×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Глюкозамина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
ATX kodi:
- M09AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 101 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
348 000 s`om dan
MUSKOMED kapsulalar 4mg N20 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
50 000 s`om dan
PROTEKTA tabletkalari N20 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd Bolgariya
87 900 s`om dan
SEL T tabletkalari N50 Биологише Хайльмиттель Хеель ГмбХ. Germaniya
60 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RUMALON®

RUMALON

Preparatning savdo nomi: Rumalon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glikozaminoglikan-peptid kompleksi

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2,25 mg dan kam bo‘lmagan glikozaminoglikan-peptid kompleksi saqlovchi suyak ko‘migi va qovurg‘a tog‘ayi ekstraktlari aralashmasi;

yordamchi moddalar: m-krezol – 2,6 mg, xlorid kislotasi (1M eritma) – rN 6,5-7,5 gacha, in‘eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, jigarrang tusli och-sariq ranglidan to sarg‘ish-jigarrang rangligacha bo‘lgan, metakrezol hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenenrasiyasi stimulyatori

ATX kodi: M09AX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xayvonlardan olinadigan majmuaviy preparat, glikozaminoglikan-peptid kompleksi saqlaydi. Preparatning ta‘siri uning faol komponentlarini birgalikdagi ta‘siri bilan bog‘liq. Tog‘ay gialin to‘qimalarida moddalar almashinuvini normallashtiradi: sulfat guruhi qo‘shilgan mukopolisaxaridlar va kollagen biosintezini kuchaytiradi, bo‘g‘im tog‘aylari regenerasiyasini rag‘batlantiradi, fermentlar faolligini kamaytiradi va tog‘ay to‘qimalarida katabolik jarayonlarini tormozlaydi.

Farmakokinetikasi

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Qo‘llanilishi

Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklari: gonartroz, barmoqlararo bo‘g‘imlar artrozi, koksartroz, spondilez, spondiloartroz, meniskopatiya, tizza qopqog‘i xondromalyasiyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga chuqur yuboriladi: birinchi kuni— 0,3 ml, ikkinchi kuni — 0,5 ml va keyinchalik xaftada 3 marta 1 ml dan 5-6 xafta davomida yuboriladi. Takroriy davolash kursi – xuddi shu sxema bo‘yicha shifokor maslahatidan keyin buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

JSST ma‘lumotlari bo‘yicha noxush samaralari ular rivojlanish tez-tezligiga muvofiq quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan).

 

Immun tizimi tomonidan:

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktoid reaksiyalar, anafilaktik shok.

Ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik,
  • revmatoid artrit,
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar,
  • homiladorlik, emizish davri,
  • kontrasepsiyani ishonchli usullariga rioya qilmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Rumalon® preparatini nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregant vositalar va fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ular ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bevosita antikoagulyantlar, antiagregant vositalar va fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ivishi ko‘rsatkichlarini tez-tez nazorat qilish zarur.

Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga (transport vositalarini boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas (ushbu guruh pasientlarida preparatni qo‘llash xaqida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli)

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish xolatlari qayd etilmagan.

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun eritma.

1 yoki 2 ml dan sindirish uchun oq xalqasi bilan yorug‘likdan himoyalovchi to‘q shisha ampulalarda.

5 ampuladan PET/PE folgali qoplamli PVX li kontur uyali polimer o‘ramda.

1, 2 yoki 5 dan kontur kontur uyali PVX o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 dori vositasi Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Глюкозамина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 430 000 so'mdan Batafsil
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Глюкозамина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Глюкозамина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 430 000 so'mdan Batafsil
RUMALON inyeksiya uchun eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Глюкозамина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Robapharm, EOOD, Болгария произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9