×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya
Faol modda:
депротеинизированный диализат из крови телят
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
ATX kodi:
- V03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ATROVENT eritma dlya ingalyasiy 20ml 0,25mg/ml Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc. Italiya
59 900 s`om dan
DENTOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
78 000 s`om dan
ShREYTON kapsulalar N30 Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd. Hindiston
VODA DLYA IN‘EKSIY eritma 2ml N5 Jurabek Laboratories СП ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

SOLKOSERIL

SOLCOSERYL®

preparatini pasientlar uchun tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi: Solkoseril

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel va sirtga qo‘llash uchun surtma

1 g tarkibi:

Solkoseril geli va Solkoseril surtmasi quyidagilarni saqlaydi:

faol komponenti:

Solkoseril (emadigan buzoqchalarning qonidan olingan proteinsizlangan dializat),

quruq moddaga qayta hisoblaganda muvofiq 4,15 mg/g va 2,07 mg/g.

yordamchi moddalar:

Solkoseril gel – metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), natriy karmelloza, propilenglikol, kalsiy laktati pentagidrati, in‘eksiya uchun suv, sut kislotasi va/yoki natriy gidroksidi.

Solkoseril surtmasi – metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), setil spirti, xolesterol, oq vazelin, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi

Solkoseril geli: gomogen, deyarli rangsiz, tiniq, zich konsistensiyali gel. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli.

Solkoseril surtmasi: bir xil, oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan yog‘li massa. Solkoserilning o‘ziga xos yengil (go‘sht bulonining hidi) hidli va vazelin hidli.

Farmakoterapevtik guruhi: jarohatlar va yaralar davolash uchun vosita. Jarohatlarni bitkazuvchi boshqa vositalar.

ATX kodi: D03AX

Farmakologik xususiyatlari

Solkoseril deproteinizasiyalashtirilgan gemodializati bo‘lib, kimyoviy va farmakologik xususiyatlari bugungi kunda faqat qisman ta‘riflangan, preparat katta miqdorda buzoqchalarning qon hujayrasi va zardobining quyimolekulyar birikmalarini saqlaydi (dializ/ultrafiltrasiya, chegaraviy molekulyar massasi 5000D gacha).

Hujayra va to‘qimalarning turli kulturalarida, a‘zolarda, shuningdek hayvon organizmdagi o‘tkazilgan tadqiqotlar Solkoserilda quyidagi xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatdi:

– aerob energetik almashinuvni, shuningdek kerakli miqdordagi ozuqa moddalari bilan ta‘minlangan hujayralarda oksidlanish-fosforlanish jarayonlarni bir maromda ushlab turadi va/yoki tiklaydi, va shu orqali yuqori energiyali fosfatlar bilan ta‘minlanishini bir maromda ushlab turadi va/yoki tiklaydi;

–  kislorodni o‘zlashtirilishini (in vitro sharoitida), gipoksiyaga uchragan va metabolizmi sustlashgan to‘qima va hujayralarda, glyukozani tashilishini oshiradi;

– shikastlangan to‘qimalarda va/yoki yetarli miqdordagi ozuqa moddalar bilan ta‘minlanmagan to‘qimalarda reparativ va regenerativ jarayonlarni yaxshilaydi;

– qaytuvchan shikastlangan xujayra tizimlarida ikkilamchi degenerasiyani va patologik o‘zgarishlarni bartaraf qiladi va/yoki kamaytiradi;

in vitro sharoitidagi modellarda kollagen sintezini kuchaytiradi, shuningdek

in vitro sharoitida hujayralar proliferasiyasini va migrasiyasini rag‘batlantiradi.

Shunday qilib, Solkoseril gipoksiyaga moyil bo‘lgan to‘qimalarni va/yoki quvvatsizlanishga moyil bo‘lgan substratni himoyalaydi. Bu qaytuvchan shikastlangan to‘qima faoliyatini tiklanishini rag‘batlantiradi, shuningdek shikastlanishlarni bitishini tezlashtiradi va ushbu jarayonning sifatli kechishini oshiradi.

Qo‘llanilishi

Solkoseril gel/surtmasi quyidagi hollarda qo‘llanadi:

– axamiyatsiz shikastlanishlar (shilinishlar, tirnalishlar, kesilishlar);

– 1 va 2 darajali kuyishlar (quyoshdan kuyish, termik kuyishlar);

– sovuq urishlar;

– qiyin bituvchi jarohatlar (shu jumladan trofiq yaralar va yotoq yaralar).

Turli to‘qimalarda trofik shikastlanishlarini davolash uchun Solkoseril faqat jarohatdan nekrozga uchragan to‘qimalarni olib tashlanganidan keyin qo‘llanadi.

Solkoseril geli davolashning boshlang‘ich bosqisida yangi jarohatlarga, nam ajralmalari bo‘lgan jaroxatlarga yoki xo‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralarga qo‘yiladi.

Solkoseril surtmasi, asosan (xo‘llanmagan) jarohatlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Solkoseril mahalliy qo‘llanadi.

Kuniga 2 marta jarohatga yupka qavat qilib qo‘llanadi.

Qo‘llash tajribasi Solkoseril gelini ayniqsa nam ajralmalari bo‘lgan jarohatlar yoki ho‘llanish ko‘rinishlari bo‘lgan yaralar uchun yaroqli ekanligini, surtma sifatida esa ayniqsa quruq jarohatlar uchun yaroqliligini ko‘rsatdi.

Bolalar va o‘smirlar

Adabiyotda bolalarda Solkoserilni qo‘llash hollari ta‘riflangan. Bolalarda Solkoseril surtmasini qo‘llagan afzal.

Nojo‘ya ta‘siri

– Kam hollarda Solkoseril qo‘yilgan joyda eshakemi, chetda hosil bo‘lgan dermatit ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Bunday holda preparat bilan davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

– Solkoseril geli qo‘yilgan joyda qisqa muddatli achishish sezilishi mumkin. Agarda achishish uzoq vaqt ichida ham o‘tmasa, Solkoseril gelini qo‘llashdan voz kechish kerak.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi (intoksikasiya)

Solkoseril geli/surtmasining dozasini oshirib yuborilishining oqibatlari haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Solkoserilni mahalliy ta‘sirga ega boshqa dori preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homila uchun xavfini aniqlamagan. Solkoserilni ayollarda homiladorlikni kechishiga va homilaga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Solkoserilni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas va uni faqat foyda xavfdan ustun bo‘lganda shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Tadqiqotlar o‘tqazilmagan.

Ehtiyotkorlik choralari

– Solkoserilni ifloslangan jarohatga qo‘yish mumkin emas, chunki u o‘zining tarkibida mikroblarga qarshi komponentlarni saqlamaydi;

– solkoserilni, barcha boshqa dori preparatlari kabi homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash maqsadga muvofiq emas va juda zarur bo‘lganida shifokorning nazorati ostida qo‘llash mumkin;

– og‘riq xislari paydo bo‘lganda, Solkoseril qo‘yilgan joy bilan yaqin teri sohalarini qizarishida, jarohatdan ajratmalar chiqqanida, harorat oshganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak;

– agarda Solkoseril qo‘llanganida shikastlangan sohani bitishi 2-3 haftada kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril geli.

Sirtga qo‘llash uchun Solkoseril surtmasi.

20 g dan alyumin tubalarda. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Ochilgan tubani hona haroratida (15º-25ºS) saqlanganda yaroqlilik muddati 28 kun.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 dori vositasi Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SOLKOSERIL eritma 5ml 42,5mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
SOLKOSERIL inyeksiya uchun eritma 2ml 42,5mg/ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: депротеинизированный диализат из крови телят ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
Narh: 205 800 so'mdan Batafsil
SOLKOSERIL inyeksiya uchun eritma 5ml 42,5mg/ml N5

SOLKOSERIL maz 20g

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SOLKOSERIL pasta 5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
SOLKOSERIL gel 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
SOLKOVAGIN eritma 0,5ml N2

Другие формы препарата
SOLKOSERIL pasta 5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
SOLKOSERIL gel 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
SOLKOSERIL gel 5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDA Pharma GmbH, Австрия произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
SOLKOSERIL maz 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: депротеинизированный диализат из крови телят ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Meda Pharmaceuticals Switzerland GmbH, Швейцария произведено: Legacy Pharmaceuticals Switzerland GmbH
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9