62 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash75 700 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish63 800 s`om dan
Bron qilishIlova-VARAQA: PASIENT UCHUN ma‘lumot
Spazmomen 40 mg, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Otiloniy bromidi
Mazkur dori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlanadi.
– Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. – Agar Sizda keyinchalik savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. – Mazkur dori preparati faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Bu, hatto ularning kasallik simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, ularga zarar keltirishi mumkin. – Biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang. |
Mazkur ilova-varaqaning mazmuni:
SPAZMOMEN tabletkalarida otiloniy bromidi nomli dori moddasi saqlanadi. U spazmolitiklar deb nomlanadigan dori vositalari guruhiga kiradi.
SPAZMOMEN yo‘g‘on ichak mushaklariga ta‘sir qilib, uning haddan ziyod qisqaruvchanlik faolligini va bu qisqarishlar sonini kamaytiradi. Shu tariqa preparat ichak spazmlarini kamaytiradi va uning haddan ziyod harakat faolligini yo‘lga soladi.
SPAZMOMEN 18 yoshdan oshgan pasientlarni davolash uchun og‘riqli spazmlar va ichakning harakat faolligini buzilishlari va qorinni dam bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi, ta‘sirlangan ichak sindromida qo‘llaniladi.
Quyidagi holatlarda SPAZMOMEN ni qo‘llash mumkin emas:
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
SPAZMOMEN preparatini qabul qilishdan oldin:
Boshqa dori vositalari va SPAZMOMENni qabul qilish
Agar Siz har qanday boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini hozir qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
SPAZMOMEN ni boshqa dori preparatlarning faolligiga ta‘siri aniqlanmagan.
SPAZMOMEN preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
SPAZMOMEN ni ovqatdan 20 minut oldin qabul qilgan afzal.
Homiladorlik, emizish va tug‘ruq faoliyati
Homiladorlikda yoki emizishda, shu jumladan taxmin qilingan yoki kutilayotgan homiladorlikda har qanday preparatni qabul qilishdan oldin maslahat olish uchun shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
SPAZMOMENni homiladorlik davrida va emizish vaqtida, faqat shifokor ushbu preparatni qabul qilish zarur deb hisoblagan va ayni paytda siz uning kuzatuvi ostida bo‘lgan holatlardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
SPAZMOMENni avtomobilni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siridan xavfsiramasa ham bo‘ladi.
SPAZMOMEN preparatida qand laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar davolovchi shifokor Sizga Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik haqida xabar bergan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin u bilan maslahatlashing.
Mazkur preparatni doimo davolovchi shifokor tavsiyalariga muvofiq ravishda qabul qiling. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Kattalar va keksa yoshli pasientlar
1 tabletkadan sutkada 2-3 marta shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. Tabletkalarni butunligicha, suv bilan, ovqatdan 20 minut oldin yutgan afzal. Tabletkalarni sindirish, chaynash va maydalash mumkin emas.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Ushbu tabletkalar bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Agar Siz SPAZMOMENning tavsiya etilgan dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz
SPAZMOMENning dozasi oshirib yuborilganda nojo‘ya samaralar kutilmaydi. Ammo, agar Siz tavsiya etilgan dozani oshirgan bo‘lsangiz va o‘zingizni yomon his qilsangiz bu haqida shifokorga yoki tibbiy tez yordam bo‘limiga murojaat qiling, o‘zingiz bilan ushbu ilova varaqani va/yoki dori o‘ramini olib oling.
Agar Siz SPAZMOMENni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz SPAZMOMENni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborgan dozani esingizga tushgan zahoti, darhol qabul qiling. Har qanday vaziyatda ham o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun dozani ikki barobar oshirib qabul qilmang.
Agar Sizda mahsulotni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, uni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.
Barcha dori vositalari kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada ham yuz bermasada, nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin
Agar Sizda quyida keltirilgan allergik reaksiya belgilaridan birontasi paydo bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling:
Ba‘zida Sizda SPAZMOMENni qabul qilganda yuz beradigan (100 pasientdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin) nojo‘ya ta‘sirlar:
Ushbu preparatni qabul qilayotgan pasientlarda, yakka hollarda toshma (eshakemi) ko‘rinishidagi allergik teri reaksiyalari va terining chuqur qoplamlarini, ayniqsa lab atrofi, ko‘z, genitaliy, qo‘l barmoqlari va oyoq barmoqlari, xalqum yoki til shishi holati kuzatilgan. Ayrim hollarda nafas olishni tasodifan qiyinlashish (angionevrotik shish) kuzatilishi mumkin
Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabarlar
Biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita «Berlin–Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manzili bo‘yicha xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘p axborotni to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas, u karton o‘ramining sirtida va blisterda “goden do” degan so‘zlardan keyin ko‘rsatilgan. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi. Hech qanday dori preparatlari kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlab yubormang. Dorixona xodimi bilan kerak bo‘lmaydigan dori preparatining utilizasiyasi haqida maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
SPAZMOMEN tarkibiga nima kiradi
SPAZMOMEN qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining tarkibi
SPAZMOMEN dumaloq, oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
30 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka PVX/PVDX/alyuminiy blisterda, qutida.
.