×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2%

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Chexiya
Faol modda:
гексетидин
Ishlab chiqaruvchi:
- Тева Чешские Предприятия с.р.о.
ATX kodi:
- R02AA20 Прочие препараты
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TONZILGON N draje N50 Bionorica SE Germaniya
68 000 s`om dan
DORITRISIN tabletkalari N10 Медице Арцнаймиттель Пюттер ГмбХ &Ко.КГ Germaniya
60 000 s`om dan
LIZAK tabletkalari so vkusom shokolada N10 Фармак, ПАО Ukraina
15 300 s`om dan
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16 Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STOPANGIN

STOPANGIN

Preparatning savdo nomi: Stopangin

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun sprey 30 ml

Tarkibi:

30 ml eritma saqlaydi:

Faol modda: 0,0577 g geksetidin,

Yordamchi moddalar: arpabodiyon efir moyi, evkalipt efir moyi, sassafras efir moyi, apelsin daraxti gullarining efir moyi (Nepoli), qalampir yalpizning efir moyi, mentol, metilsalisilat, natriy saxarinati monogidrati, gliserin 85%, etanol 96%.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz, o‘ziga xos hidli va shirin ta‘mli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar.

ATX kodi: A01AV12

Farmakologik xususiyatlari

Stopangin o‘rtacha anesteziyalovchi ta‘sirga ega antiseptik vosita hisoblanadi. Preparatning asosiy ta‘sir etuvchi moddasi – geksetidin – bakterisid va fungisid ta‘sirga ega. Mikroblarga qarshi ta‘siri mikrob xujayralarning oksidlovchi reaksiyalarini susaytirishi yo‘li bilan ro‘y beradi. Geksetidin efir moylari bilan majmuada antiseptik ta‘sirini o‘rtacha mahalliy anesteziyalovchi ta‘sir bilan to‘ldiradi.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqning quyidagi yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi:

– angina, tonzillit, faringit, stomatit, aftalar, glossit, parodontoz, parodontopatiyalar, alveolalarni infeksiyalanishi

– og‘iz bo‘shlig‘i va xiqildoqning zamburug‘li kasalliklari (molochnisa)

– operativ aralashuvlardan oldin va keyin

– og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqning jarohatlari.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 8 yoshdan oshgan bolalar

Sprey og‘iz bo‘shlig‘iga, nafasni ushlab turib, infeksiyalangan yuzaga 1-2 sekund purkaladi. Muolaja ovqatdan keyin kuniga 2-3 marta o‘tkaziladi.

Preparatni ko‘pi bilan 7 kun ishlatish mumkin.

Ekspluatasiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma

Preparat butilkadan mexanik purkagich va applikator (A1 yoki A2 tasvirlarga qarang) yordamida dozalanadi.

  1. Agar applikator polietilen paketda bo‘lsa, applikatorni polietilen paketdan qaychi yoki

shunga o‘xshash asboblar yordamida oling (B2 tasvirga qarang)

  1. Applikatorning butunligini tekshiring. Applikator shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatish mumkin emas.
  2. Mexanik purkagichning

himoya qopqoqchasini yeching

  1. Applikatorni butilkaga

o‘rnating (B3 tasvirga qarang).

  1. Taxminan 5 marta bosing,

bu vaqtda eritma dozatorga tortiladi va bosilganidan keyin u purkashni boshlaydi.

  1. Applikatorning oxir qismini og‘izga qo‘ying, nafasni ushlab turing va applikatorni 2 marta shunday bosinki, bir doza o‘nga, ikkinchisi esa, chapga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Ishlatganda ballonchani vertikal ushlash kerak.

Purkalayotgan eritmani nafas yo‘llariga tortmang va xatto yutmang xam! Ishlatishdan oldin applikatorni issiq suv bilan yuving va applikatorning butligini doimo tekshiring. Shikastlangan applikator-larni ishlatish mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

– og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida achishishni vaqtinchalik his etish

– kamdan-kam hollarda yuqori sezuvchanligi bo‘lgan odamlarda allergik reaksiya, shu jumladan laringospazm bo‘lishi mumkin

– ko‘ngil aynashi (preparat tasodifan yutib yuborilganida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

– atrofik turdagi quruq faringit

– 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar

– homiladorlik I uch oylik.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Shifokorning maslahatisiz preparatni hidlash (nafas yo‘liga tortish) mumkin emas. Preparat ko‘zga tushmasligi kerak.

64% etanol saqlaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash to‘g‘risida yetarli ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun uni qo‘llashdan taxmin qilinayotgan foyda, potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta‘sirini o‘ziga xosligi

Stopangin transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashini talab qiluvchi faoliyatga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Mexanik purkagich va purkagichni himoyalanuvchi qopqoqcha bilan ta‘minlangan 30 ml plastmassa flakon. har bir flakon applikator bilan majmuada, tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

10oS dan 25oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% dori vositasi Тева Чешские Предприятия с.р.о. tomonidan Chexiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STOPANGIN TEVA sprey 30ml 0,2% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: гексетидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Фамар Орлеан
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
STOMATIDIN eritma 200ml 0,1%
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9