40 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash40 300 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish40 300 s`om dan
Bron qilishfaol modda: benzidamin gidroxloridi 1,5 mg;
yordamchi moddalar: gliserol, 96% etanol; saxarin; natriy gidrokarbonati; metilparagidroksibenzoat; qalampir yalpiz barglarining moyi; polisorbat 20; tozalangan suv.
MedDRA tasnifiga muvofiq noxush reaktsiyalar tez-tezligi quyidagida keltirilgan:
juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100, <1/10);
tez-tez emas (≥1/1000, <1/100);
kam hollarda (≥1/10000, <1/1000);
juda kam hollarda (<1/10000);
noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha paydo bo'lish tez-tezligini baholash imkoniyati yo'q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, juda kam hollarda: angionevrotik shish.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: laringospazm.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: fotosensibilizasiya, og'iz qurishi, og'iz bo'shlig'ida uvishib qolish hissi, og'iz bo'shlig'ini achishish.
Sport bilan shug'ullanadigan pasientlar uchun: etil spirti saqlovchi dori preparatni qo'llanishi ayrim sport federasiyalari tomonidan tasdiqlangan qonda alkogolni saqlanish chegarasiga muvofiq doping sinamasi musbat natija berishi mumkin.
Preparatning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.