70 600 s`om dan
Dorixonalardan izlash75 000 s`om dan
Bron qilish
Allergiyaga qarshi samarasi
Ushbu preparatning allergiyaga qarshi ta’siri quyonlarda Artyus fenomeni va Shvarsman fenomenini ingibirlashi bilan tasdiqlanadi. Kortizon ta’siriga javoban preparat stress reaksiyasini ingibirlash samarasini kuchaytiradi, antigranulyatsion samara va timusning atrofiyasini induksiyalash samarasining antagonisti sifatida ta’sir qiladi, ammo antiekssudativ samaraga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Araxidon kislotasining almashinishi tizimida enzimlarni ingibirlash
Glitsirrizin kislotasi araxidon kislotasining almashinuvi tizimining boshlang‘ich enzimi - fosfolipaza A2 va yallig‘lanishning kimyoviy mediatorlarini ishlab chiqarilishiga javob beruvchi enzim - lipoksigenaza bilan bevosita bog‘lanadi. Glitsirrizin kislotasi ushbu enzimlarning fosforlanish jarayonlarini tanlab ingibirlaydi.
Immunoreaktiv modulyatsiya
In vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasining quyidagi ta’sirlari aniqlangan: a) T-xujayralarining faoliyatini boshkarish samarasi;
b) gamma-interferonni induksiyalash samarasi;
v) NK-hujayralarini faollashtirish samarasi;
g) timusdan tashqaridagi T-limfotsitlarning difforensiatsiyalanishini potensiyalash samarasi va boshqalar.
Shikastlangan gepatotsitlarda eksperimental modullangan ingibirlash samarasi
Kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasi uglerod tetraxloridi bilan gepatotsitlarning shikastlanishini ingibirlanishiga yordam bergan.
Gepatotsitlarning proliferatsiyasi samarasi
Kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarini ishlatish bilan in vitro tajribalar tizimida glitsirrizin kislotasi va glitsirretin kislotasi kalamush gepatotsitlarining birlamchi kulturalarining proliferatsiyasiga yordam bergan.
Virusni ingibirlash yoki faolsizlantirish samarasi
Sichkon gepatiti virusi (MHV) infeksiyasi bilan o‘tkazilgan tajribalarda glitsirrizin kislotasini qabul kilishdan keyin sichqonlarda hayotini uzayishi kuzatilgan. Quyonlarda virus infeksiyalarini ingibirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda papulalarning yorilishini ingibirlanishi aniqlangan. Shuningdek in vitro tajribalar tizimida gerpes virusi va boshqalarning o‘sishini ingibirlanishi va faolsizlanishi aniqlangan.
Boshqalar
Glitsin va L-sistein gidroxloridi glitsirrizin kislotasining yuqori dozalari uzoq muddat davomida qabul qilinganidan keyin patologik elektrolit moddalar almashinuvi chaqirgan soxta aldosteronizm ko‘rinishlarini ingibirlaydi va bostiradi.
Sog‘lom odamlarga 100 ml preparat (80 mg glitsirrizin kislotasini saqlovchi) vena ichiga yuborilganida, qonda glitsirrizin kislotasining konsentratsiyasi preparat yuborilganidan keyin 10 soat davomida jadal pasaygan, so‘ngra asta-sekin pasaygan. Glitsirrizin kislotasining gidrolizlangan metaboliti - glitsirretin kislotasi yuborilganidan keyin 6 soat o‘tgach aniqlangan, yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach maksimal konsentratsiyaga erishgan va preparat yuborilganidan keyin 48 soat o‘tgach deyarli yo‘q bo‘lgan.
Ekskretsiyasi (siydik bilan chiqarilishi)
Preparatni sog‘lom kattalarga vena ichiga in’eksiyasidan keyin siydikda glitsirrizin kislotasining konsentratsiyasi vaqt o‘tishi bilan pasaygan, bunda preparat yuborilganidan keyin 27 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida glitsirrizin kislotasining yig‘indi hajmi 1,2% ni tashkil qiladi. Glitsirretin kislotasi preparat yuborilganidan keyin 6 soat o‘tgach paydo bo‘lgan va preparat yuborilganidan keyin 22-27 soatlar oralig‘i davrida maksimal darajaga yetgan.
|
0,1% (дан) - 5% (гача) |
0,1% гача |
Тез-тезлиги маълум эмас |
Ўта юқори сезувчанлик |
|
Тошма |
Ургикар тошма, терини кичишиши |
Организмдаги суюқлик, электролитлар |
Зардобдаги кальцийнинг миқдорини камайиши |
|
Эдема |
Кардио ва скуляр тизими |
Қон босимини ошиши |
|
|
Овқат ҳазм қилиш тизими |
|
Қориннинг юқори сохасида дискомфорт |
Кўнгил айниши, қусиш |
Респиратор аъзолари |
|
|
Йўтал |
Кўриш аъзолари |
|
|
Фокусланмаган кўриш, кўзларни чақнаши каби кўришни вақтинчалик бузилишлари |
|
|
Умумий холсизлик, миалгия, |
|
Бошқалар |
|
парестезия (увишиш, ва бошқалар), қизиш, гипервентиляция синдроми (елкаларни қизиши, қўл- оёкларни совуши, совуқ тер, оғизни босиши, юракни тез уриши), сийдикда қанд таҳлили мусбат |
Бош оғриғи, кизиш Х.ИССИ, дистимия |
Shifokor retsept bo‘yicha
- Anamnezida ushbu preparatning har qanday ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar.
- Aldosteronizm, miopatiya va gipokaliyemiyasi bo‘lgan patsiyentlar (gipokaliyemiya, gipertenziya va boshqalarni zo‘rayishi xavfi tufayli).
- Gipertenziya (qon bosimi yuqori) yoki yurak kasalligi bo‘lgan bemorlar
Dori vositasining nomi |
Klinik simptomlari va zarur chora-tadbirlar |
Ta’sir mexanizmi va xavf omillari |
Halqali diuretiklar, etakrin kislotasi, furosemid va b. Tiazid va shunga o‘xshash gipotenziv diuretiklar Trixlorometiazid, trixlorotalidon va b. |
Gipokaliyemiyani (atonik xissiyotlar, mushaklar kuchsizligi) rivojlanishi ehtimoli sababli patsiyentlarni sinchiklab kuzatish (shu jumladan, zardobdagi kaliy mikdorini aniqlash) asosida zarur choralarni ko‘rish kerak. |
Ushbu diuretiklar ushbu preparat saqlovchi glitsirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchaytiradi, bu zardobdagi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi. |
Moksifloksatsin gidroxloridi |
Qorinchalar taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yunalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromi paydo bo‘lishi mumkin. |
Ushbu preparat saqlovchi glitsirrizin kislotasining kaliyni chiqarish samarasini kuchayishi chaqirgan zardobdagi kaliyning konsentratsiyasini pasayishi fonida, moksifloksatsin gidroxloridining ta’siri qorinchalar taxikardiyasi (shu jumladan, ikki yo‘nalishli taxikardiya) va QT intervalni uzayishi sindromini chaqirishi mumkin. |
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparatni quyidagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:
Keksa yoshli shahslar (gipokaliyemiya va shunga o‘xshash kasalliklarni rivojlanishini yuqori ehtimoli tufayli).
Ehtiyotkorlik choralari
Shok va boshqalarni rivojlanishi xavfni aniqlash uchun patsiyentlarning sinchkov so‘rovini o‘tkazish kerak.
Shok holida shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tayyor bo‘lish kerak.
Preparat yuborilganidan keyin bemorlarga tinchlikni va sinchkov kuzatishni ta’minlash kerak.
Chuchukmiya ildizini saqlovchi boshqa har qanday preparatlar bilan birga qo‘llash holida, ushbu preparatning tarkibiga kiruvchi glitsirrizin kislotasining ta’sirini qo‘shilish samarasi va soxta aldosteronizm rivojlanishini mumkinligi sababli, tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.
Preparatni qo‘llashdagi extiyotkorlik choralari
Yuborish tezligi: preparatni vena ichiga sekinroq tezlikda shifokor nazorati ostida yuborish kerak.
Ehtiyotkorlikning boshqa chora-tadbirlari
Glitsirrizin kislotasi yoki chuchukmiya ildizini saqlovchi preparatlar peroral qo‘llanganida, rabdomioliz rivojlanishi haqida xabarlar mavjud.