×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SEPTUM LOR eritma 10 ml N30

Kategoriya:
- Antiseptiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolash uchun turli preparatlar
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories, СП ООО
ATX kodi:
- D08AC02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KURIOZIN gel 15g Gedeon Richter PLC Vengriya
46 000 s`om dan
vodorod perikisi eritma 50ml 3% Ferghana Invista Pharm, OOO O'zbekiston
1 200 s`om dan
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Rossiya Federatsiyasi
6 500 s`om dan
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1% Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
1 100 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: 

Faol moddalar: 20% xlorgeksidin biglyukonati eritmasi -6,14 g

                                     benzidamin gidroxloridi -1,5 g 

Yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitol kristali, polisorbat 80  (tvin 80), limon kislotasi, natriy tsitrat digidrati, mentol, in'ektsiya uchun suv 1000 ml gacha

Сhiqarilish shakli

 5 ml va 10 ml dan tibbiy polietilenli yunidozalarda (ampulalarda). 50 ml va 100 ml dan polietilentereftalatdan tayyorlangan flakonlar. PET flakonlari va yunidozalari (ampulalar) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutida.


Chayish uchun eritma

Benzidaminning yallig'lanishga qarshi ta'sir mexanizmi gipofizo-adrenal tizimni rag'batlantirish bilan bog'liq emas. Benzidamin prostaglandinlar biosintezini hamda boshqa steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni ingibirlaydi, ammo ularning ta'sir mexanizmi to'liq tushuntirilmagan. Benzidaminning og'riqsizlantiruvchi ta'siri uning yallig'lanishga qarshi ta'siridan ancha kuchli.
Xlorgeksidin mahalliy qo'llanilganda tezkor bakteriostatik ta'sirga ega bo'lib, keyinchalik uzoq vaqt bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. 

Xlorgeksidin, mikrob hujayrasining devorida so'riladi va uzoq vaqt sirt ta'siriga ega bo'lib, bakteriyalarning o'sishini kechiktiradi, keyin tsitoplazmaning yopishishiga yordam beradi, hujayra o'limiga sabab bo'ladi.
So'rilishi. 
Benzidamin yallig'langan shilliq qavatga yaxshi so'riladi va yallig'lanishga qarshi va mahalliy anestetik ta'sirga ega.

Benzidaminni mahalliy qo'llanilgandan so'ng, plazmadagi kontsentratsiyasi past va preparatning dozasiga mutanosibdir.

Og'iz orqali chayishda dozaning 4% ga yaqini yutiladi va uning ayrimlari so'riladi. Xlorgeksidinning yutilgan dozasining 90% so'rilmaydi va to'g'ridan-to'g'ri najas orqali chiqariladi.

Сhayilgandan so'ng taxminan 30% xlorgeksidin og'iz bo'shlig'ida saqlanib qoladi va 24 soat davomida asta-sekin so'lakka chiqariladi. Xlorgeksidin glyukonati oshqozon-ichak traktidan kam so'riladi; qonda aniqlanadigan kontsentratsiyalar yo'q.

Taqsimlanishi. 
Septum lor-og'iz bo'shlig'ida mahalliy foydalanish uchun dori vositasi. Tizimli so'rilish va dispersiya ikkala ingredientning oshqozon-ichak trakti shilliq qavatida kam so'rilishi sababli kutilmaydi.

Metabolizmi. 
Xlorgeksidinni plazmada o'lchab bo'lmaydi, chunki so'rilish juda kam darajada.
Benzidamin odatda oksidlanish va kon'yugatsiya yo'li bilan metabollanadi.

Сhiqarilishi. 
Xlorgeksidin organizmda to'planmaydi va juda kam miqdorda o'zlashtirilishi mumkin.
Yutilgan xlorgeksidindan taxminan 10% so'riladi va keyinchalik buyrak kanali orqali chiqariladi; qolgan 90% preparat axlat bilan chiqariladi. Benzidamin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi.
Septum lor chayish uchun eritmasi odatda yaxshi o'zlashtiriladi va kam nojo'ya ta'siri bor.

Juda tez-tez (≥1/10);

- og'iz bo'shlig'ida sezuvchanlikning vaqtincha yo'qolishi

Tez -tez (≥1/100 va <1/10);

- og'izda achishish va yonish hissi 

- ko'ngil aynishi, qusish, qusishga chaqirish xissi

- ta'm sezgilarini o'zgarishi

- tishlardagi dog'larning vaqtinchalik shakllanishi zararsiz bo'lib va kamida eritmani qo'llashdan oldin tishlarni yuvish orqali yo'qotish mumkin

Juda kam holatlarda (<1/10.000) 

- allergik reaktsiyalar, yuqori sezuvchanlik va anafilaktsiya

- laringospazm, bronxospazm

- teri reaktsiyalari bilan bog'liq tirnalish xissi, toshma bilan kechgan qichishish, eshakemi, fotodermatit,  og'iz bo'shlig'ini shilinishi

- og'iz bo'shlig'ida quruqlik yoki tashnalik, og'riq, og'izda tozalik hissi ko'rinishidagi mahalliy reaktsiyalar

Noma'lum(mavjud ma'lumotlar bilan baholab bo'lmaydi):

- bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik

- faringeal achishish xususiyati, yo'tal 

- og'iz qurushi

Shifokor retseptisiz.

o Faqat tashqi foydalanish uchun.

o 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. 

o Preparat faqat og'iz bo'shlig'ini yuvish uchun mo'ljallangan. Ko'z va quloqqa tushishiga yo'l qo'yilmasin. Ko'zlarga tushganda ko'p miqdorda suv bilan yuvib tashlansin.

o Foydalanishdan oldin, xlorgeksidin biglyukonatining bo'yovchi ta'sirini kamaytirish uchun tishlarini tozalash kerak. 

o Yutilmasin, foydalanishdan keyin tupurilsin. 

o Suyultirmasdan ishlatiladi 

o Agar bemorda bakterial infektsiya chaqirgan tomoq og'rig'i bo'lsa, qo'shimcha antibiotiklarni ichish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.

o Benzidamin va uning metabolitlari siydik orqali chiqariladi. Shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar preparatni tizimli so'rilish tufayli ehtiyotkorlik bilan ishlatishlari kerak. 

o Benzidamin jigarda faol metabollanadi. Jigar yetishmovchiligining og'ir shakllari bo'lgan bemorlar, mumkin bo'lgan tiizimli so'rilish tufayli ehtiyotkorlik bilan  foydalanishlari kerak. 

o Preparat propilenglikolni saqlaydi, lekin foydalanish usuli tufayli alohida e'tibor talab qilmaydi. 

o Preparat noyob fruktozani genetik o'zlashtira olmaydigan bemorlarda ishlatilmasligi kerak, chunki u sorbit saqlaydi.

Keksa bemorlarda qo'llash: Keksa bemorlarga kattalar kabi dozada beriladi.

Preparatning avtotransport vositalarini haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni ishlash imkoniyatiga ta'sir qilmaydi.

- gingivit, stomatit, faringit, tonzillit, aftoz zararlanishlar, paradondit

- kimyoterapiya, radioterapiya, boshqa aralashuvlar (masalan, traxealya intubatsiyasi, parodontal aralashuvlar) va jarohatlardan kelib chiqadigan og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolash

- tishlardagi qoldiqlarni kamaytirish uchun qo'llanadi.

- benzidamin, uning hosilalari yoki preparatning boshqa tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik

- homiladorlik va emizish davri

- 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Xlorgeksidin bilan o'zaro ta'siri

• Xlorgeksidin tuzlari sovun va anion guruhi bo'lgan boshqa moddalar bilan mos kelmaydi.

• Xlorgeksidin tuzlari kation va ion bo'lmagan sirti faol moddalar bilan mos keladi, ammo yuqori kontsentratsiyalarda birgalikda foydalanish xlorgeksidinning mitseliy bilan bog'lanishi tufayli preparatning faolligini pasaytiradi.

• Tsetrimid va lissapol NX kabi sirt faol moddalar xlorgeksidin eruvchanligining oshishiga olib kelishi mumkin. 

• Natriy  alginat, natriy karboksimetiltsellyuloza, Arab saqichi, kraxmal kabi anion polielektrolitlar bilan mos kelmaydi; bir vaqtning o'zida foydalanish samaradorligini kamaytiradi.

• Brilliant yashili, xloramfenikol, mis sulfati, natriy flyuorestseini, formal'degid, kumush nitrati, rux sulfati bilan mos kelmaydi.

• Qattiq suv bilan suyultirilganda kal'tsiy va magniy kationlari bilan o'zaro ta'sir natijasida erimaydigan tuzlar sifatida cho'kishi mumkin.

• Agar eritmada benzoatlar, bikarbonatlar, karbonatlar, boratlar, nitratlar, fosfatlar va sul'fatlar bilan hosil bo'lgan xlorgeksidin tuzlarining kontsentratsiyasi 0,05% dan ortiq bo'lsa, kam eruvchan tuzlar hosil bo'ladi va cho'kadi. Tsetrimid bu tuzlarning eruvchanligini oshiradi, birgalikda bunday cho'ktiruvchilar topilmaydi.

• Xlorgeksidin biglyukonatining tsetrimid va benzalkoniy xloridi bilan mosligi bakteritsid faolligining sinergetik oshishida namoyon bo'ladi. Tsetrimid xlorgeksidinning qattiq suvda cho'kishini kamaytiradi. 

• Xlorgeksidin biglyukonatidan tashqari, xlorgeksidin va uning tuzlari spirtda suvga qaraganda yaxshiroq eriydi. Xlorgeksidin biglyukonati eritmasi spirt qo'shilganda cho'kishi mumkin.

Benzidaminning dori vositalar bilan o'zaro ta'siri ma'lum emas.

• O'zaro moslik tadqiqotlari pediatriya guruhi va boshqa maxsus aholi guruhlarida o'tkazilmagan.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Yalpiz hidli, shirin-achchiq ta'mli, tiniq, rangsiz eritma.
Eritma  yutilmasin. Foydalanishdan so'ng, eritmani tupurish kerak. Odatda suyultirmasdan ishlatiladi. Agar yonish va achishish hissi mavjud bo'lsa, eritma suv bilan suyultirilishi kerak. 7 kundan ortiq ketma-ket foydalanilmasin.

Kattalar

15 ml eritmani og'izda kamida 30 soniya ushlab turish kerak. 

Kun davomida har 1.5-3 soatda takrorlanadi.

Gingivitni davolash paytida Septum lor tarkibidagi xlorgeksidin tishlarda qoldiqlar hosil qiladi.  Foydalanishdan oldin, tish cho'tkasi bilan tishlarni birlamchi tozalash kerak. 

Agar Septum lor chayish uchun eritmasini og'iz bo'shlig'i giginenasini ta'minlash maqsadida ishlatilsa, kamida 1 minut chayish kerak.  Septum lor chayish uchun eritmasi tarkibidagi xlorgeksidin keltirib chiqargan dog'lar shakllanishini kamaytirish maqsadida, tish cho'tkasi bilan tishlarni birlamchi tozalash kerak. 

Bolalar

12 yoshgacha bo'lgan bolalarda foydalanish tavsiya etilmaydi.

12 yoshdan katta bolalar uchun 5 - 15 ml eritmani foydalanish mumkin, kamida 30 soniya og'izda ushlab turiladi. Kun davomida har 1.5-3 soatda takrorlanadi.

Keksa yoshdagi bemorlar.

Keksa bemorlar uchun xam kattalar kabi  bir xil dozalar qo'llaniladi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan foydalanilsin.

12 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Simptomlari: nojo'ya ta'sirlar.

Davolash. O'ziga xos antidot yo'q; agar katta dozalar yutilganda, simptomatik davolash olib boriladi.
Xlorgeksidinning homilador ayollarga ta'siri haqida hech qanday nazoratga olingan tadqiqotlar yo'q va benzidaminning hayvonlarga va homilador ayollarga ta'siri haqida yetarli tadqiqotlar yo'q. Emizikli ayollar haqida yetarli tadqiqotlar yo'q.

Shunday qilib, homilador va emizikli ayollarda Septum lor preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'sag'asidagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo'sag'asidagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SEPTUM LOR eritma 10 ml N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SEPTUM LOR eritma 10 ml N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SEPTUM LOR eritma 10 ml N30 dori vositasi Jurabek Laboratories, СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SEPTUM LOR eritma 10 ml N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SEPTUM LOR eritma 10 ml N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 10 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-400 suspenziya 5 ml 400 ml/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 10 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
YUVIRA-200 suspenziya 5 ml 200 mg/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 8000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 6000 ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
ENOKSAPARIN-JL eritma 1 ml 4000 ME/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories, СП ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9