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya, teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infeksiyalari: 300 mg dan har 12 soatda 10 kun davomida qabul qilinadi.

6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat quyidagi dozalarda buyuriladi:

O‘tkir o‘rta quloq otiti, faringit, tonzillit: 7 mg/kg dan har 12 soatda 5-10 kun davomida yoki 14 mg/kg dan sutkada bir marta 10 kun davomida qabul qilinadi;

O‘tkir sinusit: 7 mg/kg dan har 12 soatda yoki 14 mg/kg dan sutkada bir marta 10 kun davomida qabul qilinadi.

Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infeksiyalari: 7 mg/kg dan har 12 soatda 10 kun davomida qabul qilinadi.

Bolalarga preparatning suspenziya dori shaklini buyurish maqsadga muvofiqdir.

Buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganida) preparatning dozasi:

Kattalar: 300 mg kuniga bir marta qabul qilinadi.

6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 7 mg/kg dan sutkada bir marta (sutkada 300 mg gacha) qabul qilinadi.

Gemodializda tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi – 300 mg (yoki 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 7 mg/kg) ni tashkil etadi, har 48 soatda qabul qilinadi. Har bir gemodializ muolajasi tugaganida 300 mg preparat (yoki 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 7 mg/kg) qabul qilish kerak. Navbatdagi dozalari 300 mg (yoki 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 7 mg/kg) dan har 48 soatda qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya; kam hollarda – dispepsiya, gastrit, qusish, qorinda og‘riq, AST, ALT va LDG larning faolligini oshishi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam hollarda – bosh aylanishi; juda kam hollarda – tirishishlar.

Allergik reaksiyalar: anafilaksiya, bronxospazm, hansirash, toshma, eshakemi, yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyasini oshishi, qichishish, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz.

Qon yaratish tizimi tomonidan: aplastik anemiya, pansitopeniya, leykopeniya, neytropeniya va agranulositoz.

Qon ivish tizimi tomonidan: protrombin vaqtini uzayishi va halqaro normallashtirilgan nisbatni oshishi, gemolitik anemiya va ichki qon ketishi, Kumbs sinamasini musbat bo‘lishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, toksik nefropatiya, glyukozuriya, ketonuriya.

Boshqalar: superinfeksiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yoki sefalosporinlar sinfining boshqa antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tarkibida magniy yoki alyuminiy saqlovchi antasid vositalar, shuningdek temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Rodinirning ta‘siri ahamiyatli darajada kamayadi. Rodinir preparatini antasidlar yoki temir saqlovchi preparatlarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Boshqa β-laktam antibiotiklar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, probenesid sefdinirning buyrak orqali chiqarilishini ingibisiya qiladi, natijada plazmada sefdinirning cho‘qqi konsentrasiyasi oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Penisillinga sezgirligi yuqori bo‘lgan pasientlarga sefdinir buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki anafilaksiyani rivojlanishi bilan kechuvchi kesishgan giperreaktivlik hollari ma‘lum.

Har qanday keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial vosita qabul qilinganida soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan boshqa antibiotiklar buyurilganida bo‘lgani kabi, preparat bilan uzoq muddat davolash chidamli mikroorganizmlarni rivojlanishi va haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Agar davolanish vaqtida zamburug‘li yoki bakterial superinfeksiya rivojlansa, tegishli muqobil davolash buyuriladi.

Sefalosporinlar kam hollarda protrombin faolligini pasaytirishlari mumkin, bu protrombin vaqtini uzayishiga olib keladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya vaqtida Rodinir preparati ona uchun kutilgan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina buyuriladi.

Pediatriyada qo‘llanishi

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda sefdinir preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar aniqlanmagan. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Rodinir preparatining suspenziya shaklini qo‘llash tavsiya etiladi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sefdinir preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riq, diareya va tirishishlar.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Sefdinir organizmdan gemodializ yordamida chiqariladi. Zarurat bo‘lganida gemodializ muolajasi jiddiy toksik reaksiyalar kuzatilganida qo‘llanishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qattiq jelatin kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati 

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml dori vositasi Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RODINIR poroshok 60ml 125mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RODINIR poroshok 60ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
RODINIR kapsulalar 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RODINIR kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
RODINIR poroshok 60ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
RODINIR kapsulalar 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RODINIR kapsulalar 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: цефдинир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: Pharma Vision San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9