×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SENAMAKS tabletkalari N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Сеннозиды А и В
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Herbal Pharm, OOO
ATX kodi:
- A06AB06
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGVIT kapsulalar N30 УП МИНСКИНТЕРКАПС Belarusiya
27 000 s`om dan
116 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SENAMAKS tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SENAMAKS

SENAMAXUM

 

Preparatning savdo nomi: Senamaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): A va V sennozidlari (kalsiy tuzlari ko‘rinishida).

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Xar bir tableka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kalsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg.

Yordamchi moddalar: sut qandi – 0.0778 g, makkajo‘xori kraxmali – 0.274 g, vanilin – 0.0006 g, magniy stearati – 0.003 g, nipagin – 0.0006 g, stearin kislatasi – 0.004 g.

Ta‘rifi: Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi silindr shaklli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositasi.

ATX kodi: A06AB06

Farmakologik xususiyatlari

Preparat qabul qilingandan so‘ng 8-10 soatdan keyin ichni keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning bu samarasi, yo‘g‘on ichakning reseptorlariga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lib, u ichak peristaltikasini kuchayishiga olib keladi. Chambar ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakning me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, o‘rganib qolishni chaqirmaydi, ovqatni hazm bo‘lishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakdan chiqariladi, bir qismi esa bevosita yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta‘sirida ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlar, shu jumladan gipotoniya va yo‘g‘on ichakning peristaltikasini susayishi bilan bog‘liq qabziyatlar. Gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlarida, ich kelishini kuzatib turish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kechqurun ovqatdan keyin 1 tabletkadan. Samarasi bo‘lmaganida bir necha kundan so‘ng bir martalik dozani 1,5 tabletkagacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ich ketishi, meteorizm. Bunday holatlarda dozani kamaytirish yoki preparatani bekor qilish kerak. Uzoq vaqt qo‘llanganida, ayniqsa katta dozalarda elektrolitlarni yo‘qotish (asosan kaliy) albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va mushaklararo chigillarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Spastik kolit, appendisit, ichakning o‘tkazmasligi, noaniq genezli qorin og‘riqlari, suv va elektrolit almashinuvini buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan va bachadondan qon ketishi, sistit.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyraklarning kasalliklarida, homiladorlik va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ba‘zida preparat qabul qilinganida siydikning rangi o‘zgarishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,14 g dan №10 kontur-uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SENAMAKS tabletkalari N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SENAMAKS tabletkalari N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SENAMAKS tabletkalari N10 dori vositasi Herbal Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SENAMAKS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SENAMAKS tabletkalari N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GERBION LAKSANA tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Сеннозиды А и В ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SENADEKSIN tabletkalari N10
Narh: 1 300 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
FENABAL tabletkalari 0,25g N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: HERBAL PHARM, OOO
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
STREPTOSID tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
STREPTOSID tabletkalari 0,3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
Narh: 1 050 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,25 g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: HERBAL PHARM, OOO
PARASETAMOL tabletkalari 0,2g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
Narh: 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9