×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Рокситромицин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Lek-Sandoz
ATX kodi:
- J01FA06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 19 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 28 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

NIKOSEF poroshok 1,0g N1 God Gift Laboratory Pvt. Ltd. Hindiston
26 000 s`om dan
AZIMAK kapsulalar 250mg N3 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6 Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
33 400 s`om dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1 Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
2 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA
ROKSITROMISIN
ROXITROMYCINUM

Preparatning savdo nomi: Roksitromisin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): roksitromisin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: roksitromisin – 150 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, kraxmal, povidon K-30, talk, magniy stearati, gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, propilenglikol;

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish oq rangli, biroz g‘adir budir qobiq bilan qoplangan ikki yoqlama qavariq, dumaloq shaklli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01AF06

Farmakologik xususiyatlari

Keng spektrli antibakterial faollikka ega makrolidlar guruhi yarim, sintetik antibiotiki.

Preparatga yuqori sezgir: Bordetella pertussis, Boreilla burgdorferi Moraxella (Branhamella)  catarrhalis; Campylobacter coli; Campylobacter jejuni; Chlamidya trachomatis; Chlamidya psittasi; Chlamydia pneumoniae; Clostridium spp., shu jimladan: Clostridium perfringens; Corynobacterium diphtheriae; Enterococcus, Gardnerella vaginalis; metisillinga sezgir: Staphilacoccus; Nisseria meningitidis; Helicobacter pyllori; Legionella pneumophilha, Listeria monocytogenes; Mycoplasma pneumoniae; Pasteurella multocida; Peptostreptococcus, Porphyromonas, Propionibacterium acnes; Rhodococcus egui, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus spp.

Preparatga o‘rtacha sezgir: Haemophilus influenzae, Ureaplasma urealyticum, Vibro cholerae, Staphylococcus aureus i epidermidis.

Preparatga chidamli: Acinetobacter spp., Bacteriods fragilis, Enterobacteriaceae; metisillinga chidamli: Staphylococcus; Pseudomonas spp., Fusobacterium; Mycoplasma hominis, Nocardia.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilingandan keyin Roksitromisin tez me‘da-ichak yo‘lliridan so‘riladi. Roksitromisin qabul qilingandan 15 minutdan keyin qon plazmasida aniqlanadi. Preparatni 150 mg dozada qabul qilgandan 2,2 soatdan keyin qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga (Cmax) erishiladi va u o‘rtacha 6,6 mg/l ni tashkil kiladi. Preparatni 12 soat oraliqda qabul qilish qonda samarali konsentrasiyani bir sutka davomida saqlanib turishini ta‘minlaydi.

Taqsimlanishi

Roksitromisin ko‘pgina to‘qimalarga, ayniqsa o‘pkaga (5,6 –3,7 mg/kg konsentrasiyada), tanglay bodomchalariga (2,6-1,7 mg/kg) va prostata beziga (2,8 – 2,4 mg/kg) yaxshi kiradi. Roksitromisin hamda hujayra ichiga, ayniqsa neytrofil leykositlar va monositlarga ham ularni fagositar faolligini rag‘batlantirib yaxshi kira oladi.

Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish 96% ni tashkil kilib, to‘yingan xarakterga ega bo‘ladi va roksitromisinni 4 mg/l dan yuqori konsentrasiyasida kamayadi.

Preparatni qabul qilingan 0,05% dan kamrok dozasi ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Metabolizm va chiqarilishi

Roksitromisin organizmda qisman metabolizmga uchraydi. Faol moddani yarmidan ko‘prog‘i o‘zgarmagan xolda asosan ichak orkali chiqariladi.

Buyrak va jigar faoliyati me‘erda bo‘lgan kattalarda preparatni 65% ichak orqali chikariladi.

Bir marta 150 mg dozada kabul kilinganda yarim chikarilish davri (T1/2) o‘rtacha 1,5 soatni tashkil kiladi.    

Ayrim klinik xollarda farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligida Roksitromisin va uni metabolitlarini buyrak orqali chiqarilishi qabul qilingan dozani taxminan 10% ni tashkil qiladi.

Preparat dozasi buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligida T1/2 (25 soat) uzayadi va Smax oshadi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan infeksion – yallig‘lanish kasalliklarini davolash:

  • yuqori nafas olish yo‘llari infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir faringitlar, tonzillitlar, sinusitlar);
  • quyi nafas olish yullari infeksiyalari (shu jumladan, pnevmoniya, o‘pkani surunkali obstruktiv kasalliklaridagi bakterial infeksiyalar, atipik pnevmoniya);
  • teri va yumshok tukima infeksiyalari;
  • aellar jinsiy a‘zolari (genitaliya) infeksiyalari (shu jumladan uretritlar, servikovaginitlar);
  • odontologiyadagi infeksiyalar;

Kullash usuli va dozalari

Preparatni ovqat qabul qilishdan oldin yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.

Kattalarga: 150 mg preparatni sutkada 2 marta 12 soat oralig‘ida buyuriladi. Sutkada bir marta 300 mg ni buyurish xam mumkin. Qabul qilish davomiyligi qo‘llash ko‘rsatmasi, infeksion jarayonni og‘irligi va qo‘zg‘atuvchini faolligiga bog‘liq.

Bolalarga: preparat tana vazni, qo‘zg‘atuvchini turi va infeksion jaraenni og‘irligiga qarab buyuriladi. O‘rtacha doza 5–8 mg/kg sutkani tashkil qiladi, davolash davomiyligi 10 kundan ortiq emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda: preparatni 150 mg doza dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish, bronxospazm, eshakemi, quvvatsizlik; kam-anafilaktik shok.

Dermatologii reaksiyalar: toshma, giperemiya.

Me‘da-ichak tizimi va jigar tomonidan: ta‘mni va/yoki hidni biroz uzgarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘rik, diareya (juda kam-qon bilan) transaminazalar va IF faolligini tranzitor oshishi, xolestatik yoki gepatosellyulyar utkar gepatit, ayrim xollarda pankreatit belgilari kuzatilgan.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar.  

Sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni o‘sish hisobiga superinfeksiya rivojlanishi mumkin.

 

Qo‘llaniligi mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • makrolidlarga yuqori sezuvchanlik;
  • ergotamin va digidriegrotamin turkumi preparatlarini bir vaqtda qabul qilish;
  • homiladorlik (1 uch oylik) ;
  • laktasiya (emizish).

Homiladorlik va laktasiya

Preparat homiladorlik davrida ko‘llanilmaydi.

Roksitromisinni oz miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktasiya davrida emizishni yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Homiladorlikning II va III uch oyligida preparatni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, shifokorni chuqur nazorati ostida buyuriladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ergotamin xosilalari va ergotaminsimon tomir toraytiruvchi vositalari bilan birga qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki «ergotizm» rivojlanishiga va oyoq-qo‘l  to‘qimalarini nekroziga olib kelishi mumkin.

Digoksin bilan bir vaktda qabul qilinganda uni so‘rilishini oshirishi mumkin.

Makrolid antibiotiklar bilan bir vaktda qabul qilinganda Terfenadinni zardobdagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, bu esa og‘ir qorincha aritmiyalarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Roksitromisinda bunday asoratlar aniqlanmagan bo‘lsada va ko‘ngillilardagi tekshirishlarda qandaydir farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlashuv yoki EKG da o‘zgarishlar ko‘rsatilmagan bo‘lsada, Roksitromisin va Terfenadinni birga ko‘llash tavsiya kilinmaydi.

Roksitromisin va bilvosita antikoagulyantlar bilan (varfarin) bir vaqtda qo‘llanganda protrombin vaqtini uzayishi mumkin.

Preparatni Teofillin va Siklosporin A bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgini plazmadagi konsentrasiyasini oshishi (bu esa dozalash rejimini to‘g‘irlashni talab qilmaydi) aniqlangan.

Roksitromisin zardobdagi Dizopiramid miqdorini oshirib, Dizopiramid o‘rnini bosishi mumkin. EKG ni monitoring qilish va imkon qadar Dizopiramidni zardobdagi darajasini aniqlash tavsiya qilinadi.

Karbamazepin, ranitidin, antasidlar, peroral kontraseptivlar (ekstrogen-gestagen saqlovchi) bilan o‘zaro ta‘sirlashmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurishda jigar faoliyatni nazorat qilish vo dozalashni to‘g‘rilash zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, hamda katta yoshdagi shaxslarga preparatni dozalash rejimini to‘g‘rilashga xojat yo‘k.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish xollarida me‘da yuviladi va simptomatik davo o‘tkaziladi. Maxsus antidoti yo‘k.

 

Chiqarilish  shakli

Qobik bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan.

                                                                                                                                                                Kobik bilan koplangan tabletkalar, 150 mg dan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlik muddati
3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 dori vositasi Lek-Sandoz tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ROKSITROMISIN SANDOZ tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Рокситромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: S.C. Sandoz S.R.L.
Narh: 42 700 so'mdan Batafsil
ROKSIBEL tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Рокситромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel-Pharmsanoat, ИП
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ROKSITROMISIN tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Рокситромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gufik Avitsenna, СП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
Narh: 47 500 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9