×
×
  • SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group СП OOO
ATX kodi:
- B05B
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 25 ta dorixonasida topildi

ico 40 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KSILAT infuziya uchun eritma 200ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
62 000 s`om dan
AMINOL infuziya uchun eritma 200ml N1 Юрия-Фарм, ООО Ukraina
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUKSIMED

SUKSIMED

 

Preparatning savdo nomi: Suksimed

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy xlorid, kaliy xlorid, kalsiy xlorid, magniy xlorid, qahrabo kislotasi, natriya gidrokarbonati.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: natriy xlorid – 0,62 g, kalsiy xlorid – 0,0082 g, kaliy xlorid – 0,03 g, magniy xlorid – 0,01 g, qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriy gidrokarbonati – 0,3 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: V05XA

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Majmuaviy preparat bo‘lib, uning ta‘siri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.

Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti bo‘lib, to‘qimalarda kislorodning parsial bosimi pasayganda, NAD – ga bog‘liq substratlarning oksidlanishi to‘xtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish tezligi NAD – ga bog‘liq substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini e‘tiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF ko‘proq sintezlanadi.

Preparat suv – tuz almashinuvida boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va energiya almashinuvini faollashtiradi, kislota – ishqor holatini faqat qonda to‘lik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallash, hujayralardagi metabolik jarayonlarni me‘yorlashtirish hisobiga xam me‘yorlashtiradi. Turli qon yo‘qotishlarda, shoklarda, jismoniy zo‘riqishlarda mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi. gemodinamik ko‘rsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Shoshilinch holatlar: qon ketishlari (operasiya vaqtidagi gipotonik, operasiyadan keyingi, me‘da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash, metabolik asidozni korreksiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlarda (operasiya vaqtidagi gipotonik, me‘da-ichak, operasiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operasiyalardan oldin va keyin: 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.

Operasiyadan keyingi davrda asidozni bartaraf qilish uchun:200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

Preparat 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda gipoksiya va zaxarlanishga qarshi vosita sifatida kelib chiqishi turlicha bo‘lgan endogen va eksogen o‘tkir zaxarlanishlarda qo‘llanilishi tafsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensasiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensasiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktasiya davrida, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Suksinasolni boshqa ishqorlantiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaksiyani paydo bo‘lishi mumkin.

Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin.

Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin!

Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi.

Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun!

Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim qilinmagan.

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi Remedy Group СП OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SUKSIMED infuziya uchun eritma 200ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
FERRAT S sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 64 500 so'mdan Batafsil
FERRAT S inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 37 300 so'mdan Batafsil
AZIREM suspenziya 15ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
IZIFER sirop 100ml
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
LEFTRIN NEO infuziya uchun eritma 200ml 1000mg/200ml
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 250mg N6
ZANEKSA kapsulalar 500mg N3
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
SINAFULL NEO tabletkalari 5mg N10
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
IXTIOLOVAYA maz 25g 10%
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SIAZOL tabletkalari 400mg N1
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 143 500 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 2ml 500mg/2ml N5
SEBROGEN eritma 5ml N5
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
BRALIN eritma 4ml 1000mg/4ml N5
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9