×
×
  • PANUM tabletkalari 40mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANUM tabletkalari 40mg N10

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Пантопразол
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ATX kodi:
- A02BC02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
PANTAP tabletkalari 40mg N14 Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Turkiya
ALLEDROKS gel 200ml Nabros Pharma Pvt. Ltd Hindiston
RABEMAK 20 tabletkalari 20mg N14 Macleods Pharmaceutical Ltd Hindiston
68 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANUM tabletkalari 40mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANUM®

PANUM®

 

Preparatning savdo nomi: Panum®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pantoprazol

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: pantoprazol natriy seskvigidrati – 45,1 mg, bu pantoprazolga ekvivalent – 40,0 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli liofilizat.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (proton nasosi ingibitori).

ATX kodi: A02VS02

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Proton nasosi ingibitoridir. Me‘daning parietal xujayralarida H+/K+-ATF-azani ingibisiya qiladi, parietal xujayradan vodorod ionlarini me‘da bo‘shlig‘iga tashib o‘tilishi jarayonini izdan chiqaradi va xlorid kislotasini gidrofil sekresiyasining yakuniy bosqichini bloklaydi. Ta‘sirlovchining tabiatidan qat‘iy nazar (gistamin, gastrin, asetilxolin) bazal va rag‘batlantirilgan sekresiyani uzoq vaqt susaytiradi. Maksimal samarasi faqat kuchli kislotali muhitda (rN < 3) namoyon bo‘ladi, rN yuqoriroq ko‘rsatkichlarida deyarli nofaol bo‘lib qoladi.

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida me‘da sekresiyasini pasayishi mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi. Me‘da-ichak yo‘llarining motorikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparatni qabul qilish yakunlanganidan keyin 3-4 kun o‘tgach sekretor faollik tiklanadi.

Proton nasosning boshqa ingibitorlariga nisbatan pantoprazol sitoxrom R450 ga bog‘liq jigarning oksidaza tizimi bilan o‘zaro ta‘sirining past potensialiga ega. Shuning uchun preparat ko‘pchilik boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashmaydi.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanish xajmi 0,15 l/kg, klirensi – soatiga 0,1 l/kg ni tashkil qiladi.

Preparatning yarim chiqarilish davri – 1 soat. Pantoprozolning farmakokinetikasi preparatni bir marta qo‘llagandan keyin ham, ko‘p marta qo‘llagandan keyin ham bir xil. 10 mg dan 80 mg gacha dozalar diapazonida pantoprazolning qon plazmasidagi konsentrasiyasining egri chizig‘i peroral qo‘llanilgandan keyin ham, vena ichiga yuborilgandan keyin ham proporsional bog‘liqlikka ega.

Pantoprazol qon plazmasidagi oqsillar bilan yuqori darajada (98%) bog‘lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning 80% metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali, kamroq miqdori axlat bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi va siydikdagi asosiy metaboliti – sulfatlar bilan kon‘yugasiyaga uchrovchi desmetilpantoprazoldir; asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri – taxminan 1,5 soatni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan gemodializda bo‘lgan bemorlarda ham) preparatning dozasini kamaytirish talab etilmaydi.

Garchi bu bemorlarda asosiy metabolitning yarim chiqarilish davri 2-3 soatgacha oshsada, preparatni chiqarilishi tez amalga oshadi va to‘planishi kuzatilmaydi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda pantoprazolning yarim chiqarilish davri 7-9 soatgacha oshadi, plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti sog‘lom pasientlarga nisbatan 1,5 marta oshadi.

Qo‘llanilishi

  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichidagi), eroziv gastrit, shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq gastrit.
  • gastroezofageal reflyuks kasalligi; eroziv reflyuks-ezofagit (davolash), gastroezofageal reflyuks kasalligini (ya‘ni noeroziv reflyuks kasalligini) simptomatik davolash;
  • Zollinger-Ellison sindromi;
  • antibakterial vositalar bilan majmuada Helicobacter pylori eradikasiyasi;
  • stress yaralari, shuningdek ularning asoratlarini (qon ketishi, perforasiya, penetrasiya) davolash va oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni peroral qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda vena ichiga yuborish tavsiya etiladi.

Tavsiya etilgan sutkalik dozasi 40 mg ni tashkil etadi.

Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarni uzoq vaqt davolaganda, davolashning boshida sutkalik doza 80 mg ni tashkil etadi, u taqsimlanishi va kuniga ikki marta yuborilishi kerak. Sutkalik dozani 160 mg gacha vaqtincha oshirish mumkin.

Stress yaralari, shuning yara kasalligining asoratlari (qon ketishi, perforasiya, penetrasiya) bo‘lganida preparat 80 mg sutkalik dozada buyuriladi, u taqsimlanishi va kuniga ikki marta yuborilishi kerak. Sutkalik dozani 160 mg gacha vaqtincha oshirish mumkin.

Qo‘llashga tayyor in‘eksion eritmani tayyorlash uchun liofilizat saqlovchi flakonga 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi qo‘shiladi.

Bu eritmani bevosita yuborish mumkin yoki u natriy xloridining fiziologik eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan aralashtirilgandan keyin qo‘llanishi mumkin. Tayyorlangan eritma 2-15 minut davomida vena ichiga yuboriladi va u tayyorlangandan keyin darhol qo‘llanadi. Tayyorlangan eritmani boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya etilgan dozalarda buyurilganda nojo‘ya samaralar juda kam hollarda paydo bo‘ladi, lekin quyidagi kabi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin:

a) tipik nojo‘ya samaralar: qorinning yuqori qismida og‘riq, diareya, qabziyat, meteorizm, bosh og‘rig‘i.

b) kam uchraydigan nojo‘ya samaralar (paydo bo‘lish tez-tezligi 10000 holatdan 1 tadan ko‘p emas): og‘izni qurishi, artralgiya, depressiya, gallyusinasiyalar, dezorientasiya va ongni chalkashishi.

v) juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (10000 holatdan 1 tadan kamroq): leykopeniya, trombositopeniya, preparatni yuborish joyida tromboflebit, periferik shishlar, gepatosellyulyar yetishmovchilik (sariqlik bilan yoki jigar yetishmovchiligini rivojlanishisiz), anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), jigar fermentlari faolligini oshishi, trigliseridlar darajasini oshishi, tana haroratini oshishi; eshakemi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, yorug‘likka sezuvchanlik, Layell sindromi; mialgiya, interstisial nefrit.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, nevrotik genezli dispepsiya, me‘da-ichak yo‘llarining xavfli kasalligi, og‘ir jigar yetishmovchiligi, bolalar, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik; jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Panum® ni bir vaqtda qo‘llash biokiraolishligi me‘daning rN muhitiga bog‘liq preparatlarning (masalan: temir tuzlari, ketokonazol, atanazavir va ritonavir) so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Preparat quyidagi bemorlar guruhiga dorilarning o‘zaro ta‘siri xavfisiz buyurilishi mumkin:

  • yurak glikozidari (digoksin), sekin kalsiy kanallari blokatorlari (nifedipin), beta-adrenoblokatorlar (metoprozol) qabul qilayotgan yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan pasientlar;
  • antasidlar, antibiotiklar (amoksisillin, klaritromisin) qabul qilayotgan me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari bo‘lgan pasientlar;
  • peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan pasientlar;
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (diklofenak, fenazon, naproksen, piroksikam) qabul qilayotgan pasientlar;
  • glibenklamid, levotiroksin natriy qabul qilayotgan endokrin tizimi kasalliklari bo‘lgan pasientlar;
  • diazepam qabul qilayotgan xavotirli holatlar va uyquni buzilishlari bo‘lgan pasientlar;
  • karbamazepin va fenitoin qabul qilayotgan tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar;
  • varfarin va fenprokumon kabi bilvosita antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlar;
  • siklosporin, takrolimus qabul qilayotgan transplantasiya o‘tkazgan pasientlar.

Preparatni teofillin, kofein va etanol bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni peroral qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda vena ichiga yuborish tavsiya etiladi.

Pantoprazol nevrogen genezli dispepsiya kabi me‘da-ichak tomonidan yengil buzilishlarini davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Davolashni boshlashdan oldin qizilo‘ngach va me‘daning xavfli kasalliklarini inkor etish kerak, chunki simptomatik yaxshilanish to‘g‘ri diagnoz qo‘yishni kechiktirishi va simptomatikani niqoblashi mumkin. Gastroezofageal reflyuks kasalligi tashhisi endoskopik tasdiqlanishi kerak. Keksa bemorlarda va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida sutkada 40 mg dozani oshirish tavsiya etilmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligida preparatning sutkalik dozasi 20 mg gacha kamaytirilishi kerak, bunda jigar fermentlarini doimiy nazorat qilish zarur (ular oshgan hollarda – pantoprazol bilan davolash to‘xtatilishi kerak).

Homiladorlik

Preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun qo‘llashdan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Avtomobilni va turli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda preparatning dozasini oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan. Spesifik antidoti mavjud emas. Gemodializ samarasiz. Klinik ko‘rinishlar (nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin) bo‘lganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 40 mg dan flakonda.

Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANUM tabletkalari 40mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANUM tabletkalari 40mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANUM tabletkalari 40mg N10 dori vositasi Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANUM tabletkalari 40mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANUM tabletkalari 40mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ASPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дрогсан Илачлары Сан. ве Тидж. А. Ш.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PANTIPRO liofilizat 40 mg N1
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
PANZOL poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas 1, Pharmacity, Selaqui, Dehradun
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
PANZAK poroshok 40mg N1
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
ULTERA tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
PROTON P tabletkalari 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PROTON P tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PANTOSAN poroshok 40mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
ULSEPAN poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
ZOLOPENT tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NOLPAZA poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KONTROLOK poroshok 40mg N1
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANTAZ tabletkalari 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DJOSET sirop 100ml
Narh: 44 500 so'mdan Batafsil
NOSILIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ksilometazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
TRAZOGRAF eritma 20ml 76% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Natriya amidotrizoat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 217 500 so'mdan Batafsil
GEKSORAL tabletkalari so vkusom meda i limona N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom limona N16
METROGIL DENTA gel 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Xlorgeksidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
YUNISPAZ N tabletkalari N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, drotavertin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
METROGIL PLYUS gel 50mg 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol, Klotrimazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • Distribyutor: ALINFARM MEDICAL
IBUPAR 400/325 tabletkalari 400mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IBUPAR 100/125 tabletkalari 100mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
AMLOVAS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Amlodipin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IFIMOL eritma 100ml 0,01/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
YUNIFLOKSIN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
NIKARDIYA tabletkalari 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
LORID tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
LORID sirop 100ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9